Научная статья на тему 'IQTISODIY INQIROZLARGA TA’SIR MODELLARI TAVSIFI'

IQTISODIY INQIROZLARGA TA’SIR MODELLARI TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
177
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inqiroz / tanazzul / ta’sir modellari / inqirozlar tavsifi / modellar tavsifi / kompleks / kontseptual / ratsionallik / optimallashtirish / prognoz / kreativ / strategiya / crisis / recession / impact models / description of crises / description of models / complex / conceptual / rationality / optimization / forecast / creative / strategy

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Normurodov Xusan Eshmaxmatovich, Bahromov Shahzod Fazliddinovich

Iqtisodiy inqirozlar vujudga kelishi rivojlanishi transformatsiyasiga turli omillar ta’sir qiladi. Shu jihatdan inqirozlarni oldini olish, yumshatish va bartaraf etish ham yoki ularga ta’sir mexanizmlari ham turlicha yondashuvni talab qiladi. Bu yondashuvlar tatbiq nuqtai nazardan model ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inqirozga qarshi ta’sir omillarni shu jihatdan ma’lum modellari turli samaraga ega bo‘ladi. Bu ta’sir modellari turlicha tavsifga ega. Inqirozlarga ta’sir qilish aynan inqirozlar tavsifi va unga mos keladigan ta’sir modellarining mosligiga bog‘liq. Demak inqirozlar va unga ta’sir etish omillari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsifi modellarini tuzish mumkin. Shu moslikni ta’minlash inqirozlarga qarshi ta’sir mexanizmi va uning tatbiqi variatsion samaradorlik xarakteriga ega bo‘lganda u inqirozga qarshi ta’sir omillari modeli shakliga keladi. Bunday modellar o‘ziga xos ko‘rinishlari ularning tavsifini bildiradi. Turli iqtisodchilar voqelikni o'z talqinlarini tushuntirish uchun zarur bo'lgan narsalar to'g'risida turlicha xulosalar chiqaradilar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESCRIPTION OF MODELS OF INFLUENCE ON ECONOMIC CRISIS

Various factors affect the transformation of the economic criseses development. In this respect, the prevention, mitigation and elimination of crises, or the mechanisms of impact on them, require a different approach. These approaches will have a model value from the application point of view. In this respect, certain models of anti­crisis influence factors have different effects. These effect models have different descriptions. Exposure to crises depends precisely on the description of crises and the appropriateness of corresponding impact fators. So there is a connection between the description of crises and the models of their impact. Ensuring this compatibility is an anti­crisis mechanism and when its application has the character of variable efficiency, it comes in the form of a model of anti­crisis factors. The specific appearance of such models indicates their description. Different economists draw different conclusions about what is necessary to explain their interpretation of reality.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY INQIROZLARGA TA’SIR MODELLARI TAVSIFI»

у

Normurodov Xusan Eshmaxmatovich,

O'zbekiston Milliy universiteti katta o'qituvchisi

Bahromov Shahzod Fazliddinovich,

O'zbekiston Milliy universiteti talabasi

IQTISODIYINQIROZLARGA TA'SIR MODELLARI TAVSIFI

UO'K: 338

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_9_2

NORMURODOVX.E., BAHROMOV S.F. IQTISODIY INQIROZLARGA TASIR MODELLARI TAVSIFI

Iqtisodiy inqirozlar vujudga kelishi rivojlanishi transformatsiyasiga turli omillar ta'sir qiladi. Shu jihatdan inqirozlarni oldini olish, yumshatish va bartaraf etish ham yoki ularga ta'sir mexanizmlari ham turlicha yondashuvni talab qiladi. Bu yondashuvlar tatbiq nuqtai nazardan model ahamiyatiga ega bo'ladi. Inqirozga qarshi ta'sir omillarni shu jihatdan ma'lum modellari turli samaraga ega bo'ladi. Bu ta'sir modellari turlicha tavsifga ega. Inqirozlarga ta'sir qilish aynan inqirozlar tavsifi va unga mos keladigan ta'sir modellarining mosligiga bog'liq. Demak inqirozlar va unga ta'sir etish omillari o'rtasidagi bog'liqlikni tavsifi modellarini tuzish mumkin. Shu moslikni ta'minlash inqirozlarga qarshi ta'sir mexanizmi va uning tatbiqi variatsion samaradorlik xarakteriga ega bo'lganda u inqirozga qarshi ta'sir omillari modeli shakliga keladi. Bunday modellar o'ziga xos ko'rinishlari ularning tavsifini bildiradi. Turli iqtisodchilar voqelikni o'z talqinlarini tushuntirish uchun zarur bo'lgan narsalar to'g'risida turlicha xulosalar chiqaradilar.

Kalit so'zlar: Inqiroz, tanazzul, ta'sir modellari, inqirozlar tavsifi, modellar tavsifi, kompleks, kontseptual, ratsionallik, optimallashtirish, prognoz, kreativ, strategiya.

