Научная статья на тему 'TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI HAMDA ILM-FANI RIVOJIDAGI O‘RNI'

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI HAMDA ILM-FANI RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Babajanova D

Bir necha asrlar davomida xalqimiz orziqib kutgan istiqlolning 33 yilligini nishonlash arafasida turar ekanmiz, ayniqsa, so‘nggi olti-etti yilda, har kuni, har haftasi yillarga teng bu davrda iqtisod, siyosat, madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat sohasida qanday natijalarga erishganimizni sarhisob qilib ko‘riladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “keyingi yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar va tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda va muhim ijobiy natijalarga erishilmoqda”[1, B.6].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI HAMDA ILM-FANI RIVOJIDAGI O‘RNI»

TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI HAMDA ILM-FANI RIVOJIDAGI O'RNI Babajanova D.

t.f.d., professor, O 'zbekiston davlat jahon tillari universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11122538

Bir necha asrlar davomida xalqimiz orziqib kutgan istiqlolning 33 yilligini nishonlash arafasida turar ekanmiz, ayniqsa, so'nggi olti-etti yilda, har kuni, har haftasi yillarga teng bu davrda iqtisod, siyosat, madaniyat, ma'rifat, ma'naviyat sohasida qanday natijalarga erishganimizni sarhisob qilib ko'riladigan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev ta'kidlaganidek, "keyingi yillarda hayotimizning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlar va tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda va muhim ijobiy natijalarga erishilmoqda"[1, B.6].

Kelajak sari tashlanayotgan dadil qadamlar bardavom bo'lishini ta'minlashda dunyoda o'ziga yarasha yuksak salohiyati, benazir nufuziga mos ravishda o'rin egallayotgan mustaqil O'zbekiston atalmish davlat bor ekan, bu yurtda ana shu nomga munosib millat yashamoqda. Bu yurtda uning ota-bobolari, avlod-ajdodlari, buyuk zotlari yashab o'tgan. Ayni paytda, bu borada to'plangan tajriba, ana shu buyuk zotlarning bebaho merosi hamisha millat boshini baland, qaddini tik qiladi, bag'rikeng o'zbek xalqini olg'a etaklaydi.

Buyuk siymolarimiz nomlari dunyo iqtisodiyoti, ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shganliklari bois, mangulikka daxldordir. Ayni bu jarayonda "xalq armonini ro'yobga chiqarishga bo'lgan intilish Amir Temur ibn Tarag'ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini ta'minlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, madaniyat, san'at va ilm-fan sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi"[2, B.17]. Zero, Temuriylar Renesansi davrida Markaziy Osiyo fani va madaniyati jahon sivilizatsiyasi va madaniyati tarixida alohida o'rin tutadi. Temuriylar davri markazlashgan davlatchilik, undagi qonunchilik va boshqaruv, ilm-fan rivojida Samarqand akademiyasi hamda Ulug'bek observatoriyasining o'rni nihoyatda katta bo'ldi. Jahon ilm-fani rivojiga katta hissa qo'shgan va davlatchilik tarixida muhim rol o'ynagan ushbu davr olimlarining faoliyatini o'rganish, ular qoldirgan boy merosdan yoshlarni bahramand qilish bugungi kunda har qachongidan ham muhimroqdir. Ular orasida taniqli davlat arboblari, olim-mutafakkirlar etishib chiqdi. Ma'lumki, o'tgan suronli va tahlikali zamon Sohibqiron Amir Temurni jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi, Ikkinchi uyg'onish davri g'oyalari va xalqning bunyodkorlik faoliyatiga, mamlakatda ilm-fan rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatdi Bu

davr qoldirgan ulkan ma'naviy merosdan o'rnak va ibrat olib, bu g'oyani yoshlar ongiga etkazish, ularni ilmga, millat tarixiga bo'lgan hurmat-ehtiromini yanada oshirish, ularda milliy g'ururni shakllanishtirish va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda buyuk bobolar merosining nechog'lik qimmatli ekanligini ko'rish mumkin.

