Научная статья на тему 'TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURALARIDA AYOLLAR SIYMOSI'

TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURALARIDA AYOLLAR SIYMOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

620
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sharq miniatyuralari / ayollar siymosi / temuriylarda ilm-fan / Alisher Navoiy / Kamoliddin Behzod / Og’abegim xonim. / Oriental miniatures / women's figures / science in the Temurids / Alisher Navoi / Kamoliddin Behzod / Ogabegim Khanim

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malika Qahramon Qizi Uraimjonova

Ushbu maqola Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojlangan davrda miniatyuralarida ayollar siymosi haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Shuningdek rassomlar tomonidan tasvirlangan miniatyuralarda ayollar timsoliga qanday e’tibor berilganligini bilish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides interesting information about the image of women in miniatures during the development of science and culture during the Timurids. You can also see how much attention is paid to the image of women in the miniatures depicted by the artists.

Текст научной работы на тему «TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURALARIDA AYOLLAR SIYMOSI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-81-85

TEMURIYLAR DAVRI MINIATYURALARIDA AYOLLAR SIYMOSI

Malika Qahramon qizi Uraimjonova

O'zbekiston Milliy Universiteti tarix fakulteti 2-kurs talabasi malikauraimjonova@ gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojlangan davrda miniatyuralarida ayollar siymosi haqida qiziqarli ma'lumotlar beradi. Shuningdek rassomlar tomonidan tasvirlangan miniatyuralarda ayollar timsoliga qanday e't ibor berilganligini bilish mumkin.

Kalit so'zlar: Sharq miniatyuralari, ayollar siymosi,temuriylarda ilm-fan, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Og'abegim xonim.

ABSTRACT

This article provides interesting information about the image of women in miniatures during the development of science and culture during the Timurids. You can also see how much attention is paid to the image of women in the miniatures depicted by the artists.

Keywords: Oriental miniatures, women's figures, science in the Temurids, Alisher Navoi, Kamoliddin Behzod, Ogabegim Khanim

KIRISH

O'tmish davrlaridan to hozirgi davrgach ilm-fan, madaniyat sohalariga katta e'tibor qaratilgan. Tarixda biron bir davlatning kuch qudrati, u yerda rivojlangan madaniyat, ilm-fan sohasiga qarab belgilangan. Xususan davlat qudratli bo'lar ekan albatta u yerda tinchlik hukmron bo'lib, madaniyat rivojlanadi. O'zbekistonda mustaqillik sharoitida tasviriy san'atga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgach, uning barcha sohalarida katta ijobiy o'zgarishlar yuz berdi. Xususan, Sharq nafis san'at namunasi bo'lmish miniatyura va xattotlik qayta tikland, yoshlarning uni o'rganishga qiziqishi kuchaydi, maxsus badiiy ta'lim va oliy ta'lim maskanlarida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida o' qitilmoqda. Sharq miniatyuralar katalogi, Shoyoqubovning Zamonaviy o'zbek miniatyurasi albomidagi o'quv qo'llanma sifatida foydalanilmoqda.

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-81-85

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Temuriylar davri ma'daniyatining eng yorqin sahifalaridan biri xattotlik va rassomlik sohalarida erishilgan yutuqlar tashkil etadi .Mana shuning uchun ham Sharq kitoboti va miniatyura san'ati to'g'risida so'z yuritilganda, albatta Temuriylar davri alohida e'tiborga ega.

Amir Temur va temuriylar davridan bizgacha yetib kelgan nafis san'at mo'jaz rasm-miniatyuralarda, o'sha davr jamiyatida ayollar o'ziga xos o'ringa ega ekanligini va ayollar har doim alohida e'tiborga sazovor bo'lganligini bilish mumkun .