НОРМУРОДОВ Х.Э., БАХРОМОВ С.Ф. ОПИСАНИЕ МОДЕЛЕЙ ВЛИЯНИЯ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС

На трансформaцию развития экономических кризисов влияют различные факторы. В этом плане предотвращение, смягчение и ликвидaция кризисов или механизмы воздействия на них требуют иного подхода. Эти подходы будут иметь модельную ценность с точки зрения применения. В этом отношении отдельные модели факторов антикризисного воздействия имеют разный эффект. Эти модели эффектов имеют разные описания. Подверженность кризисам зависит именно факторов кризисов и адекватности соответствующих моделей воздействия. Таким образом, существует связь между описанием кризисов и факторами их воздействия. Обеспечение этой совместимости является антикризисным механизмом и в случае, когда его применение носит характер переменной эффективности, оно проявляется в виде модели антикризисных факторов. Специфический внешний вид таких моделей указывает на их описание. Разные экономисты делают разные выводы о том, что необходимо для объяснения их реальности.

Ключевые слова: кризис, рецессия, модели воздействия, описание кризисов, описание моделей, комплекс, концептуальность, рaциональность, оптимизaция, прогноз, креатив, стратегия.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

NORMURODOV H.E., BAHROMOV S.F. DESCRIPTION OF MODELS OF INFLUENCE ON ECONOMIC CRISIS

Various factors affect the transformation of the economic criseses development. In this respect, the prevention, mitigation and elimination of crises, or the mechanisms of impact on them, require a different approach. These approaches will have a model value from the application point of view. In this respect, certain models of anti-crisis influence factors have different effects. These effect models have different descriptions. Exposure to crises depends precisely on the description of crises and the appropriateness of corresponding impact fators. So there is a connection between the description of crises and the models of their impact. Ensuring this compatibility is an anti-crisis mechanism and when its application has the character of variable efficiency, it comes in the form of a model of anti-crisis factors. The specific appearance of such models indicates their description. Different economists draw different conclusions about what is necessary to explain their interpretation of reality.

Key words: crisis, recession, impact models, description of crises, description of models, complex, conceptual, rationality, optimization, forecast, creative, strategy.

Kirish.

Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy inqirozlar, ularning kelib chiqish sabab-lari va oldini olish masalalariga klassik iqtisodiyot nazariyasi vakillari, marginalistlar va institutsional iqtisodiyot nazariyachilari keng yoritganlar.

Makroiqtisodiyot nazariyasi maktabiga doir olimlar. J.M. Keynsdan boshlab neokeinschilarga qadar inqirozlarni oldini olish va muntazam iqtisodiy o'sishni ta'minlab borishga doir ko'plab tad-qiqotlar amalga oshirganlar va bunga doir modellar ishlab chiqqanlar.

O'zbekistonda qabul qilingan bir qancha iqti-sodiy-ijtimoiy taraqqiyot dasturlari jumladan 2030 yilga qadar qabul qilingan Taraqqiyot Strategiyani amalga oshirish, albatta turli noxushliklar, moliyaviy va iqtisodiy inqirozlarni chetlab o'tish choralarini va bunda turli modellarni qollash imkoniyatlarini qam-rab olishi lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda mazkur tadqiqot dolzarbligi shubha tug'dirmaydi.

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

Ilmiy adabiyotlarda iqtisodiy va moliyaviy inqirozlarni ng kelib chiqishi, sabablari, jamiyat va sanoatga ta'siri haqida keng ko'lamli ma'lumotlar berilgan. Shu jumladan inqirozni bartaraf etishning turli modellari(birinchi, ikkinchi, uchinchi) yaratilgan.

Xorijlik iqtisodchi olim Andy Marker o'z asar-larida (Inqirozlarni boshqarishni takomillashtirish modellari va nazariyalari) iqtisodiy va moliyaviy inqirozlarni bartaraf etishning modellarini qanday ishlashi va ularni kimlar tatbiq etganini yozib o'tgan.

Urushdan keyingi davrda ko'plab valyuta inqiro-zlari bo'lgan ( Kaminskiy va Reynhart, 1999). Valyuta inqirozi - bu valyuta kursining sezilarli darajada qisqa vaqt ichida pasayishi epizodidir.

А.Бузгалин, А.Колганов1аг оЫ^ ЬоПЬ оЧдап jahon iqtisodiy-moliyaviy inqiroz sabablarini va omillarini tadqiq etganlar1.

Shuning Ы!ап, кеШгПдап tadqiqotlaga suyan-дап ЬюИа, inqirozlar va и1агда ta'sir omillari o'rtasidagi Ьод'^Пкт modellarini tuzish va mod-е11агда suyangan ЬюИа inqirozlarga qarshi ta'sir mexanizmni muhim ilmiy va metodik ahamiyatga еда. Bunday modellar о'21да xos ко'г1п1БЫаг1 и1агп-тд tavsifini bildiradi. ТигИ iqtisodchilar voqelikni o'z talqinlarini tushuntirish uchun iqtisodiy jarayonlar to'g'risida turlicha xulosalar chiqarish imkonlarini beradi.

Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur izlanishlar iqtisodiy iпqirozпiпg пazariy-metodologik asoslariпi tahlil va taqqoslash metodlari asosida tadqiq etil-gan. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish sabablari dalillarni va statistik ma'lumotlarni solishtirish va taqqoslash, induktsiya va deduksiya, abstrakttsiya shuningdek shartli modellashtirish, tavsiflash metodlariga asosan amalga oshirilgan.