Ajdodlarning ilmu ma'rifat o'rganish orqali olamni ezgulikka, taraqqiyotga etaklash maqsadida avlodlarga qoldirgan buyuk merosi insoniyat uchun bebaho xazinadir. Ana shu buyuklar qatorida ulug' alloma, taniqli davlat arbobi Mirzo Ulug'bek ham alohida o'rin tutadi, uning bugungi avlodlarga qoldirgan ilmiy va ma'naviy merosi beqiyos bo'lib, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishda muhim omildir. Mirzo Ulug'bek o'z davridan ancha oldinda bo'lgan va o'z avlodlariga astronomiya, matematika, geografiya, tarix, tibbiyot, adabiyot, davlat boshqaruvi asoslariga oid asarlar qoldirgan ensiklopedik olim edi. Ulardan ba'zilari hali ham olimlar va tadqiqotchilar tomonidan to'liq o'rganimaganligi sababli manbalar asosida ilmiy nuqtai nazardan talqin etilishi va muhokama qilinishi zarur.

Taniqli davlat arbobi va olim-mutafakkir Mirzo Ulug'bek 2024 yil 22 martda 630 yoshga to'ldi. Har yili bu sana turli tashkilotlar, ta'lim muassasalari tomonidan muntazam ravishda nishonlanib kelinadi. Bu sanada Sohibqiron Amir Temurning to'rtinchi o'g'li SHohruh Mirzoning to'ng'ich o'g'li, Iroqi Ajamning Sultoniya shahrida hijriy 796 yil jumadi ul-avval oyining 19-(milodiy 1394 yil 22 mart)da bo'lajak qomusiy olim, fan tarixidagi o'n yirik olimning biri, qirq yil saltanatni boshqargan hukmdor, Temuriylar sulolasiniing iftixori Mirzo Ulug'bek tug'ilgan edi"[3].

Ulug'bek tug'ilgach, SHohrux Mirzoning farzand ko'rgani haqidagi xushxabarni Amir Temurga etkazdilar, u nihoyatda mamnun bo'ldi. SHarofuddin Ali YAzdiyning yozishiga qaraganda, bu xabar Sohibqironning Mordin shahrini zabt etgan paytiga to'g'ri kelgan. Amir Temur mazkur xushxabardan bag'oyat xushnud bo'lib, yangi mehmon poyi qadamini sharaflab, shahar xalqiga omonlik berib, xirojidan voz kechgan va shaharning hokimlik mansabini sobiq hokim, amir Sulton Isoning ukasi amir Sulton Solihga in'om qilib, o'zi orqaga qaytgan"[4].

Yangi mehmonga Muhammad Tarag'ay deb nom beradilar. Bu nom Temurning marhum otasining nomi bo'lib, hali Temuriy shahzodalardan hech biriga berilmagan edi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan "Ulug'bek" deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug'bek bo'lib qoladi.

Ulug'bek Mirzo yoshligidanoq bobosi Amir Temur saroyida tarbiyalanib, saroyga yig'ilgan olimu fuzalolar ta'sirida ilm-fanga qiziqadi. 1411-yil oktyabridan, ya'ni hayotining 17 yoshidan Ulug'bek Movarounnahr va Turkistonning birgina va mustaqil sultoni bo'ladi.

Ulug'bek Mirzo Movarounnahr hukmdori etib tayinlangach, ko'p vaqtini Samarqandda o'tkazar, hatto otasi SHohrux Mirzoning harbiy yurishlarida ham kamdan-kam qatnashar va ayrim hollarda qo'shin yuborish bilan cheklanardi. Ulug'bek shu qadar kichik yoshida ulkan bir mamlakatning sultoni bo'lib, to umrining oxirigacha, ya'ni 39 yil davomida mamlakatning sultoni bo'lib turdi. Mirzo Ulug'bek bugungi kunda ko'proq jamoatchilikning e'tiborida bo'lgan Ikkinchi Renessans deb yuritilayotgan tamaddunga poydevor qo'ygan Sohibqiron Amir Temurning erkalatib ulg'aytirgan nabirasi hisoblanadi[5].

Ulug'bek hayotining bobosi tiriklik davrida o'tgan yillarini afsonaviy qahramonlik yillari desa bo'ladi. Chunki bu yillar Amir Temurning g'alabalari va buyuklik yillari edi. Ana shu davr Ulug'bekni voyaga etkazdi va tarbiyaladi. Xuddi shuning uchun ham uni otasi va bobosi saltanat va taxt uchun tarbiyalaganlar deyishga haqlimiz. Temur vafotidan keyin o'tgan ilk olti yil davomida, tashqaridan qaraganda ahvol xuddi shuningdek edi ham. Ulug'bek saltanatining avvalgi 10-15 yili umuman olganda betashvish o'tdi va Ulug'bek sulton sifatida deyarli barkamol bo'ldi deyish ham mumkin edi.

