Научная статья на тему 'TELESERIALNING FORMAT SIFATIDA SHAKLLANISHI'

TELESERIALNING FORMAT SIFATIDA SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
televideniye / teleserial / audiovizual format / efir / model / телевидение / телесериал / аудиовизуальный формат / трансляция / модель.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.O.Axmetjanova

teleserial yoki zamonaviy madaniyat odatlariga teleserialda dominant formatga aylandi, tomosha qilish uchun ta'sir qiladi va rivoyatlarni shakllantiradi. Ush teleserialning formatida maqola evolyutsiyasini o'rganadi, uning kelib chiqishi, ishlab chiqarish va televidenie va tomoshabinlarga ta'sirini o'rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF TELESERIAL AS A FORMAT

телесериалы или современная культура стали доминирующим форматом телесериалов, влияющим на просмотр и формирование повествований. Уш исследует эволюцию статьи в формате телесериала, исследуя ее происхождение, производство и влияние на телевидение и аудиторию.

Текст научной работы на тему «TELESERIALNING FORMAT SIFATIDA SHAKLLANISHI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

TELESERIALNING FORMAT SIFATIDA SHAKLLANISHI

,JH}IOb

© M.O.Axmetjanova1^_

1O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: teleserial yoki zamonaviy madaniyat odatlariga teleserialda dominant formatga aylandi, tomosha qilish uchun ta'sir qiladi va rivoyatlarni shakllantiradi. Ush teleserialning formatida maqola evolyutsiyasini o'rganadi, uning kelib chiqishi, ishlab chiqarish va televidenie va tomoshabinlarga ta'sirini o'rganadi.

MAQSAD: tadqiqotning maqsadi teleserialning teledasturlashda muayyan formatda ishlab chiqarishni tahlil qilishdir. Tadqiqot telekompaniyalarning mashhurligiga qo'shimcha yordam ko'rsatish, dasturiy ta'minot va tematik manbalar.

MATERIALLAR VA METODLAR: hisob-kitob arxivi auditi, kontent tahlili va o'rganish birlashmasidan obyekt tarixiy va tahliliy tahlilni qo'llaydi. Materiallarga dastlabki teleserial skriptlari, ishlab chiqarish yozuvlari, tomoshabinlar ma'lumotlari va tanqidiy sharhlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: madaniy rivoyatlarga ta'sir ko'rsatish, nutqni shakllantirdi va ijtimoiy xizmatlarni Tele aks ettirdi. Ular, media o'quvchilar madaniyati va ijtimoiy ta'siri orqali jamiyatni qurishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Tomoshabinlar tomonidan o'zining rivojlanishi shuni ko'rsatadiki, teleseriallar chuqur his-tuyg'ularni jalb qiladi. Mashhur seriallardagi mavzular va qahramonlar ko'pincha ijtimoiy suhbatlar va madaniy tendentsiyalarga ta'sir qiladi.

XULOSA: teleserialning format sifatida sifatli televidenie sanoat va tomoshabinlarning o'ziga xos vositalariga chuqur ta' ko'rsatadi. Teleseriallar o'zining dastlabki davridan to hozirgi kungacha o'zgartirilgan, madaniy va iste'mol talablarini rivojlanishi uchun rivojlandi.

Kalit so'zlar: televideniye, teleserial, audiovizual format, efir, model

Iqtibos uchun: Axmetjanova M.O. Telesirialning format sifatida shakllanishi. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 352-357.

СТАНОВЛЕНИЕ ТЕЛЕСЕРИАЛА КАК ФОРМАТА.

© М.О.Ахметжанова1Н

1Академия наук Республики Узбекистан, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: телесериалы или современная культура стали доминирующим форматом телесериалов, влияющим на просмотр и формирование повествований.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Уш исследует ■ эволюцию статьи в формате телесериала, исследуя ее происхождение, производство и влияние на телевидение и аудиторию.

