d ) https://dx.doi.org/10.36522/2181-9637-2022-6-11 UDC: 338.12.017
QISHLOQ XO'JALIGIDA IQTISODIY O'SISH
BARQARORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMI TAHLILI
Eshpulatov Dostonbek Bahodir o'g'li, Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti, ORCID: 0000-0003-0262-627X, e-mail: [email protected]
Annotatsiya. Har qanday milliy iqtisodiyot uchun mamlakatda iqtisodiy o'sish barqarorligini ta'minlash asosiy makroiqtisodiy vazifalardan biridir. Barqa-ror va keng qamrovli iqtisodiy o'sish barcha uchun munosib ish o'rinlari yaratish, taraqqiyot va nihoyat, hayot sifatini oshirishga imkon berishi mumkin. Shuning uchun mazkur maqolada barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizm-lari tahlil qilingan. Empirik nazariy usullardan foyda-lanib, mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlar o'rganil-gan. Olingan natijalar asosida qishloq xojaligida iqtisodiy o'sishni aks ettiruvchi muhim ko'rsatkichlar aniqlangan va tizimlashtirilgan. Statistik ko'rsatkichlar makro, mezo (alohida tarmoq) va mikro (korxonalar) darajasida guruhlangan. Dispersion tahlil asosida iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarining barqa-rorlik darajasini baholash natijasida bir qator ko'rsat-kichlarda yuqori beqarorlik darajasi aniqlangan. Shuningdek, qiyosiy tahlil davomida xususiy ko'rsatkichlar va xalqaro ko'rsatkichlar solishtirilgan hamda o'xshashliklar aniqlangan. Shu bilan birga, ilmiy tad-qiqot natijalarini umumlashtirib, agrar sohada barqa-ror iqtisodiy o'sish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: iqtisodiy o'sish, barqarorlik darajasi, xalqaro indekslar, iqtisodiy mexanizmlar.
АНАЛИЗ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО МЕХАНИЗМА ПОВЫШЕНИЯ УСТОЙЧИВОСТИ
ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ
Эшпулатов Достонбек Баходир угли,
докторант Гулистанского государственного университета
Аннотация. Обеспечение устойчивости экономического роста в стране является одной из основных макроэкономических задач для
Kirish
Barqaror iqtisodiy o'sish - bu uzoq vaqt davomida barqaror darajada saqlanishi mum-kin bo'lgan iqtisodiy o'sish hisoblanadi. Ush-bu tushuncha 1970-1980-yillarda jamiyat va fan taraqqiyoti muammolari, tabiiy resurslar-ning cheklanishi hamda ekologik vaziyatning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi fonida vujudga kelgan. Barqaror rivojlanish-ga erishish dunyoning barcha mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri. Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy o'sishdan asosiy maqsad - kelajak avlodlar manfaatla-rini hisobga olgan holda, iqtisodiy tiklanishni ta'minlash va shu bilan birga, resurs bazasi va atrof-muhitni muhofaza qilishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqa-rorligi konsepsiyasi takror ishlab chiqarish-ning yakuniy natijalari - aholining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq. Shunga muvofiq, takror ishlab chiqarishning barqarorligi ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha si-fatida qaraladi. Bu mamlakat va hududlar aholisining moddiy va ma'naviy ehtiyojlari-ni yanada to'liq qondirishga yordam beradi-gan, minimal xarajatlar va ekologik xavfsizlik sharoitida barqarorlik yoki iqtisodiy o'sishni uzluksiz ta'minlaydigan iqtisodiy munosabat-lar tizimidir.
Har bir mamlakatda va alohida minta-qada iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi - uning iqtisodiyoti amal qilishi va rivojla-nishning umumiy qonuniyatlari bilan bir qa-torda, ishlab chiqarish sharoitlari, resurs sa-
lohiyati, aholi mentaliteti va boshqalar bilan belgilanadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Iqtisodiyotning o'sish davrida ishlab chiqa-rishning barcha tarkibiy qismlari taraqqiy etishi boshlanadi. Turmush darajasining o'si-shi natijasi kutiladigan barqaror talab da-rajasida shakllanadi. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, iqtisodiyotning taraqqiy etishi o'z tarozisi va ma'lum salbiy oqibat-lariga ega. Shuningdek, barqaror iqtisodiy o'sishga erishish san'ati qo'yilgan maqsad-larga yetish uchun tanlangan ustuvor yo'na-lishlar va tegishli strategiyalarni aniqlab olish bilan asoslanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning
2020-2030-yillarga mo'ljallangan strate-giyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-sonli farmonida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tarmog'ini modernizatsiyalash, di-versifikatsiya qilish va barqaror o'sishini qo'llab-quvvatlash uchun xususiy investit-siya kapitali oqimini ko'paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamayti-rish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish; qishloq joylarini muvozanatli va barqaror taraqqiy ettirish-ga ko'maklashishni nazarda tutuvchi qishloq hududlarini rivojlantirish dasturlarini amal-ga oshirish kabi asosiy yo'nalishlar belgilab berilgan.
Shuningdek, qishloq hududlarini rivojlan-tirish borasida "2020-2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Konsep-siyasi"ning ishlab chiqilishi va amalga oshi-rilishi monitoringini olib borish vazifasi qo'yilgan. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarining kompleks tahlilini amalga oshirishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda, barqaror iqtisodiy o'sish tu-shunchasiga aniqlik kiritish; iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini makro, mezo, mikro da-rajalarda aniqlash va tahlil qilish; iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari barqarorligini baho-lash; barqaror iqtisodiy o'sishning xalqaro va milliy ko'rsatkichlarini taqqoslash; qishloq
любой национальной экономики. Устойчивый и инклюзивный экономический рост может привести к созданию соответствующих рабочих мест, развитию и в конечном итоге повышению качества жизни для всех. Поэтому в данной статье анализируются организационно-экономические механизмы обеспечения устойчивого экономического роста. Зарубежная и отечественная научная литература проанализирована с использованием эмпирических теоретических методов. На основе полученных результатов были выявлены и систематизированы основные показатели, отражающие экономический рост в сельском хозяйстве. Статистические показатели анализировались по группам на макро-, мезо- (отдельная отрасль) и микро-(предприятие) уровнях. В результате оценки уровня устойчивости показателей экономического роста на основе дисперсионного анализа определен высокий уровень нестабильности по ряду показателей. Также в ходе сравнительного анализа были обнаружены сходства при сравнении частных показателей с международными показателями. При этом путем обобщения результатов научных исследований были даны теоретические и практические предложения по совершенствованию механизмов устойчивого экономического роста в сельском хозяйстве.
Ключевые слова: экономический рост, уровень стабильности, международные показатели, экономические механизмы.
ANALYSIS OF THE ORGANIZATIONAL-ECONOMIC MECHANISM TO IMPROVE THE SUSTAINABILITY OF ECONOMIC GROWTH IN AGRICULTURE
Eshpulatov Dostonbek Bakhodir ugli,
Doctoral Student at Gulistan State University
Abstract. Ensuring the sustainability of economic growth in the country is one of the main macroeconomic objectives for any national economy. Sustainable and inclusive economic growth can lead to the creation of appropriate jobs, development and ultimately improve the quality of life for all. Therefore, this article analyzes organizational and economic mechanisms to ensure sustainable economic growth. Foreign and domestic scientific literature was analyzed using empirical theoretical methods. Based on of the results obtained, the main indicators reflecting economic growth in agriculture were identified and systematized. Statistical indicators were analyzed by groups at macro-, meso- (individual industry) and
micro- (enterprise) levels. As a result of assessing the level of sustainability of economic growth indicators on the basis of analysis of variance, a high level of instability in a number of indicators was determined. Also, the comparative analysis revealed similarities when comparing private indicators with international indicators. At the same time, by generalizing the results of scientific research, theoretical and practical proposals for improving the mechanisms of sustainable economic growth in agriculture were given.
Keywords: economic growth, stability level, international indicators, economic mechanisms.
xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'min-lash bo'yicha taklif va xulosalar ishlab chiqish vazifalari belgingan.
Tadqiqot predmeti qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash me-xanizmlari; obyekti qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari hisoblana-di.
Ilmiy ish davomida milliy va xalqaro nu-fuzli adabiyotlarni tahlil qilish orqali qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishning bir qator ko'rsatkichlari aniqlandi. Ko'rsat-kichlarni tahlil qilishda ma'lum bo'ldiki, ak-sariyat iqtisodiy ko'rsatkichlar o'sish ten-densiyasiga ega. Boshqa tomondan esa ba'zi makro va mikro iqtisodiy ko'rsatkichlar-dagi yuqori beqarorlik darajalari belgilan-di. Asosiysi - jahon adabiyotlari va tenden-siyalarini o'rganib, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha aniq taklif va xulo-salar ishlab chiqildi.
