Научная статья на тему 'AMIR TЕMUR VA TЕMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN RAVNAQI'

AMIR TЕMUR VA TЕMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN RAVNAQI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ismailov A.F

Uzoq o‘tmishdayoq o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkir egalari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go‘zal binosiga bundan ko‘p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. Ajdodlarimisning kashfiyotlari asrlar davomida o‘zbek xalqiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o‘rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIR TЕMUR VA TЕMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN RAVNAQI»

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN RAVNAQI

Ismailov A.F.

t.f.d. (DSc), katta ilmiy xodim, O 'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbekiston tarixi davlat muzeyining Ilmiy kotibi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11126554

Uzoq o'tmishdayoq o'zbek xalqining ilg'or mutafakkir egalari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur.

Mubolag'asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql-zakovat salohiyatimizning noyob va go'zal binosiga bundan ko'p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamonlardan yuksala boshlanganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. Ajdodlarimisning kashfiyotlari asrlar davomida o'zbek xalqiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o'rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda.

O'zbekistonning mustaqillikka erishishi akademik ilm-fanning taraqqiyotida yangi, jo'shqin davrni boshlab berdi, uni yangilanish va rivojlanishning sifat jihatdan yangi bosqichiga ko'tardi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Unda «Ilm-fan yutuqlari - taraqqiyotning muhim omili» mavzusidagi ma'ruzasida «bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko'tarishni talab qilayotganligini, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechish qiyin ekanligini, sohani va olimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan ekanligini, bu mashaqqatli sohada fidokorona mehnat qilayotgan olimlarimiz mehnati tahsin va rag'batga munosibligi, ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etishini va aynan ular orqali yangi bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratilishi[1, - E. 166]» haqida alohida to'htalib o'tgan edi.

Albatta, biz O'zbekistonning ilm-fan yutuqlarini Amir Temur va Temuriylar davlatidagi erishilgan yutuqlarsiz tasavvur qilishimiz mumkin emas.

XIV-XV asrlarda yurtda Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o'zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari jahon tan olgan ikkinchi uyg'onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib Ulug'bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar

rivojida katta yutuqlar qo'lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo'ldi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho'qqilarga ko'tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir kabi mashhur adib, rossom, tarixchilarning nomlari boshqa o'lkalarda ham tez ma'lum bo'ldi. Fors tili o'z mavqeini saqlagan holda, adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi [2, - B. 29].

Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san'ati ko'p asrlar davomida Sharqu G'arb davlatlariga o'rnak va andoza bo'ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me'morchilik, tasviriy san'at, musiqa, she'riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko'p an'analari takomiliga yetdi [3, - E. 6]. Temur va temuriylar davrida ma'naviy madaniyat, ilm-fan g'oyat darajada rivojlanadi. Bu sohada Movarounnahr XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy oldi. Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o'zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari XIV-XV asrlarda yurtda jahon tan olgan ikkinchi uyg'onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi [4, -E. 114].

Amir Temur olimlar, faylasuflar, me'morlar, shoirlar, hofizu mashshoqlarga g'amhurlik qilishda ham nom qozongan edi. Temuriylar davri haqiqatan ham ilmfan, madaniyat va maorifning behad ravnaq topishini ta'minlangan Sharq uyg'onish davri edi[5, -E. 13].

Amir Temur vafotidan keyin temuriy shahzodalar o'rtasida boshlangan o'zaro kurashlar va harbiy yurishlar mamlakatning ichki hayotiga salbiy ta'sir etsa-da, biroq Shohruh, Ulug'bek, Abusayid va Sulton Husayn hukmronlik qilgan davrlarda mamlakatda ma'lum bir qaror topgan osoyishtalik tufayli ilgaridan davom etib kelayotgan an'analar asosida ilm-fan va madaniyat yanada jonlandi [6, -E. 114].Temuriylar davri ilm-fani va madaniyatini yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan olim va davlat arbobi Mirzo Ulug'bekdir. Ulug'bek-buyuk olim, astranom va matematik, davlat arbobi, Temurning nabirasi. Ulug'bek O'rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo'shgan[7, -E. 4].

Ulug'bek rahbarligida Samarqand astronomlari «Ziji Ko'ragoniy» astronomik katologini yaratishgan. Bu katalog «Ulug'bekning yulduzlar jadvali» nomi bilan mashhur[8, -E. 9].

Ulug'bek o'z ustozi deb atagan Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda Rumiy Kichik Osiyodan kelgan. U taxminan 1360-yilda Marmar dengizining janubidagi Brussa (hozirgi Turkiyaning Bursa) shahrida tug'ilgan. Uning bobosi qoziy (yoki qozi) - shahar qozisi bo'lib, keyinchalik olim nomida o'z aksini topgan[9, -B. 30]. U o'z ona shahrida ta'lim olgan, u yerda Mulla Shamsuddin Fanariydan matematika va astronomiya fanlarini o'rgangan va unda aniq fanlarga mehr uyg'otishga muvaffaq bo'lgan. Mulla Fanariydan yosh Qozizoda Xuroson va

Movaromonnahr matematiklari va astronomlarining shuhratini eshitib, 20 yoshga yaqin (XIV asrning 80-yillari boshlari) sharqqa ketib, ona shahrini abadiy tark etadi. Bevosita Qozizodaning ishtirokida Ko'hak tepaligida Ulug'bek madrasasi va rasadxona binolari qad rostlagan. Ulug'bekning «Zij»ini tuzishda Qozizoda ham ishtirok etgan. Qozizoda 1437-yilda Samarqandda vafot etdi, «Zij» ustida ishlash faqat yarmiga yetgan[10 -Б. 35-39].

