Научная статья на тему 'MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASHNING ASOSIY OMILLARI VA SHARTLAR'

MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASHNING ASOSIY OMILLARI VA SHARTLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
426
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / makroiqtisodiy barqarorlik / YaIM / barqaror valyuta. / экономика / макроэкономическая стабильность / ВВП / стабильная валюта.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Buronova Mamura Tulqin Qizi, Yahyoxonov N.B.

Ushbu maqolada bugungi rivojlanayotgan zamonamizda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillari va shartlari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o’rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье автором подробно раскрыты основные факторы и условия развития экономики страны, обеспечивающие макроэкономическую стабильность в современную развивающуюся эпоху, а в результате изучения и исследования разработаны предложения и рекомендации.

Текст научной работы на тему «MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TAMINLASHNING ASOSIY OMILLARI VA SHARTLAR»

MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA'MINLASHNING ASOSIY

OMILLARI VA SHARTLAR

Buronova Ma'mura Tulqin qizi

Oriental universiteti IQT-101-guruh magistri Ilmiy rahbar: Yahyoxonov N.B. iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi rivojlanayotgan zamonamizda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashning asosiy omillari va shartlari muallif tomonidan batafsil yoritilib, o'rganilish va tadqiq etish natijasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, makroiqtisodiy barqarorlik, YaIM, barqaror valyuta.

Аннотация. В данной статье автором подробно раскрыты основные факторы и условия развития экономики страны, обеспечивающие макроэкономическую стабильность в современную развивающуюся эпоху, а в результате изучения и исследования разработаны предложения и рекомендации.

Ключевые слова: экономика, макроэкономическая стабильность, ВВП, стабильная валюта.

Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga ko'p omillar ta'sir etadi. Bu omillar ko'plab bo'lib, ularning eng muhimlarini aniqlash va ularning shartlarini o'rganish masalasi doimo dolzarblikni anglatadi. Ya'ni iqtisodiyotning rivojlanishiga har bir makroiqtisodiy jarayonlar ta'sir ko'rsatadi. Iqtisodiyotda markoiqtisodiy shartlarning hajmi oshib borishi bilan bunga parallel ravishda iqtisodiyot ham rivojlanib boradi. Bundan tashqari turli iqtisodiy shartlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda katta ahamiyatga egadir. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlanishi bu mamlakatda iqtisodiyot jadal rivojlanayotganidan darak beradi.

Davlat rahbari ham doimo o'zining rivojlanish dasturlarini belgilashda, mamlakatning strategik yo'nalishlarini o'rnatishda makroiqtisodiy barqarorlikning muhimligi, uning omillari va shartlari to'g'risida doimo ta'kidlab keladilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan dasturiy va maqsadli vazifalarni belgilab berishda "Birinchidan, 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir"1 deya ta'kidlaganlari ham mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikning zarurligini oshiradi.

Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiy o'sishni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlik inflatsiyaning past darajada bo'lgan va real almashuv kursi raqobatlasha oladigan darajada bir maromda bo'lgan holatni anglatadi.

1 https://www.uzreport.news/politics/shavkat-mirziyoyev-makroiqtisodiy-barqarorlikni-taminlash-va-inflyatsiyani-jilovlash-iqtis_

Makroiqtisodiy barqarorlik - deganda mamlakatda asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar: yalpi ichki mahsulotning real o'sishi, inflatsiya, valyuta kursi, ishsizlik darajasi, to'lov balansi va boshqalarning muvozanati buzilmasdan iqtisodiyot barqaror holda rivojlanishi tushiniladi.