Tadqiqot ishi natijalari shu sohadagi bar-cha ilmiy izlanuvchilarning keyingi tadqiqot ishlari hamda "2020-2025-yillarda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish Kon-sepsiyasi" amalga oshirilishi monitoringini olib borishda farmonda belgilangan vazirlik va idoralar uchun muhim axborot manbayi bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Adabiyotlar tahlili
Mahalliy va xorijiy nashrlarni ko'rib chiqish o'sish sifatini kengaytirilgan tak-ror ishlab chiqarishning o'ziga xos xusu-siyatlari va maqsadlari; oziq-ovqat mah-
sulotlari va qishloq xo'jaligi xomashyo-sining sifat o'zgarishi; iqtisodiy o'sishning intensiv turi, ishlab chiqarish tuzilmasi va di-namikasining jamiyat ehtiyojlariga mos ke-lish darajasi; o'sishning ijtimoiy yo'naltiril-ganligi kategoriyasi sifatida aniqlash imkoni-ni beradi [1; 2, 154-b.].
Tadqiq etilgan yondashuvlarning har biri iqtisodiy o'sish va iqtisodiy rivojlanish xusu-siyatlarini aniqlash bilan uning faqat ma'lum bir jihatlarinigina ko'rib chiqadi. Masalan, N.P. Kuznetsova iqtisodiy o'sish sifati tu-shunchasining mazmuni ijtimoiy takror ish-lab chiqarish, maqsad esa xalq farovonligida ekanligini ta'kidlaydi [3, 144-b.].
I.M. Tenyakov iqtisodiy o'sish sifat kate-goriyasi mazmunida ishlab chiqarish omillari sifati o'rtasidagi bog'liqlik, yakuniy mahsulot sifatini ta'minlash, xo'jalik yurituvchi sub-yektlar va ularning tovar mahsuloti raqobat-bardoshligini oshirish kabi muhim xususi-yatlarini alohida ta'kidlab, ijtimoiy insitutlar va iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasida sifat o'zgarishlarni ushbu kategoriya tarkibida ko'radi [4, 176-b.]. Shuningdek, tadqiqotchi ekologiya va kishilarning hayotdan qoniqi-shi nuqtayi nazaridan iqtisodiy o'sish sifatini ko'rib chiqishni taklif qiladi.
Mintaqa darajasida V.I. Senkov, N.V. Sen-kovalar iqtisodiy o'sish sifatini mintaqalar-ning innovatsion rivojlanish yo'liga o'tish ja-rayonlari va investitsiya muhitini shakllan-tirish bilan bog'laydi; iqtisodiy hodisalarni baholashning metodik va metodologik yon-dashuvlarini taklif qiladi; har bir mezonni hisobga olgan holda, hududlar tizimida mintaqa profilini yaratadi [5, 12-18-b.].
Boshqa tadqiqotchilardan farqli ravishda, B.D. Babayev va S.P. Dubrovskiylar farovonlik mezonini iqtisodiy o'sishning asosiy xususi-yatiga kiritgan. Ular ijtimoiy mahsulot kate-goriyasini ijtimoiy farovonlik kategoriyasiga transformatsiyalash to'liqligi prizmasi orqali iqtisodiy o'sish sifatini baholash pozitsiyasi-dan boradi [6, 33-38-b.].
T.I. Buxtiyarova, M.D. Bocharovalarning ta'kidlashicha, "iqtisodiy o'sish sifati o'zgarishlarni boshqarishning yangi sifatini talab
qiladi, bu esa, o'z navbatida, boshqaruv xo-dimlarining malakasi, boshqaruv jarayonlari-ni optimallashtirishni anglatadi" [7, 109-114 b.; 8, 24-28 b].
Mahalliy olimlardan X.Asadov "Iqtisodiy o'sish sifati" tushunchasini iqtisodiy rivojla-nishning ijtimoiy yo'naltirilganligi bilan ko'rib chiqish lozimligi [9], M.Q. Pardayev, T.X. Mamasoatov modernizatsiya, diversi-fikatsiya va innovatsiya - iqtisodiy o'sish-ning muhim omillari ekanligi [10, 38-b.], A. O'lmasov, A.V. Vahobov mamlakatlarda farovonlikning jiddiy farqlanishini iqtisodiyot samaradorligining turlicha bo'lishi [11, 282-b.], U. Madrahimov iqtisodiy o'sishni texnika taraqqiyoti va innovatsion faoliyat asosida oshirish masalasiga e'tibor qaratgan holda, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilganlik darajasini asosiy o'ringa qo'ygan [12, 94-b.].
Iqtisodiy o'sish sifatining tarkibiy qismlari o'zaro bog'liq va aloqadordir. Umuman olgan-da, iqtisodiy o'sish sifati integral ko'rsatkich, iqtisodiy o'sish sifatining o'zgarishi esa baza-viy yoki standartdan og'ish sifatida baholani-shi mumkin [2].
80-yillarning o'rtalarida G.A. Krayuxin ta'kidlaganidek, qayta qurish strategiyasi ma'lum an'anaviy omillar hisobiga iqtisodiy o'sish sifatiga erishishni nazarda tutgan bo'lib, uning fikricha, ularni dunyoning ak-sariyat mamlakatlari uchun umumiy deb hi-soblash mumkin. Jumladan, ishlab chiqarish va boshqaruv apparati tuzilmasini takomil-lashtirish va sifat jihatidan yangilash, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivoj-lantirish, yakuniy natijalarga e'tibor qaratish va boshqalar [13, 221-b.].
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish-ga qaratilgan iqtisodiy o'sish sur'atlarining sifat komponenti ulushini oshirish ustuvor maqsad qilib qo'yilgan zamonaviy yo'nalish - aholining turmush tarzi sifati va darajasini yaxshilash ijtimoiy-iqtisodiy samarador-likka erishish imkonini beradi [14, 56-64 b.; 15, 20-31 b.; 16, 308-b.].
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy o'sish ko'p jihatdan qish-
loq xo'jaligi ishlab chiqarishining innovatsion rivojlanishi bilan belgilanishini ta'kid-lash zarur. Shuning uchun ham biz qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligiga qishloq hududlarini rivojlantirish va aholining hayotdan qoniqishida ijtimoiy natijaviy-likka olib keluvchi, qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti hajmining ko'payishi, oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo'jaligi xomashyo-sining sifati va raqobatbardoshligi oshishi, ishlab chiqarish omillaridan samarali va ekologik muvozanatli foydalangan holda, innovatsion asosda tarmoq iqtisodiy tizimidagi progressiv o'zgarishlar sifatida qaraymiz.
Material va metodlar
Tadqiqot axborot bazasini O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi rasmiy say-ti ochiq ma'lumotlari va yillik to'plamlari, "Boston Consalting Group" xalqaro konsal-ting tashkiloti rasmiy sayti reyting ma'lu-motlari va boshqalar tashkil etadi. Shuning-dek, qishloq xo'jaligi tashkilotlari moliyaviy natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar Statistika qo'mitasiga rasmiy xat bilan murojaat qilish orqali olingan.
Empirik va nazariy tadqiqot usullari-dan foydalanib, qishloq xo'jaligida barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash mexanizmlari va uni aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlar aniqlab olindi. Ekspert so'rovi asosida qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ilmiy yondashuvlarining majmuyi shakllan-tirildi va guruhlab chiqildi.
Iqtisodiy o'sish statistik ko'rsatkichlari jamlanib, statistik guruhlash usulidan ke-lib chiqib guruhlandi. Dispersion tahlil aso-sida ko'rsatkichlar barqarorligi baholandi. Statistik ma'lumotlarni grafiklarda tasvirlab, trendli tahlillardan foydalanib, mavjud ten-densiyalar aniqlandi. Iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirish asosida barqa-ror rivojlanish indekslari modellashtirildi va qiyosiy tahlil orqali milliy va xalqaro mo-dellardagi asosiy farqlar tadqiq etildi.
Barqarorlik va tebranuvchanlik indeksla-rini hisoblashda vaqtli qatorlarning haqiqiy qiymatlaridan foydalanildi [1]:
5 (t)
V (t)= -^jr— (1)
Bu yerda:
Vy(t) - tebranuvchanlik koeffitsiyenti;
5y(t) - o'rtacha kvadratik og'ish;
y - o'rtacha qiymat.
Shuningdek, Barqarorlik koeffitsiyenti uchun:
Kb =1 - Vy (t) (2)
Korrelyatsion va regression tahlillardan foydalanib, mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichi (SEDA)ga ta'sir etuvchi asosiy omillar aniqlandi.