Tahlil va natijalar.

Jahon tarixidagi barcha iqtisodiy inqirozlarni yaxshiroq tushunish uchun inqiroz modellari muhokama qilinadi. Jahon inqirozlar har bir roz avvalgilariga nisbatan turli sabablarga asoslaпib, turli iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelgan. Shuning uchun yangi inqirozlarni tushuntirish uchun yangi qarashlar va modellar ilgari surildi. Biroq, bu modellar Ыт-Ыпт almashtirib bo'lmaydi; ular bir-birini to'ldiгuvchi modellaгdiг.

1 Бузгалин А., Колганов А. Мировой экономический кризис и сценарии посткризисного развития. // Вопросы экономики, 2009, № 1. - с. 125-128.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

Dunyoda so'nggi ikki yuz yil davomida turli mamlakatlarda iqtisodiy inqirozlar kuzatilgan va bu davrda ishlab chiqarish pasaygan, mahsulot-lar bozorga chiqarilmay qolib ketgan, bank tizimi halokat darajasidga uchragan, korxonalar "singan", ishsizlik ko'paygan:

- 1857 yilda sodir bo'lgan xalqaro iqtisodiy inqiroz AQSh, Germaniya, Angliya, Fransiyaning iqtisodiyoti va jamiyat hayotiga ta'sir qilgan. Inqiroz AQShda temiryo'l kompaniyalarining kasotga uchrashi va aksiyalar bozorining qulashi sabab bo'lgan. Fond bozorlarining susayishi Amerika bank tizimida inqiroz kelib chiqishiga olib kelgan. O'sha yildayoq inqiroz Angliyaga o'tgan, so'ng butun Yev-ropaga yoyilgan. AQShda cho'yan ishlab chiqarish, paxta yetishtirish o'rtacha 25 foizga kamaygan. Buyuk Britaniyada kemasozlik 26 foizga qisqargan. Germaniya va Fransiyada ham cho'yan ishlab chiqarish hajmi qisqargan. Rossiya ham inqirozdan chetda qolmagan. Mamlakatda cho'yan ishlab chiqarish, paxta tolalaridan matolar ishlab chiqarish keskin qisqargan.

- 1873 yildagi xalqaro iqtisodiy inqiroz Avstriya va Germaniyada boshlangan. 1873 yildagi inqiroz yirik xalqaro moliyaviy inqiroz sifatida baholanadi. Angliya kapitali sabab Lotin Amerikasida kreditning ko'tarilishi, hamda Germaniya va Avstriyada chayqovchilik ortidan ko'chmas mulk bozoridagi ko'tarilish inqiroz uchun dastlabki sabab bo'lgan. Avstro-german fond bozorining qulashi bilan yakunlangan. AQShda Nyu-York fond birjasida aksiyalar narxining keskin pasayishi va Birlashgan Tinch okeani temiryo'li moliyachisi Jey Kuk bankrot bo'lgach, xavotir boshlangan. Amerika va Yevropa iqtisodiyoti turg'unlik holiga tushib qolgan, Lotin Amerikasi mamlakatlari eksporti keskin kamaygan, natijada davlat byudjeti daromadi qisqargan. Bu kapitalizm tarixida eng uzoq davom etgan inqiroz bo'lgan va 1878 yilda yakunlangan.

- 1914 yil Birinchi jahon urushi boshlani-shi sababli xalqaro moliyaviy inqiroz yuz bergan. Unga AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya hukumatlarining harbiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun qimmatli qog'ozlarini xorijiy emitentlarga ko'p miqdorda sotishi sabab bo'lgan. Bu inqiroz urushuvchi mamlakatlar xorijiy aktivlarini sota bosh-lagach, bir vaqtda bir qancha mamlakatda boshlangan va boshqalaridan farqli ravishda ushbu mam-lakatlardan boshqa joylarga tarqab ketmagan.

- Navbatdagi xalqaro iqtisodiy inqiroz urush-dan keyingi deflyatsiya (milliy valyuta xarid quv-

vatining o'sishi) va retsessiya (ishlab chiqarish-dagi tushkunlik) sabab 1920-22 yillarda yuzaga kelgan. Uning dastlabki alomatlari Daniya, Italiya, Finlyandiya. Niderlandiya, Norvegiya, AQSh va Buyuk Britaniyadagi bank va valyuta inqirozlarida ko'ringan.

