KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK FAOLIYATINING IQTISODIY XAVFSIZLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR TAHLILI Akbarov Abdulhamid Akmal o'g'li
Andijon mashinasozlik instituti tayanch doktoranti, Toshkent moliya instituti katta o'qituvchisi
Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.8051619
Annotatsiya. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotning "drayveri "ga aylanishi ortidan mazkur sohaning har tomonlama rivojlanishi va eng muhimi uning inqirozga qarshi boshqaruv tamoyillarini, shuningdek, iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir etuvchi omillarini tahlil etish har doimgidan ham zarur. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyati va uning iqtisodiy xavfsizligiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha tahlil etilgan hamda yakunda xulosa va takliflar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, iqtisodiy xavfsizlik, firibgarlik, xavf-
hatar.
Iqtisodiy nuqtai nazardan kichik biznes mahalliy bozorga tovar va xizmatlarning ayrim turlari ayirboshlash uchun taklif etish orqali daromad topish faoliyati bilan shug'ullanuvchi qatlamini ifodalaydi. Kichik biznesning o'ziga xos xususiyatlar mavjud bo'lib bozordagi tez moslasha borish, sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati; nisbatan kisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur bo'lgan tovar va xizmatlarga bo'lgan talabni kondira olishi; dastlabki sarmoya hajmining nisbatan kamligi; tez orada yangn ishchi o'rinlari barpo etish va bandlik muammosini hal etishga ko'maklashish imkoniyati; biznes egasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi bevosita ishtiroki va boshqalar.
Kichik biznesning iqtisodiy jihatlari hamda manfaatli xususiyatlari quyidagicha yoritiladi:
- kichik biznes - aholining talay qismi uchun mehnatini qo'llaydigan jabha va daromad manbai, etarli malaka va tajriba bo'lmagan, egiluvchan jadvalli ish kunini istagan aksariyat mehnat resurslarini mashg'ul etuvchi mehnat bozorining eng moslashuvchan qismi. Ayollar, ilk bor ish qidirayotgan yoshlar, ma'lumoti va mehnat tajribasi yuqori darajada bo'lmagan shaxslar ko'pincha faqat shu erdan ish topishlari mumkip. Bu jabhada mashg'ul kishilarning aksariyat qismi uchungina emas, balki ularning oila a'zolari uchun ham asosiy daromad manbai bo'lishi kichik biznes milliy farovonlikning o'sishi uchun muhim omilga aylanganidan dalolat beradi;
- kichik tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosabatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potentsial samarali vositadir. U fuqarolarga nafakat o'z ishchi kuchi, balki o'z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo'ljallangan mulk egasi bo'lishiga imkon yaratib, o'rta sinf-jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta'minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikdan manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi;
- kichik biznes butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. U iste'mol talabining o'zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o'z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o'zgartira oladi;
- kichik biznes iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi. Alohida shaxs uchun esa kichik biznes bilan shug'ullanish band bo'lish va daromad olishga, ishi va shaxsiy hayotini yaxlitroq birlashtirishga, o'z kobiliyati va iste'dodini namoyon qilishga imkon yaratadi.[1]
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish amalga oshirayotgan islohotlarimizning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Chunki birinchidan, kichik biznes rivojlangan jahon iqtisodiyotining tarkibini tashkil etuvchi muhim tarmoq bo'lib hisoblanadi. Uning faoliyati nafaqat kichik biznesning, balki butun mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishiga bevosita ta'sir qiladi. Bundan tashqari ichki bozorning iste'mol tovarlari bilan to'ldirilishi va aholiga turli xizmatlar ko'rsatilishi, eksport salohiyatining o'sishi, aholining ish bilan ta'minlash va uning real daromadlarini ko'paytirish masalalarining echimi ham ana shu tarmoqning nechog'lik barqaror rivojlanishiga bog'liq.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida jahon bozorida raqobat yanada kuchayadi. Bunday sharoitda aynan kichik biznes yirik ishlab chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag' sarfini ham talab qilishi, ixchamligi bilan bir qatorda, zarur tamoyillarga, bozor kon'yukturasining o'zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti bilan bo'lib turadigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha olish, ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish imkoniyatiga ega. Dunyo bozorida iste'mol mollari kon'yukturasi hozirgi zamon sharoitida o'rtacha har 9 oyda o'zgarib turadi. Agar shuni hisobga olsak kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mamlakat iqtisodiyotining izchil rivojlanishida nechog'lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko'rinadi. Yirik korxonalarni butlovchi qismlar, materiallar yetkazib beradigan tarmoqlarni barpo etish rag'batlantirildi. Bu esa sanoatda import o'rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish muammosini hal etish imkonini beradi hamda tashqi bozorga tovarlar va texnologiyalarni eksport qilish hajmining o'sishiga olib keladi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko'rsatilayotgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi barqaror ravishda o'sib borishini ta'minlamoqda. Bu esa barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, modernizatsiya qilish jarayonlari va mulkiy munosabatlarning takomillashuvi natijasida yildan-yilga kichik biznes subyektlari soni ortib bormoqda.Shu bilan birga, jahon bozorida raqobat keskinlashib borayotgan bir paytda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yangi imkoniyat, imtiyoz va preferentsiyalar yaratib berish va uning rivojini yangi bosqichga olib chiqish dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.[4]
Mustaqillik yillaridan boshlab mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-boschiq o'tish yo'lida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini muntazam qo'llab-quvvatlashni davom ettirib kelmoqda. Statistik ma'lumotlarga yuzlansak, oxirgi sakkiz yillikda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida ro'yxatdan o'tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 213643 tadan 488936 taga, qariyb 230 foiz yoki 2,3 baravarga ko'paydi.