Makroiqtisodiy barqarorlik mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirishini hamda mamlakatda makroiqtisodiy muvozanatni ta'minlanganligini ifodalaydi hamda makroiqtisodiy barqarorlikning asosiy belgilari quyidagilarda ko'rinadi:

• daromadlar taqsimlanishida muammolar yo'qligi;

• barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlariga qayd etilganligi;

• mamlakatda to'la bandlikni ta'minlanganligi ya'ni ishsizlik minimal miqdorda ekanligi;

• ichki narxlarning barqarorligi (inflatsiya darajasi yuqori emasligi);

• baquvvat to'lov balansining mavjudligi;

• davlat budjeti kamomadi YaIM ga nisbatan me'yorda ekanligi;

• barqaror valyuta almashinuv kursi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, makroiqtisodiy barqarorlikning ta'minlanishi bu mamlakatda ishlab chiqarish salohiyatining yaxshilanayotganligidan darak beradi hamda yangi sanoat korxonalari paydo bo'ladi. Natijada aholi bandligi oshadi va ishsizlik darajasi esa pasayadi. Aholi bandligining oshishi esa aholi daromadlarining ko'payishiga olib keladi. Aholi daromadlarining oshishi esa iqtisodiy o'sishga yetaklovchi asosiy vosita hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlikni rivojlantirish asosida mamlakat eksport salohiyati rivojlanadi ekan, u mamlakat iqtisodiy ko'rsatkichlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Mamlakat eksport salohiyatining yaxshilanishi mamlakatda baquvvat to'lov balansining shakllanishiga olib keladi hamda bu barqaror valyuta almashinuv kursining shakllanishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat resurslarining holati muhim ahamiyatga ega. YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri bo'lgan mehnat resurslaridan to'liq foydalanilmaslik ishsizlikda namoyon bo'ladi. Makroiqtisodiy tahlilda mehnat resurslari emas, balki ishchi kuchi kategoriyasidan ko'proq foydalaniladi. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushuniladi.

Ishsizlar - bu, ishchi kuchining bir qismi bo'lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lmagan, lekin ishlashni hohlovchi va faol ish qidirayotgan aholidir. Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (% hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:

Ishsizlik darajasi = (ishsizlar soni / ishchi kuchi soni) x 100%

Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo'lsa, YaIM uzilishi shuncha ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIM dan katta bo'ladi. Ishsizlik darajasi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanib, u nafaqat

mamlakatni iqtisodiy jihatdan, balki aholi farovonligi, uning yashash sifati va umuman olganda aholining ijtimoiy holatini ifoda etuvchi ko'rsatkichdir. Makroiqtisodiy barqarorlik, ishsizlik darajasining pasaytirilishi bilan bir qatorda inflyatsiya sur'atlarining jilovlanishida va uning me'yor darajasida bo'lishiga erishishda namoyon bo'ladi.

Inflyatsiya (lotincha inflation - shishish, bo'rtish, taranglashish) - ma'lum davr mobaynida mamlakatda baholar o'rtacha (umumiy) darajasining barqaror o'sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Umuman olganda, inflyatsiya pul muomalasi qonunlarining buzilish shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur'ati qanchalik yuqori bo'lsa, iqtisodiyotga xavfli ta'siri shunchalik katta bo'ladi. Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda fan-texnika yutuqlaridan keng foydalanish yirik tarkibiy o'zgarishlarga olib keladi, natijada tarmoqlar va sohalar bo'yicha ishchi kuchini talab etish va taqsimlashda ham katta o'zgarishlar bo'ladi. Qishloq xo'jaligi, undiruvchi sanoat hamda an'anaviy materiallar, ayniqsa, qora metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo'lganlar soni keskin ravishda qisqaradi. Xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiyotning eng dinamik sektoriga aylanib, uning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi ham, bu sohada band bo'lganlar soni ham ortib boradi.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar orasida fan-texnika taraqqiyotini ta'minlaydigan, o'sishda nisbatan yuqori sur'atga ega bo'lgan tarmoqlar guruhini tashkil etish birinchi darajali diqqatga sazovordir. Bu guruhlardagi ishlab chiqarish tarmoqlariga kimyo, neftkimyosi sanoati, atom energetikasi, elektronika, radiotexnika sanoati, sof va o'ta sof materiallar, EHMlar, raqamli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar, robotlar, lazerli aloqa vositalari, nazorat qilish va boshqaruvning kompьyuter tizimlari va boshqalar kiradi.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda mehnat unumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda korxonalardagi mehnat unumdorligi bir qator iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish orqali namoyon bo'ladi. Jumladan, mehnat jarayonini tashkil etish, boshqarish, xodimlarni moddiy rag'batlantirish, ishchi o'rinlarini avtomatlashtirish va h.k. Bu shart-sharoitlarning o'z vaqtida va to'liq ta'minlanishi pirovardida yaratilayotgan mahsulot va xizmatlar hajmining o'sishiga olib keladi.

Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish makroiqtisodiy barqarorlikning asosini tashkil etadi. Bugungi kunda barcha rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o'sish modelida ushbu omilning ishtiroki beqiyosdir. Hozirda jahonning ko'plab mamlakatlari o'zlarining tovar bo'yicha raqobatbardoshliklarini oshirishni innovatsiyalardan foydalanish, ilmiy-texnikaviy salohiyatni yuksaltirish orqali yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga ta'minlamoqda.

Biroq, keyingi yillarda respublikamizda fanga bo'lgan real moliyaviy ajratmalarning pasayish holati sezilmoqda. Hozirda mamlakatimiz sanoatidagi innovatsion jihatdan faol korxonalarning soni hamda sanoat mahsuloti umumiy hajmidagi ilmiy mahsulotning ulushi juda past 1-2 % atrofida bo'lmoqda. Shunga ko'ra, bugungi kunda fan va ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi integratsion aloqani yanada kuchaytirish, xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'z faoliyatida innovatsion ishlanmalardan foydalanishni rag'batlantirish iqtisodiy o'sishni ta'minlashning asosiy yo'llaridan hisoblanadi.

Makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, kelgusida iqtisodiy o'sish uchun zamin hozirlaydi. Har qanday milliy iqtisodiyot kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, ya'ni o'tgan yilga nisbatan ko'proq mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Yildan yilga aholi sonining ko'payishi, kishilar ehtiyojini kengaytirilgan ishlab chiqarishni shart qilib qo'yuvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Aynan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy o'sishning mohiyatini tashkil qiladi.

Iqtisodiy o'sish-muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining o'tgan davrdagiga nisbatan oshishi, to'liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish darajasini uzoq muddatli ko'payishi tendentsiyasini anglatadi.

Iqtisodiy o'sish muayyan davr mobaynida mamlakatda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish darajasining ijobiy o'zgarishidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o'sish bu milliy iqtisodiyotda muayyan davr mobaynida (odatda bir yil) mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining oshishidir.

Biz iqtisodiyotni barqarorlashtira borib, bozor munosabatlarini normal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarnivujudga keltiramiz". Iqtisodiy o'sish jami taklifning o'sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o'sishni aniqlash va hisoblash mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim ko'rsatkichi - yalpi ichki mahsulotga bog'liq. Iqtisodiy o'sish muammosini o'rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi-cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga yechim topiladi.

Iqtisodiy o'sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o'sishi, shuningdek, jon boshiga to'g'ri keladigan real daromadlarning o'sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o'sish ikki xil usul bilan o'lchanadi.

Birinchi usulda iqtisodiy o'sish real YaIM ni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.

Ikkinchi usulda iqtisodiy o'sish aholi jon boshiga to'g'ri keladigan real YaIM ning o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi sifatida aniqlanadi.

Har bir mamlakat iqtisodiy o'sishga ta'minlashga intiladi, chunki iqtisodiy o'sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko'payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning pay do bo'lishiga, to'rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat nufuzining oshishiga olib keladi.

Iqtisodiy o'sish turli nuqtai nazarlar orqali o'rganilishi sababli, uning intensiv va ekstensiv turlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Ekstensiv iqtisodiy o'sish moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar hajmining oshishi natijasida kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ekstensiv iqtisodiy o'sish tabiiy resurslar, ishchi kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillarini qo'shimcha jalb qilish va faqat ularning miqdoriy oshishi hisobiga ro'y beradi. Bunda ularning sifat va texnikaviy darajasi o'zgarmasdan qoladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko'paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o'rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo'yicha xuddi shunday yana bir korxona ko'riladi.

Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o'zgarmay koladi.

Intensiv iqtisodiy o'sish esa ilmiy-texnikaviy bazani takomillashtirish va barcha ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanib mehnat unumdorligini oshirish orqali ta'minlanadi. Intensiv yo'l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o'sishida, mahsulot sifatining oshishida o'z ifodasini topadi.