- 1929-1933 yillar - Buyuk depressiya davri. 1929 yil 24 oktyabr kuni (qora payshanba) Nyu-York fond birjasida yuz bergan keskin pasayish dunyo tarixidagi eng yirik iqtisodiy inqirozning boshlanish alomati bo'ldi. Qimmatli qog'ozlar narxi 60-70 foizga pasaygan. Dunyoning asosiy valy-utalariga oltin standarti bekor qilingan. Birinchi jahon urushidan keyin AQSh iqtisodi tez surat-larda rivojlandi. Millionlab aksionerlar o'z kapi-tallarini ko'paytirdilar, iste'mol talabi katta surat-larda o'sdi. Va buning hammasi bir zumda yo'q bo'ldi. Qisqa fursatda aksionerlar 15 milliard dollardan ko'p yo'qotishga uchragan. 1929 yil oxirida qimmatli qog'ozlar fantastik summa - 40 milliard dollarga arzonlashgan. Firma va zavodlar yopil-gan, banklar "singan". AQShda ishsizlik mamlakat aholisining 24,9 foizigacha yetgan. Inqiroz 1933 yil-gacha kuchayib borgan, uning oqibatlari 30-yillar oxirigacha sezilib turgan. Bu inqiroz davrida ishlab chiqarish AQShda 46 foiz, Buyuk Britaniyada 24 foiz, Germaniyada 41 foiz, Fransiyada 32 foizga qisqargan. Sanoat kompaniyalari aksiyalari narxi AQShda 87 foiz, Buyuk Britaniyada 48 foiz, Germaniyada 64 foiz, Fransiyada 60 foizga tushib ketgan.

- Ikkinchi jahon urushidan keyingi birinchi xalqaro iqtisodiy inqiroz 1957 yil oxirida boshlangan va 1958 yil o'rtalarigacha davom etgan. U AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Belgiya va Niderlandiyani qamrab olgan. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishi 4 foizga qisqargan. Ishsizlar 10 millionga yaqinlashgan.

- 1973 yil AQShda boshlangan iqtisodiy inqiroz qamrovi, davomiyligi, chuqurlashuvi va oqibatlari jihatidan 1957-58 yillardagi iqtisodiy inqirozdan ta'sirliroq bo'lgan. Hatto ba'zi ko'rsatkichlari bilan "buyuk depressiya"ga yaqinlashgan. Inqiroz davrida AQShda ishlab chiqarish 13 foiz, Yaponiyada 20 foiz, Germaniya Federativ Respublikasida (GFR) 22 foiz, Buyuk Britaniyada 10 foiz, Fransiyada 13 foiz, Italiyada 14 foizga qisqargan. Aksiyalar kurslari bir yilda - 1973 yil dekabrdan 1974 yil dekabrgacha AQShda 33 foiz, Yaponiyada 17 foiz, GFRda 10 foiz, Buyuk Britaniyada 56 foiz, Fransiyada 33 foiz, Italiyada 28 foizga tushib ketgan. 1975 o'rtalarida rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ishsizlar 15

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

1-jadval. Inqirozlarning xususiyatlariga ko'ra tavsifi1

Omillariga ko'ra Ekzogen Endogen Ekologik

Qamroviga ko'ra Umum iqtisodiy Tarmoq va soha resession Mahalliy

Yo'nalishiga ko'ra Iqtisodiy (bazisli) Siyosiy (ustqurmali) Huquqiy (ustqurmali)

Shakllanishiga ko'ra Muq arrar tsi <lik tasodifiy Bir martali

Harakatiga ko'ra Keskin beqaror Rezonansli kichik chas-totali Uzun to'lqinli sokin va barqaror

Ehtimoliga ko'ra Kutiladigan davriy Qisman kutiladigan ehtimolli kutilmaydigan

Ko'laminga ko'ra mikro Mezo Milliy mintaqaviy Makro milliy Mintaqaviy Global

Tadrijiga ko'ra tarixiy joriy zamonaviy istiqboldagi

Bosqichiga ko'ra Paydo bo'lish, vujudga kel-ish, shakllanish rivojlanish O'zgargan Transformatsion

Xarakteriga ko'ra Ortiqcha ishlab chiqarish taqchil

Davomiyligiga ko'ra lahzalik qisqa O'rta uzoq O'ta uzoq

Ta'sir energiyasiga ko'ra Kuchli enersion enersion noenersion

millionga yetgan. Bundan tashqari 10 milliondan ortiq ishchi yarim kunlik ish haftasiga o'tkazilgan. Shuningdek, 1973 yilda birinchi energetika inqi-rozi ham sodir bo'lgan. Inqiroz OPEK - neft ishlab chiqaruvchi davlatlar "qora oltin"ni qazib olishni kamaytirishi hisobiga kelib chiqqan. Shu yo'l bilan ular dunyo bozorida neft narxini ko'tarmoqchi bo'lgan. 1973 yil 16 oktyabrda bir barrel neft narxi 67 foizga - 3 dollardan 5 dollarga qimmatlagan. 1974 yilda neft narxi 12 dollarga yetgan.

- Osiyo moliyaviy inqirozi 1990-yillarning oxirlarida Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning katta qismini qamrab olgan moliyaviy inqiroz davri edi. Inqiroz 1997-yil iyul oyida Tailandda boshlanib, bir qancha boshqa mamlakatlarga tarqalib, moliyaviy inqiroz tufayli butun dunyo bo'ylab iqtisodiy tanazzulga yuz tutishi qo'rquvini oshirdi. Biroq, 1998—1999-yillarda tiklanish tez sur'atda bo'ldi va parchalanish xavotirlari tezda yo'qoldi.

- Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi 2008-yilda bo'lib o'tdi. AQSHda banklarning ipoteka kreditlari qarzini qaytarish qobiliyati bo'lmaganlarga berishi oqibatida boshlandi.

