Научная статья на тему 'TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O‘RNI'

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yusupova S.N, Karimov X.U

XIV – XV asrlarda siyosiy maydonda mamlakatni qayta tiklagan va ulkan imperiya barpo etgan Amir Temurning paydo bo‘lishigina O‘rta Osiyo xalqlarining bunyodkorlik uchun jipslashishiga imkon tugʻdirdi. Ushbu davr mobaynida shaharlar tiklandi, meʼmorchilik, sanʼat, sheʼriyat, kitob miniatyurasi va hunarmandchilik rivojlandi. Kulolchilik, shoyi to‘qimachiligi va kashtachilik, kandakorlik, binokorlik, aslahasozlik, zargarlik kabi hunarlar taraqqiy topdi. Bu davrning maʼnaviy va moddiy merosi jahon tarixining yorqin sahifalaridan biridir. Fan, shaharsozlik, tasviriy va amaliy sanʼat, adabiyot, sheʼriyat, musiqa va ko‘rgazmali sanʼatlarning beqiyos tarzda yuksalishi jahon miqyosidagi noyob hodisa bo‘lib, uni “Temuriylar renessansi” (uygʻonish davri) deb nomlanishi bejiz emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O‘RNI»

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI

RIVOJIDAGI O'RNI Yusupova S.N.

t.f.f.d. (PhD), dotsent Andijon davlat pedagogika instituti,

Karimov X.U. Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11126491

XIV - XV asrlarda siyosiy maydonda mamlakatni qayta tiklagan va ulkan imperiya barpo etgan Amir Temurning paydo bo'lishigina O'rta Osiyo xalqlarining bunyodkorlik uchun jipslashishiga imkon tug'dirdi. Ushbu davr mobaynida shaharlar tiklandi, me'morchilik, san'at, she'riyat, kitob miniatyurasi va hunarmandchilik rivojlandi. Kulolchilik, shoyi to'qimachiligi va kashtachilik, kandakorlik, binokorlik, aslahasozlik, zargarlik kabi hunarlar taraqqiy topdi. Bu davrning ma'naviy va moddiy merosi jahon tarixining yorqin sahifalaridan biridir. Fan, shaharsozlik, tasviriy va amaliy san'at, adabiyot, she'riyat, musiqa va ko'rgazmali san'atlarning beqiyos tarzda yuksalishi jahon miqyosidagi noyob hodisa bo'lib, uni "Temuriylar renessansi" (uyg'onish davri) deb nomlanishi bejiz emas.

Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda ilm fan ma'rifat yuksak darajada rivojlanadi. Temur va uning vorislari mamlakatda ilm fanni rivojlanishiga ulkan hissa qo'shganlar. Ularning davrida xattotlik, binokorlik, hunarmandchilik, ilm fan yuksak darajada rivojlanadi. Bu davrda kitob bosish dastgohi hali kashf etilmaganligi sababli kitoblar qo'lda ko'chirilar edi. Bu juda ham mashaqqatli mehnat hisoblangan. Lekin anashu davrda butun sharqqa mashhur bo'lgan xattotlik markazi Samarqand va Hirot edi. Bu ikki shaharda 200 dan ziyod mashhur xattotlar faoliyat olib borgan. Ularning faoliyatlari hukmdorlar tomonidan ham rag'batlantirib turilgan. Temur zamonida yashagan mashhur xattot bu Mir Ali Tabriziy hisoblanadi. U "nastaliq" deb ataluvchi yozish uslubini kashf etgan. Bu yozuv asosida juda ham ko'plab kitoblarni xattotlik bilan ko'chiradi. Mir Ali Tabriziy xattotlikni san'at darajasiga olib chiqadi. Keyinchalik ushbu nastaliq uslubi bilan devorlarga va saroy peshtoqlariga so'zlar bitish paydo bo'ladi.