600000 500000 400000 300000 200000 100000 0
I lili
Tlíl
2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022(1-
yanvar)
1-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlarida ro'yxatdan o'tgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlar sonining o'sish dinamikasi[2]
Albatta, ro'yxatdan o'tgan barcha tadbirkorlik sub'ektlari bu vaqt oralig'ida yashab qola oladi deya olmaymiz. Iqtisodiy xavfsizligini ta'minlay olmagan yoki bunga ahamiyat bermagan har qanday kichik biznes yoki xususiy tadbirkorlik sub'ekti u yoki bu bahona bilan kasodga uchrashi tabiiy.
2021-yil holatiga ko'ra iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari sonining o'zgarish dinamikasi bir muncha tebrangan. Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida tahlil qiladigan bo'lsak, sohada yangi tashkil etilayotgan korxonalar sonining eng yuqori o'sish darajasi so'nggi sakkiz yillikda iqtisodiyotning "yasha sh va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar" ya'ni xizmatlar sohasi sektoriga to'g'ri kelmoqda, eng ko'p tashkil etilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari esa "savdo" sektoriga to'g'ri kelmoqda.
140000 120000 100000 80000 60000 40000 20000 0
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
qishloq, o'rmon va baliq xojaligi qurilish
tashish va saqlash axborot va aloqa I boshqa turlari
sanoat savdo
yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar I sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar
2-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari sonining o'zgarish dinamikasi[2]
Umuman olganda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi hamda uning iqtisodiy mustaqilligi kafolatlanishi ya'ni davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan asossiz tekshiruvlar, aralashuvlar, shuningdek monitoringlar o'tkazilishiga qonunan ta'qiq qo'yilsa va albatta mazkur ta'qiq o'z o'rnida ishlasa, mamlakat
iqtisodiyotining drayveri sifatida qaralayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotning barcha sohasida o'ziga xos ijobiy dinamik o'sish hosil qila oladi. Pirovardida aholining yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlar, shuningdek ish joylariga bo'lgan talablar qondirilishi natijasida respublika iqtisodiyotida o'sish kuzatiladi. Bu esa aholining turmush farovonligini ta'minlash majburiyatini yelkasiga olgan hukumat organlarining strategik ahamiyatga ega qarorlari hamda mazkur qarorlarning nechog'lik to'g'ri va aniq ijrosiga bog'liq.
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashning eng muhim va asosiy vazifalaridan biri bu iqtisodiyotning holatini kuzatish, iqtisodiy tizimlardagi tahdidlar, xavf-xatarlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda, davlat boshqaruvi tsiklidagi tashkiliy axborot texnologiyalari tizimi va instituti sifatida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha boshqaruv qarorlarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyotining holati va dinamikasini monitoring qilish tizimi va uni ilmiy-amaliy, uslubiy ta'minot darajasini aniqlash lozim. U bir qator ko'rsatkichlarni baholashda indikatorlarga asoslanadi va asosan hukumatning ilmiy davriy nashrlar hamda tahliliy ishlanmalarda aks etadi.[5] Bu orqali hukumat barcha darajalarida: qisqa muddatli (taktik), o'rta muddatli, uzoq muddatli (strategik) ahvolini baholaydi va boshqaruvning oqilona qarorlarini tayyorlashga kirishadi.
Hududning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid soluvchi inqirozli vaziyatlarning paydo bo'lishi va rivojlanishining sabablari turli xil tashqi va ichki omillardir. Mintaqa atrofmuhit omillariga bevosita ta'sir ko'rsatishi mumkin emas va shuning uchun ularga moslashishi kerak. Ichki omillarni boshqarilishi mumkin va ularga ta'sir qilgan holda, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizim xavfsizligini ta'minlash ehtimoli mavjud.
1-jadval.
Iqtisodiy xavf-xatarlarni bildiruvchi ichki va tashqi omillar
Tashqi siyosat tahdidlari: - hududiy separatizm; - siyosiy tahdidlar; - global siyosiy qarama-qarshilik Ichki xavflar: - ijtimoiy tahdidlar; - oziq-ovqat va energiyadagi xavflar:
Tasqi tahdidlar: Moliyaviy-valyuta: - chet el valyutasining chiqib ketishi; - tashqi qarzlarning ko'payishi; - chet el valyutasi mablag'lardan funktsional foydalanmaslik; - hisob-kitoblar tizimidagi qoidabuzarliklar. Iqtisodiy: - bozorni egallab olish; - tashqi bozor zararlari; - ishlab chiqarish fondlarining tanazzulga uchrashi; - iqtisodiyotni kriminallashtirish. Ijtimoiy tahdidlar: - ishsizlikning ko'payishi; - turmush darajasining pastligi; - ijtimoiy qaramlikning ko'payishi; - mehnat qobiliyatini yo'qotish.