Ulug'bek aslida ulug' olim va bunyodkor kishi bo'lib bobosi Amir Temur kabi jangchi emas, balki ilm-ma'rifat shaydosi edi. Binobarin, u mamlakatda ilm-fan ravnaqiga jon-jahdi bilan kirishar va bu yo'lda xazinani ayamasdi. Uning davrida Samarqand SHarqning eng gullagan madaniyat o'chog'iga aylangan edi. Bu davr, Prezident SH.Mirziyoev ta'biri bilan aytganda, "xalqimizning orzu intilishlari Mirzo Ulug'bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Davlatshoh, Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddiy Muhammad Bobur kabi Ikkinchi uyg'onish davrining buyuk siymolarini uyg'otdi, ularning asarlari va faoliyatida o'z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson g'oyalarida namoyon bo'ldi"[6, B.18].

Dunyo astronomiyasi taraqqiyotini Mirzo Ulug'bekning xizmatlarisiz tasavvur etish qiyin. Movarounnahrda qirq yil hukmronlik qilgan sultonning ilm-fan uchun alohida g'amxo'rlik ko'rsatishi, madrasalar barpo etishi, Samarqandda yirik astronomiya maktabiga asos solishining o'zi tarix oldidagi katta xizmatidir. Ulug'bek tashabbusi bilan 1424-1428 yillar mobaynida Samarqand shimolida Obirahmat arig'i bo'yidagi Ko'hak tepaligi bag'riga bunyod etilgan jahonga mashhur rasadxona o'z davrida osmon jismlarini o'rganuvchi eng yirik inshoot hisoblangan.

Ushbu tarixiy obida orqali kuzatishlar asosida 1437 yilda dunyoga mashhur "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari yaratildi. Evropada bu asarni birinchi bo'lib tadqiq etgan olim Oksford universiteti professori Jon Grivs hisoblanadi. O'sha davrda Evropada bu jadvallarga ehtiyoj juda katta edi. Aytish joizki, Evropa renessansida Ulug'bek jadvallarining ham munosib o'rni bor. Ulug'bek "Ziji"da yulduzlar jadvali

o'ta aniqlik bilan tuzilgan. Ulug'bek asarida Erning o'z o'qi atrofida aylanishi davomida ro'y beradigan nozik chetlanish hodisasini aniqladi. Osmon jismlarining harakat nazariyasini o'rgandi. 247 shahar va aholi punktining jug'rofiy koordinatlarini belgilab berdi. Bu esa o'rta asrlar geodeziyasi uchun katta yangilik edi. Bu rasadxona bosh teleskopining diametri qariyb 48 metr bo'lgan.

1417-1430 yillar orasida Ulug'bek Samarqand markazi Registon maydonida ulkan madrasa, xonaqoh, muqatta' masjidi va hammom qurdiradi. SHuningdek, 1417 yilda Buxoroda va 1433 yilda G'ijduvonda ham madrasa qurdirgan. Mazkur madrasalarda diniy ilmlarga nisbatan matematika, geometriya, falakiyot, tabiyot, jug'rofiya va tarix kabi dunyoviy ilmlar ko'proq o'qitilgan. Ulug'bek bundan tashqari ko'pgina jamoat binolari - karvonsaroylar, timlar, chorsular va hammomlar ham qurdirgan. Karvonsaroylaridan eng kattasi Registonda, hozirgi o'rnida joylashgan bo'lib, Mirzoyi nomi bilan shuhrat topgan. Bunday karvonsaroylar, hammomlar faqat Samarqanddagina emas, boshqa yirik shaharlarda va savdo yo'llarida ham qurilgan.

Ulug'bek Go'ri Amir maqbarasiga ham ayrim qurilishlar bilan o'zgacha fayz tarovat bag'ishlaydi. Samarqanddagi Afrosiyobning janubida ulkan qabriston markazida joylashgan SHohi Zinda obidasi me'morchilik san'atining kamyob durdonalaridan hisoblanadi. Mazkur yodgorlik asosan XI asrdan boshlab qurilib kelinayotgan bo'lsa-da, Amir Temur va Ulug'bek zamonasida nihoyasiga etkazilgan. Ulug'bekning sa'y-harakati bilan bu erda ham me'morchilik ishlari olib boriladi. 1434 - 1435 yillar mobaynida SHohi Zindaning asosiy darvozasi rang-barang koshinlar bilan ziynatlanib, qaytadan qurilganligi ham Ulug'bek zamonasining me'morchilik san'atidan nishonadur.