Navbatdagi inqiroz qachon bo'lishi haqida turli taxminlar mavjud. Ba'zi mutaxassislar inqiroz AQShda savdo urushi natijasida boshlanishini va "buyuk depressiya"dek asoratli bo'lishini bashorat

1 Mualliflar ishlanmasi.

qilmoqda. Ba'zilar esa navbatdagi inqiroz Yaponi-yada boshlanishi aytmoqda.

Jahon hamjamiyatida yaqin o'tmishda bosh-langan va hozirda ham o'z o'rniga ega bo'lgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo'ladi.

Iqtisodiy inqirozlar kelib chiqishiga ko'ra, rivo-jlanishiga ko'ra va transformatsiyalashuv jarayo-niga ko'ra turlicha xarakterlanadi. Har bir yirik inqirozlarning shakllanishi inqirozlaning dastlabki o'chog'ining milliy va xalqaro iqtisodiyotdagi ta'sir enersiyasiga va kinetikasiga bog'liq. Aksariyat inqirozlar o'zidan keyin keladigan oqibatlari va boshqa inqirozlarga onalik qilishi bilan xavflidir. Bunday sharoitda inqiroz sabablari, uning ta'sir sohasi va ta'sir enersiyasi, ko'lami va yo'nalishiga qo'ra asoslangan choralarni taqozo qiladi. Inqirozlarga ta'sir omillarining asoslangan tadbirlari inqirozlarga qarshi modellar tasnifini shakllantiradi. Shunga ko'ra inqirozlar tasnifi quyidagicha beriladi.

Ushbu tavsiflar inqirozlarning turli xususiyatlariga ko'ra farqlanishini ko'rsatadi. Bunday tavsifdagi inqirozlarni bartaraf etish turlicha yondashuvni talab qiladi. Shu jihatdan ma'lum bir inqirozlar sharoitid-agi choralar boshqa tavsifdagi inqirozlar uchun mos kelmasligi mumkin. Bunday vaziyatlarda iqirozlarni bartaraf etish yo'llari ham o'ziga xoslikdan kelib chiqib belgilanishi kerak. Demak turli inqirozlarni oldini olish modellari kuyidagicha tavsiflanadi.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

2-jadval. Inqirozlarga ta'sir modellari tavsifi1

Tipiga ko'ra Birinchi avlod ikkinchi avlod Uchinchi avlod

Maqsadiga ko'ra Inqirozlarni oldini olish Inqirozni bartaraf etish Inqirozni oqibatlarini bartaraf etish

Darajasiga ko'ra empirik tarmoq va soha mahalliy

Darajasiga ko'ra Mahalliy milliy global

Uslubiga ko'ra tezkor taktik strategik tizimli dasturli

Мexanizmiga ko'ra davlat bozor aralash

Konyunktur bosqichli vaziyatli uzviy

Modellar ko'pincha birinchi, ikkinchi yoki uch-inchi avlod deb tasniflanadi.

Birinchi avlod modellarida qat'iy belgilangan valyuta kursi rejimining qulashi sabab barqaror bo'lmagan fiskal siyosat bilan bo'ladi.

Krugman (1979) va Flood va Garber (1984) kabi klassik birinchi avlod modellari, qat'iy valyuta kursi rejimining barqaror bo'lmagan fiskal siyosatning oqibatlarini tushuntirish uchun qo'llaganlar. Ular, moliyaviy siyosat, moliya istiqbollari va tijoratning valyuta kursi bo'yicha birlashgan ta'siri mavjudligini ko'rsatishga urg'u berdilar2.

Birinchi avlod modellarini ayirboshlash kursi rejimida hukumat pul massasini qat'iy belgilangan kursga muvofiq belgilash, senyoraj daromad-larini oshirishga yordam beradi. Bu modellar huku-matning doimiy birlamchi defittsitga ega bo'lishi va chet el zaxiralari kabi aktivlarni tugatish yoki kamomadni moliyalashtirish uchun qarz olishi ker-akligini ko'rsatadi.

Fiskal islohotlar bo'lmagan holda hukumatning zaxiralarni cheksiz muddatli qarzga olishi yoki tuga-tishi mumkin emas. Bu sababli, hukumat senyoraj daromadlarini oshirish uchun pul bosib chiqarish orqali kamomadni moliyalashtirishi kerak. Birinchi avlod modellari rejim qulashi, pulni bosib-chiqar-ish kursini barqaror ushlab turish orqali bo'lmagan holda senyoraj daromadlarni oshirishning oqibat-lari haqida tafsilotli tahlil beradi. Qulashi vaqtli va shartli bo'lishi modelning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblandi.