Amir Temur va Temuriylar davrida iqtisodiyot, ilm-fan, san'at-madaniyat gullab-yashnaganini bugungi sinchilar ham tasdiqlaydi va bu davr insoniyat tamaddunidagi ikkinchi Renessans deb baholangan. O'sha davrda san'at va adabiyotda xususan me'morchilikda katta yutuqlarga erishildi. Me'morchilikda yetti yuz yildan buyon yetib bo'lmaydigan yutuqlar qo'lga

kiritilgan. Manbalarda keltirilishicha, masalan, shu davrda foydalanilgan bo'yoqlar tarkibida nimalar borligi shu kungacha aniqlanmagan. Bu kabi yutuqlami tahlil qilgan Turkiya Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hayratda qolib shunday dedi: "Men Amir Temur zamonida bo'lsaydim, uning qilgan ishlarini bajara olmasdim. U mening zamonimda kelsaydi, qilgan ishlarimdan-da juda ko'p buyuk ishlarni ado etgan bo'lardi". Ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixo ham o'z kundaliklarida Amir Temurning qurdirgan binolari, sug'orish inshootlari, bog'lari haqida va davlat boshqaruvi haqida yozib o'tadi [KnaBHxo.PX.,ge.:M.,1990]. "Amir etdimki,-deb yozadi Amir Temur" Tuzuklarda katta-kichik har bir shahar,har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsunlar, faqiru miskinlarga langarxona (musofirxona) solsunlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsunlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlansinlar. Har bir shaharda dorul-amorat(hukmdor saroyi) va dor ul-adolat(adolat saroyi) qursunlar". Bundan ko'rinib turibdiki Amir Temur buyuk shaxs va adolatli hukmdor bo'lgan bo'ysundirgan yerlarda ham bunyodkorlik ishlarini olib borgan. Bu haqida Yevropa olimlaridan biri V.V.Bartold shunday dedi,- "Amir Temur jonboz bunyodkor edi, u ajoyib bog'-rog'li muhtasham inshootlari barpo etdi, Shahar va qishloqlarni tikladi. Sug'orish tizimlari barpo qilindi va ta'mirlandi, rasmiy tarix ta'biriga ko'ra, u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qo'ymasdi." [V.V.Bartold, M.,1964.] Mana bunday Yevropa olimlarini lol qoldirgan bunyodkorlik ishlarigina emasdi, bundan tashqari Ulug'bek Mirzoning xuddi Amir Temur kabi olib borgan ishlari ham bunga qo'shimcha bo'lgan edi. Ulug'bek Mirzo davrida bunyod etilgan madrasalar va kutubxonalar ham Yevropa elchilarini hayratga qoldirgan. Hozirgi kungacha Ulug'bek Mirzoning bunyod ettirgan Rasadxonasi ham dunyo olimlarini tan olishiga majbur qildi. Uning 1018 ta yulduzni qo'zg'almas o'rnini aniqlaganligi va rasadxona hozirgi vaqt bilan bir soatu ikki sekund adashganligi ham hayratga loyiqdir. Bu haqida Ulug'bek Mirzoning "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari 1018 ta qo'zg'almas yulduzlar haqida asosiy ma'lumot beradi.

Bu davrda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk shaxslardan biri bo'lmish Mirzo Ulug'bek faoliyatiga alohida to'xtalib o'tish joizdir. "Ulug'bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma'naviyatining poydevoriga qo'yilgan tamal toshlaridan biri bo'lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko'rsatadi" [I.A.Karimov,T.,2008]. Mirzo Ulug'bek buyuk o'zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruh Mirzoning o'g'li, Amir Temurning nabirasi. Sohibqironning "besh yillik yurish"ida (1392-1396-y) Iroqdagi Mordin qal'asi qamal qilish chog'ida tug'ilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib Ulug'bekning tug'ilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda

ham olim, ham hukmdor bo'lishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qal'asi qamalini to'xtatib, uning xalqiga yuklangan to'lovni bekor qiladi. Uning o'z nabirasiga Muhammad Tarag'ay va Ulug'bek deb ism qo'yganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bog'lash mumkin. [B.Ahmedov,T.:1991.] Shunday qilib Mirzo Ulug'bek 1394-yilning 22-martida Sultoniya shahrida tavallud topgan. Amir Temur Ulug'bek tarbiyasiga alohida e'tibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixoning ma'lumotlariga ko'ra, Ulug'bek bobosining xorijiy elchilarini qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. Mirzo Ulug'bek 1409-yildan boshlab Movarounnahr hokimi bo'lgan. Shuningdek, Ulug'bek tomonidan 1417-1430-yillar oralig'ida qurilgan madrasa, xonaqoh, hammom, masjidlarga Z.M.Bobur shunday ta'rif beradi: "Ulug'bek Mirzoning Samarqand qal'asining ichida madrasa va xonaqohlar qurdirdi. Xonaqohning gumbazi bisyor, ulug' gumbazdir, olamda oncha ulug' gumbaz yo'q deb nishon berurlar" [T.Fayziyev,T.:1995]. deya berilgan o'rta asrlarga xos bebaxo 66 tarifning o'ziyoq Mirzo Ulug'bek tamonidan bunyod etilgan har bir inshoot nechog'lik ulug'vor bo'lganligining bir dalili desak hech ham yanglishmagan bo'lamiz. Ulug'bek hayotida eng katta o'rin tutgan, Yevropada «Samarqand akademiyasi» deb shuhrat topgan, Ulug'bek va u homiylik qilgan olimlarning ilmiy kashfiyotlari, laboratoriyasi va oliy mahkamasi hisoblangan, Samarqandda bunyod etilgan mashhur binolardan biri Ulug'bek rasadxonasidir. U 1424-1429-yillari hozirgi Cho'ponota tepaligida, Obirahmat arig'i bo'yiga yaqin joyda quriladi. V. L. Vyatkinning tadqiqotlari natijasida 1908-va 1914-yillarda Ulug'bek observatoriyasining qoldiqlari topildi va qazish ishlari olib borildi. Tadqiqotlar M. E.Masson tomonidan 1941-yilda, A.A.Pulyavin tomonidan 1943-yilda va V.A.Shishkin tomonidan 1948-yilda davom ettirildi. Yevropalik astronomlarga yulduzlar katalogi 1648-yili Oksfordda chop qilinganidan keyin ma'lum bo'ldi. Asarni chop etishga Oksford universiteti professori Jon Grivs (1602-1652) tayyorladi va unga sharh ham yozdi. Ulug'bek yulduzli katalogining batafsil tahlili Buyuk Britaniya kutubxonalarida saqlangan 8 ta qo'lyozmadagi ma'lumotlar asosida E.B.Nabl tomonidan tayyorlandi va 1917-yilda AQShda chop ettirildi.

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlash zarurki, buyuk olim va jamoat arbobi Mirzo Ulug'bek davrida Samarqandda faqat O'rta Osiyodagina emas, balki Sharqda ma'lumu mashhur bo'lgan sozandalar, bastakorlar, xonandalar va raqqosalar ijod etardilar. Ulug'bekning o'zi ana shu iste'dod egalarining birinchi muxlisi va 69 homiysi ham edi. Tarixchi G'iyosiddin Ali kundaliklarining dalolat berishicha, Samarqandga kelgan chet ellik elchilar ham saroy qabul marosimlarida qatnashib, bu yerda musiqa tinglar va tasviriy san'at asarlarini tomosha qilardilar. Buyuk olim

va davlat arbobi, temuriylar sulolasining yorqin namoyandasi Mirzo Ulug'bekning nomi dunyo fani sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Olimning astronomiya, matematika, geometriya, geografiya va boshqa qator fanlar rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, o'rta asrlarda amalga oshirgan hisob-kitoblarining aniqligi hozirgi zamon ilm ahlini hamon lol qoldirib kelmoqda.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent, O'zbekiston, 2017.

2. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", T.: Ma'naviyat. 2008.

3. Клавихо Р.Г. Дневник путешествия в Самарканд к двору Тимура (1403-1406), M., 1990.

4. Бартольд В.В., Сочинения, Т.2 (часть2), M., 1964;

5. Ahmedov B. O'zbekiston tarixi manbalari. T.: O'qituvchi.1991.

6. Ahmedov B. Amir Temur va Ulug'bek zamondoshlari xotirasida. - T.: O'qituvchi. 1996.

7. Файзиев Т. Темурийлар шажараси. - Т., Ёзувчи. 1995. - Б.306.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.