1449-yili Ulug'bekning o'limidan so'ng Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari bo'ylab tarqalib ketgan. Ular o'zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham yetkazadilar. Xususan Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, u yerda rasadxona qurdiradi. Shu tariqa Ulug'bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Yevropaga ham yetib boradi[11, -Б. 61].

Ulug'bek ishlab chiqqan astronomik jadvalda falak al-burj tekisligining xatti istivoga og'maligi 23 daraja, 30 daqiqa, 17 soniyaga teng bo'lib, hozirgi hisob bo'yicha u 23 daraja, 30 daqiqa, 49 soniyani tashkil etadi. Tafovut 32 soniyaga teng. Mashhur polyak astronomi Yan Gaveliyning (1611-1687) «Prodromus astronomiya» («Astronomiya darakchisi») degan kitobi bor. Bu kitobda 1690-yili Gdansk shahrida (Polsha) bosmadadan chiqqan. Unda diqqatga sazovor ikkita surat bo'lib, har ikkalasida ham buyuk vatandoshimiz mirzo Ulug'bek siymosi tasvirlangan. Bu gaplar XVII asrga taalluqli, lekin mirzo Ulug'bek o'z zamonasida XV asrdayoq mashhuri jahon bo'ldi[12, -Б. 5].

Ulug'bekning ilmiy faoliyatiga va qoldirgan boy ilmiy merosiga baho berilganda uning zamondosh hamkasbi G'iyosiddin Jamshid ta'riflagandek, u Qur'on, xadis, arab tili va gramatikasi, fiqh, mantiq, adabiyot, musiqa, riyoziyot va falakiyot ilmlarini chuqur bo'lgan. Uning ilm-fan taraqqiyotidagi salmoqli o'rni mashhur zamondosh olimlar tomonidan alohida e'tirof etilgan [13, -Б. 124].

Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug' vakillarini yetishtirib berdi. Mirzo Ulug'bek, Jaloliddin Ahmad Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy kabi allomalar jahon ilm-faniga o'zlarining munosib hissalarini qo'shdilar. Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni yakqalam qildi. Uning homiyligida tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali, rassom Behzod va boshqalar kamolga yetdilar. Umuman olganda mazkur davr uchun ko'pgina allomalarni sanab o'tishimiz mumkin. Bu yerda biz mavjud holatda sermazmun ijod qilgan allomalardan ayrimlarining ilmiy merosiga qisqacha to'htalib o'tdik, xolos.

Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida kuyidagi fikr-mulohazalarga kelish mumkin:

XIV-XV asrlarda yurtda Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o'zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari jahon tan olgan ikkinchi uyg'onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi.

Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Bu davrda riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, jug'rofiya, tilshunoslik, hadisshunoslik, adabiyot va hatto musiqa sohalaridagi yangi kashfiyotlarni O'rta Osiyo olimlarining xizmatlarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Mamlakatdagi siyosiy parokandalikning yuzaga kelishi ilm-fan ravnaqiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi, aniqrog'i olimlarning boshqa mamlakatlarga tarqalib ketishi oqibatida ilmiy merosimizning dunyo bo'ylab tarqalishiga olib keldi. Masalan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, u yerda rasadxona qurdiradi. Shu tariqa Ulug'bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Yevropaga ham yetib boradi.

Ilm-fanning taraqqiyot tarixiga murojaat qilish tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalarida O'zbekistonning jahon ilmiy merosida tutgan o'rni, fanning asl mohiyati to'g'risida targ'ib qiladi va ilm-fan bo'yicha qarashlarimizni yanada kengaytiradi.

Adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш. Миллий тараккиёт йулимизни катъият билан давом эттириб, янги боскичга кутарамиз. - Тошкент: «Узбекистон» НМИУ, 2017.

2. Ismailov A. O'zbekistonning intelektual rivoj tarixi va fan muzeylarini shakllantirish tendensiyalari (O'zbekiston fanlar akademiyasi misolida). Tarix fanlari doktori (DSc) diss. - Toshkent, 2023.

3. Каримов И. Амир Темур-фахримиз, гуруримиз. -Т.: Узбекистон, 1998.

4. Мухаммаджонов А. Темур ва Темурийлар салтанати (Тарихий очерк). -Т.: «Комуслар Бош тахририяти». 1994.

5. Каримов И. Амир Темур-фахримиз, гуруримиз. -Т.: Узбекистон, 1998.

6. Мухаммаджонов А. Темур ва Темурийлар салтанати (Тарихий очерк). -Т.: «Комуслар Бош тахририяти». 1994.

7. Абдурахмонов А. Улугбек академияси. -Тошкент. Комуслар Бош тахририяти, 1994.

8. Абдурахмонов А. Улугбек академияси. -Тошкент. Комуслар Бош тахририяти, 1994.

9. Ismailov A. O'zbekistonning intelektual rivoj tarixi va fan muzeylarini shakllantirish tendensiyalari (O'zbekiston fanlar akademiyasi misolida). Tarix fanlari doktori (DSc) diss. - Toshkent, 2023.

10. Ахмедов А. Улугбек давридаги Самарканд - дунё фанининг маркази/O'zbekiston tarixi (Илмий журнал). 2/2017. -Б.35-39.

11. Ахмедов А.Улугбек (хаёти ва фаолияти). -Тошкент. «Фан», 1991.

12. Ахмедов Б.. Улугбек (эссе). -Т.: 1989.

13. Мухаммаджонов А. Темур ва Темурийлар салтанати (Тарихий очерк). -Т.: «Комуслар Бош тахририяти». 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.