Dastlabki birinchi avlod modellari, davom etayo-tgan fiskal taqchillik, qarz darajasining ko'tarilishi yoki zaxiralarning pasayishi qat'iy belgilangan valyuta kursi rejimining qulashi oldidan bo'lishini taxmin

1 Бузгалин А., Колганов А. Мировой экономечиский кризис и сценарии посткризисного разветия Вопросы экономики 2009 №1 с 125-128 asosida muallif ishlanmasi

2 Moliya inqirozi modellari (Kreyg Bernsayd, Martin

Eyxenbaum va Serxio Rebelo) Yangi Palgrave: Iqtisodiyot lug'ati, 2-nashr

qiladi. Bu bashorat 1997-yilgi Osiyo valyuta inqi-roziga mos kelmaydi. Ushbu nomuvofiqlik ko'plab kuzatuvchilarni ushbu inqirozning fiskal tushunti-rishlarini rad etishga olib keldi. Biroq, 1999-yilda Korsetti, Pesenti va Roubini , Burnside3, 2001 -yilda Eichenbaum va Rebelo va Lahiri va Végh istiqbolli defitsitlar haqidagi yomon xabarlar - valyuta inqirozi ni keltirib chiqarishi mumkinligini ko'rsatadi. Bunday sharoitda valyuta inqirozi oldidan doimiy fiskal taqchillik, qarz darajasining oshishi yoki zaxiralarning pasayishi kuzatilmaydi. Ushbu modellar bank sektori muvaffaqiyatsizlikka uchraganligini va banklar hukumat tomonidan qutqarilishi haqida xabar oladi deb taxmin qiladi. Hukumat hech bo'lmaganda qisman bank qutqaruvini kelajakda bir muncha vaqtdan boshlab pul chop etish orqali moliyalashni rejalashtirmoqchi bo'ladi. Burnside, Eichenbaum and Rebelo - hukumat pulni bosib chiqarishni boshlashdan oldin valyuta inqirozi sodir bo'lishini ko'rsatadi. Shuning uchun ularning modelida valyuta inqirozi oldidan fiskal taqchillik va pul o'sishi kabi standart makroiqtisodiy asoslardagi har-akatlar sodir bo'lmaydi. Bernside, Eichenbaum va Rebelo modelida Osiyo valyuta inqirozining asosiy xususiyatlarini hisobga olishini ta'kidlaydilar.

Osiyo valyuta inqirozining bu izohi kelajakdagi valyuta kamomadi va valyuta kursidagi joriy har-akatlar o'rtasidagi bog'liqlikni ta'kidlaydi. Bu aloqani 2001-2006-yillar oralig'ida Korsetti va Makkovyak, Daniel va Dyupor ham ta'kidlaydilar. Ular narxlar darajasining fiskal nazariyasidan foydalanib, narxlar va valyuta kurslari haqidagi yangiliklarga javoban zaxiralar osib borishini ta'kidlaydilar.

Birinchi avlod modellarida hukumat belgilangan valyuta kursi rejimidan qachon voz kechishni hal qilish uchun ekzogen qoidaga amal qiladi.

3 www.researchgate.net/publication/309761162_ The_Effects_of_Financial_and_Real_Shocks_Structural_ Vulnerability_and_Monetary_Policy_on_Exchange_Rates_from_ the_Perspective_of_Currency_Crises_Models

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

Ikkinchi avlod modellarida hukumat aniq maqsad funktsiyasini maksimal darajada oshiradi (Obstfeld1, 1994; 1996). Ushbu maksimallashtirish muammosi hukumatning belgilangan kurs rejimi-dan bosqichma-bosqich voz kechishini belgilaydi. Ikkinchi avlod modellari odatda bir nechta muvo-zanatni namoyish etadi, shuning uchun chayqovchi-lik (spekulyativ) hujumlar o'z-o'zidan amalga oshiri-ladigan umidlar tufayli yuzaga kelishi mumkinligini ta'kidlaydi. Obstfeld modellarida (1994; 1996) markaziy bank inflyatsiyaga va ishlab chiqarish hajmining uning tabiiy darajasidan chetlanishiga bog'liq bo'lgan kvadratik yo'qotish funksiyasini minimallashtiradi (bu turdagi yo'qotishlar funksiyasini muhokama qilish uchun Barro va Gordon ka'bi olimlar o'z fikrlari bilan bo'lishishgan (1983-yildagi ma'lumot).

Ishlab chiqarish darajasi taxminlar bilan ken-gaytirilgan Phillips egri chizig'i2 bilan belgilanadi. Valyuta kursini barqaror ushlab turish yoki qilmas-likni hukumat hal qiladi. Aytaylik, agentlar valyu-taning qadrsizlanishi va inflyatsiya sodir bo'lishini kutishmoqda. Agar hukumat devalvatsiya qilmasa, inflyatsiya kutilmaganda past bo'ladi. Natijada ishlab chiqarish uning tabiiy darajasidan past bo'ladi. Shuning uchun hukumat valyutani himoya qilish uchun yo'qotilgan mahsulot uchun yuqori narx to'laydi. Agar devalvatsiya bilan bog'liq xarajatlar (yo'qotilgan obru yoki inflyatsiya o'zgaruvchanligi) yetarli darajada past bo'lsa, hukumat agentlarning kutganlarini amalga oshiradi. Aksincha, agar agentlar ayirboshlash kursi o'zgarmas bo'lishini kutsalar, va bunda kutilmagan devalvatsiya natijasida hosil bo'lgan daromad unchalik katta bo'lmasa, hukumat agentlarning taxminlarini tasdiqlashi samarali bo'lishi mumkin.

