Научная статья на тему 'TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI'

TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
63
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion faoliyat / innovatsion loyiha / moliyaviy ko‘rsatkich / integral ko‘rsatkich / solishtirma matritsa / innovatsion strategiya / ichki resurslar / innovatsion iqtisodiyot / raqamli iqtisodiyot / Innovatsion rivojlanish / raqobatbardoshlik / global / samaradorlik. / инновационная активность / инновационный проект / финансовый показатель / интегральный показатель / сравнительная матрица / инновационная стратегия / внутренние ресурсы / инновационная экономика / цифровая экономика / инновационное развитие / конкурентоспособность / глобальный / эффективность.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shaislamova Muazzamxon Raximxodjaevna

Ushbu maqolada O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash metodologiyasi ko‘rib chiqilgan. Metodologiyada hisobga olingan asosiy ko‘rsatkichlar innovatsion faollik darajasi, innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy va ijtimoiy natijalardir. Metodologiya innovatsion faoliyat samaradorligini baholash va yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МЕТОД ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ТЕЛЕКОММУНИКАЦИИ

В данной статье рассматривается методика оценки эффективности инновационной деятельности на предприятиях телекоммуникаций Узбекистана. Основными показателями, учитываемыми в методике, являются уровень инновационной активности, экономические и социальные результаты, полученные от внедрения инноваций. Методика позволяет оценить эффективность инновационной деятельности и определить направления дальнейшего совершенствования.

Текст научной работы на тему «TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI»

TELEKOMMUNIKATSIYA KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULI

Shaislamova Muazzamxon Raximxodjaevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi muazzam 1981 @mail. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston telekommunikatsiya korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini baholash metodologiyasi ko'rib chiqilgan. Metodologiyada hisobga olingan asosiy ko'rsatkichlar innovatsion faollik darajasi, innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy va ijtimoiy natijalardir. Metodologiya innovatsion faoliyat samaradorligini baholash va yanada takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Kalit so'zlar: innovatsion faoliyat, innovatsion loyiha, moliyaviy ko'rsatkich, integral ko'rsatkich, solishtirma matritsa, innovatsion strategiya, ichki resurslar, innovatsion iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, Innovatsion rivojlanish, raqobatbardoshlik, global, samaradorlik.

МЕТОД ОЦЕНКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ТЕЛЕКОММУНИКАЦИИ

Шаисламова Муаззамхан Рахимходжаевна

Независимый соискатель Ташкентского государственного экономического

университета

muazzam1981 @mail.ru

Аннотация: В данной статье рассматривается методика оценки эффективности инновационной деятельности на предприятиях телекоммуникаций Узбекистана. Основными показателями, учитываемыми в методике, являются уровень инновационной активности, экономические и социальные результаты, полученные от внедрения инноваций. Методика позволяет оценить эффективность инновационной деятельности и определить направления дальнейшего совершенствования.

Ключевые слова: инновационная активность, инновационный проект, финансовый показатель, интегральный показатель, сравнительная матрица, инновационная стратегия, внутренние ресурсы, инновационная экономика,

цифровая экономика, инновационное развитие, конкурентоспособность, глобальный, эффективность.

METHOD OF EVALUATING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE

ACTIVITIES OF TELECOMMUNICATIONS ENTERPRISES IN

UZBEKISTAN

Shaislamova Muazzamxon Raximxodjaevna

Researcher of Tashkent State University of Economics muazzam 1981 @mail. ru

Abstract: This article considers the methodology for assessing the effectiveness of innovative activities at telecommunications enterprises in Uzbekistan. The main indicators taken into account in the methodology are the level of innovation activity, economic and social results from innovation. The methodology will assess the effectiveness of innovation activities and determine the directions for further improvement.

Keywords: Innovative activity, innovative project, financial indicator, integrated indicator, comparative matrix, innovative strategy, internal resources, innovative economy, digital economy, Innovative development, competitiveness, global, efficiency