ЦЕЛЬ: цель исследования - проанализировать производство сериалов определенного формата в телепрограммах. Дополнительная поддержка популярности исследовательских телекомпаний, программного обеспечения и тематических ресурсов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: использует исторический и аналитический анализ объектов из аудита бухгалтерского архива, контент-анализ и интеграцию обучения. Материалы включают оригинальные сценарии телесериалов, производственные заметки, информацию об аудитории и критические обзоры.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: влияние на культурные нарративы, формируемый дискурс и социальные услуги телевизионных передач. Они, средства массовой информации, играют решающую роль в построении общества посредством культуры и социального влияния студентов. Его освоение зрителями показывает, что сериалы вызывают глубокие эмоции. Темы и персонажи популярных сериалов часто влияют на социальные разговоры и культурные тенденции.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: качественное телевидение как формат телесериалов оказывает глубокое влияние на специфические инструменты индустрии и аудиторию. С первых дней своего существования и до наших дней телесериалы развивались, чтобы удовлетворить меняющиеся культурные и потребительские запросы.

Ключевые слова: телевидение, телесериал, аудиовизуальный формат, трансляция, модель.

FORMATION OF TELESERIAL AS A FORMAT_

© Mohinur O. Axmetjonova1®

1Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: TV series or contemporary culture has become the dominant format in TV series, influencing viewing and shaping narratives. Ush explores the evolution of the article in the format of the television series, exploring its origins, production, and impact on television and audiences.

AIM: the purpose of the study is to analyze the production of TV series in a specific format in television programming. Additional support for the popularity of research TV companies, software and thematic resources.

Для цитирования: Ахметжанова М.О. Становление телесериала как формата. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 352-357.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: Uses object historical and analytical analysis from accounting archive audit, content analysis, and learning integration. Materials include original TV series scripts, production notes, audience information, and critical reviews.

DISCUSSION AND RESULTS: Impact on cultural narratives, shaped discourse, and telecast social services. They, media play a crucial role in building society through the culture and social influence of students. Its development by the audience shows that TV serials appeal to deep emotions. Themes and characters in popular series often influence social conversations and cultural trends.

CONCLUSIONS: Quality TV as a format of TV series has a deep influence on the specific tools of the industry and the audience. From its early days to the present day, television series have evolved to meet changing, cultural and consumer demands.

Key words: television, TV series, audiovisual format, broadcast, model Key words:

Teleserial, ekran san'atining alohida tuzilish va funksiyalarga ega bo'lgan bir formati bo'lib, televideniyening ajralmas qismiga aylanib ulgirgan. Ilk teleserial dunyo yuzini ko'rganiga salkam sakson yil to'ldi ("Faraway Hill", 1946) va bu davr mobaynida u ko'plab bosqichlarni bosib o'tdi. Teleseriallar amaliy va nazariy jihatdan rivoj topishi bevosita adabiyot, teatr, radio, televideniye va kino san'ati bilan bog'liq.

1949-1957-yillar mobaynida seriallarning audio va audiovizual formatda tinglovchilar va tomoshabinlarga taqdim etildi. Ya'ni televizon va radio efirda seriallar parallel ravishda tomoshabinlarga namoyish etildi. Qiziqarli jihati shundaki, televideniyeda suratga olingan tayyor asarni audio shakli radioda ham yangradi. Ushbu faktor yuqorida aytilgandek, teleserialning ildizlaridan biri radioserial bo'lganini isbotlaydi. Tabiiyki, hali televideniyeda dastur tuzilmasi ishlab chiqilmagan davrda radio va teleserialning formati bir biridan katta farq qilmagan. S.Zayseva I.Filipsning "The Building Light" (AQSh) teleserialini "Radio serialni televideniye uchun moslashtirishning yagona ijobiy tajribasi" - deya baholaydi va aynan shu teleserial orqali "Radio va televideniye tilining tabiatidagi farq yaqqol namoyon bo'ldi" [1, 14] deya ta'riflaydi. Bu ma'lumotlarga tayanib, "The Building Light" teleserialning shakllanishi tomon ulkan qadam degan xulosaga kelish mumkin.