Hukumat harakatlarining xarajatlari va foydasiga qarab, va agentlarning taxminlariga ko'ra, bir nechta muvozanat mavjud bo'lishi mumkin. ikkinchi avlod

1 Maurice Moses «Maury» Obstfeld Kaliforniya universitetining iqtisod professori, Berkli va ilgari Xalqaro Valyuta Jamg'armasining bosh iqtisodchisi. U, shuningdek, Peterson Xalqaro Iqtisodiyot Institutida norezident katta ilmiy xodimdir

2 Fillips egri chizig'i Bill Fillips nomi bilan atalgan iqtisodiy model bo'lib, u iqtisodiyotdagi ish haqining oshishi bilan ishsizlikning qisqarishini bog'laydi.

modellari3, birinchi navbatda, valyuta kursi rejimlari va inflyatsiya dinamikasi o'rtasidagi o'zaro ta'sirga qaratilgan. Ushbu modellar hukumatning valyuta siyosatini tanlashi uning inflyatsiyani nazorat qilish qobiliyatiga qanday ta'sir qilishini tushunishga qaratilgan. Jeanne turli stsenariylarni o'rganadi, bunda valyuta kursi o'zgarishi, kutishlar va siyo-satning ishonchliligi inflyatsiya natijalariga ta'sirini hisobga oladi.

Morris va Shinning valyuta kurslari va pul-kredit siyosati kontekstida ikkinchi avlod modellariga qo'shgan hissalari iqtisodiy natijalarni shakllanti-rishda ma'lumot va kutishlarning roliga qaratilgan. Ular bozordagi agentlarning taxminlarni qanday shakllantirishi, signallarni sharhlashi va shunga mos ravishda xatti-harakatlarini o'zgartirishi bilan shug'ullanadi.

Ikkinchi avlod modellarida Morris va Shin4 xususiy ma'lumotlarning valyuta kurslari, foiz stavkalari va inflyatsiyaga ta'sirini o'rganadilar. Ularning asosi iqtisodiy hodisalarni tushunishda axborot dinamikasining muhimligini ta'kidlaydi. Axborotga asoslangan savdoni o'z ichiga olish va xususiy va davlat ma'lumotlarining o'zaro ta'sirini o'rganish orqali ular moliya bozorlaridagi murakkabliklar va valyuta harakatiga ta'sir etuvchi omillar haqida tushuncha berishni maqsad qilgan. Ikkinchi avlod modellari, shu jumladan Morris va Shinning ishi, umidlar, ma'lumotlar va bozor ishti -rokchilarining xatti-harakatlari birgalikda iqtisodiy o'zgaruvchilarga qanday ta'sir qilishini yanada chu-qurroq tushunishga yordam beradi, pul-kredit siyosati va valyuta kursi dinamikasining nozik tomon-larini yoritadi.

Asosiy g'oya shundan iboratki, rivojlanayotgan bozor mamlakatlaridagi banklar va firmalar xorijiy valyutada qarz olib, mahalliy valyutada kredit ber-ganliklari uchun balanslarida aniq valyuta nomu-vofiqligi mavjud. Banklar va firmalar kredit riskiga duch keladilar, chunki ularning daromadlari sotil-maydigan tovarlar ishlab chiqarish bilan bog'liq

3 Малышенко В.А., Малышенко К.А. Моделирование комплексной финансовой устойчивости корпорации в эпоху глобальных экономических кризисов // Экономические и социальные перемены: факты, тенденции, прогноз. 2018. Т. 11. № 2. С. 127-143. DOI: 10.15838/esc.2018.2.56.9 For citation: Malyshenko V.A., Malyshenko K.A. Modeling complex finan

4 Unique Equilibrium in a Model of Self-Fulfilling Currency Attacks. Stephen Morris and Hyun Song ShinThe American Economic Review Vol. 88, No. 3 (Jun., 1998), pp. 587-597 (11 pages) Published By: American Economic Association

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

bo'lib, ularning narxi chet el valyutasida baholan-gan, devalvatsiyadan keyin tushadi. Banklar va fir-malar ham likvidlik shoklariga duchor bo'ladilar, chunki ular uzoq muddatli loyihalarni qisqa mud-datli qarzlar bilan moliyalashtiradilar. Eichengreen1 va Hausmann2 valyuta nomuvofiqligi rivojlanayo-tgan bozorlarning o'ziga xos xususiyati ekanligini ta'kidlaydilar. Bundan farqli o'laroq, McKinnon va Pill va Burnside, Eichenbaum va Rebelo kabi mual-liflar hukumat kafolatlari mavjud bo'lganda, banklar va firmalar uchun valyuta riskiga duchor bo'lishlari maqbul ekanligini ta'kidlaydilar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Uchinchi avlod modeli balans ta'sirining valy-uta va bank inqirozlariga olib kelishi mumkinligini kuzatish iqtisodiy nazariyalar va modellarga mos keladi. Balans effektlari deganda korxona balan-sidagi aktivlar va passivlar qiymatining o'zgarishi tushuniladi. Valyuta va bank inqirozlari sharoitida bu ta'sirlar ayniqsa ta'sir qilishi mumkin.