Ulug'bek aniq fanlardan tashqari tarix va musiqa ilmida ham qalam tebratgan. "Muhit ut-tavorix" nomli asarda yozilishicha, Ulug'bek zo'r shinavanda musiqashunos ham bo'lgan. U katta va kichik naqoralarda ijro etiladigan bulujiy, shodiyona, axloqiy, ulusiy va usuli ravon kabi musiqa asarlarini yaratgan.

Mirzo Ulug'bek tarixnavis donishmand edi. "Tarixi arba' ulus" asari Mirzo Ulug'bekning turkiy xalqlar tarixini qanchalik chuqur bilganidan dalolat. Undagi nazmiy parchalar esa, ulug' ajdodimizning she'riyatdan etarlicha xabardor bo'lganini ko'rsatadi. Alisher Navoiy ham "Majolis un-nafois" asarida Ulug'bekning she'riy iste'dodiga yuqori baho bergan.

Ulug'bek atrofiga o'z davrining eng yirik va iste'dodli olimlari to'plangan edi. Samarqand o'sha paytda SHarqning eng yirik ilm-fan o'choqlaridan biriga aylangandi. Dunyoning ko'pgina mamlakatlaridan kelgan o'nlab olimlar Ulug'bekning bevosita homiyligi ostida faoliyat ko'rsatgan. Ular orasida Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Nizomiddin al-Birjandiy, Miram

CHalabiy kabi olimlami alohida ta'kidlab o'tish lozim. Tarixda Miгzo Ulug'bek kabi yuksak iste'dod va salohiyatga ega hukmdoгlaг kamdan-kam o'tgan. Darhaqiqat, buyuk bobomiz jahon ichra yangi bir osmon yaratib ketdi. Uning birgina astronomiya fani rivojiga qo'shgan hissasi insoniyat tamaddunidagi ulug' xizmatidñ. Yana, Navoiy ta'biri bilan aytganda, dunyo boг ekan, uning merosi ham boqiy qolaveradi.

Mñzo Ulug'bekning eng sevimli shogñdi Ali Qushchi - Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy 1403-yil 17-aprelda Samarqand shahrida tug'ilgan.

Miгzo Ulug'bek Ali Qushchini "fareandi a^mand" deb atagan. Ali Qushchi nafaqat temuriylar davlati, balki butun dunyo ilm-fani rivojiga katta hissa qo'shgan olimdir. U darelik va o'quv dasturiari tuzib be^an. Unga kunlik 100 tanga, keyinchalik 200 tanga miqdorida maosh belgilagan. Ali Qushchi Ayo Sofiya madrasasida astronomiya va matematika fanlaridan yosh olimlarga saboq bergan.

O'rta asñaráa boshlangan buyuk geografik kashfiyotlarning samarali chiqishida ham Mnzo Ulug'bek va Ali Qushchining т^г qilib bo'lmas xizmatlari bor CHunki dengizchilaг o'zlaгi uchun notanish joylaгda yulduzlaгga qaгab yo'l topishda, ayniqsa, Mnzo Ulug'bekning "Zij"i katta ahamiyat kasb etgan.

Ulug'bekning fareandlari ham "otasining peshonasini teriatib" qo'ygani, ya'ni tinchitib qo'ygani yo'q. Katta o'g'il Abdullatif garchi iste'dodli bo'lsa-da, izzattalab bo'lib voyaga etdi, hatto ba'zi sohalaráa o'zini otasidan ustun qo'yaгdi. Voyaga etgach, buvisi Gavharshodbegimning munosabatlari tufayli alamzadalik kayfiyatini oгttiгdi. Kichik o'g'il Abdulaziz esa e^a, tantiq, maishatga o'ch bo'lib o'sdi.