Real hayotda intensiv va ekstensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo'lmaydi, balki muayyan uyg'unlikda, bir-biri bilan qo'shilgan tarzda bo'ladi. Shu sababli ko'proq ustuvor intensiv va ustuvor ekstensiv iqtisodiy o'sish turlari haqida so'z yuritiladi.

Iqtisodiy o'sish bir qancha omillarga bog'liqdir. Iqtisodiy o'sish doimo iqtisodiy va noiqtisodiy omillar ta'siri natijasida kelib chiqadi. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o'sish omillari deganda ishlab chiqarishning real hajmini ko'paytirish, o'sish samaradorligi va sifatini oshirish imkoniyatlarini belgilaydigan hodisalar va jarayonlar tushuniladi. Iqtisodiy omillarga foydalanilayotgan resurslar miqdorini oshirish va sifatini takomillashtirish omillari kirsa, noiqtisodiy omillar o'z ichiga siyosiy, harbiy, geografik, iqlimiy, milliy va madaniy omillarni oladi.

Iqtisodiy o'sishga ta'sir qilish mexanizmiga ko'ra omillar bevosita va bilvosita omillarga bo'linadi. Iqtisodiy o'sishga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:

- tabiiy resurslar soni va sifati;

- mehnat resurslari soni va sifati;

- asosiy kapital hajmi;

- texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;

- jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanish darajasi;

Ikkinchi guruh omillari jamiyatdagi iqtisodiy o'sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar - talab va taqsimot omillari, ya'ni bilvosita omillar kiritiladi:

- bozorning monopollashuvi darajasining pasayishi;

- iqtisodiyotdagi soliq muhiti;

- kredit-bank tizimi samaradorligi;

- iste'mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o'sishi;

- eksport hajmining o'sishi;

- iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;

- daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.

Iqtisodiy o'sishga ta'sir etuvchi muhim omillardan biri bu - investitsiya me'yori his oblanadi. Investitsiya me'yori iqtisodiyotning sog'lomligini aks ettiradi va iqtisodiyotda modernizatsiyalashni va tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishning asosi hisoblanadi. Modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan o'tish iqtisodiyotiga ega va rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya me'yori va iqtisodiy o'sish sur'atlari o'rtasida korrelyatsion aloqalar, bog'liqliq mavjud. Masalan, Xitoyda oxirgi 20 yil mobaynida iqtisodiy o'sish sur'atlari barqaror darajada bo'lishining sababi investitsiya me'yorining 41-45 foiz oralig'ida bo'lishi hisoblanadi. Tahlillar ko'rsatishicha, investitsiya me'yori o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda milliy valyutada va joriy baholarda hisoblanadi. Ushbu holat investitsiya me'yori miqdorining sun'iy ravishda oshishiga olib keladi. Ko'pchilik mutaxassislar fikricha, o'tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, xususan Rossiyada, modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish, iqtisodiyotni innovatsiyaviy rivojlantirish yo'liga o'tkazish, barqaror iqtisodiy o'sish sur'atiga ega bo'lish uchun investitsiya me'yori 3540 foiz atrofida, O'zbekistonda esa, 28-30 foiz atrofida bo'lishi kerak. Keyingi yillarda mamlakatimizda oqilona va har tomonlama puxta o'ylab olib borilayotgan investitsiya siyosati natijasida, iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan investitsiyalar, jumladan xorijiy investitsiyalar hajmi miqdor va sifat jihatdan takomillashib bormoqda.

Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish omillarini o'rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Iqtisodiy o'sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko'payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.

Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o'sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko'rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Berkinov B.B., Mamatova F.X. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash yo'llari. Ilmiy-ommabop risola. - T.: TDIU, 2011 y.

2. Abulqosimov X.P. va boshqalar. Davlatning makroiqtisodiy siyosati. T.: Akademiya. 2007 y.

3. Michael F. Bleaney. «Macroeconomic stability, investment and growth in developing countries». Journal of Development Economics.

4. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezitenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.