Masalan, agar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar yoki banklar chet el valyutasida katta miqdordagi qarzga ega bo'lsa, milliy valyutaning qadrsizlanishi qarz yukining oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa potentsial moliyaviy tanglikni keltirib chiqari-shi mumkin. Bu, o'z navbatida, bank inqirozlariga hissa qo'shishi mumkin, chunki moliya institutlari o'z qarzlariga xizmat ko'rsatishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

Balans ta'siri, valyuta inqirozlari va bank inqirozlari o'rtasidagi bog'liqlik murakkab bo'lib, unga valyuta kursining o'zgarishi, qarzdorlik darajasi va makroiqtisodiy sharoitlar kabi turli omillar ta'sir qilishi mumkin. Iqtisodiy modellar, shu jumladan uchinchi avlod modellari moliyaviy inqirozlarning sabablari va oqibatlari haqida tushuncha berish uchun ushbu dinamikani qo'lga kiritish va tushun-ishga qaratilgan. Balans nomuvofiqliklarini bartaraf etish va valyuta va bank inqirozlari xavfini yum-shatish muhim siyosat masalasidir.

Xulosa va takliflar.

Hukumatlar va markaziy banklar ko'pincha inqi-roz risklarini boshqarish va moliyaviy barqarorlikni rag'batlantirish siyosatini ishlab chiqadilar. Bunda quyidagi choralarni ko'rishi mumkin:

1 Barri Eichengreen. Golden Fetters: The Gold Standard and the Great Depression, 1919-1939 Nyu-York Oksford universiteti 1995

2 Ricardo Hausmann | César A. Hidalgo The Atlas of

Economic Complexity: Mapping Paths to Prosperity/ © 2013 Massachusetts Institute of Technology and Center for International Development, Harvard University

1. Oqilona soliq-byudjet va pul-kredit siyo-sati: Sog'lom fiskal va pul-kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy barqarorlikni saqlashga, tashqi zarbalar ta'sirida zaiflikni kamaytirishga va qarzlarn-ing haddan tashqari ko'payishining oldini olishga yordam beradi.

2. Valyuta kurslarini boshqarish: Valyuta kurs-larini ehtiyotkorlik bilan boshqarish va valyuta kursining keskin qadrsizlanishiga yo'l qo'ymaslik siyo-sati balansdagi muammolarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.

3. Moliya tizimini tartibga solish va nazorat: Moliy tizimini tartibga solish va nazoratni kuchay-tirish bank sektori sog'lig'ini ta'minlash, risklarni nazorat qilish va ortiqcha leveredj3 to'planishining oldini olishga yordam beradi.

4. Xalqaro hamkorlik: Moliyaviy bozorlarning global xarakterini hisobga olgan holda, mamlakat-lar o'rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Muvofiqlashtirilgan sa'y-harakatlar transchegaraviy muammolarni hal qilishda va inqirozlarning tarqal-ish oqibatlarini minimallashtirishda samarali bo'lishi mumkin.

5. Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish mexanizmlari: Stressga duch kelgan banklar uchun likvidlikni qo'llab-quvvatlash kabi inqirozga qarshi samarali choralar ko'rish mexanizmlarini ishlab chi-qish notinch vaqtlarda moliyaviy tizimni barqaror-lashtirishga yordam beradi.

Ushbu sohalardagi siyosiy qarorlar har bir mam-lakatning o'ziga xos iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda ehtiyotkorlik bilan muvozanatni talab qiladi. Bundan tashqari, davom etayotgan tadqiqot-lar va tahlillar o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitlar va potentsial muammolarga moslashish uchun ushbu siyosatlarni takomillashtirishga yordam beradi.

Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko'rib kelinmoqda. 2008-2012 yilga mo'ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni yoki taraqqiyotning "O'zbek moduli" haqida so'z yurita-mizmi, balki "Harakatlar strategiyasi" tamoyillarini tahlil qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o'ylangan reja asosida talo-fatlarsiz kelayotganini ko'rishimiz mumkin.

3 Leveredj - o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'lar o'rtasidagi nisb. Jalb qilingan mablag'lar ulushi qancha katta bo'lsa - moliyaviy dastak (leveredj) shunchalik uzun hisoblanadi. Moliyaviy dastak haddan tashqari uzun bo'lsa risklar (tavakkalchilik) o'sib ketadi (tahr.)

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ I ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

г V ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ ВА МАКРОИКТИСОДИЁТ / ЭКОНОМИЧЕСКАЯ ТЕОРИЯ И МАКРОЭКОНОМИКА 15 *

Foydalanilgan adabiyot ro'yxati:

1. Yo'ldoshev Q., Muftaydinov Q. Iqtisodiy ЫПт asoslari. Ikkinchi nashr. - ТОБЬ^М:: "О^^сЫ", 1999.

2. Rasulov М. Bozor iqtisodiyoti аБ081аг1. - То$Икеп1: "O'zbekiston", 1999.

3. G'afurov и.^, Norboyev О.А., Berdiyev S.R. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan таги2а1аг matni. - ^Икет: 2013.

4. Mamatqulov Х.М. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. O'quv qo'llama. -^Икет: 2008.

5. "Valyuta inqirozi modellari" , Kreyg Bernsayd, Martin Eyxenbaum va Serxio Rebel Yangi Ра!д^е: Iqtisodiyot lug'ati, 2-nashr

6. Andy Marker. Inqirozlarni boshqarishni takomillashtirish modellari va nazariyalari.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.