Kirish

O'zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida to'liq innovatsion faoliyatni amalga oshirish iqtisodiyotni yanada samarali qayta qurishni oldindan belgilab beradigan vaziyat yuzaga keldi. So'nggi o'n yil mobaynida iqtisodiy muhit va xo'jalik yurituvchi subyektlarning innovatsion faolligi o'rtasidagi o'zaro munosabatlar jarayonini o'zgartirgan voqealar ro'y berdi, ular xatti-harakatlarning stereotiplarini ko'p jihatdan o'zgartirishga majbur bo'lishdi. Bozorda ba'zi yangi xizmatlar, tovarlar, texnologiyalarning paydo bo'lishi va boshqalarning asta-sekin so'nib ketishining asosiy sababi aynan innovatsiyalar va korxonalarning innovatsion faoliyatidir. Shu sababli innovatsion faoliyat iqtisodiyotni rivojlanishning innovatsion turiga o'tkazishning dolzarbligini belgilab beradigan davlat siyosatining eng muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Bu, o'z navbatida, boshqaruvning qayta tuzilishini, turli sohalardagi xo'jalik yurituvchi subyektlar darajasida innovatsion faoliyatni tashkil etish va rejalashtirishni oldindan belgilab qo'ydi.

Rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsion faoliyat va innovatsiyalar taraqqiyot va iqtisodiy o'sishning asosiy omiliga aylanmoqda.

Dunyo raqamli iqtisodiyotida kuzatilayotgan global o'zgarishlardan ortda qolmaslikni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020-yilni "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deya nomladi. Davlat dasturini bajarilishini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4699-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-son Farmoni qabul qilindi.

Innovatsiyalar xo'jalik yuritish subyektlarini modernizatsiyalashga, ularning raqobatbardoshligini oshirib, zamon talablariga javob beradigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishiga imkoniyat yaratadi. Jahon iqtisodiyotida o'zining munosib o'rnini egalashga intilayotgan Respublikamizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish, xalqaro tajribaga tayangan xolda uning asosiy tamoillarini o'rganib, korxonalarning kundalik faoliyatida keng va asosli ravishda qo'llash davr talabidir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyat samaradorligini baholashning xar xil usullari keltirilgan. Bu borada P.N Zavlin, R.A.Fatxutdinov, D.M.Safronovlarning ishlari ahamiyatga molik.

P.N Zavlinning fikriga ko'ra innovatsiyalarning ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy samarasini hisobga olish kerak [1]. Innovatsiyalarning ijtimoiy oqibatlarini baholash samaradorlikni baholashning eng murakkab qismidir. Bu ijtimoiy samaraning paydo bo'lishini miqdoriy o'lchovda ko'rsatish juda murakkabligi bilan bog'liq. Usulning afzalligi shundaki innovatsiyalarni amalga oshirishni to'liq baholash imkonini beradi.

R.A. Fatxutdinov esa innovatsion faoliyat samaradorligini iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va ekologik nuqtai nazardan tahlil qilishni taklif etadi [2]. Keltirilgan to'rtta omilning har biri uchun muallif o'z ishida alohida ko'rsatkichlar to'plamini taklif etadi. Bu uslub innovatsion faoliyatning resurslar va erishilgan natijalar orqali baholash imkoniyatini beradi. Ijtimoiy va ekologik samara ko'rsatkichlarini esa real baholash qiyinchilik tug'diradi shuning uchun ko'pincha sifat ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Biroq, ijtimoiy samaradorlikning ba'zi ko'rsatkichlarini baholash mumkin, misol uchun: korxona xodimlarining daromadini o'sishi va ish o'rinlarining ko'payishi. Ekologik samaradorlik ko'rsatkichlarining ba'zilarini, ya'ni ishlab chiqarish natijasida hosil bo'ladigan chiqqindilarni kamaytirish yoki ekologik qonunchilikni buzganligi uchun shtraflar hajmini pasaytirish orqali baholash mumkin.

Yu.P.Aniksin samaradorlikni aniqlash uchun innovatsion faollik koeffitsientidan foydalanish yetarli deb hisoblaydi [3].

Innovatsion rivojlanishning resur va natija komponentlarini baholash zaruratini o'z ishlarida N.A.Dubrovina va Ye.S. Xramovalar yoritib berganlar [4].

D.M. Safronov innovatsion faoliyatni baholashda quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanishni taklif etadi:

• Innovatsion faolliyatni moliyalashtirish koeffitsienti;

• Bitta yangilikni ishlab chiqishning o'rtacha davomiyligi;

• Innovatsiyalarni o'zlashtirish natijasi;

• Innovatsion ishlanmani qo'llash davrining davomiyligi;

• Ilmiy ishlanmalarning patentlanganlik koeffitsienti;

• Ilmiy texnik xodimlarning nashr etilgan ilmiy ishlari koeffitsienti;

• Innovatsion faoliyat "leveridja" darajasi ya'ni qarzga olgan kapital bilan korxonaning barcha aktivlari nisbatini tavsiflovchi innovatsion jarayonda qo'llaniladigan korxonaning moliyaviy holati ko'rsatkichi [5].

