INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
IQTISODIY INQIROZ, KELIB CHIQISH SABABLARI VA O'ZBEKISTONDAGI IQTISODIY MASALALAR VA KO'RILGAN CHORA TADBIRLAR Razaxbayev Diyorbek Namazbay o'g'li
Toshkent davlat agrar universiteti, Agrologistika va biznes fakulteti Buxgalteriya hisobi va audit
(qishloq xo'jaligida) yo'nalishi 2-bosqich talabasi Yusupov Avazbek O'ktam o'g'li Toshkent davlat agrar universiteti, Axborot tizimlari va texnologiyalari yo'nalishi 1-bosqich
talabasi
Akramov Shoxruzbek Azizbek o'g'li
Toshkent davlat agrar universiteti, Iqtisodiyot yo'nalishi 1-bosqich talabasi Mirzahamdamova Shohsanam Komiljon qizi
Toshkent davlat agrar universiteti, O'simliklarni himoya qilish, agrokimyo va tuproqshunoslik
fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7442612
Anotatsiya. Iqtisodiyot aholi yashashi, yaxshi hayot kechirishi uchun kerakli sohalardan biri hisoblanib kelmoqda ekan, bu sohaga oid tushunchalarga ega bo'lish har bir insonning ijtimoiy bilishi kerak bo'lgan bilimlariga aylanib kelmoqda. Shunday asosiy masalalardan biri iqtisodiy inqiroz va uning sabablari bo'lsa, dolzarbligi inqirozga qarshi chora tadbirlar ko'rinishini aniqlashdir. Jahon iqtisodiyotida vujudga kelgan har qanday tugun, turli xil xurujlar ko'plab davlatlar qatorida bizning mamlakatni ham chetlab o'tmaydi. Bu holatni oldini olish uchun qanday choralar ko'rilgan va qanday masalalar oldimizda turganligini bilib olish har bir inson uchun daxldor.
Kalit so'zlar: Inqiroz, tanazzul, ob'yekt, differensial, kompleks, instirument, diversifikatsiya, iqtisodiy o'sish, shok terapiyasi, pragnoz, kreativ, strategiya. ЭКОНОМИЧЕСКИЙ КРИЗИС, ПРИЧИНЫ И ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ В УЗБЕКИСТАНЕ И ПРИНИМАЕМЫЕ МЕРЫ
Аннотация. Поскольку экономика считается одной из сфер, необходимых населению для жизни и благополучной жизни, наличие понятий, связанных с этой сферой, становится общественным знанием каждого человека. Одним из основных вопросов является определение экономического кризиса и его причин, неотложность антикризисных мер. Ни один узел, различные атаки, возникшие в мировой экономике, не обойдут стороной нашу страну среди многих стран. Всем важно знать, какие меры были предприняты для предотвращения этой ситуации и какие проблемы стоят перед нами.
Ключевые слова: кризис, спад, объект, дифференциал, комплекс, инструмент, диверсификация, экономический рост, шоковая терапия, прогноз, креатив, стратегия. ECONOMIC CRISIS, CAUSES AND ECONOMIC PROBLEMS IN UZBEKISTAN AND
ACTIONS TAKEN
Abstract. Since the economy is considered one of the areas necessary for the population to live and prosper, the existence of concepts related to this area becomes the public knowledge of every person. One of the main issues is the definition of the economic crisis and its causes, the urgency of anti-crisis measures. Not a single node, various attacks that have arisen in the global economy will bypass our country among many countries. It is important for everyone to know what measures have been taken to prevent this situation and what problems we face.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Keywords: crisis, recession, object, differential, complex, instrument, diversification, economic growth, shock therapy, forecast, creativity, strategy.
Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday ob'yekt o'zining rivojlanishi mobaynida paydo bo'lish, ulg'ayish, pasayish va halok bo'lish bosqichlaridan o'tadi. Har qanday tizim (ob'yekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga o'tish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil ro'y beradi, ba'zan esa hammasi kompleks tarzda baravar bo'ladi.
Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to'rt marotaba tashqi qarz to'lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to'lqini -o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo'lishi mumkin . Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo'lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o'zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Hozir iqtisodiy inqirozlarning kelib chiqish sabablarini o'rganar ekanmiz, 2008-yilgi jahon iqtisodiy inqiroziga to'xtalamiz.