Ilk teleseriallar jonli tarzda efirga uzatilgan bo'lib, ularning katta qismi tasmalarga yozib olinmagani sababli saqlanib qolmagan. Bu bir tomondan hali televideniyeda materiallarni yozib olish imkoniyatlari cheklanganligiga borib taqalsa, ikkinchi tomondan dastlabki teleseriallar faqatgina televideniye efirini to'ldiruvchi bir martalik tomosha sifatida baholanganligini anglatadi. AQSh televideniyesida "Tv-show" atamasi shu yo'sinda paydo bo'ldi. Ilk teleseriallar AQSh televideniyesida vujudga kelgani sababli, bugunga qadar "televizion asarning amerikacha varianti" degan qarash saqlanib qolgan.

Teleseriallar rivoji Buyuk Britaniya va AQSh televideniyesi modeli bilan bog'liq bo'lib, u aynan Amerika televideniyesi orqali eng yuqori cho'qqiga erishdi. "Buyuk Britaniyadagi

For citation: Mohinur O. Axmetjanova. (2024) 'Formation of teleserial as a format., Inter education & global study, (4(2)), pp. 352-357. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

BBC har doim o'yin-kulgini ta'lim va yuksak madaniyat bilan muvozanatlashga intilgan, Amerikada esa televideniye har doim tijoriy maqsadga bo'ysundirilgan bo'lib, reytinglarga e'tibor qaratgan va "the least objectable programming" konsepsiyasiga amal qilgan, ya'ni dasturlarni keng auditoriyaning didiga moslashtirishga intilgan" [2,18]. Buyuk Britaniya va AQShda teleserial suratga olishda bu an'analar bugungacha saqlanib qolgan.

Buyuk Britaniya televideniyesi ko'p qismli badiiy teleasarlar yaratishda klassik adabiy asarlardan foydalanish an'anasini boshlab berdi. BBC telekanali tomonidan 1951-yilda "The Warden" (E. Trillop romani) birinchi mini teleseriali efirga uzatildi. Shu tariqa J. Ostinning mashhur romanlari "Andisha va g'urur" (1952), "Jeyn Eyr" (1953) va "Ishonch" (1960), Ch. Dikkensning "Barnabi Raj" (1960) romani asosida mini seriallar suratga olindi.

1953 yilda Bi-bi-si televideniye uchun maxsus yozilgan birinchi olti qismli teleserial "Quatermass Experiment"ni efirga uzatdi. Lime Grove Studios tomonidan bolalar uchun suratga olingan "The Appleyards" (rej. Naomi Kapon, 1952-1957) Buyuk Britaniyada suratga olingan birinchi soap opera bo'ldi. Keyin esa birin-ketin "Emergency Ward 10" (1957-1967), "The Grove Family" (1954-1957), "Sixpenny Corner" (1955-1956), "Star and Company" (1958) teleseriallari suratga olindi.

1960-yillarga kelib Britaniyada qirollik va xususiy telekanallar o'rtasida raqobat boshladi. Shu sababdan BBC o'zining xususiy BBC2 kanalini tashkil etdi va darhol telekanal reytingini ko'tarish uchun "The Forsyte Saga" (1967) teleserilai suratga olindi. "The Forsyte Saga" AQShda katta muvaffaqiyat bilan namoyish etilib, Sobiq Ittifoqda namoyish etilgan birinchi BBC teleseriali bo'ldi.

70-yillar oxiriga kelib Buyuk Britaniyada teleseriallarning tuzilishi sezilarli darajada o'zgarib bordi. Bu televideniyeda kunduzgi dasturlarning isloh qilinishi bilan bog'liq holat edi. Shu davrga kelib A.Xichkok va F.Kapra kabi katta ekran uchun filmlar suratga olgan professional rejissyorlar televideniye uchun telefilm va seriallar suratga ola boshladilar.

1980-yillardan kunduzgi teledasturlar reytingi birdan ko'tarila boshladi. Bu davrda Frenk va Doris Xerslining "Markaziy shifoxona" ("General Hospital" 1963-yildan h.v.) seriali 80-yillarga kelib teleseriallarning maqomi kuchayishiga yo'l ochdi. Telerejissyor A.Spellingning "Sulola" ("Dynasty", 1981-1989) seriali katta muvaffaqiyat qozonib 1984-yil "Eng yaxshi televizion drama" nominatsiyasi bo'yicha "Oltin Globus" mukofotini qo'lgan kiritdi. Bundan tashqari u 1981-yildan to 1986-yilga qadar to'xtovsiz ushbu nominatsiya uchun nomzod sifatida ishtirok etdi.