Temuriylar davridagi eng qadimgi namuna, shajaradan olingan Amir Temur va farzandlari rasmida ham qizlarining kattasi-Og'ibegim xonimni rasmi mavjud.Bu rasm Turkiyaning Istanbul shahridagi To'pqopi saroy muzeyi kutubxonasida saqlanib qolgan bo'lib, 1405-1409 yillari yaratilgan deb tahmin qilinadi. Suratdagi ayol siymosi juda qunt bilan yaratilgan bo'lsa-da, uning bosh kiyimi an'anaga muvofiq mog'ul xalqlarinikiga o'xshatib ishlatilib chizilgan.1

Mashhur Ulug'bek ovda yoki Ulug'bek o'z ayonlari va oilasi bilan deb nomlangan rasmda ham to'rt ayol tasviri mavjud. Bu rasm 1400-yil yaratilgan parokanda qo'lyozmaning qo'sh rasmi o'ng tomoni bo'lib, qog'ozning hajmi 24,1x31,8sm. Rasmni Samarqandda Ulug'bek davrida yaratilganligi shubhasiz. Rasmda ayollarning ikki nafari malikalardan bo'lib, yana ikkitasi hizmatkorlardir. Malikalardan biri Ulug'bekning sevimli xotinlaridan biri Oqsultonxon og'a, ikkinchisi esa, Husn Nigor xonim tasviri deb tahmin qilinadi. Boysung'ur Mirzo musiqa tinglamoqda yoki Boysung'ur xotinlari bilan bog'da nomli She'riy majmua qo'lyozmasiga hijriy 830\milodiy 1426-1427 yillarda yaratilgan rasmda oqar suv yonidagi bog' markazida, ulkan daraxt soyasida to'rt burchak gilam ustida shahzoda va uning mahbubasi , chapda pastroqda naychi, doirachi va changchidan iborat musiqachi ayollar kuy chalmoqdalar ,undan yuqorida esa beshta ayol hizmatda. O'ng tomonda ko'za tutib turgan cho'ri. Pastda suv yoqasida o'tda go'sht qovurayotgan erkak xizmatko'rlar bor. Bundan ko'rinib turibdiki Boysung'ur Mirzo o'z vaqtini hush o'tkazganligi Alisher Navoiy ham ushbu shahzodani hayotdan huzur qilishni yaxshi ko'rishini ta'kidlab o'tdan. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida tuzilgan. Abulqosim Firdavsiyning Shahnomaasari qo'lyozmasi (Xirot 1425-1450) hoshiyasiga

1 Timur and Princely Vision.Persian art and Culture in the Fifttheeth Century./T.W.Lentz and G.D.Lowry.-Washington:Smithsonian Institution Press,-p,102,fig;37

2Madraimov.A. Temuriy va Boburiylar davri miniatyura san'ati rivoji. - "Fan" nashriyoti;T:.2019. 31-bet

3 Madraimov.A. Temuriy va Boburiylar davri miniatyura san'ati rivoji.- "Fan" nashriyoti;T:.2019. 33-bet. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 82 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-81-85

ishlangan naqshlar orasiga ishlangan to'rt qanotli farishta ham go'zal ayollar sifatida tasvirlangan4.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

She'riy majmua(1434-1440)ga tegishli bo'lishi mumkun bo'lgan bir rasmda Rustam xonasiga kirayotgan Taxminatasvirlangan. Kechki payt ekanini xizmatkor ayolning qo'lidagi va xonadagi shamlar anglatadi. Taxmina to'q sariq qabo kiygan, boshida oltin toj, tortinib, iymanib turgan xolatda tasvirlangan5. Uning tarkibidagi yana bir rasmda Xusrav rasmini ko'rayotgan Shirin mavzusidagi miniatyura bo'lib, unda ulkan daraxt yaqinidagi suv yoqasidagi yam-yashil maysazorda malika o'zining to'rtta kanizagi bilan qirmizi kiyimdagi yigit- Xusrav rasmini tomosha qilmoqda. Uzoqdagi qoyalar oldida sarg'ish rangli dalada bir necha gullagan o't-o'lanlarni ko'rish mumku. Shirin qora-qo'ng'ir rangdagi, yengi uzun qabo, och pushti rangdagi ko'yalakda, boshida esa oltin toj. Kanizaklar qizil, qo'ng'ir, oq-pushti,sariq rangdagi ko'ylaklar kiyganlar. Ularning boshida moviy va to'q qo'ng'ir rangdagi ayollar do'ppis tasvirlangan.6 Iskandar Sulton ibn Umarshayx toleomasi qo'sh rasmdagi (Sheroz 1411-yil 18-aprel) farishta hamda Zuhro yulduzi timsoli ayol sifatida talqin qilingan. Bundan bilamizki ayollar juda go'zal tasavvur qilingan.