Makro, mezo, mikro darajalarda barqaror rivojlanish ko'rsatkichlari barcha statistik ko'rsatkichlarning o'rtacha geometrigi va arifmetigi sifatida aniqlandi.
Tadqiqot natijalari
Iqtisodiyotda barqarorlik unikal ijti-moiy-iqtisodiy hodisadir. Uning murakkabligi tizim barqarorligi va beqarorlik xavfini oshi-radigan innovatsiyalarni joriy etish o'rtasida tanlov qilish zarurati bilan bog'liq tashkiliy va iqtisodiy dilemmani hal qilish orqali aniqla-nadi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sishning barqarorligi qishloq xo'jaligi tashkilotida ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonini muntazam modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sishning barqarorligini fanlararo bog'liqlik asosi-da ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy me-xanizmini takomillashtirishning mohiya-tini ochib berish va yo'nalishlarini belgi-lash ilmiy yondashuvlar majmuasi orqali aniqlanishi mumkin. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmin-ing ilmiy yondashuvlar majmuasi nuqtayi nazaridan qisqacha tavsifi 1-jadvalda kelti-rilgan.
1-jadvalda ekspert so'rovi asosida aniqlangan asosiy yondashuvlar ko'rsatil-
gan. Tadqiqot jarayonida qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi 50 dan ortiq ilmiy yondashuvlar nuqtayi nazaridan ko'rib chiqildi.
Tahlil qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ko'rib chiqish, uni baholash va tegishli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashti-rish bo'yicha takliflar ishlab chiqish imkonini berdi.
1-jadval
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini ta'minlashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining ilmiy yondashuvlar majmuasi nuqtayi nazaridan qisqacha tavsifi*
Yondashuv Xususiyatlari
Tarixiy qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini aniq sohalarga ixtisoslashtirish va rivojlanti-rishning tarixiy tajribasini hisobga olish
Iqtisodiy milliy va global miqyosda raqobatbar-doshlik omillarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish
Ijtimoiy unikal jamiyatning kadrlar bazasini qo'llab-quvvatlash va takomillashtirish: qishloq aholisi, shu jumladan, qishloq inson kapitalini rivojlantirish aspektida
Insitutsional turli xarakterdagi xatarlar, to'siqlarni monitoring qilish hamda bartaraf etish orqali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi faoliyati normalari va qoidalarini tako-millashtirish
Ijtimoiy-madaniy qishloq xo'jaligi tashkilotining ishlab chiqarish, tashkiliy va iqtisodiy tizim-larida innovatsion mahsulotlarni qabul qilish hamda joriy etish madaniyatini shakllantirish uchun mehnat jamoalari bilan ishlash
* Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Tarixiylik kontekstida iqtisodiy o'sish-ning barqarorligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va qishloq jamiyati rivojlanishin-ing miqdoriy ko'rsatkichlarini hududiy ji-hatdan baholashni o'z ichiga oladi. Tarixiy
yondashuv mahalliy o'zini o'zi boshqarishni tashkil etish to'g'risidagi qonun hujjatlar-ida asosiy yondashuv sifatida belgilangan. Bunday yondashuv qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish talablarini shakllan-tiradiki, bu faqat iqtisodiy o'sish bilan mum-kindir.
Qishloq xo'jaligi va qishloq ijtimoiy in-fratuzilmasini rivojlantirish uchun mod-diy bazani shakllantirishga asos bo'lgan iqtisodiy o'sish obyektiv cheklovlar, ya'ni ekologik xavfsizlikni ta'minlash talablar-iga ega. Ekologik yondashuv resurslarni tejovchi ishlab chiqarish va xo'jalik faoli-yati natijasida qishloq xo'jaligi iqtisodiy o'sishining barqarorligini tushunishda namoyon bo'ladi. Ushbu yondashuv tabiiy va ishlab chiqarish tizimlari ishlashining birligi prinsipi asosida ishlab chiqarish-da innovatsion yechimlar ishlab chiqish va joriy etishni o'z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasi doirasidagi ekologik standartlar iqtisodiy o'sishni cheklovchi omillar sifatida ajralib turishiga qaramay, zamonaviy sharoitda ular iqtisodiy o'sishni ta'minlash-ning yangi yo'nalishlari asosini tashkil qila-di.
Ushbu bayonotning eng yorqin mi-soli organik qishloq xo'jaligi konsepsi-yasining shakllanishi va rivojlanishidir. Mazkur konsepsiya allaqachon tegish-li qonun formatida, shuningdek, tegish-li bozor segmentida institutsionalizatsi-ya qilingan. Qishloq xo'jaligini yuritish-ning ushbu strategiyasi doirasida qish-loq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqa-ruvchilari tomonidan doimiy ravishda qishloq xo'jaligi ekinlari ishlab chiqar-ish maqsadlarida hech qanday yoki minimal qayta ishlash bo'yicha innovatsion ekologik yechimlar izlanadi. Iqtisodiy o'sish va uning barqarorligiga qishloq xo'jaligining noyob ishlab chiqarish ba-zasi - yer va biotsenozlarni saqlab qo-lish hisobiga erishiladi. Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish barqarorligi va iqtisodiy o'sish, ekologik yondashuv sharoitida, biologik xilma-xillikni saqlash sharti, shu jum-
ladan, tabiiy tizimlarga salbiy antropogen ta'sirning sezilarli darajada kamayishi bilan ta'minlanishi mumkin.
Ekologik va bozor talablari agrar sohada-gi davlat siyosatining mazmuni bilan birga-likda yangi texnologiyalarning paydo bo'li-shi va ommaviy qo'llanilishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Texnologik yondashuv qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sishning barqarorligini ikki nuqtayi nazardan ko'rib chiqish imkonini beradi:
1) yangi texnologiyalar joriy etish;
2) ko'pchilik ishlab chiqaruvchilar to-monidan mavjud bo'lgan eng yaxshi tex-nologiyalarni o'zlashtirish.
Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va tabiat-ni asrash orqali iqtisodiy o'sishning asosi texnologik taraqqiyot hisoblanadi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish bar-qarorligi mazmunini ko'rib chiqishga innovatsion yondashuv qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini inklyuzivlashtirish, tejamkor ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayon-lari va boshqaruv jarayonlarini raqamli o'zgartirish, muqobil qishloq xo'jaligi (labo-ratoriyada sun'iy yetishtirish orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni nazarda tutgan holda) va boshqalar orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlaydigan bir qator qishloq xo'jaligi strategiyalarini ko'zda tu-tadi.
Qishloq xo'jaligi iqtisodiy o'sishi-ning barqarorligi va uni oshirishning tash-kiliy-iqtisodiy mexanizmi makonga ham bog'liq. Makonli yondashuv barqarorlikni mahalliy xususiyatlar bilan bog'laydi, bu qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini xara-jatlarni minimallashtirish tamoyillari aso-sida tashkil etish, shu jumladan, hududning mavjud iqlim va tuproq xususiyatlaridan foydalanish bilan bog'liq imkoniyatlarida namoyon bo'ladi. Ushbu yondashuv doirasi-da barqarorlik bozor infratuzilmasining mavjudligi va sifati, suv va yer resurslar-ining mavjudligi, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash talablari va boshqalar nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladi.
Klaster yondashuvi nuqtayi nazari-dan barqarorlik to'liq ishlab chiqarish siklini tashkil etuvchi tashkilotlarni ix-cham joylashtirish orqali oshiriladi. Qish-loq xo'jaligida klasterlar qishloq xo'jaligi tashkilotlari, mashina-traktor stansi-yalari, raqamli texnologiyalarni joriy etish stansiyalari, agrar profildagi oliy va o'rta kasb-hunar ta'lim muassasalari, qayta ish-lash korxonalari, qishloq xo'jaligi mahsu-lotlarini saqlash korxonalari va h.k.ning hududiy yaqinligi asosida shakllantirilishi mumkin.
Qishloq xo'jaligida klasterlarning ish-lashi shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy o'sish-ning barqarorligiga doimiy sinergik effekt olish orqali erishiladi. Ushbu yondashuv sinergetik deb ataladi va bir-birini to'ldiru-vchi qishloq xo'jaligi tashkilotlari hamkor-ligidan kelib chiqadigan samaralarni tavsif-laydi.