D.M. Safronov taklif etgan uslub innovatsion faoliyat harajatlar samaradorligini, ishlab chiqarishda ilmiy izlanish va ishlanmalarni qo'llash natijaviyligini baholash, ishchi xodimlarning innovatsion faolligini baholash imkoniyatini beradi. Biroq uslubda keltirilgan ba'zi bir ko'rsatkichlar yordamida monitoringni amalga oshirish qiyin. Shuning uchun bu uslub amaliy qo'llash uchun murakkab hisoblanadi.

Somenkova N.S. Innovatsion rivojlanish samaradorligini baholash uslubi moliyaviy iqtisodiy (daromad, yalpi daromad, rentabellik, mehnat unumdorligi) va faqat innovatsion jarayonni tavsiflovchi ko'rsatkichlar tizimini o'z ichiga olishi zarur deb hisoblaydi. Innovatsion rivojlanish samaradorligini aniqlash uchun quyidagi ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish taklif etiladi [6]:

• Korxonaning ilmiy salohiyati;

• Mahsulotning yangiligi koeffitsienti;

• Ilmiy texnik izlanishlarga harajatlarning natijalari;

• Ishlab chiqarishni modernizatsiyasining samaradorlik koeffitsienti;

• Ilmiy ishlanmalarni intensivligi koeffitsienti.

Bu ko'rsatkichlar statistik axborot va buxgalterlik hisobotlari asosida hisoblab chiqish taklif etilgan.Yuqorida keltirilgan turli fikr va xulosalardan kelib chiqib aytish mumkinki korxonalarni innovatsion faoliyati samaradorligini baholash uchun bir guruh ko'rsatkichlar mavjud va ularni asosan 4 qismga bo'lish mumkin.

1. Ilmiy texnik izlanishlarga ajratilgan harajatlarni korxona budjetidagi salmog'i, patentlar, litsenziyalar nau-xau larni sotib olishga qilingan harajatlar, xodimlarning ilmiy texnik faolliklarini rag'batlantirish va xakazo.

2. Yangiliklarni amaliyotgan tadbiq etish dinamikasi bilan bog'liq ko'rsatkichlar. Yangi ishlanmani yaratilishiga va uni ishlab chiqarishga tadbiq etilgunicha sarflangan vaqt, ishlanmaning "hayot" sikli va boshqalar.

3. Yangilanish ko'rsatkichlari. Yangi ishlanmalar soni, mahsulotlarni yangilanib borish dinamikasi, yangi mahsulotlar hajmi, ularni eksporti va xakazo.

4. Korxona tizimidagi innovatsiyalar bilan shug'ullanadigan bo'linmalarni soni, ulardagi xodimlarning soni va ilmiy texnikaviy salohiyati va xakazo.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada ilmiy adabiyotda keltirilgan uslublarni ko'pchiligi asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarda yoki ilmiy texnik ishlanmalarni yaratishga qaratilgan korxonalarni innovatsion faoliyatini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, telekommunikatsiyalar soxasidagi korxonalarni faoliyatiga alohida e'tibor berilmagan. Ular faoliyatining o'ziga xos taraflari deyarli tahlil qilinmagan va yetarli darajada o'rganilmagan. I. Pallister korxonalar innovatsion faoliyatini baholash ko'rsatkichlari korxona faoliyat ko'rsatayotgan sohasiga qarab, bir biridan farq qilishini ko'rsatib o'tgan [7].

Shu holatni inobatga olib, maqolada telekommunikatsiya sohasidagi korxonalarda innovatsion faoliyat va uning o'ziga xos taraflarini yoritishga urinamiz.

Ushbu tadqiqot ma'lumotlari rasmiy manbalardan olinib, taniqli iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsiyalarning ro'li bo'yicha ilmiynazariy qarashlarini qiyosiy tahlil qilish, xorij tajribalarini umumlashtirish va mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar bo'yicha olingan natijalarga tayangan holda innovatsion tadbirkorlikni o'rganishga erishildi.

