Научная статья на тему 'AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
992
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
aholi farovonligi / farovonlik / ijtimoiy farovonlik / aholi turmush darajasi / pandemiya / kambag‘allik / kommunal soha / tibbiyot tizimi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — J.J.Ergashev, M.I.Toshtemirov, X.S.Rahmonov

Mazkur maqola mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida aholi farovonligini oshirish yo’nalishlariga bag’ishlangan, farovonlikni oshirishning muhim tarkibiy qismlari bo’lgan gaz, suv ta’minoti va sog’liqni saqlash tizimini isloh etilishi bilan bog’liq muammolar va uning yechimlari bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 1J.J.Ergashev, 2M.I.Toshtemirov, 3X.S.Rahmonov 1Namangan muhandislik-texnologiya instituti Iqtisodiyot fakulteti PhD 2Namangan muhandislik-texnologiya instituti 14 au 20 guruh talabasi 3Namangan muhandislik-texnologiya instituti 14 b 23 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10138608 Annotatsiya. Mazkur maqola mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish natijasida aholi farovonligini oshirish yo 'nalishlariga bag 'ishlangan, farovonlikni oshirishning muhim tarkibiy qismlari bo 'lgan gaz, suv ta 'minoti vasog'liqni saqlash tizimini isloh etilishi bilan bog'liq muammolar va uningyechimlari bayon etilgan

Kalit so'zlar: aholi farovonligi, farovonlik, ijtimoiy farovonlik, aholi turmush darajasi, pandemiya, kambag'allik, kommunalsoha, tibbiyot tizimi.

Аннотация. Данная статья посвящена направлениям повышения благосостояния населения в результате развития предпринимательской деятельности в нашей стране, изложены проблемы и решения, связанные с реформированием системы газоснабжения, водоснабжения и здравоохранения, которые являются важными компонентами повышения благосостояния

Ключевые слова: благосостояние, благосостояние, социальное обеспечение, уровень жизни населения, пандемия, бедность, коммунальный сектор, медицинская система.

Abstract. this article is devoted to the areas of improving the welfare of the population as a result of the development of entrepreneurial activity in our country, the problems and solutions related to the reform of the gas supply system, water supply and healthcare, which are important components of improving well-being, are outlined

Keywords: population wyelfare, wyell-being, social wyelfare, standard of living of the population, pandemic, poverty, communal sector, medical system.

Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini o'rni beqiyosdir. Prezidentimizning «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975-son Farmoni hamda «O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida» xamda mamlakatimizda qabul qilingan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash ham dolzarb hisoblanadi.

Shuningdek xalqaro tajribadan ma'lumki, milliy iqtisodiyotdagi barcha iqtisodiy o'zgarishlarni baholash, uning pirovard natijasi aholi farovonligini qay darajada yaxshilanayotganligi hamda kambag'allar sonini nechog'li qisqarib borayotganligidan kelib chiqadi. Farovonlik ikki qismdan iborat bo'lib, birinchisi, iqtisodiy farovonlik-bu hayotiy ne'matlarning jon boshiga iste'moli bilan, ikkinchisi, ijtimoiy farovonlik bo'lib, bu hayot kechirishning umumiy shart-sharoiti qandayligi bilan tavsiflanadi. Demak, jamiyat ishlab chiqarganiga qarab iste'mol qiladi, ammo hammasini emas, ma'lum bir qismi jamg'arilib kelajak xaridlarga yo'naltiriladi. Ayni vaqtda dunyoda yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining 18 foizi jamg'arma hosil etib, kelajakni ta'minlaydi[1]. Farovonlik kategoriyasi va uning tarkibi iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etiladi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Ma'lumki farovonlik - bu insonlar hayotini moddiy ne'matlar bilan ta'minlash tizimi bo'lib, unda shaxslarning jismoniy imkoniyatlari va ijtimoiy faolligi yuqori bo'ladi. Farovonlik quyidagi tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi: daromad va iste'mol; davlat ijtimoiy kafolatlari va pullik xizmatlari; ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy himoya[2]. Mamlakatda farovonlik asosi moddiy ne'matlar ya'ni tovar va xizmatlar bo'lib, bu avvalo insonlarni fiziologik ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan resurslarni o'z ichiga oladi. Resurslar esa farovonlik uchun asos bo'lib xizmat qiladi, ularning mavjudligi va samarali foydalanish jamiyat farovonligini yanada oshirishga olib keladi. Ijtimoiy farovonlik birinchidan, resurslar, ikkinchidan iqtisodiyotda tovarlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'mol mexanizmlarini mavjudligi va uchinchidan nomoddiy ne'matlarni o'z ichiga oladi[3].

Bunda davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosati samaradorligi asosiy mezon sifatida qaraladi. O'zbek tilining izohli lug'atida farovonlik atamasiga -To 'kin-sochinlik, mo'l-ko'lchilik, serfayz holat - ya'ni har jihatdan aholi ehtiyojlari to'la-to'kis ta'minlangan jamiyat nazarda tutiladi. Mamlakatda aholi farovonligini ta'minlanishi aholi daromadlari va zaruriy ehtiyojlarni qondirish, iste'mol darajasi va tarkibi, uy-joy, toza ichimlik suvi, gaz, suv, elektr energiya bilan ta'minlanganlik, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi ko'rsatkichlar bilan o'lchanadi.