Takror ishlab chiqarish yondashuvi qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sishning barqarorligini ishlab chiqarish bazasi, ish-lab chiqarilgan mahsulotlar massasi va boshqalarning doimiy o'sishi jarayoni si-fatida belgilaydi. Bu ushbu yondashuv doirasida mavjud bo'lgan eng yaxshi tex-nologiyalarni o'zlashtirgan va rentabel-lik darajasi kamida 40% bo'lgan qishloq xo'jaligi tashkilotlarining ulushi baholana-di. Shu bilan birga, takror ishlab chiqarish
jarayoni kelajak avlodlarning manfaatlarini hisobga olishi, ya'ni resurslardan oqilona foydalanishi kerak.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqa-rorligini statistik yondashuv asosida baho-lash maqsadga muvofiqdir. Dinamik qator-ning statistik nazariyasida barqarorlik tu-shunchasi tebranuvchanlikka qarama-qarshi birlik bilan nisbiy tebranuvchanlik ko'rsatki-chi o'rtasidagi farq kategoriyasi sifatida qa-raladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqa-rorligini makroiqtisodiy darajada - butun mamlakat bo'yicha (2-, 3-jadval), mezo - tar-moq darajasida (4-jadval), mikro daraja-da - qishloq xo'jaligi subyektlari moliyaviy natijalari barqarorligida (5-jadval) aniqlasa bo'ladi. Rivojlanish barqarorligini dinamika qatorining tebranishi (variatsiyasi)ni baho-lash va umumlashtirilgan indeks orqali ijti-moiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar indekslarining o'rtacha geometrik va arifmetik qiymati sifatida aniqlaymiz.
Mamlakat barqaror rivojlanishining hi-soblangan indeksi barqarorlikning o'rtacha darajasiga 100 %dan yuqori to'g'ri keladi (2010-yil bundan mustasno - past daraja).
2010-2022-yillar uchun ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar vaqt qatorlari o'zgaruvchan-ligining hisoblangan ko'rsatkichlari kuchli tebranishini, mos ravishda ularning beqaror-ligini ko'rsatdi (1-rasm).
08.00.00 - ИКТИСОДИЕТ ФАНЛАРИ 08.00.00 - ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ 08.00.00 - ECONOMIC SCIENCES
re re
> ад С
N
re ад
re
тз ¡-
(В *
S-
re с re
j=
(Л
13
(Л
re j=
и
Ъ
J2
5
и
се
(Л
J- J=
О (я
Л «
,2
(Л
в 5 ЯЕ
£ 5
чЗ С
се ге
Е -а о
(Л
ге ге тз
(В
"(F !-ге тз о
SX
ге
(Л
С J=
(Л '2
JS >
'С !-О
ге
¡У
ге ,п
ге тз с о
■м
(Л
з
ф
N
P u о ,2 ,3 ,8 ,3 ,8 ,8 ,8 ,5 ,4 ,0 ,0 ,5 ,5 ,8 ,9 ,4 ,4 ,7 ,8 ,9 ,6 ,3 ,5
* с <D > '<Я (5 o^ t7 r a CQ OD СП OD СП О 6 oo 8 4 5 Ю 7 81 31 3 со О 2 3 CO 3 oo 8 Ю 8 9 oo 8 2 oo 2 3 Ю 5 21 9 CO 9
1 О * Tebranuv-chanlik, % о СП CO 39,8 ,7 55,2 42,7 24,2 18,2 68,2 65,5 92,3 91,5 79,6 83,0 66,0 66,5 ,5 14,2 ,6 ,6 CM 7 71,3 65,2 44,1 78,4 CM Ю со"
^ со ,2 4 ,5 ,9 ,0 0 ,4 ,7 6, ,9 ,5 ,5 ,9 ,0 ,8 ,8 9
cv о cv CO о О <N 9 Ю 0 CO 0 3 CO 9 0 CO 0 CM 0 CO CM 2 о 2 Ю 2 oo 2 о 2 01
2020 cv 102,0 99,5 116,9 103,9 98,6 103,0 95,0 101,9 100,3 100,1 95,6 106,2 104,1 114,3 115,7 117,2 133,3 87,5 92,1 87,9 120,1 113,6 117,2 86,8 152,3 99,5 105,4
2019 101,8 101,6 97,6 105,1 104,2 111,0 99,0 105,7 105,4 105,3 138,1 155,8 100,3 137,1 115,4 132,1 152,6 119,9 101,8 101,2 124,7 128,4 115,2 124,9 133,0 101,0 114,9
2018 о ^ 101,7 102,0 163,5 105,8 106,2 109,0 99,0 105,4 106,7 107,1 129,9 173,2 217,5 158,1 126,5 139,9 164,9 107,0 106,6 104,8 126,6 127,0 131,3 125,8 266,2 104,0 126,9
2017 o> 101,7 102,4 115,6 105,0 107,5 103,0 98,0 104,4 103,7 104,2 119,4 139,6 121,1 133,0 128,2 123,7 129,3 91,0 102,5 102,1 119,5 122,4 127,3 109,6 89,1 101,6 110,9
2016 CO 101,8 101,8 102,1 103,8 108,8 105,9 107,3 108,3 104,1 113,2 168,2 114,6 116,1 114,7 106,4 99,2 103,4 123,7 123,6 114,6 97,2 98,1 99,2 109,4
2015 101,7 101,9 103,3 102,7 107,7 107,2 110,9 111,9 109,4 118,0 92,4 116,2 121,8 124,3 103,0 99,4 104,1 122,4 115,4 119,3 90,5 88,3 98,9 106,9
2014 to 101,7 102,6 107,4 100,9 107,1 106,9 108,7 108,7 109,8 124,2 126,0 118,9 123,1 118,4 106,8 100,6 105,3 124,1 121,8 118,7 97,4 100,5 100,0 110,0
2013 Ю 101,5 102,4 102,1 100,6 111,4 107,3 108,7 108,8 111,3 125,1 129,6 122,7 119,2 132,9 104,4 99,1 103,1 126,8 125,9 113,9 107,0 149,3 101,1 112,9
2012 t 101,5 102,5 100,6 97,2 111,6 107,1 109,9 110,2 110,6 124,3 133,7 120,9 123,1 117,4 110,0 106,1 105,7 129,5 126,1 122,3 100,2 99,7 101,4 111,3
2011 CO 104,0 102,1 94,6 96,8 124,5 107,5 112,5 113,5 102,6 120,3 124,8 146,8 104,5 103,6 110,7 130,5 129,7 141,7 118,8 100,8 113,6
2010 cv 102,0 98,8 120,1 107,1 109,7 110,4 104,2 77,7 ,0 CM 99,02
Ko'rsatkichlar Aholi soni Bandlik darajasi Ishsizlar soni Pensioner va nafaqa oluvchilar Aholi jon boshiga umumiy daromadlar real o'sishi Real hisoblangan ish haqi Tayinlangan pensiya va nafaqalarning real hajmi YalM Yakuniy iste'mol xarajatlari Uy xo'jaliklari yakuniy iste'mol xarajatlari Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar Asosiy kapitalning yalpi jamg'arilishi Asosiy fondlarni ishga tushirish Sanoat mahsuloti hajmi Qishloq xo'jaligi mahsuloti Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, mlrd so'm Yuklab jo'natilgan tayyor mahsulot Uy-joylarni qurib bitirish Yuk aylanmasi Yo'lovchi aylanmasi, mlrd yo'lovchi - m Chakana savdo tovar aylanmasi Ko'rsatilgan xizmatlar hajmi Mehnat unumdorligi (qishloq xo'jaligida) Tashqi savdo aylanmasi Iqtisodiyot foydasi Barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish indeksi (SEDA) Mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indeksi
С
оз М
с iS 3
о
ПЗ ТЗ
с
03
ад
03
Е 'Er
ST 'Er
03
SS M
с
03 T3
03
er
03 >
0 § g m
§ л.