Tahlil va natijalar

Telekommunikatsion kompaniyalarning raqobatbardoshligi ularning o'zgarib borayotgan tashqi muxit istiqbollarini ko'ra bilish saloxiyatiga va bu o'zgarishlarga, yangi texnologiyalarni tadbiq qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko'paytirib sifatini oshirish orqali moslashib borish layoqatlariga chambarchas bog'liqdir. Yangi texnologiyalarni, uslublarni izlash, yaratish va ishlab chiqarishga tadbiq etish telekommunikatsion kompaniyalarning muvaffaqiyatli faoliyatining asosiy shartlaridan biridir. Shuning uchun ham korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarishni tizimli yondashuv asosida olib borilishi talab qilinadi. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatish soxasida innovatsion faoliyatni boshqarish tizimi asosan uch bo'limdan iborat bo'lib, bular boshqaruv sub'ektlari, ya'ni boshqaruvchilar, boshqaruv obyektlari, ya'ni boshqariluvchilar va boshqarish "jarayoni", ya'ni barcha ishtirokchi bo'limlarni o'zaro aloqalari, "kirish" va "chiqishlari", tegishli normativ xujjatlar va yo'riqnomalar bilan ta'minlangan ish jarayoni [8].

Innovatsion faoliyatni boshqaruv subyektlari innovatsion faoliyatni bevosita ishtirokchilari bo'lib, ular boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda o'zaro hamkorlik qilishadi va qarorlarni bajarilishini uzuluksiz nazorat qilib borishadi.

Boshqaruv tizimini muvaffaqiyatli faoliyati "Feedback" tizimini, ya'ni oliy boshqaruv subyektiga boshqaruv jarayonining va boshqaruv obyektlarining amaldagi xolati to'g'risidagi axborotlarni uzuluksiz qayta yetkazib turilishiga bog'liq. Qayta aloqa orqali yetkazib beriladigan iinovatsion jarayonnig turli indikator/ ko'rsatkichlarini taxlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish boshqaruv subyektlarining asosiy va murakkab vazifalari xisoblanadi [9]. Bizning tadqiqot turli indikatorlarni, ularning ahamiyati va ta'sir darajasiga qarab saralab, umumlashtirilgan ko'rsatkichlarni shakllantirish orqali boshqaruv sub'ektlariga bu vazifani yengillashtirib, asosli, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Telekommunikatsion korxonalarni innovatsion faoliyatini baholashda taklif qilinayotgan besh omildan har biri faoliyat samaradorligini bir tarafini yoritadi va faqat o'sha tarafdan taxlil qilish imkoniyatini beradi. Innovatsion faoliyatning samaradorligini baxolashda aloxida omillardan tashqari, yakuniy Integral ko'rsatkichni shakllantirish korxona boshqaruviga Innovatsion faoliyat natijalariga kompleks baxo berib, uning samaradorligini oshirish yo'nalishda kerakli xarakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi [10].

Yakuniy integral ko'rsatkichni shakllantirish avval aniqlangan besh omildan, ularni ta'sir darajasi va ahamiyatiga qarab, vazn koeffitsientlarini hisobga olgan holda bajariladi.

1-jadval

Telekommunikatsiya korxonalari innovatsion faoliyat samaradorligini integral

ko'rsatkichi

Umumlashtirilgan Vazn S - Integral

ko'rsatkich qiymati koeffitsienti ko'rsatkich

1. Moliyaviy iqtisodiy F kF SF = F x kF

ko'rsatkich

2 Innovatsion faoliyat If kI SIF =IF x kI

moliyaviy ko'rsatkichi

3. Korxona ichki resurslari R kp SP = P x kP

Innovatsion Ni kN SNI = NI x kN

4. faoliyatning natijaviyligi

с Korxonada R kR SR = R x kR

5. raqamlashtirish darajasi

Innovatsion kF+kI+kP+ kN S= SF+SIf + SP + SNI

6 faoliyatning +kR= 1 + SR

samaradorligini integral ko'rsatkichi S

Jadvalda telekommunikatsion korxonalarda innovatsion faoliyatning samaradorligini yakuniy integral ko'rsatkichini shakllantirish usuli keltirilgan. Bu

usuldan foydalangan xolda, O'zbektelekom korxonasining innovatsion faoliyati misolida 2016-2021-yillardagi innovatsion faoliyatining samaradorligi integral ko'rsatkichi xisoblab chiqildi (ilovada keltirilgan). Natija shuni ko'rsatayaptiki 2016-2019-yillarda innovatsion faoliyatning samaradorligi belgilangan me'yor, ya'ni 1 dan pastroq bo'lgan va 2020-2021-yillarda me'yordan bir oz yuqori bo'lgan [11].