Xullas, bunday ziddiyat^ yil^ o'tgan saгi kuchayib va chuquriashib boгdi. Jonli hayot esa bu gulxanga moy quyib turardi: turli kayfiyatdagi tashqi kuchlar ta'siгida munosabat^ keskinlashib boгaveгdi. Tahlilchilaming qayd etishicha, garchi Mirzo Ulug'bek 40 yil muttasil podsholik qilgan bo'lsa-da, umri davomida betimsol ilmiy salohiyatini hukmronlikda namoyish eta olmadi, oftobdek charag'on aql sha'mi saroy zulmati qwshovida xira toгtib, tafakkuг va iste'dod hokimiyat xurujlari qarshisida chorasiz qoldi, ya'ni bñ qinda ikki qilich - olim va podsho sig'madi, bñ qo'lda ikki kemani tutib turish imkoni bo'lmadi.

Ayniqsa, Mñzo Ulug'bek umrining oxiгlaгida ixtiloflar juda keskinlashib ketdi. Hiratda mag'lub bo'lib qaytgan podshohni poytaxt Samaгqandga kiritishmaydi (shahar Abdulatif va taгafdoгlaгi qo'lida edi). Hatto Toshkent yaqinidagi SHohruxiya shahrida turgan amakilar ham unga iltifot ko^satishmaydi. YAna Samarqandga qaytib borishadi. Nihoyat, Abdullatifga insof kirib, otasi va uning hamrohi, ukasi Abdulazizni qabul qiladi.

Keyinchalik ma'lum bo'ladiki, ayni lahzalarda taqdir hukmi o'qilgan, zimdan Ulug'bekni bartaraf etish rejasi tayyorlanayotgan edi. Garchi bu mudhish tadbir podsho Abdullatifga ma'lum bo'lsa-da, u buhronni to'xtatib qolishga ojiz, deyarli qarshilik ko'rsatishga ham moyil emas edi.

Hijriy 853 yil ramazon oyining ettinchisi (milodiy 1449 yil 25 oktyabr) kuni Ulug'bek hamrohlari bilan Samarqanddan chiqdi. Bog'ishamolni ortda qoldirib, ilgari yurganlarida bir kichik qo'rg'onda ularni to'xtatadilar va mash'um hodisa ro'y beradi. Bu haqda tarixchi Mirxond "Ravzat us-safo" kitobida aniq guvoh - Adullatif otasining safariga hamroh qilib qo'shgan Muhammad Xisravning so'zlari bilan batafsil ma'lumot qoldirgan.

Mirzo Ulug'bekning nomini mangulikka muhrlagan omil ilmiy kashfiyotlari, ayniqsa, "Ziji jadidi Ko'ragoniy" asari bo'ldi. "Zij"ni yaratish uchun podshoh va alloma butun imkoniyatini yo'naltirdi, deyish mumkin. Umuman, osmon yoritqichlarining jadvalini tuzish an'anasi mavjud bo'lib, "Erdagi har qanday o'zgarish oldin falakda ma'lum bo'ladi" tarzidagi kosmogonik qarashning natijasi edi. O'rta asrlarda er yuzidagi rasadxonalarda Klavdiy Ptolemey (100-170 yillar, Misr) va Kastiliya qiroli Alfons (1221-1284 yillar) tuzgan jadvallar observatoriyalar uchun asosiy qo'llanma bo'lgan. SHarqda ham ko'plab yuksak darajadagi zijlar tuzilgandi.

Mirzo Ulug'bek o'z kashfiyotlari bilan Erning Quyosh atrofida aylanish davri - yil hisobini o'ta aniqlikda - 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya ekanini hisoblab chiqqandi. Bu hozirgi hisobdan bor-yo'g'i 58 soniya farq qiladi. SHuningdek, ekliptikaning osmon ekvatoriyasidagi og'ishi 23 daraja 32 daqiqa 17 soniya ekanini aniqladiki, bu hisob aniq optik asboblar kashf qilingan hozirgi davrda ham to'g'riligi tasdiqlangan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Mirzo Ulug'bekning xizmatlaridan kosmik parvozlarni tayyorlashda ham foydalanilgan va hamon foydalanilmoqda. Ilmda shunday yuksaklikka erishgan olimning nomi hamisha ham barhayotdir. Zero, tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bo'lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihatbo'lsa, ulug'vor ishlarni bajarishga qodir bo'ladi.

Adabiyotlar:

1. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B. 6.

2. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B. 17.

3. Hakim Sattoriy// @akromabdurahmonov 8266.

4. http : //ferlibrary .uz/mirzo-ulubek

5. Hakim Sattoriy// @akromabdurahmonov8266

6. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B.18.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.