22 ПЗ
E g
03 03
ü -C
1 £
03
VI
Ifi
а
tu T3
сл с
03 ■>
03
с
03 T
T о
с
03
ад
tu Л
03 tu 3 о
S «
re >
тз
_ге
со
вд с "S со
с
ф
N
U ТЗ
с
се
■м
с
ф
(Л (Л Ф (Л
!Л <
■М
С
Ф
Q u
ф w
о «
и is
Р
о и
о и U
ф J"
3 J
re ~
.¡S ЭД
(В s
(Л
3
ЬП
0JD g
'2
J=
(Л
'2
re
ф ¡-
О
>
'С ¡-
О ¡re
¡т ¡re re
T3
e о
■м
(Л
s ф
N
■Stf
1- o со UO со ,0 ,4 ,3 ,5 ,8 ,4
re CT ^ re m CO CO CO CO 9 CO 9 8 91 uo 9 P 7 91 9
.stf
с re .c о > D 16,4 CO UO eg ft 13,0 uo 29,5 eg CO CS0 eg
2 •Q £
2020 cq 80-2 CO со 71,4 18,7 ,5 со" 6 73,3 39,3 26,1 12,9 39,3
2019 UO 73-8 63,6 71,4 18,7 65,8 eg 46,2 25,9 14,8 39,5
2018 ,4 79-7 64,6 72,1 18,7 66,8 70,4 42,1 ■t eg 12,9 39,1
2017 81-9 67-4 eg 18,7 66,6 67,4 36,2 16,9 ■t 37,6
2016 CO 82-4 67,6 eg 19,7 64,1 63,7 uo CO uo 14,9 CO
2015 79-9 67,6 eg 20,2 63,2 uo со 37,3 16,6 -¡t 37,3
о ,6 6- ю о -9 eg CO eg ,5 eg ,8 ,6 ,9 CO ,2 CO ,7
2 8 6 7 6 7 3 1 1 3
2013 eg 6- 78-3 со 72,6 24,4 61,9 72,3 37,8 13,4 CO 37,7
2012 eg 6- со 66,4 72,6 24,3 61,7 72,7 38,2 12,6 14,6 37,3
2011 6 со ю 65,1 73,5 CO eg 58,6 72,8 38,7 14,5 36,8
2010 cn uo~ 62-9 65,5 73,7 24,9 55,1 CO 36,3 12,5 12,6 36,5
2009 ю 74-2 65,6 74,5 24,8 ■t uo 73,5 37,1 14,4 ,4 37,1
2008 -4 4- 67-6 67,3 74,4 26,1 CD 5 73,6 38,3 1 36,9
Ko'rsatkichlar** Daromad Iqtisodiy barqarorlik Bandlik Sog'liqni saqlash Ta'lim Infratuzilma Tenglik Fuqarolik jamiyati Boshqaruv Atrof-muhit Barqaror iqtisodiy rivojlanishni baholash
re >
тз
_re
4-
08.00.00 - ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ 08.00.00 - ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ 08.00.00 - ECONOMIC SCIENCES
* ■С
(Л
ге 13
.с
ге л
S-
JS 2 и
ге
(Л S-
о J3
(Л
"S
JS >
'С s-О !-
ге ¡у
ге л
(В
тз
"(Л
(В
"(F
ге тз
¡У
о
S-
ге
■м
вд !=
"53 "й
Ä "о
¡У О
3
(Л
СУ
2016-y. 2020-y. ga nisbatan eg СЭ 22,3 cn CD CD со -6,8 37,0 CO en -13,8 - Ю uo - uo eg
Barqa-rorlik, koef.**** 94,8 80,0 93,5 93,9 92,5 62,6 83,2 87,0 96,5 94,8 95,7 95,3 95,0
Tebranuv-chanlik, koef. eg uo~ 20,0 ■t со со" uo 37,4 16,8 13,0 ■t CO eg uo CO ■«t CD UO
2021 118,3 118,6 119,3 117,2 100,4 120,8 121,8 99,4 114,1
2020 124,5 130,4 124,9 119,1 130,3 83,5 118,1 95,5 100,5 117,2 111,3 99,3 111,9
2019 129,7 171,6 128,9 127,8 131,8 138,1 151,5 75,6 99,0 115,2 119,3 99,1 121,5
2018 114,1 118,0 112,7 106,6 123,7 135,5 108,1 96,7 98,1 131,3 124,8 91,4 112,6
2017 113,9 113,3 108,1 119,9 107,1 116,4 108,8 100,6 91,5 127,3 117,7 102,7 110,2
2016 118,1 108,1 117,6 113,4 124,0 ■o cso 4 109,3 99,3 114,6 105,6 102,6
Ko'rsatkichlar Barcha kategoriyada qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish indeksi, (qiyosiy narxlarda) o'tgan yilga nisbatan Qishloq xo'jaligida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar jismoniy hajmi indeksi, o'tgan yilga nisbatan Qishloq xo'jaligida yaratilgan qo'shilgan qiymat indeksi, o'tgan yilga nisbatan Barcha turdagi xo'jalik toifalarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlari indeksi o'sishi, o'tgan yilga nisbatan Barcha turdagi xo'jalik toifalarida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari indeksi o'sishi, o'tgan yilga nisbatan Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti, o'tgan yilga nisbatan Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida real hisoblangan o'rtacha oylik ish haqining o'sishi, Kapital qaytimi ko'rsatkichi, o'tgan yilga nisbatan Material qaytimi ko'rsatkichi, o'tgan yilga nisbatan Qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi, o'tgan yilga nisbatan Qishloq hududlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi**, o'tgan yilga nisbatan Tarmoq barqaror rivojlanish indeksi (o'rtacha geometrigi)
Ol Z eg CO ■t UO со CO CO о eg CO
08.00.00 - ИКТИСОДИЕТ ФАНЛАРИ 08.00.00 - ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ 08.00.00 - ECONOMIC SCIENCES
5-jadval
Qishloq xo'jaligi subyektlarinin
g moliyaviy natijalari*
Ko'rsatkichlar 2017 2018 2019 2020 2021 Koeffitsiyentlar**
Tebranuvchanlik Barqarorlik
Tashkilotlar soni - 102,5 100 99,2 102,3 1,5 98,5
Foyda solig'ini to'lagunga qadar foyda (zarar), mlrd so'm 91,9 81,9 120,4 -214,2 -1,6 411,4
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum, mlrd so'm 129,8 88,1 271,8 139,6 139,0 72,9 27,1
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi, mlrd so'm 127,8 94,5 276,2 143,5 140,4 76,5 23,5
Debitorlik qarzlar - jami, mlrd so'm 162,2 63,3 362,6 159,9 33,1 76,2 23,8
Kreditorlik qarzlar - jami, mlrd so'm 124,2 75,4 252,1 222,7 32,5 78,8 21,2
Foyda solig'ini to'lagunga qadar rentabellik 70,8 93,0 44,3 -153,4 -1,1 143,4
* Muallif tomonidan Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
** Berilgan tebranuvchanlik va barqarorlik koeffitsiyentlari jadvalda keltirilgan indekslar bo'yicha emas, balki vaqt qatorlarining haqiqiy ko'rsatkichlari bo'yicha hisoblangan.
Iqtisodiyot foydasi Sanoat mahsuloti hajmi Asosiy fondlarni ishga tushirish
Asosiy kapitalning yalpi jamg'arilishi
Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar
1-rasm. O'zbekiston Respublikasining 2010-yildan 2021-yilgacha bo'lgan davrda eng katta te-branishlarni ko'rsatgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichlari*
* Muallif tadqiqotlari.
Hisoblab chiqilgan barqaror ijtimoiy-iqti-sodiy rivojlanish indeksining "Boston Consalt-ing Group" xalqaro tashkiloti mos ko'rsatkichi
bilan qiyosiy tahlili amalga oshirildi va nisbiy tafovutlar ozligi, asosan, o'xshashlik aniqlandi (2-rasm).
140,0 120,0 100,0 80,0 60,0 40,0 20,0 0,0
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018 2019
2020
■Barqaror iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanish indeksi [SEDA]
■ Mamlakat barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish indeksi (o'rtacha geometrigi)
2-rasm. Xususiy va xalqaro barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish indekslari*
* Muallif tomonidan tuzilgan.
Biz mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indeksi (SEDA)ga ta'sir qiluvchi asosiy omillarni aniqlash maqsadida korre-lyatsion va regression tahlillarni amalga oshirdik. Tahlil uchun vaqtli qatorlarning ab-solyut ko'rsatkichlaridan foydalandik. Korre-lyatsion tahlil natijasida 2-jadvalda kelti-rilgan 25 ta makroiqtisodiy ko'rsatkichlar orasida aksariyati (19 ta) o'zaro kuchli mul-tikollinearlikka ega ekanligi aniqlandi. Bu
Y = 27,68 + 4,22 * Xt - 9,86 * X2 + 0, (2,96) (9,33) (0,0001)
Biroq shuni inobatga olish kerakki, tahlil qilingan makroiqtisodiy ko'rsatkichlar parametrlaridan faqatgina yuk aylanmasi P qiymatda 0,05 dan kichik, standart xato-lik 0,05 va Styudent testida ham T. „
J hisoblangan
(2,91) > Tjadval (2,26) bo'lib, eng ahamiyat-ga ega ko'rsatkich bo'lmoqda. Qolgan bar-cha ko'rsatkichlar ishonchli intervallar-da 0 qiymati joylashgani ularni modelda
esa regression model tuzishda ushbu ko'rsat-kichlarni istisno qilishimizga asos bo'ldi. Shunday qilib, regression tahlil uchun asosiy fondlarni ishga tushirish, uy-joylarni qurib bitkazish, yuk aylanmasi, yo'lovchi aylanmasi, YalM, iqtisodiyot foydasi kabi ko'rsatkichlar-dan foydalanildi (6-jadval). Natijada tuza-tilgan R2 = 0,957 darajadagi va F ahamiyati 0,00171 > 0,05 bo'lgan quyidagi ko'p omilli regression modelga ega bo'ldik:
16 * X3 - 0,0002 * X4 + 3,76X5 + 5,86X6 (0,05) (0,0003) (1,5) (2,3)
inobatga olishni imkonsiz qilib qo'yadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan hol-da, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichi (SEDA) va yuk aylanmasi ko'rsatkichlaridan juft regression model tuzish 95 ishonchlilik darajasida va Fisher hisoblan-gan qiymati 21,41 jadval qiymati 4,45 dan katta bo'lgan ahamiyatga ega yangi modelni olishimiz mumkin (3-rasm).
