O'ZBEK YOSHLARI DUNYOQARASHIDA UMUMINSONIY QADRIYATLAR VA AXLOQIY KAMOLOT MASALALARI
Nodira Ergashovna Sultonova
Toshkent amaliy fanlar universiteti "Tarix" kafedrasi f.f.d (PhD) dotsent
Mohlaroyim Sultonova
Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi akademik litsey 2-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada oilalar turmush darajasini baholash, turmush farovonligini oshirish, aholi daromadlari va iste'mol xarajatlarini o'rganish va mavjud holatni tahlil qilish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: turmush darajasi, statistik baholash, oilalar farovonligi, aholi daromadlari, o'rtacha oylik ish haqi, qoniqish darajasi.
ABSTRACT
The article outlines the issues of evaluating family prosperity, increasing family welfare, analysis of income and expenditure of population and the present situation.
Keywords: statistic evaluation, family welfare, income of the population, average monthly salary, satisfaction level.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli me'yoriy huquqiy hujjatlarida oila va oilaviy munosabatlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilayotgan davlat dasturlari sog'lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga, jismonan sog'lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalashga jamiyatning muhim bo'g'ini bo'lgan gender tengligini ta'minlashga qaratilgan. Oila instituti rivojlanishida qadriyatlarning o'rni: milliy va xorijiy tajriba Oilani mehr-muhabbat va birdamlik, undagi barcha a'zolarning bir-biriga bo'lgan hurmati, o'zaro ijobiy munosabatlar, farzandlarga bo'lgan g'amxo'rlik va tarbiya, mas'uliyat va burchni anglash birlashtiradi va oilanining farovonligini ta'minlaydi. Oila institutining barqarorligi butun mamlakatning taraqqiyoti va muvaffaqiyati garovdir.[1:56] Farovonlik - aholini zarur moddiy va ma'naviy ne'matlaridir, hayoti va muvaffaqiyati garovidir. Farovonlik - aholini zarur
February, 2023
146
moddiy va ma'naviy ne'matlaridir, ya'ni insonning muayyan ehtiyojlarini qondiradigan obyektlar, xizmatlar va sharoitlar bilan ta'minlash. Inson farovonligining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bu daromaddir, chunki u aholining tovar va xizmatlarni sotib olish hajmini belgilaydi. Aholining daromadi tadbirkorlik faolligi darajasiga va milliy daromadni taqsimlash tarkibiga bog'liq. Farovonlik darajasini o'lchash faqat aholining daromadlari va iste'moli bilan chegaralanib qolmay, yashash sharoiti xususiyatlarini, aholining madaniy-ma'rifiy darajasi ko'rsatkichlarini, salomatlik, demografiya va ekologik vaziyatni o'z ichiga oladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Aksariyat mamlakatlar aholi farovonligining xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan, umume'tirof etilgan xususiyatlaridan foydalanadilar, bu toifadagi baholashlarda mamlakatga xos farqlar mavjud. Masalan, Shvetsiya tomonidan ishlab chiqilgan farovonlik konsepsiyasi birinchi o'ringa mehnat sharoitlarini, keyin esa insonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy imkoniyatlarini qo'yadi. Iqtisodiy h amkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari ko'rsatkichlar tizimi inson hayotining asosiy jihatlarini qamrab oladi: sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik, dam olish, tovarlar va xizmatlar iste'mol bozorining holati, atrof-muhit, shaxsiy xavfsizlik, ijtimoiy imkoniyatlar va ijtimoiy faollik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha rivojlanayotgan mamlakatlar uchun mo'ljallangan tasnifida oziq-ovqat iste'moli, sog'liqni saqlash va ta'lim birinchi o'rinda turadi. Ijtimoiy farovonlik ko'rsatkichlari hukumat qarorlari natijalarini monitoring qilish va baholash orqali mamlakat milliy maqsadlariga erishishning asosiy mexanizmlaridan biri bo'lib xizmat qilishi kerak. Belgilangan maqsadlarga erishish natijalari me'yoriy-huquqiy hujjatlar va kompleks maqsadli dasturlarni amalga oshirish jarayonini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar orqali kuzatib boriladi. Masalan, aholini gaz va suv ta'minoti tarmoqlarini ishga tushirish va ta'minlash ko'rsatkichlari qishloq aholisini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta'minlash dasturini amalga oshirish jarayonini aks ettiradi. Umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, litseylarni foydalanishga topshirish hamda aholini maktabgacha, asosiy, o'rta maxsus va oliy ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichlari -Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining amalga oshirilishi; lekin tizimli ijtimoiy monitoring uchun har bir viloyat, shahar, tumanda dasturlarni amalga oshirishning ijtimoiy oqibatlarini aks ettiruvchi indikatorlar majmuyi va yaxlit indikator zarur. Oilalar o'z hayotini ta'minlash jarayonida ta'lim, sog'liqni saqlash, uy-joy bilan ta'minlash, bandlik bilan bog'liq ko'plab muammolarga duch keladi, ammo har bir alohida oilaga va umuman jamiyatga xos
