Научная статья на тему 'HUDUDLARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH MEXANIZMI'

HUDUDLARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
42
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion salohiyat / to‘qimachilik sanoati / innovatsiya / innovatsion loyixa. / innovative potential / textile industry / innovation / innovation project.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tukhtasinova, Dildorakhon Raxmonberdiyevna

Hududlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etayotgan bir vaqtda hududlarning innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimini shakllantirish va ularning ta'sir samaradorligini yanada oshirish yo'nalishlarini ko'rsatib o'tish muhim ahamiyat kasb etadi. Shakllantirilgan ko'rsatkichlar tizimi innovatsion salohiyatning miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari to'plami bo'lib, tizimlar va jarayonlar darajasini baholash uchun qo'llaniladi. Innovatsion salohiyatni baholash ko'rsatkichlari bizga belgilangan mezonlar, erishilgan yoki rejadagi darajaga nisbatan qanday holatda ekanligini ifodalashga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MECHANISM FOR MANAGING THE INNOVATIVE POTENTIAL OF TEXTILE INDUSTRY ENTERPRISES IN THE REGIONS

While the issue of the formation of an innovative economy in the regions is becoming increasingly important, it becomes important to form a system of indicators representing organizational and economic mechanisms that serve to increase the innovative potential of the regions, and to indicate directions for further improving the effectiveness of their impact. The formulated system of indicators is a set of quantitative and qualitative indicators of innovation potential used to assess the level of systems and processes. Indicators of innovation potential assessment help us to express the state in which it is in relation to the established criteria, achieved or planned level.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH MEXANIZMI»

International journal of theoretical and practical research

Scientific Journal

Year: 2023 Issue: 4 Volume: 3 Published: 30.04.2023

http://alferganus.uz

Citation:

Tukhtasinova, D.R.(2023). Mechanism for managing the innovative potential of textile industry enterprises in the regions. SJ International journal of theoretical and practical research, 3 (04), 45-52.

To'xtasinova, D.R., (2023). Hududlarda to'qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish mexanizmi.

Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 3 (04), 45-52.

Doi:

https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.8079005

T. 3 №4

ISJIF 2023:5.971 QR-Article

03iS0

Tukhtasinova, Dildorakhon Raxmonberdiyevna

Acting Associate Professor of the Department of Economics Fergana Polytechnic Institute

E-mail:

Dildorakxon2050@gmail. com

UDC 336.215

MECHANISM FOR MANAGING THE INNOVATIVE POTENTIAL OF TEXTILE INDUSTRY ENTERPRISES IN THE REGIONS

Abstract. While the issue of the formation of an innovative economy in the regions is becoming increasingly important, it becomes important to form a system of indicators representing organizational and economic mechanisms that serve to increase the innovative potential of the regions, and to indicate directions for further improving the effectiveness of their impact. The formulated system of indicators is a set of quantitative and qualitative indicators of innovation potential used to assess the level of systems and processes. Indicators of innovation potential assessment help us to express the state in which it is in relation to the established criteria, achieved or planned level. Keywords: innovative potential, textile industry, innovation, innovation project.

To'xtasinova, Dildoraxon Raxmonberdiyevna

"Iqtisodiyot" kafedrasi v.b. dotsenti Farg'ona politexnika instituti

HUDUDLARDA TO'QIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH MEXANIZMI

Annotatsiya. Hududlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish masalasi muhim ahamiyat kasb etayotgan bir vaqtda hududlarning innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimini

© ©

45

T. 3 №4

shakllantirish va ularning ta'sir samaradorliginiyanada oshirishyo'nalishlarini ko'rsatib o'tish muhim ahamiyat kasb etadi. Shakllantirilgan ko'rsatkichlar tizimi innovatsion salohiyatning miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari to'plami bo'lib, tizimlar va jarayonlar darajasini baholash uchun qo'llaniladi. Innovatsion salohiyatni baholash ko'rsatkichlari bizga belgilangan mezonlar, erishilgan yoki rejadagi darajaga nisbatan qanday holatda ekanligini ifodalashga yordam beradi.

Kalit so 'zlar: innovatsion salohiyat, to'qimachilik sanoati, innovatsiya, innovatsion loyixa.

Тухтасинова Дилдора Рахмонбердиевна

и.о. доцент кафедры «Экономика» Ферганский политехнический институт

МЕХАНИЗМ УПРАВЛЕНИЯ ИННОВАЦИОННЫМ ПОТЕНЦИАЛОМ ПРЕДПРИЯТИЙ ТЕКСТИЛЬНОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В РЕГИОНАХ

Аннотация. В то время как вопрос формирования инновационной экономики в регионах приобретает все большее значение, становится важным сформировать систему показателей, представляющих организационно-экономические механизмы, служащие повышению инновационного потенциала регионов, и указать направления дальнейшего повышения эффективности их воздействия. Сформулированная система показателей представляет собой совокупность количественных и качественных показателей инновационного потенциала, применяемых для оценки уровня систем и процессов. Показатели оценки инновационного потенциала помогают нам выразить, в каком состоянии он находится по отношению к установленным критериям, достигнутому или плановому уровню.

Ключевые слова: инновационный потенциал, текстильная промышленность, инновации, инновационный проект.