40
36,5
62,0 64,0 66,0 68,0 70,0 72,0 74,0
3-rasm. Mamlakat barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichi (SEDA) va yuk aylanmasi ko'rsatkichlari juft regression modeli*
* Muallif tomonidan tuzilgan.
Shunday qilib, tahlilimiz natijasida mam-lakatda yuk aylanmasining 1 birlikka ortishi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (SEDA) ko'rsatkichi 70 hollarda 0,3 birlikka ortishiga sa-bab bo'lishi mumkinligi aniqlandi.
Darhaqiqat, 2-jadvalga nazar tashlasak, yuk aylanmasi mamlakatimiz iqtisodiyotidagi eng barqaror ko'rsatkich bo'lgan va umumiy barqa-
ror rivojlanish ko'rsatkichiga ham qoida tariqa-sida eng katta hissa qo'shgan. Tabiiyki, ushbu ko'rsatkich ham, agar keskin sur'atlarda o'sib borsa, o'rtacha kvadratik og'ishlar kattalashi-shi sababli barqarorligi ham tushadi. Asosiy maqsad (jumladan, boshqa ko'rsatkichlarni ham) muntazam va bir maromdagi o'sishni ta'minlashdan iborat bo'lishi lozim.
en
6-j ad val
Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko'rsatkichiga ta'sir etuvchi omillarning regression tahlili*
Regression tahlil natijalari
Regression statistika
Ko'p sonli R 0,991423968
R-kvadrat 0,982921485
To'g'rilangan R-kvadrat 0,957303712
Standart xatolik 0,211596549
Kuzatuvlar 11
Dispersion tahlil
df SS MS F F ahamiyati
Regressiya 6 10,30732268 1,717887114 38,36873343 0,001710458
Qoldiq 4 0,179092397 0,044773099
Jami 10 10,48641508
Koeïïitsiyentlar Standart xatolik t-statistika P-Ahamiyati Pastki 95 Yuqori 95
Y-kesishuv 27,68757373 2,968029125 9,328605807 0,000735064 19,44700379 35,92814367
Asosiy fondlarni ishga tushirish 4,22491 E-06 9,33659E-06 0,452510848 0,674357073 -2,16976E-05 3,01475E-05
Uy-joylarni qurib bitirish -9,86171E-05 0,000125427 -0,786251332 0,475684323 -0,000446858 0,000249624
Yuk aylanmasi, trln t km 0,16939285 0,058131096 2,913979992 0,043504543 0,007995054 0,330790646
Yo'lovchi aylanmasi, mlrd yo'lovchi - km -0,000262639 0,000328225 -0,800179292 0,468434358 -0,001173936 0,000648659
YalM 3,76544E-06 1.50538E-05 0,250132343 0,81480653 -3,80305E-05 4,55614E-05
Iqtisodiyot foydasi 5,86046E-05 2,30776E-05 2,539457097 0,064017816 -5,46912E-06 0,000122678
1 Muallif tomonidan tuzilgan.
go b £
Si
Cl) ^
o O of O
? stl
- X s o m m:
w o H
o g e
mm>
Kl ï H
O'zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi in-deksi 2017-2018-yillar oralig'ida keskin 12 ga pasayishdan so'ng muntazam sur'atda kamayib bormoqda. Shunday qilib, 2017-yil-da ushbu indeks ko'rsatkichi 60,2 ga teng bo'lgan bo'lsa, 2021-yilga kelib 53,8 gacha pasaygan. Hisoblangan tarmoq barqaror rivojlanish indeksi 2015-2022-yillarda o'r-tacha 110 dan yuqori, faqat 2016-yilda 102,6 bo'lgan. Tarmoq rivojlanishida, asosan, ijobiy natijalarga erishilgan bo'lib, tarmoq barqaror rivojlanish indeksi 95 barqarorlik ko'rsat-kichiga ega bo'lgan.
Shuningdek, quyida keltirilgan rasm-da biz tomondan ishlab chiqilgan tarmoq barqaror rivojlanish indeksini xalqaro hi-soblanadigan o'xshash ko'rsatkich - Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi bilan solishti-rar ekanmiz, asosan, o'zaro muvofiqliklar kuzatilsa-da, ko'rsatkichlarni uzoq mud-datli prognozlashtirish maqsadida tuzilgan ekonometrik modelimiz xususiy ko'rsatki-chimizda ishonchlilik darajasi pastroq bo'lib, Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksining pozitiv trend bilan ifodalanishini ko'rsatdi (4-rasm).
1500 у =-0Д956х2 + 790,78x - 799134
R2 = 0,284
100,0
cnn y = 0,5823x2 - 2351,Зх + 2E+06
R = 0,4742
0,0
2014 2016 2018 2020 2022 2024 2026 2028
♦ Global oziq - ovqat xavfsizligi indeksi, o'tgan yilga nisbatan % da* _I Tarmoq barqaror rivojlanish indeksi (o'rtacha geometrigi)
4-rasm. Oziq-ovqat ta'minoti tizimini baholashda xalqaro va xususiy indekslarning
qiyosiy tahlili*
* Muallif tomonidan tuzilgan.
Tahlil qilingan davrda qishloq xo'jaligi tashkilotlarida foyda va rentabellik nuqtayi nazaridan kuchli beqarorlik kuzatilgan. Qish-loq xo'jaligi tashkilotlari barqaror rivojlanish indeksi 2017-2021-yillarda o'rtacha, qolgan yillarda o'ta past barqarorlikni ko'rsatgan. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi barqa-rorlik ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir qilgan. Qishloq xo'jaligi ulkan transformatsiyalash-ga muhtoj tarmoq hisoblanadi. Aytish mum-kinki, qishloq xo'jaligi tashkilotlari faoliyati barqarorligi davlat tomonidan qo'llab-quv-vatlanishiga bog'liqdir.
Moliyaviy natijalarning beqarorligi takror ishlab chiqarish jarayonini toraytiradi va iqti-
sodiy o'sishga to'sqinlik qiladi, chunki foyda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish man-bayi hisoblanadi.
O'sishning barqarorligini dinamikada (makro, mezo va mikro) darajalar bo'yicha baholash natijalari 5-rasmda keltirilgan.
Mikro darajadagi indekslarning yuqori o'zgaruvchanligi qishloq xo'jaligi tashkilot-lari moliyaviy natijalarida kuzatilgan, chunki baholash uchun moliyaviy-iqtisodiy faoliyat-ning eng beqaror ko'rsatkichlari tanlangan. 2020-yilga kelib, agrar tashkilotlarning moliyaviy foydasi keskin tushgan. Tashkilotlar moliyaviy ahvoli tahlil qilinganda, yuqori be-qarorlik ko'rsatkichlarini namoyon etgan.
0 Н-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1-1
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022
Ф Tarmoq barqaror rivojlanish indeksi —■— Mamlakat barqaror ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish indeksi —Qishloq xo'jalik tashkilotlari barqaror rivojlanish indeksi
5-rasm. Makro, mezo va mikro darajalarda o'sish barqarorligi indekslari*
* Muallif tomonidan tuzilgan.
Makro, mezo va mikro darajalarda o'sish barqarorligi indekslari solishtirilganda, mikro darajada qishloq xo'jaligi tashkilotlari barqaror rivojlanish indeksida eng yuqori be-qarorlik darajasi kuzatilgan.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, iqtisodiy o'sish barqarorligining iqtisodiy ma'nosi o'z kapitali hajmini oshirishda sof foyda-ning o'rni va ahamiyatini belgilashda namo-yon bo'ladi. Shu munosabat bilan nafaqat sof foydaning o'sishini ta'minlaydigan, balki jalb qilingan (qarz) mablag'lar kamayishiga ta'sir qiluvchi omillar ham muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, qishloq xo'jaligi tashkilotlarining marjinal foydasi kamayishi muammosini hal qilishga sezilarli ta'sir ko'rsatadigan "raqam-lashtirish" omilini ajratib ko'rsatish lozim. Xulosalar
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar va mexanizmlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
- davlat va nodavlat tizimlarini parallel ravishda rivojlantirish orqali innovatsion ishlanmalarni qishloq xo'jaligi ishlab chiqa-rishiga o'tkazish tizimini takomillashtirish. Davlat tizimi oliy ta'lim muassasalari negi-zida tashkil etilgan texnologiyalar transferi markazlari negizida faoliyat yuritadi (masalan, Samarqand davlat universiteti negizida
Xalqaro innovatsiya va texnologiyalar transferi faoliyat ko'rsatadi). Qishloq xo'jaligida-gi yirik integratsion tuzilmalar klasterlari, shu jumladan, davlat agrar siyosatini amalga oshirish doirasida ilmiy, ta'lim va innovatsion profildagi qishloq xo'jaligida bilim va inno-vatsiyalar tizimini rivojlantirish boshqarmasi kabi tarkibiy bo'linmalar tashkil etildi.