2-jadval

"O'zbektelekom" AKning innovatsion faoliyat samaradorligining integral

ko'rsatkichi

Yillar 2016 2017 2018 2019 2020 2021

S 0,96 0,81 0,93 0,74 1,08 1,01

2016 2017 2018 2019 2020 2021

1-rasm. "O'zbektelekom" AK innovatsion faoliyat samaradorligining integral

ko'rsatkichi

Eng past natija 0,74 integral ko'rsatkich 2019-yilda bo'lib, buning sabablaridan biri shu yildagi moliyaviy omilning juda past darajada (0,28) bo'lganligi ko'rinib turibdi. Tahlil davomida integral ko'rsatkich bilan aloxida omillarni birgalikda o'rganib chiqish investitsion faoliyatning samaradorligini o'sishini yoki pasayishi sabablarini aniqlashga va tegishli boshqaruv amaliyotlarini yo'lga qo'yishda yaxshi samara beradi.

Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion faoliyatni tashkil qilish va uni boshqarish o'ziga xos kompleks vazifa bo'lib, bir necha shart va bosqichlardan iborat. Dastlabki bosqichda korxonaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish uchun bir nechta bazaviy shartlarni bajarilishi zarur, bularning asosiylari [12]:

- Korxona rahbariyatini innovatsiyalarga qiziqishi va qo'llab-quvvatlashi.

- Korxonaning innovatsion faoliyatdan ko'zalagan maqsadlari, bu yo'ldagi strategiyasini aniqlash.

- Innovatsion faoliyatning tashkiliy tizimlarini yaratish

- Malakali xodimlarni tayyorlash, ularni innovatsion faoliyatga jalb qilish, qiziqtirish.

- Innovatsion jarayonning barcha bosqichlari uchun kerakli xujjatlar, yo'riqnomalar, reglamentlarni ishlab chiqish.

Bu shartlarning bajarilishi telekommunikatsion korxonaning innovatsion faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishi uchun "zaruriy, lekin yetarli emas" shart bo'lib, u faqat korxonaning innovatsion faoliyatga tayyorlik darajasini belgilab beradi. Taklif etilayotgan innovatsion faoliyatni tashkil qilish va boshqarish tizimi tashkilotdagi barcha xodimlarni innovatsion faoliyat jarayonlariga jalb qilishdan tashqari, barcha manfaatdor tomonlarning ehtiyojlariga e'tiborni qaratish va nafaqat taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini, balki tashkilot faoliyatidagi turli sohalarni ham yaxshilashni nazarda tutadi [13]. Mazkur tizim xizmat ko'rsatish davrining barcha bosqichlarida turli xil innovatsiyalarni joriy etish, shu jumladan tadqiqot va ishlanmalar, materiallar va uskunalarni sotib olish, xizmatlar ko'rsatish va sotishdan keyingi xizmat ko'rsatish orqali taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlarining uzluksiz takomillashtirishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobidan boshlab va texnik xizmat ko'rsatishgacha bo'lgan tashkilot faoliyatining mutlaqo barcha funksional yo'nalishlari, jumladan texnologiya, marketing, logistika, moliya, kadrlar, mijozlara xizmat ko'rsatish tizimlari va boshqalar innovatsiyalarni joriy etish asosida takomillashtirilib borilishi kerak, bu esa innovatsion faoliyatni boshqarishda izchillikni taminlab beradi [14].

Dastlabki bosqich qoniqarli bajarilganidan so'ng, innovatsion jarayon avval rejalashtirishdan boshlanadi, yangi ishlanmalarni ishlab chiqish, texnologiyalar va uskunalarni sotib olish, yangicha xizmat turlarini yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish uzuluksiz jarayonga aylanishi shart. Bu faoliyatni boshqarishda jarayonni doimiy nazorat qilish, natijalarni taxlil qilish muxim rol o'ynaydi. Innovatsion faoliyat samaradorligiga umumiy baxo berishda integral ko'rsatkichdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Integral ko'rsatkich S >1 bo'lsa, innovatsion faoliyat samaradorligi qoniqarli bo'lib jarayonga keskin o'zgartirishlar kiritishni xojati yo'q. Lekin agar integral ko'rsatkichimiz S < 1bo'lsa, u holda muallif tomonidan taklif etilayotgan innovatsion faoliyat samaradorligini baholash ko'rsatkichlari va uning omillarini, ya'ni: moliyaviy iqtisodiy ko'rsatkichlar F, innovatsion faoliyat moliyaviy ko'rsatkichlari /F, korxonaning ichki resurslari bilan bog'liq ko'rsatkichlar P, innovatsion faliyatning natijaviylik ko'rsatkichi N;, korxona moliyaviy sohasida raqamlashtirish R jarayonlarini qayta ko'rib chiqib, tahlil qilish maqsadga muvofiq. Zarur bo'lgan hollarda innovatsion jarayonlarga korreksiyalar kiritish talab etiladi [15]. Bu xarakatlar, taklif etilayotgan algoritmda, rahbar xodimlarni innovatsion faoliyat bo'yicha malakasini oshirish, kadrlarni qayta tayyorlash va ilmiy tadqiqod

institutlarini hamkorlik qilishga jalb qilish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, innovatsion jarayonlarni qayta ko'rib chiqish va boshqalarni o'z ichiga oladi.