Badiiy asarlarga ishlanga rasmlar ichida Abulqosim Firdavsiyning, Shohnoma miniatyuralari eng qadimgilardan hisoblanadi. Bunday rasmlar turkumi ichida ayol farishtalar, malika Bilqis, kanizak, raqqosalar, sozandalar, mulozim kampir tasvirlangan. Barcha obrozlar tasvirlanar ekan o'z davrining estetik -badiiy talablariga

H

ko'ra yaratilgan . Ba'zi obrozlar maftunkor qilib, ijobiy shaxslar qatorida tasvirlanar ekan , albatta ular orasida salbiy korinishlar ham mavjud. Malika Sudoba va mulozim kampir bunga misol bo'ladi.

Temuriylar davrida yashab, ijod etgan ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning Xamsa va Lison ut-tayrdostonlari va Badoyi ul-bidya, Sherozda tartib berilgan devon shu va boshqa dostonlarning to'liq va terma qo'lyozmalargai 15 -16 asrlar davomida ko'plab rasmlar ishlangan. Ularning ba'zilarida hayotiy tarixiy shaxslarni ko'rsak, ko'pchiligida Shirin, Layli, Mohinabonu,Diloromlar va boshqa ayollarning uyg'unlashgan siymolarini ko'ramiz.

4O'sha joydan 34-bet

5 Osha joydan 33-bet.

6 Osha joydan 33-bet

7Madraimov.A. Temuriy va Boburiylar davri miniatyura san'ati rivoji.- "Fan" nashriyoti;T:.2019.34-bet

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 83 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-81-85

Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar al'bom-to'plamidagi 32 turkumdan 19 tasida ayollar surati mavjud. Ba'zida, xususan Nushurvon Malika bilan saroyda, Majnun Laylining uyida rasmlarda ayollar asosiy qahramonlar sifatida kompazitsiya markazida tasvirlangan. Yosuman Shirinning o'limi haqida Farhodga habar bermoqda rasmida qari yovuz kampirning salbiy siymosini ko'rishimiz

о

mumkun. Yana bir rasmdagi ikki farishta qanotli ayollar sifatida tasvirlangan. Uning yana bir boshqa asarlariga ishlangan rasmlar orasida Sulton Husayn va da'vogar kampir qozi huzuridarasmi mavjud bo'lib unda o'z davrida tilla kampir deb nom olgan ayol siymosini ko'rishimiz mumkun. Yana boshqa rasmda ot mingn Shirinn oti bilan ko'targan Farhodni ko'rib ko'rish mumkun.

Chap tomonda hayratda qolgan kanizaklar tasvirlangan. To'rtta rasmda Bahrom va go'zallar tasviri mavjud. Eng diqqatga loyiq rasm sifatida Hayrat ul-abror dostonidagi so'z tarifiga ishlanganini ko'rsatis h mumkun. Unda olti juft yosh yigit va qiz munosabatlari juda yuksak mahorat bilan tasvirlangan. Ularning bir-biriga bo'lgan munosabati yaqqol sezilib turgan. Bunday ishlangan rasmlarni tomosha qilib xuddiki o'sha davr ichiga tushib qolganday bo'ladi kishi.

XVasrda Hirot fan, san'at va madaniyat olamida paydo bo'lgan juda ko p shaxslar singari Kamoliddin Begzodning ham ijodiy kamolitida Alisher Navoiy hal qiluvchi rolni oynagan va o'zining tug'ma nafis san'atga bo'lgan qobiliyati tufayli juda ko'plab takrorlanmas tasviriy san'at mo'jizalarini yaratgan. Sharqning buyuk musavviri ustod Kamoliddin Behzod ayollar siymosini yaratganda ham juda ishtiyoq bilan ishlaganligini ko'rishimiz mumkin. Rassom ijodiga bag'ishlangan 1432-yilga nisbat berilgan albomdagi rasmlarning birida Layli va dugonalari maktabda tasvirlangan.