Ularning vazifasi innovatsion infratuzil-maning samarali faoliyatini tashkil etish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va qishloq xo'jaligi xomashyosini qayta ishlashga zamonaviy innovatsion mahsulotlarni izlash va joriy etishni ta'minlashdan iborat. Qayd etish joizki, qishloq xo'jaligi mahsulotlari eks-portini ko'paytirish bo'yicha davlat topshirig'i doirasida agrosanoat kompleksi uchun texnologiyalar va dasturiy ta'minotni sotishdan tushadigan eksport tushumlari hajmini oshirish talabi belgilandi. Texnologiyalarni uza-tish tizimini takomillashtirish qishloq xo'jaligi tashkilotlarini ularni sotib olish uchun subsidi-yalash mexanizmlari orqali mumkin;
- ishlab chiqarishni dastlabki rejalashti-rish samaradorligini oshirish, "raqamli si-nov maydonchasi" texnologiyasidan foydala-nish asosida tashkiliy o'zgarishlar. Ushbu tex-nologiya virtual makonda ma'lum bir qishloq xo'jaligi tashkiloti faoliyati barcha jara-yonlarining aniq nusxasi, unga ta'sir etuvchi
omillar, shuningdek, barcha shart-sharoitlar, qiyinchiliklar va tahdidlarni hisobga olgan holda qurishni o'z ichiga oladi. Bunday ra-qamli modellashtirish tashkilot, jarayonlar va hokazolarning alohida elementlarini o'zgar-tirish yoki modernizatsiya qilish bilan bog'liq virtual eksperimentlarni o'tkazishga imkon beradi. Raqamli egizak cheksiz miqdordagi eksperimentlarni o'tkazish hamda tashkiliy, ishlab chiqarish va boshqa o'zgarishlarni tav-siyalar va tashkiliy chora-tadbirlar ro'yxa-ti - transformatsiya yo'l xaritasi natijasida taqdim etiladigan eng maqbul variantini aniqlash imkonini beradi. Qishloq xo'jaligi-da iqtisodiy o'sishning barqarorligiga ham o'zgarishlar, ham umumiy jarayonlarni bosh-qarish sifatini oshirish orqali erishiladi;
- mehnat jamoasida xodimlar o'rtasida, qishloq sotsiumida ham raqamli tengsizlik muammosini ijtimoiy va mehnat munosabatlari mexanizmlari bilan, shuningdek, biznesning ijtimoiy mas'uliyati orqali bartaraf etish. Raqamli tengsizlik raqamli xo'jalik va ishlab chiqarish texnologiyalarining egalik qilishdagi farqidan kelib chiqadi. Bu jismoniy va yuridik shaxs-larga ham tegishlidir. Raqamlashtirishning or-tib borayotgan darajasi institutsional tartib-ga solish mexanizmlaridan foydalanishni ta-lab qiladi. Bugungi kunda yurtimizda raqamli tafovut muammosini hal qilish uchun loyiha yondashuvi qo'llanilmoqda. Bir qator milliy loyihalarda raqamli texnologiyalar va vosita-lar bilan ishlash imkonini beruvchi kompe-tensiyalarni shakllantirish nuqtayi nazaridan kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash-ga qaratilgan tadbirlar nazarda tutilgan;
- "qishloq xojaligi 4.0" konsepsiyasi asosi-da qishloq xojaligi ishlab chiqarishining yan-gi paradigmasini shakllantirish. Ushbu kon-sepsiya ishlab chiqarish jarayonlarida inson omilini maksimal darajada istisno qilish va raqamli texnologiyalarga asoslangan bosh-qaruv qarorlari loyihalarini shakllantirish-ni o'z ichiga oladi: katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt, mashinani o'rgatish va boshqalar. Qishloq xo'jaligi 4.0 qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining an'anaviy bilimlari, raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlar-
ni uyg'unlashtirgan holda, mehnat resurs-lariga talabni yaratadi. Shuni ta'kidlash ke-rakki, ushbu konsepsiya Sirdaryo viloyati-da joylashgan "BEK CLUSTER" MChJda qishloq xo'jaligi xomashyosini qayta ishlaydigan korxonalar, transport va logistika korxonalari hamda tarqatish tarmoqlarida allaqachon amalga oshirilmoqda;
- qishloq aholisining qarishi, degradat-siyasining tarkibiy salbiy jarayonlarini bartaraf etishga qaratilgan qishloq hududla-rini kompleks rivojlantirishni tashkil etish. "O'zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasi"-da 2020-2025-yillarda: Samarqandda yangi "diqqatga sazovor joylar"ni shakllantirish; Namangan va Farg'ona shaharlarida million kishilik yirik shaharlar (aglomeratsiyalar) tashkil etish; 2025-yil: Respublikaning 120 ta shahrini zarur infratuzilma bilan ta'min-lash (kamida 70 ); 2030-yil: 1070 ta posyol-kani zarur infratuzilma bilan ta'minlash (kamida 70 ); 2020-2040-yillar: qolgan 11 ming qishloq aholi punktlari uchun zarur infratu-zilmani ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadi qo'yilgan [17].
Qishloqlar qishloq xo'jaligining jismoniy va infratuzilmaviy asosi hisoblanadi. Ular-ning rivojlanish barqarorligi qishloq xo'jaligi-da iqtisodiy o'sish barqarorligini kafolatlay-di. Chunki infratuzilma va ishlab chiqarishni sinxron rivojlantirish tamoyili amalga oshiril-gan bo'ladi.