Shimoliy Amerikada (asosan AQShda) 40-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan "Televideniyening oltin davri" 60-yillarda ham davom etdi. Bu jonli efirning ko'pligi va tvda yangi janrlarning shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan qizg'in jarayon edi. AQShda 40-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan "Televideniyening oltin davri" 60-yillarda ham davom etdi. Bu jonli efirning ko'pligi va televideniyeda yangi janrlarning shakllanishi bilan bog'liq bo'lgan qizg'in jarayon edi. "Bu davrning dastlabki kunlarida bir soatlik dramatik serial-antologiyalar paydo bo'ldi va ularning ko'pchiligi tanqidchilarning olqishiga sazovor bo'ldi" [3].

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya teleseriallari 90-yillardan boshlab O'zbekiston telekanallarida namoyish etib borilgan bo'lsada, ularning suratga olish uslubining mutlaq yangilik bo'lganligi, sharqona mentalitetdan yiroq g'oyalari, juda katta mablag' talab etadigan janrlari sabab o'zbek teleseriali shakllanishi jarayonga amaliy ta'sir o'tkazishga imkon bermadi. Ushbu xorijiy tele asarlar Amerika va Yevropada teleseriala formatining rivojlanishiga o'zaro ta'sir ko'rsatgan bo'lsada, o'zbek teleseriallari rivojiga aytarli ta'sir ko'rsatmadi.

Teleserial formatining rivojida keyingi katta qadam Lotin Amerikasi mamlakatlari Meksika, Argentina, Braziliya, Venesuyelada amalga oshirildi. 50-yillardan boshlab Lotin Amerikasida teleserialning yana bir kurinishi - telenovella shakllana boshladi. Bu davrda AQShda sovun opera(soap opera) kunduzgi televizion dasturlarning asosiga aylanib ulgirgan edi. 60-yillardan boshlab Lotin Amerikasi telenovellalari Yevropa bo'ylab tarqala boshladi. Telenovella janri "fransuz vodevil teatri, italyan komediya del arte teatri, ispan sarsuela (isp. zarzuela) janri" [4,5] va radio eshittirishlar asosida paydo bo'lgan.

Lotin Amerikasi teleseriallari boshqa davlatlarnikidan farqli o'laroq, AQSH teleseriallari ta'sirida emas, balki "radionovellalar" va "telenovella" shaklida Meksikadan Chiliga qadar tarqalgan [5,29-30]. Telenovella formati shakllanishida muhim rol o'ynagan radionovella dastlab AQSh va Kanadada paydo bo'lib, 1920-yillardan boshlab Kuba orqali Lotin Amerikasi mamlakatlariga yoyildi. Meksikaning "El derecho de naser" ("Tug'ilish huquqi", 1938), "Anita de Mortemar" ("Anita de Mortemar", 1941) radionovellalari butun qit'ada muvaffaqiyat bilan translyaesiya qilindi [6,113]. Lotin Amerikasi telenovellalari qahramonlar obrazi masalasiga alohida e'tibor qaratgani bilan jahon teleseriallaridan farq qiladi. Dastlabki telenovellalarda qahramonlar to'rt turga bo'lingan: "qurbon, yovuz, qahramon va telba" [7,12]. Personajlar xarakteriga nisbatan bunday yondoshuv bugungi kunda ham saqlanib qolgan.

50-60-yillarda Meksika, Argentina, Braziliya va Venesuyela telenovellalari ssyenariysining katta qismi romanlar asosida yozilgan bo'lsa, 60-yillar oxiriga borib ssyenariynavislar tomonidan original ssyenariylar yozila boshlashi bilan telenovellalar madaniy hayotda katta o'ringa ega bula boshladi. Shu davrdan boshlab bugunga qadar telenovellalar suratga olishda "Televisa", "Telefe", "Venevision" va "Globo" teletarmoqlari yetakchilik qilmoqda. Bugungi kunda "Telenovela rosa" meksikancha telenovellaning dunyoda eng mashhur turi sanaladi.