Butun bir rivojlangan davlatlar iqtisodiyotiga o'zining ta'sirini ko'rsatkan 2008- yilgi inqiroz Amerika Qo'shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holatidan boshlandi. So'ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o'z navbatida, ko'plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlariga doir materiallarni o'rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko'lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko'plab mamlakatlariga ta'sir ko'rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo'lishi mumkinligi o'z tasdig'ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko'rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o'z korporativ manfaatlarini ko'zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog'ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo'qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko'lami va oqibatlari qanday bo'lishi ko'p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya'ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog'liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to' lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog'liq.
To'rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko'p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg'unligiga bog'liq.
2008 yil noyabr oyida Vashingtonda, jahon yalpi mahsulotining 85 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo'lib o'tgan sammit global moliyaviy inqiroznin g ko'lami tobora kengayib borayotganini tasdiqladi.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta'siri, undan ko'riladigan zararning darajasi va ko'lami birinchi navbatda shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog'liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog'liq.
Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o'sishga, hamda to'liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta'siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo'lishidir. Iqtisodiy sikl deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to'lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar
ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi, inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg'arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo'ladi. Inqirozdan keyin turg'unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faol lik jonlanishi uchun sharoit vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.
Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko'pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o'tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo'lib qoladi. Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo'yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o'zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o'zlashtirish o'rtasidagi nomutanosiblik bo'lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo'ladi. Ishlab chiqarish bilan iste'mol talab va taklif o'rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi.
Hozirgi kunda ba'zi rivojlanayotgan mamlakatlar dollarning oltin-valuta zahirasidagi ulushini kamaytira boshladilar va tovarlarni eksport va import qilish hisob-kitoblarini milliy valutada yoki yevroda amalga oshirmoqda. AQSH tashqi siyosatiga itoat qilmaydigan har qanday "istalmagan" davlatga iqtisodiy sanksiyalar qo'yishi, jumladan, "istalmagan" davlatlar uchun dollar bilan operatsiyalarni taqiqlashi mumkin. Shuningdek, ko'plab mamlakatlar markaziy banklarining davlat raqamli valutalarini yaratish uchun loyihalari tufayli ularning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
aylanmasi 2021 yil boshida 2 trln.dollarga yetdi va kriptovalyuta bozorining tez o'sishi oqibatida allaqachon jamg'arma sifatida dollarning ishonliligiga putur yetmoqda. Pul muomalasidagi tektonik siljishlar butun dunyo markaziy banklarini kriptovalyutalarning rivojlanish tendensiyasini kuzatishga va blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda davlat raqamli valyutalarini chiqarishga majbur qilmoqda. Bunday valyutalar to'lov va hisob -kitob qilish texnologiyalarini ancha soddalashtiradi va agar kriptovalyutalarning joriy etilishi tufayli boshqa davlatlar dollar bilan to'lovlardan ommaviy ravishda voz kecha boshlasa, dollar qulashi, bu esa katta ehtimol bilan jahon iqtisodiyotidagi o'ta og'ir "Tepki" ga aylanishi mumkin.