Mamlakatimizda makroiqtisodiy siyosatni o'zgarishi 2017 yildan boshlab umumiy makroiqtisodiy vaziyatga ta'sir ko'rsatdi. Ayniqsa, tadbirkorlikni innovasion asosga o'tkazish hamda erkinlik berish, mamlakat miqyosida tadbirkorlikni har bir oilaga olib kirilishi va agrosanoat tizimidagi zamonaviy islohotlar orqali bandlikni oshirilishi odamlarda farovonlikda yashashga bo'lgan intilish va sharoitlarni yaxshilash imkoniyatini oshirdi. Kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi natijasida aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadlari ortib bormoqda. Xususan, 2010 yilda aholining tadbirkorlik faoliyatidan olayotgan daromadlari 47,1 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilda 56,5 foizni tashkil etib 9,4 foizga ko'paydi. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida aholi bandligi 2010 yilda (jami band bo'lganlarga nisbatan) 74,3 foizni, 2020 yilda 74,5 foizni tashkil etdi. Jahon bankining hisobotlariga ko'ra dunyoda pandemiya bo'lishiga qaramay mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmida pasayish ro'y bermadi aksincha o'sa boshladi.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabi qisqarib borib, sanoat mahsulotlariga bo'lgan talabi sifat va miqdor jihatdan kengayadi. Uy xo'jaliklari kuzatuvlari ma'lumotlariga ko'ra, aholining uzoq muddat foydalanadigan tovarlar bilan ta'minlanganlik darajasida ijobiy o'zgarishlar namoyon bo'ldi 1-jadval.

1-jadval Aholining uzoq muddat foydalanadigan buyumlar bilan ta'minlanganligi[8].

(100 ta uy xo'jaligiga, dona)

Nomlanishi 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2020 y.

Televizorlar 152 153 154 155 162

Sovutgich va muzlatgichlar 101 102 101 103 107

Kondisionerlar 32 34 34 35 40

Elektr changyutgichlar 53 54 54 55 60

Shaxsiy kompyuterlar 47 49 50 52 60

Kir yuvish mashinalari 79 80 80 81 90

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Mobil telefonlar 234 246 257 262 287

Yengil mashinalar 42 43 44 44 49

Butun jaxon malakatlarida 2020 yilda pandemiya bizni respublikamizni xam chetlab o'tmadi. Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramay, mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag'allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o'rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta'lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta'minlash sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarilgan bo'lsada, biroq amalda aholi farovonligini bugungi kun talablari doirasida keskin oshirish uchun yetarli deb bo'lmaydi.

Ma'lumki tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda asosan aholini markazlashgan ichimlik suv ta'minotini yaxshilash, ichimlik suvi yetib bormagan hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash aholi farovonligini ta'minlashdagi muhim ko'rsatkichdir. Aholi salomatligi ham aynan shu soha bilan bevosita bog'liq. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashda global iqlim o'zgarishi tufayli quruq fasllar davomiyligini ortishi, tog'larda qor zahiralari maydonini qisqarishi natijasida suv tanqisligi xavfi yuzaga kelmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimiz aholisini, ayniqsa 11 mingdan ziyod qishloqlarni toza ichimlik suvi bilan ta'minlash dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

Shu bois tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirib borish aholi farovonligi barqarorligi va sifat darajasi bevosita aholini tabiiy gaz va arzon narxlarda elektr energiya bilan uzluksiz ta'minlanishiga bog'liq. Ayniqsa kuz-qish mavsumida tabiiy gaz va elektr energiyasiga ichki talab nisbatan yuqori bo'ladi. O'zbekistonda aholini tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasi 2010 yil 83,5 foizni 2015 yil 68,7 foizni va 2020 yilda esa 55,5 foizni tashkil qilib, o'tgan o'n yil ichida 28 foizga kamaygan 2-jadval. Ayniqsa, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida gaz ta'minoti respublika darajasiga yetmaydi. Markazlashgan tabiiy gaz ta'minotining qisqarishi asosan 2013 yildan boshlangan. Respublikada 2013 yilning 18 martida tasdiqlangan «Respublika gaz ta'minoti tizimini 2013-2015 yillar davomida istiqbolli rivojlantirish va mavjud tizimni yanada takomillashtirish Dasturi»ga asosan ko'plab hududlar markazlashgan quvurlar orqali tabiiy gaz yetkazib berish tizimidan uzib tashlandi. Buning o'rniga mazkur hududlarga gaz ballonlarida suyultirilgan gaz yetkazib beriladigan bo'ldi. Suyultirilgan gaz bilan xonadonlarda faqat ovqat pishirish, choy qaynatish va boshqa mayda uy-ro'zg'or yumushlarni bajarish mumkin. Biroq asosiy muammo shundaki, suyultirilgan gaz ta'minotida uzilishlar bo'lib, qish oylarida uyni gaz bilan isitish imkoniyati yo'q.