February, 2023
147
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
bo'lgan asosiy muammo - bu daromad darajasi. Oila farovonligining pastligi ularning ertangi kunga ishonchini his qilishlariga, qiyinchilik va xavf-xatarlardan himoyalanganligini his qilishlariga imkon bermaydi. Oilalar, birinchi navbatda, yosh va ko'p bolali oilalar farovonligining pastligi bilan bog'liq muammolarni hal etish uchun bolali oilalarning jon boshiga o'rtacha daromadlarini oshirish, arzon uy-joy bilan ta'minlash, kam ta'minlangan ayollarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirish zarurdir.[3:55] O'zbekistonda aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish bo'yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2021-yilda aholi umumiy daromadlarining real o'sish sur'ati 112,1% ni tashkil etdi, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o'sishi esa 109,9% ni tashkil etdi.113 Ikkinchi sho'bstatistik tahlillar, aholi turmush darajasiga ta'sir etuvchi bilvosita omillar hisoblansa, quyidagi iqtisodiy tahlillar aholi farovonligiga ta'sir qiluvchi bevosita omillar sifatida baholanadi. So'nggi1yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o'sib borgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Jumladan, aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning-yildan-yilga o'sib borish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o'sishi, asosan, umumiy daromadlar tarkibida 65,0% ulushga ega bo'lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma ishchilarning daromadlari va mustaqil ravishda band bo'lishdan olingan daromadlar) va 26,3% ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o'zgarishi hisobiga yuzaga kelgan. Aholi daromadlarining oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste'mol mahsulotlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko'rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda. Shuningdek, aholining iste'mol xarajatlari tarkibi-yildan-yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda.[5:] Ammo erishilgan yutuqlarga qaramay, qator muammolar hali ham mavjud. Odamlarni hayotdan qoniqish darajasini tavsiflovchi turli xil parametrlar shuni ko'rsatadiki, barcha aholi o'zlarining turmush darajasi va farovonligidan qoniqmaydi. Biroq so'nggi-yillarda mamlakatimiz ushbu parametr bo'yicha o'z ko'rsatkichlari yaxshilagani aholining iqtisodiy farovonligi sohasida ham yaxshilanishlar yuz berayotganidan dalolat beradi.
February, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, mamlakatimizda oilalar turmush darajasi va farovonligini yanada yaxshilash uchun aholi turmush darajasini baholashda jon boshiga to'g'ri keladigan daromad, xarajatlarning tarkibiy o'zgarishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta'minlanganligi bilan bir qatorda yashash sharoiti va standartlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlangani, aholi istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, zamonaviy talablar asosida ta'lim olish hamda sog'liqni saqlash tizimidan qoniqish kabi muhim ko'rsatkichlardan foydalanish zarur.
REFERENCES
1. Mirziyoev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi. - T.: "O'zbekiston", 2016. - 56 b.
2. Maxmud az-Zamaxshariy. Nozik iboralar. -T.: 0'zbekiston.2018.b-28
3. N.I. Xasanxonova "Inson farovonligi va rivojlanish indeksi" 2013 y. 55-b
4. O'zbekiston Respublikasi aholisi daromadlari Uy xo'jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma'lumotlariga asosan. https://stat.uz/
5. O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. Aholi turmush darajasi . https://stat.uz/
6. Jabborov I. O'zbeklar (ana'naviy xo'jaligi, turmush tarzi va эtnomadaniyati). -T.: Shar., 2008. B-28.
XULOSA
February, 2023