Lotin Amerikasida dastlab telenovellalar Braziliyada faol suratga olina boshlangan bo'lib, eng katta byudjetli seriallar ham aynan shu mamlakatda suratga olingan. 70-80-yillarda esa teleserial (telenovella) suratga olish bo'yicha Meksika birinchi o'ringa chiqdi. Meksika seriallarida oila masalalari, Braziliyada sosial mavzu, Venesuyelada muhabbat mavzusi, Kolumbiyada siyosiy masalalar, zo'ravonlik va kidnepping mavzusi yetakchilik qilmoqda.

Lotin Amerikasi telenovellalari Amerika seriallaridan davomiylik chegarasi mavjudligi bilan farqlanadi. Jahonda 70-yillardan telenovella formatiga nisbatan qiziqish boshlangan bo'lsa, "2018 yilga kelib, telenovelalarning mashhurligi yo'qolishining ba'zi alomatlari

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ko'rina boshladi". [8,9] Jahon telekanallari va striming platformalarda telenovellalarning reytingi tusha boshladi.

80-yillardan boshlangan prosedural teleserial suratga olish an'anasi 2000-yillarda yanada faollashib, "Doktor Xaus", "Ruhshunos", "Kassel", "Monk", "Yangi Sherlok Xolms", "Sherlok", "Komissar Rash" kabi teleseriallar butun jahon telekanallarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.

90-yillar butun jahon teleserial sanoatida tub burilishlar sodir bo'ldi. Bu davrga kelib teleprodyuserlar, telerejissyorlar, teledramaturglar va qolaversa televideniye nazariyotchilari teleserial formatiga nisbatan jiddiy yondoshuv zarurligi angladilar. D.Linch o'zining "Tvin Piks" ("Twin Peaks", 1990-2018) seriali orqali jahonda teleseriallarning badiiy tuzilishini sezilarli darajada o'zgartirishga erishdi. "Tvin Piks" hatto juda ko'plab tanqidchilar tomonidan iliq fikrlar bildirilgan V.Gilliganning "Mashaqqatlar sari" ("Breaking bad" 20082013) serialiga ham o'z ta'srini o'tkazgan.

V.Gillianning "Mashaqqatlar sari" teleserial formatidagi eng katta burilish yasagan drama bo'ldi. Ushbu serialning murakkab syujet kompozisiyasi, obrazlar va voqelarning realligi teleserialga nisbatan qarashlarni tubdan o'zgartirdi. Teleserialda kriminal drama, triller va vestern janrlari qorishiq tarzda qo'llanilgan bo'lib, tomoshabinga doim saspens bilan ta'sir ko'rsatilgan va qora yumor orqali teleasarning qiymatin yanada oshgan.

"Teleseriallar bugungi kunda xuddi kitoblar yaratgandek madaniy makon yaratadi. Bugun muloqotni davom ettirish uchun teleseriallar haqida suhbatni boshlash kifoya" [9,20]. Teleseriallar orqali tomoshabin zamondosh qahramonlarni ko'radi va bundan tashqari o'zi yashab turgan jamiyatga tashqaridan nazar tashlash mumkin.

Teleserial o'zining evolyutsion rivojlanish jarayonida badiiy televideniyening alohida formati ekanligini isbotladi. Bugungi kunda teleserial katta sanoat maydoniga ega bo'lib, to'xtovsiz ravishda rivojlanmoqda. Tomoshabinlar auditoriyasi ham yildan yilga o'sib bormoqda. Tajribali kino ijodkorlarining teleserial formatiga alohida e'tibor qaratayotgani uning istiqbolidan darak beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИС ОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Axmetjonova Mohinur Olim qizi, tayanch doktorant, [Ахметжонова Мохинур Олим кизи, Докторант], [Mohinur O. Axmetjonova, Doctoral student]; manzil: O'zbekiston, 100047, Toshkent shahar, Yahyo G'ulomov, 70 [адрес: Узбекистан, 100047, город Ташкент, Яхья Гуломова, 70], [address: Uzbekistan, 100047, Tashkent city, Yahya Ghulomov, 70]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.