Birinchi navabatda axoli farovonligini oshirishda ularga yaratilgan sharoitlarni hisobga olish zarur bo'lmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda gazlashtirilgan xonadonlar soni 7 mln. 150 mingdan ziyodni tashkil etadi. Shundan 3 mln. 568 mingdan ortiq xonadonlar quvurlarda yetkaziladigan tabiiy gaz, qolgan 3 mln. 581 mingdan ortiq xonadonlar suyultirilgan gaz bilan ta'minlanmoqda. Suyultirilgan gaz ta'minotida muammolar bo'lgani kabi quvur orqali yetkaziladigan tabiiy gazga ulangan uylarda kuz-qish mavsumida gaz bosimi pasayib ketadi va ta'minotda uzilishlar yuzaga kelmoqda. Natijada ayrim hududlarda aholi qishda uyni isitish uchun muqobil issiqlik manbalarini qidirishga majbur bo'ladi. Qishloq joylarida esa aholi yil bo'yi zahira qilinadigan tezak, ko'mir va o'tin sotib olish va jamg'arishi oilaning yili takrorlanuvchi eng asosiy vazifalariga aylangan. Tabiiy gaz ta'minotidagi uzilishlar boshqa tovar va xizmatlar narxini ortib ketishiga sabab bo'lib, aholi farovonligi darajasi kamayib xarid qobiliyati pasaymoqda.

Ma'lumki farovon turmush asoslaridan tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlaridan biri tibbiyot tizimi bo'lib, O'zbekistonda keyingi olti yil ichida sog'liqni saqlash

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

sohasini tubdan takomillashtirish, sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan.

Shu bois avvalo, tibbiyotga ajratilayotgan mablag'lar hajmi keskin oshirildi. Jumladan, 2022 yilning o'zida sog'liqni saqlash sohasiga budjetdan 24 trillion so'm yo'naltirilib, bu mablag' 2016 yilga nisbatan 4 barobarga ko'pdir.

Respublikamizda aholi farovonligini oshirishdagi tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish muhim strategik maqsadlardan biri 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulotni 160 mlrd dollarga, jon boshiga yalpi ichki mahsulot 4 ming dollarga yetkazishdir. Buning uchun real yalpi ichki mahsulotning o'sishini 2,1 baravar va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot o'sishini xorijiy valyutada 3 baravar yoki 2018 yildagi 1533 AQSH dollariga nisbatan 4538 AQSH dollarigacha ta 'minlash maqsad qilingan. Qo 'yilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy o'sishning o'rtacha yillik sur'atlarini 10,0 foizdan past bo'lmagan darajada qo'llab-quvvatlash zarur bo'ladi. 2026 yilgacha aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan «100 ta maqsad»da belgilangan vazifalarni bajarishga kirishildi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish asosan inson kapitalini rivojlantirishda birinchidan, ta'lim tizimi faoliyatidagi mavjud kamchiliklar bartaraf etish orqali uning sifati oshirish; ikkinchidan, sog'liqni saqlash tizimining samaradorligini va aholi uchun undan foydalanish imkoniyati kengaytirish; uchinchidan, kambag'allikni o'lchash tizimini, unga qarshi kurashish tizimini takomillashtirib borish; to'rtinchidan, aholi zaif qatlamlarining mehnat bozoridagi ishtirokini qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish; beshinchidan, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi ta'minoti va sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish muhim o'rin tutadi. Bu va shunga mos ravishda hududiy va respublika miqyosidagi Dasturlar ijrosi istiqbolda aholi farovonligini yanada ortishiga tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish masalalari umid uyg'otadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T: 2017. (22 dekabr). - B. 50.

2. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. -T:O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 dagi PF-60-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi. 07.11.2019. O'zbek iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi.

4. G'oyibnazarov B.K. Aholi turmush darajasini statistik baholash. Monografiya. -Toshkent. 'Fan" nashriyoti, 2005 yil, — B. 12.

5. Muhammadjanovich K. I. EFFECTIVE DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP //Conferencye Zone. - 2022. - S. 129-133.

6. Muhammadjanovich K. I. EFFECTIVE DIRECTIONS OF DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP //Conferencye Zone. - 2022. -S. 129-133.

7. Kazakov O.S. Menejmentga kirish. Darslik. Toshkent. -Fan ziyosi- nashriyoti, 2021 y.

8. Kamoliddinov , I. M. (2022). O 'ZBEKISTONDA INNOVASION MARKETINGNI RIVOJLANISH SAMARADORLIGI. Arxiv nauchnux issledovaniy, 2(1). izvlecheno ot http://iournal.tsuye.uz/index.php/archive/article/viyew/1909

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

9. Kamoliddinov I. Namangan viloyatida kichik ishlab chiqarish tadbirkorligini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari //Obrnyestvo i innovasii. - 2022. - T. 3. - №. 3/S. - S. 81-88.

10. Respublika Davlat Statistika boshqarmasi ma'lumotlari.

11. www.lex.uz

12. www.stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.