So'nggi Temuriylardan bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur o'zining Vaqo'iy-Boburnoma asarida zamondosh Temuriylar, o'z otasi Umarshayx Mirzo, amakilari Sultan Ahmad Mirzo, Sulton Mahmud Mirzo, Xuroson podshosi Sulton Husayn Mirzo xotinlari va qizlari to'g'risida juda ko'plab mukammal ma'lumotlar keltirilgan. Hindistonda XV asr oxiri va XVI asr boshlarida Boburning nabirasi Jaloliddin Muhammad Akbar saroyida Boburnomaning forscha tarjimasi qo'lyozmalariga ishlangan rasmlarning ma'lum qismida kitobdagi eng munosib ayollar tasvirlangan. Ushbu asarda Bobur juda katta ehtirom bilan yod etadigan ayol bu Eson Davlatbegimdir: Xotinlar orasida ra'y va tadbirda, mening ulug' onam Eson Davlatbegimcha kam bo'lgay edi, bisyor oqila va mudabbira edi. Ko'proq ish

8 Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar./ Hamid Suloymon. -Toshent; Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan 84

"Fan" nashriyoti,1970[. 3 5 6 7 rasmlar] Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-81-85

alarming mashvarati bila bo'lur edi.- deyiladi Boburnomada. Bunday zukko va oqila ayolni ikki rasmlarda ko'rishimiz mumkin. Birinchi rasmda Esan Davlatbegim Mavlonoyi Qozi bilan Hasan Yoqub qo'zg'olonini oldini olish to'g'risida maslahat qilishmoqda. Ikkinchi tasvirda esa nabirasi Boburga nasihat qilayotgani tasvirlangan Bizga ma'lumki Boburning suyukli opasi Xonzodabegim orasida uzoq vaqt ayriliq bo'lgan. To'rtdan ortiq rasmlarda ularning iztirobli ayriliqdan so'ng uchrashganligidagi holati juda tasirli qilib ishlangan. Boburning hayotida muhim ro'l o'ynagan oqila ayol tasviri ko'plab rassomlar tomonidan ishlangan.

XULOSA

Buyuk kamolat sohibi hisoblanmish Amir Temurning shaxsiy fazilatida ayollarga e'tibor, ularni qadrlashga alohida e'tibor qaratgan. Xattoki kelin tanlashda ham alohida qonun, rasm-rusumlari bo'lgan. Uning ayollarga hurmat bilan bo'lgan munosabati avlodlariga ham saqlanib qoldi. Xususan Bobur va uning Hindistondagi avlodlarida saqlanib qolgan edi. Rassomlar tomonidan chizilgan ayollar siymosida ularni qoshlari va lablari ingichka, burunlari kattaroq, ikki yuzi qizargan, boyni uzun, bellari xipcha qilib tasvirlangan. Bu ham oziga xos san'at uslubi bo'lib, bunday ayollarning chiroyda tengi yo'qdek tasvirlangan. Kiyinish uslublarida ham rangbarang va xarir matolardan foydalangan. Umuman olganda Sharq ayollarining barchasi go'zaldir. Ayollar siymosi har doim e'zozda va ardoqda bo'lgan.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy dostonlariga ishlangan rasmlar./ Hamid Suloymon.-Toshent; Fan nashriyoti,1970[. 3 5 6 7 rasmlar]

2. H.Sulaymon Boburnoma rasmlari''. ''Yozuvchi'' Toshkent:1995

3. Madraimov.A. Temuriy va Boburiylar davri miniatyura san'ati rivoji.- Fan nashriyoti;T:.2019. 31-bet

4. Timur and Princely Vision.Persian art and Culture in the Fifttheeth Century./T.W.Lentz and G.D.Lowry.-Washington:Smithsonian Institution Press,-p,102,fig;37

Google Scholar

Academic Research, Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.