2-rasm. Telekommunikatsion korxonalarda innovatsion tizimni joriy etish

algoritmi

Xulosa

Bu bosqich amalga oshirilgandan so'ng korxona innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini qayta aniqlash kerak. Taklif qilinayotgan innovatsion tizimni joriy etish algoritmi (2-rasm) telekommunikatsion korxonalarining o'ziga xos jixatlarini xisobga olgan xolda tuzilgan bo'lib, innovatsion jarayonni uzuliksiz ravishda davom ettirishni va nazorat qilishni ta'minlab beradi [16].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Завлин П.Н., Васильев А.В. Оценка эффективности инноваций. - СПб.: Изд-во «Дом «Бизнес-пресса», 1998. - 216 с.

2. Фатхутдинов Р.А. Инновационный менеджмент. / Учебник для вузов. -СПб.: Питер, 2013. - 448 с.

3. Анискин Ю.П. Корпоративное управление инновационным развитием. / Монография / Под ред. Ю.П. Анискина. - М.: «Омега-Л», 2007. - 411 с.

4. Дубровина Н.А., Храмова Е.С. Метод оценки эффективности инновационной деятельности промышленного предприятия // Вестник Самарского государственного университета. - 2013. - № 4. - с. 137-146.

5. Сафронов Д. М. К вопросу об оценке эффективности инновационной деятельности предприятия // Сибирская финансовая школа. - 2014. - № 2(103). -с. 83-87.

6. Соменкова Н.С. Совершенствование методики оценки эффективности инновационного развития предприятия/ Российское предпринимательство Том18, Номер 5,март2017.188К 1994-6937

7. Pallister I.(2010) Innovation Update 08-10: Measuring Innovation.

8. (Саати Т.Л.Принятие решений. Метод анализа иерархий. Пер.с англ.Thomas L. Saaty «The Analytic Hierarchy Process». (In Russian). 1993. 320 с. ISBN 5-256-00443-3.)

9. Тихомирова А.Н., Сидоренко Е.В. модификация метода анализа иерархий Т. Саати для расчета весов критериев при оценке инновационных проектов // современные проблемы науки и образования. - 2012. - № 12. Оценка эффективности инновационной деятельности. Яшин С. Н. И др. Н.Новгород 2018

10. O'zbektelekom AK yillik xisobotlaridan foydalanilgan.

11. Metod analiza ierarxiy. www.ieml-math.narod.ru/lect/MPUR_MAI.pdf.

12. Лубенцова Е.В., Ожогова Е.В., Лубенцов В.Ф., Шахрай Е.А., Масютина Г.В. МЕТОД СОГЛАСОВАННОСТИ МАТРИЦ ПАРНЫХ СРАВНЕНИЙ НА ОСНОВЕ КОМПОНЕНТ ИХ МАКСИМАЛНЫХ СОБСТВЕННЫХ ЧИСЕЛ // Современные наукоемкие технологии. - 2020. - № 7. - С. 78-83; С. Н. Яшин, ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛНОСТИ.

13. https://studfile.net/preview/10073013/page:22/

14. МОДИФИКАЦИЯ МЕТОДА АНАЛИЗА ИЕРАРХИЙ Т. СААТИ ДЛЯ РАСЧЕТА ВЕСОВ КРИТЕРИЕВ ПРИ ОЦЕНКЕ ИННОВАЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. Тихомирова А.Н/ Современные проблемы науки и образования.

15. Pul oqimlari monitoringi tizimi muallif tarafidan dissertatsiya ustida ishlash jarayonida ishlab chiqib amaliyotga tadbiq etilgan. O'zbektelekom AK sining 21.10.2021 yil №27-01-10/4519 sonli Dalolatnomasi.

16. Muallif tomonidan O'zbektelekom AJ yillik xisobotlaridan foydalanilgan. Rakhimhodjaevna, S. M. (2021). WAYS TO INCREASE ENTERPRISE EFFICIENCY. Conferencea, 17-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.