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqa-rorligini oshirishda qishloq hududlarini kompleks rivojlantirishda ijtimoiy masofani saqlash bo'yicha qat'iy talablar joriy etilgan-da, ya'ni pandemiya sharoiti muhim ahami-yatga ega bo'ldi. Qishloq joylarda yashash tarzi aholi tomonidan profilaktika choralari-ga rioya qilinganda, epidemiya, pandemiya tarqalishining past tezligini oldindan belgilab beradi. Qishloq xo'jaligi turi, ayniqsa, samara-li. Shu bilan birga, barqarorlik qishloq joyla-rining rekreatsion resurslari orqali ham amalga oshiriladi. Ulardan foydalanish ish-chilar va aholining jismoniy salomatligini saqlashga imkon beradi. Qishloq joylarda
aholi punktlarini rag'batlantirish uchun ichki migratsiya mexanizmining ishlash xususiya-tini o'zgartirish hamda shu orqali infratuzil-maga sarmoya kiritishning iqtisodiy maqsad-ga muvofiqligi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish faoliyatini rag'batlantirish zarur;
- qishloq xo'jaligida kichik biznes mexa-nizmi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va faoliyatini diver-sifikatsiya qilish orqali qishloq xo'jaligida iqti-sodiy o'sish barqarorligini ta'minlash imkonini beradi. Qishloq xo'jaligida kichik biznes me-xanizmi orqali iqtisodiy o'sish barqarorligiga erishish yirik qishloq xo'jaligi ishlab chiqa-ruvchilari va yakka tartibdagi tadbirkorlar-ning, asosan, logistika va ta'minot sohalarida o'zaro hamkorligini tashkil etishdan iborat. Makroiqtisodiy miqyosda agrar tarmoqdagi xo'jalik yuritishning kichik shakllari aholi-ni kartoshka, sabzavot, meva va rezavorlar bilan ta'minlash, shu bilan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining qariyb 60 foizini yetishti-rishda muhim o'rin tutadi. Shaxsiy yordam-chi xo'jaliklar, dehqon (fermer) xo'jaliklari, umuman, uy xo'jaliklari segmentida iqtisodiy o'sish barqarorligini monopoliyaga qarshi tartibga solish va sotishni dekriminallashti-rish mexanizmi orqali ta'minlash mumkin;
- iqtisodiy va jismoniy foydalanish imkoni-yatlarini hisobga olgan holda, oziq-ovqat mahsu-lotlarini taqsimlashning samarali tizimini shakl-lantirish. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sishning barqarorligi bu jihatdan qishloq xo'jaligining oziq-ovqat zanjirlarini sezilarli darajada qis-qartiruvchi yangi koronavirus infeksiyasi pan-demiyasi kabi stress omillarini hisobga olishni nazarda tutadi. Barqarorlik, birinchi navbatda, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining marketing tizimini o'zgartirishni nazarda tutadi;
- oziq-ovqat chiqindilari hajmi va oziq-ovqat yo'qotilishini kamaytirish - bu sani-tariya-epidemiologiya qoidalari, oziq-ovqat aylanmasi va savdo faoliyatini tartibga soluv-chi qonun hujjatlarini huquqiy tartibga so-lishni o'z ichiga oladi. Oziq-ovqat mahsulotla-rini iste'mol qilishga tejamkor munosabatda bo'lish nuqtayi nazaridan qishloq xo'jaligi-da iqtisodiy o'sish barqarorligi oziq-ovqat
chiqindilariga yo'l qo'ymaslik tamoyilini joriy etish orqali aniqlanadi;
- iste'mol kooperatsiyasi tizimini rivoj-lantirish va ular tomonidan tayyorlangan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash mexanizmini takomillashtirish orqali qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish barqarorligi oshadi. Iste'mol kooperatsiyasi - bu qishloq xo'jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, qo'shimcha qiymat ulushi yuqori bo'lgan mahsulotlarni yaratish asosida faoliyat yu-rituvchi samarali ijtimoiy-iqtisodiy mexa-nizmdir. Yuqori qo'shilgan qiymat qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari, asosan, kichik biznesni yuqori xarid narxlari hisobiga qo'llab-quvvatlash imkonini beradi. Qishloq xo'jaligida iste'mol kooperatsiyasi mexanizmi orqali iqtisodiy o'sish barqarorligiga iste'mol jamiyatini demokratik boshqarishning o'ziga xos asoslari tufayli ham erishiladi. Uning aso-siy prinsipi har bir paychining boshqaruvda ishtirok etishi bo'lib, u xodimni o'z mehnat resurslaridan samarali foydalanishga unday-di, shuningdek, boshqaruvda xarajatlar va muvozanat tizimini shakllantiradi;
- organik qishloq xo'jaligi infratuzilmasini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmi orqali rivojlantirish - organik mahsulot-lar ishlab chiqaruvchilarni tegishli faoliyatga kiritish. Qishloq xo'jaligida organik mahsu-lotlar ishlab chiqarish orqali iqtisodiy o'sish barqarorligiga aholida sog'lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan narxdan tashqari omillar ta'sirida talabni rag'batlantirish, shuningdek, tabiiy tizimlarga antropogen yukni sezilarli darajada kamaytirish, shu jumladan, o'g'itlarni qo'llash hajmini kamaytirish, optimal almashlab ekishni joriy qilish orqali erishiladi;
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish sohasidagi siyosatni o'zgartirish, uni to'liq qayta ko'rib chiqish, chunki mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlarining jahon bo-zorlarida raqobatbardoshligi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni texnologik modernizatsiya qilish bilan emas, balki qishloq xo'jaligi tashkilotlarida ish haqining past dara-jasini saqlab qolish hisobiga ta'minlanmoqda.
08.00.00 - ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ 08.00.00 - ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ 08.00.00 - ECONOMIC SCIENCES
REFERENCES
1. Afanas'ev V.N. Razvitiye metodologii statisticheskogo analiza prodovol'stvennoy bezopasnosti [Development of methodology for statistical analysis of food security]. Voprosy statistiki - Statistics Issues, 2015, no 3, pp. 21.
2. Abduvoxidov A.A., Eshpulatov D.B. et al. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy o'sish sifatini aniqlash va uning ko'rsatkichlari tahlili [Determination of the quality of economic growth in agriculture and analysis of its indicators]. Logistics and Economics, 2022, no. 3, pp. 142-159.
3. Kuznetsova N.P. Ekonomicheskiy rost: istoriya i sovremennost' [Economic growth: history and modernity]. Sentjabr' Publ., 2001, 144 p.
4. Tenyakov I.M. Sovremennyy ekonomicheskiy rost: istochniki, faktory, kachestvo [Modern economic growth: sources, factors, quality]. Moscow, Prospekt, 2015, 176 p.
5. Sen'kov V.I. Kachestvo ekonomicheskogo rosta regionov: teoreticheskiye aspekty, kriterii otsenki i metodologiya analiza [The quality of regional economic growth: theoretical aspects, evaluation criteria and analysis methodology]. Regional'naya ekonomika: teoriya i praktika - Regional Economics: Theory and Practice, 2010, no. 32, pp. 12-18.
6. Babaev B.D. Ekonomicheskiy rost: rasshirennaya traktovka. Kachestvo ekonomicheskogo rosta [Economic growth: an extended interpretation. Quality of economic growth]. Ekonomika obrazovaniya - Economics of Education, 2015, no. 1, pp. 33-38.
7. Bocharova M.D., Buhtiyarova T.I. Ekonomicheskiy rost: problemy i puti resheniya v sisteme malogo predprinimatel'stva [Economic growth: problems and solutions in the system of small business]. Problems of socio-economic development in the new economic conditions: the view of young researchers]. Proceedings of the International Scientific and Practical Conference IV of the Ural Opening Day of Science and Business. Ed. E.P. Velikhov. Chelyabinsk, Entsiklopediya, 2017, pp. 109-114.
8. Buhtiyarova T.I. Organizatsionno-ekonomicheskiy mekhanizm formirovaniya i realizatcii gosudarstvennogo upravlencheskogo vozdeystviya na razvitiye malogo i srednego predprinimatel'stva: regional'nyy aspekt [Organizational and economic mechanism for the formation and implementation of state managerial influence on the development of small and medium-sized businesses: a regional aspect]. Teoriya i praktika mirovoy nauki - Theory and Practice of World Science, 2016, no. 2, pp. 24-28.
9. Asadov H. Kachestvo ekonomicheskogo rosta regionov [Quality of regional economic growth]. Ekonomicheskoye obozreniye - Economic Review, 2020, no. 3, pp. 243.
10. Pardayev M.Q., Mamasoatov T.X. Modernizatsiya, diversifikatsiya va innovatsiya - iqtisodiy o'sishning muhim omillari [Modernization, diversification and innovation are important factors of economic growth]. Tashkent, Navruz Publ., 2014, 38 p.
11. O'lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi [Economic theory]. Tashkent, Iqtisod-moliya Publ., 2014, 282 p.
12. Madrahimov U. Barqaror o'sish sifati va mehnat unumdorligi mutanosibligi asoslari [Basics of sustainable growth quality and labor productivity ratio]. The main directions of further modernization and improvement of the competitiveness of the national economy. Proceedings of the VII Forum of Economists. Tashkent, IPMI Publ, 2015, 94 p.
13. Krayukhina G.A. Uskoreniye nauchno-tekhnicheskogo progressa - osnova intensifikatsii [Acceleration of scientific and technological progress is the basis of intensification]. Ed. G.A. Krayukhina. Moscow, Ekonomika, 1987, 221 p.
14. Gerasimova I.A. O tendentsiyakh differentsiatsii sub'ektov Rossiyskoy Federatsii po urovnyu sotsial'no-ekonomicheskogo razvitiya [On the differentiation trends of the subjects of the Russian Federation by the level of socio-economic development]. Voprosy statistiki - Statistical Issues, 2008, no. 2, pp. 56-64.
15. Klotsvorg F. Tendentsii i faktory rosta [Trends and growth factors]. Ekonomist, 2008, no. 10, pp. 20-31.
16. Tomas V. Kachestvo rosta [Growth quality]. Moscow, Ves' Mir Publ., 2001, 308 p.
08.00.00 - ИКТИСОДИЁТ ФАНЛАРИ 08.00.00 - ЭКОНОМИЧЕСКИЕ НАУКИ 08.00.00 - ECONOMIC SCIENCES
17. Briefing dedicated to the discussion of the concept of urbanization development in the Republic of Uzbekistan until 2030. Available at: https://mineconomy.uz/uz/node/2753/ (accessed: 05.10.2022).
18. The official website of the Statistical Committee of the Republic of Uzbekistan. Available at: http://www.stat.uz/.
19. Sustainable Economic Development Assessment (SEDA). Available at: https://www.bcg.com/ industries/public-sector/sustainable-economic-development-assessment/.
20. Global Food Security Index. Available at: https://impact.economist.com/sustainability/project/ food-security-index/Country/.
Taqrizchi:
Rasulev A., i.f.d., "Fundamental iqtisodiyot" kafedra professori, TDIU.