Ishlab chiqarish sohasidagi xavflar: - ishlab chiqarishning pasayishi; - bozordagi yo'qotishlar; - asosiy vositalarning yo'qolishi; - korxonalarni qo'llab-quvvatlashdan bosh tortish. Oziq-ovqat va energiyadagi xavflar: - import uchun bozorning ochiqligi; - narxlardagi nomutanosibliklarning kuchayishi; - energiya ishlab chiqarishning pasayishi; - import qilinadigan mahsulotlarning ustunligi.
Investitsion va innovatsion kompleksni yo'q qilinishi bilan bog'liq xavflar:
- ITning qisqartirishi;
- yuqori texnologiyali sohalarda buyurtmalarning qisqartirishi;
- malakali kadrlarning yo'qolishi__
Respublikada raqobat muhitini rivojlantirishda va monopoliyaga qarshi qonunchilikka rioya qilish ustidan davlat nazoratini olib borishda monopoliyaga qarshi davlat organi hisoblanadigan va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi muhim o'rinni egallaydi. Ushbu Davlat organining tashkil etilganligi O'zbekistonda raqobatni qo'llab-quvvatlashning institutsional asoslarini yanada mustahkamlash uchun zamin yaratdi. Respublikamizda raqobatni qo'llab-quvvatlashning institutsional asoslari iqtisodiy islohotlarning ilk davridaridanoq yaratilib boshlandi.[6,8]
Xususiylashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar mamlakatda raqobatni qo'llab-quvvatlash, raqobat muhitini shakllantirish uchun institutsional asos bo'lib xizmat qildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barqaror rivojlanishni maqsad qilgan davlatlar yaqin istiqbolda quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:
- samarali va raqobatbardosh ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash va istiqboli yo'q, eskirgan ishlab chiqarishni to'xtatib qo'yish;
- tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan iqtisodiyot infratuzilmalarini rivojlantirish;
- iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni ta'minlash;
- mavjud ilmiy texnika salohiyatining eng qimmatli elementlarini saqlash;
- iqtisodiyot tarkibining deformatsiyalashuviga barham berishda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalgam oshirish, ishlab chiqarish tarkibini to'lovga qodir talab bilan uyg'unlashtirish;
- korxonalarning bozor sharoitlariga moslashuvini tezlashtirish; - eksport salohiyatini diversifikatsiyalash;
- ekologik xavfsizlikni ta'minlashni oshirish.
Bunga kechiktirib bo'lmas vazifa, strategik ahamiyatga ega, muhim masala sifatida qaralishi lozim.
REFERENCES
1. Ermatov, A., & Akbarov, A. (2021). Кичик бизнес Ba хусусий тaдбиркoрлик фaoлиятидa иктисодий xaвфсизликни тaъминлaшнинг узига хос жиx,aтлaри. Iqtisodiyot Va Innovatsion Texnologiyalar, (6), 239-249. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/economics and innovative/article/view/12206
2. O'zbekiston Respubublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy sayti -www.stat.uz
3. Юрий A. Сaликoв и другие. Угрозы экономической безотсности. Вестник ВГУИТ. №1б 2017, 490 -494 bet
4. Ibragimov, N., & Akbarov, A. A. (2017). The role of cryptography in information security. ручные рaзрaбoтки: eврaзийский регион, 107.
5. Qosimov, S. D. (2022, October). KICHIK BIZNESDA RAQAMLI TADBIRKORLIK TENDENSIYALARI: KECHA VA BUGUN. In INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY (Vol. 1, No. 4, pp. 208-212).
6. Qosimov, S. D., & Akbarov , A. A. o'g'li. (2022). YANGI VA YOSH TADBIRKORLARNING RAQAMLI IQTISODIYOTDA VA AXBOROT TEXNOLOGIYA DAVRIDA O'RNI VA KELAJAKDAGI AXAMIYATI. INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY, 1(4), 57-61. Retrieved from https://openidea.uz/index.php/conf/article/view/408
7. AK6apoB, A., & Хомидов, И. (2023). RAQAMLI IQTISODIYOTDA BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING RAQAMLI XAVFSIZLIGI. Economics and education, 24(1), 50-55.
8. Akbarov, A.., & Xomidov, I.. (2023). BULUTLI HISOBLASH TEXNOLOGIYALARNING RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI. Economics and Innovative Technologies, 11(1), 350-359.
9. Эрматов, A. A., & ^осимов, С. Д. (2022). ^E^CTO^A КИЧИК БИЗНЕС BA ХУСУСИЙ ТAДБИРКОРЛИКНИНГ РИBОЖЛAНИШИДAГИ ACОCИЙ ИНФРAТУЗИЛМACИ БУЛГAН БAНК ТИЗИМЛAРИНИНГ РОЛИ (AНДИЖОН ВИЛОЯТИ МИCОЛИДA). Scientific progress, 3(3), 625-631.