Bizning davlatda iqtisodiy inqirozga qarshi fundamental choralar ko'rib kelinmoqda. 2GG8-2012 yilga mo'ljallangan iqtisodiy chora tadbirlarni ko'ramizmi yoki taraqqiyotning "O'zbek moduli" haqida so'z yuritamizmi,balki "Harakatlar strategiyasi" tamoyillarini taxlil qilamizmi iqtisodiyotimizdagi munosabatlarni sezilarli darajada uzoq o'ylangan reja asosida talofatlarsiz kelayotganini ko'rishimiz mumkin. Mustaqillik davrlaridagi "Shok terapiyasi" kabi bizga taklif etilgan yo'llar o'rniga biz o'zimizning o'ziga xos yo'limizni belgilab oldik va shu rejalar asosida harakat olib bormoqdamiz. Iqtisodiyotning bir maromda o'zgarishi o'z navbatida yagona islohotchi qarashlarini talab qiladi. Bizning belgilab olgan yo'limizda ham davlat bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bu davlatning imkoniyatlari cheklanganligi, yoxud iqtisodiyotni yaxshi bilmasligidan emas, balki uzoqqa mo'ljallangan iqtisodiy, strategik yo'li borligidandir. Davlatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish shu orqali aholi qatlamlarining ko'p qismini yaxshi hayot kechirish tarziga o'tishini ta'minlash keskin inqirozlarning oldini oluvchi vosita bo'lib kelmoqda deb o'ylashimiz mumkin. Bugungi kunda turli xil imkoniyatlar yetarli bo'lganligi davlat ruxsatlarining berilishi tashqi investitsiyalar soni va miqdorini keng ko'lamda oshirib kelmoqda. Iqtisodiy o'sish va prognozlash o'z navbatida iqtisodiy bilimlarni talab etar ekan yaxshi kadrlar masalasi ham iqtisodiy inqiroz kutilayotgan davrda uning oldini olishning zarur choralaridan biri ekanligini bilishimiz mumkin. Dunyo milliarderlarining fikricha pul topish va uni ko'paytirish insonning keng salohiyati va dunyo qarashi bilan birgalikda teran va kreativ g'oyalariga bog'liq ekan. Agarda shu insonlardagi mablag'ni oddiy qatlam aholisiga tenglashtirilganda ham bu mablag'lar ularning hayotini yaxshilatib qo'ymas edi. Toki ularning iqtisodiyot, inqiroz, jamg'arish, budjet, daromad va xarajat kabi masalalarda bilimlari yetmas ekan ular bu mablag'larni shunchaki sarflab yuborishadi. Aslida ayni qo'rqinchili inqiroz va iqtisodiyotning o'sish mushkulligi ham ana shunda.
Aholi orasida iqtisodiy bilimlarni oshirish va iqtisodiy savodxonligini yaxshilash, daromaddan ko'p qismini foydaga aylantirish masalalarini bilish iqtisodiyotda vujudga keladigan har qanday holatga qarshi turishning fundamental himoyasi hisoblanadi. Inqirozga avvalo ko'p hollarda pulning qadrsizlanishi va narxlarning keskin oshishi, valutadagi o'zgarishlar asosiy sabablardan biri bo'lib kelmoqda.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yilning yanvar-oktyabr oylarida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati: Sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi - 98,4 % Chakana savdo tovar aylanmasi o'sish sur'ati - 1G1,2 % Tashqi savdo aylanmasi o'sish sur'ati - 87,6 % shundan: eksportning o'sish sur'ati - 92,6 %
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
importning o'sish sur'ati - 84,0 %
Qurilish ishlari hajmining o'sish sur'ati - 109,1 %
Xizmatlar hajmining o'sish sur'ati - 102,2 %
Ro'yxatdan o'tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni - 424395 ta
Faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni - 398771 ta
Ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlar soni - 490 718 ta
Faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni - 462 584 ta.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, iqtisodiyot sohasida kichik xususiy tadbirkorlikga va ularga investitsiya kiritib kengaytirishga e'tibor qaratilmoqda. Bu sohada qonun hujjatlarida bir qancha imtiyozlar va erkinliklar belgilab berilgan. Xalqni shu tariqa boy qilish va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, shu bilan birgalikda kuchli iqtisodiy asoslarga ega bôlish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston tabiiy boyliklarga boy mamlakat, shu o'rinda ulardan keng tarmoqli foydalanish asoslari bo'yicha ham bir qancha ishlar qilinmoqda. Iqtisodiy mustaqillik eng muhimi shunday ekan iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish asosiy o'rinda turadi.
REFERENCES
1. "Iqtisodiy bilim asoslari" Q.Yo'ldoshev, Q.Muftaydinov, Toshkent, "O'qituvchi" 1999 y. (2 -nashr)
2. "Bozor iqtisodiyoti asoslari" M.Rasulov. Toshkent, "O'zbekiston" 1999 y.
3. Iqtisodiyot nazariyasi fanidan maruzalar matni, U.V.G'afurov, O.A.Norboyev, S.R.Berdiyev, Toshkent 2013 y.
4. "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" o'quv qo'llama, X.M.Mamatqulov, Toshkent 2008 y.
5. www.amerikaovozi.com
6. https://hozir.org
7. https://1ppa.ru
8. https://lex.uz
9. https://review.uz
10. https://xs.uz
11. https://deposit.uz
12. http://uz.rn.wikipedia.org