Kirish

Innovatsion salohiyatni oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish hamda uning rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishda boshqaruvni to'g'ri shakllantirish muhim yo'nalishlardan biri sanaladi. Hududlarning innovatsion salohiyati o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning rivojlanishi uchun muhim ob'ektlarni aniqlash va raqobatdagi ustunlik darajalarini ifodalovchi ob'ektiv ko'rsatkichlardan foydalanish kabilarni o'z ichiga qamrab oladi. Innovatsion salohiyatni baholashda Markaziy o'rinda raqobatbardoshlik turadi. Shuningdek, raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qiluvchi innovatsiyalar hamda innovatsion texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Xodimlarning innovatsion salohiyatini boshqarishning asosiy maqsadi uni optimallashtirish, ya'ni xodimlarning innovatsiyalarni joriy etish sharoitlariga muvofiq keluvchi optimal innovatsion salohiyatini shakllantirish hisoblanadi. Korxonaning kadrlar siyosatining ustuvor maqsadi - raqobatbardoshlikni oshirishga va sun'iy yo'ldosh

© ®

46

T. 3 №4

ISJIF 2023:5.971

bozorida korxonaning etakchi mavqeini mustahkamlashga qodir bo'lgan yuqori malakali va g'ayratli jamoani shakllantirishdan iboratdir.

Adabiyotlar sharxi. To'qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion salohiyatni boshqarish muammolarini tadqiq etish masalalari X. Bittner P.F.Druker, D.Makkeon, D.Mann, R.Sfaim, S.Montgomeri, L.Edvinson, S.Meloun, R.Kaplan, D.Norton, D.Djonson, K.Shoulz kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida chuqur tadqiq etilgan.

O'zbekiston milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, korxonalarda xodimlar boshqaruvining nazariy va amaliy jihatlarini takomillashtirish, shuningdek, yengil sanoatning etakchi tarmoqlaridan bo'lgan to'qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini tashkil etishning nazariy-uslubiy asoslari S.S.Gulyamov, K.X.Abduraxmonov, M.A.Maxkamova, A.Sh.Bekmurodov, M.R.Boltabaev, Sh.I.Otajonov, I.Yu.Umarov, N.Q.Yo 'ldoshev, D.N.Raximova, A.E.Razikov, U.Sh.Yusupov va boshqa qator olimlarning tadqiqotlarida o 'z aksini topgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotda korxonalar faoliyati ko'rsatkichlarini baholash asosida monografik tadqiqotlar asosida nazariy va amaliy jihatdan keng o'rganib chiqildi.

Tahlil va natijalar. Mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g'oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Korxonalarda xodimlar o'rtasida raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etishni baholash tizimini kadrlar rasionalligi hamda innovatsion usullar orqali amalga oshirilishi samarali ekanligini ifodalaydi.

Korxona xodimlarlari boshqaruvining ijtimoiy mohiyati mamlakat tomonidan belgilangan ijtimoiy siyosatga bog'liq.

Ijtimoiy siyosatning amalga oshirilishida har bir korxona muassasalari xodimlari faol qatnashishlari zarur. Ijtimoiy siyosat iqtisodiy tizimda ikki yoqlama ifodalanadi:

- birinchisi, iqtisodiy o'sishning borishi muayyan mamlakat darajasida milliy boylik tariqasida, korxona darajasida yalpi daromad tariqasida o'sib borishda ifodalanadi. Bu boylik ijtimoiy sharoitlarni tashkil etishda iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadini ifoda etadi;

- ijtimoiy siyosat iqtisodiy rivojlanish maqsadini ifodalaydi. Iqtisodiy rivojlanish ijtimoiy siyosat amalga oshirilishini ta'minlaydi;

- ikkinchisi, ijtimoiy siyosat iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili hisoblanadi.

Iqtisodiy o'sish har bir korxona xizmat ko'rsatish xodimlarining ishlashi uchun

yaratilgan ijtimoiy shart-sharoitlarda ifodalanadi. Korxonaning iqtisodiy darajasi qanchalik o'sib borsa, xizmat ko'rsatuvchi xodimlar mehnatlariga bo'lgan talab ham o'sib boradi. Bu holatda korxona xodimlari boshqaruvining ijtimoiy mohiyati ularni har tomonlama intellektual rivojlangan, yuqori kasbiy professional va yuqori darajadagi mutaxassislarning malakaviy shakllanishini ta'minlaydi.

Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ifodalash, hududlarni o'zaro qiyoslash hamda iqtisodiy tebranishlarni bartaraf etishda innovatsiyalarning roli va o'rniga ahamiyat qaratishni talab qiladi. Natijada hududlarda o'zlarining innovatsion jarayonlarini baholash hamda ularga alohida e'tibor qaratishning aniq, belgilangan,

@ ®

47

T. 3 №4

ISJIF 2023:5.971

qiymatlarga asoslangan yo'nalishlarini aniqlab olish va shular asosida innovatsion faoliyatni tashkil etish imkoniyati ta'minlanadi. Innovatsion salohiyatni oshirish, innovatsiyalarni joriy qilish hamda uning rivojlanishi uchun zaruriy sharoitlarni yaratishda boshqaruvni to'g'ri shakllantirish muhim yo'nalishlardan biri sanaladi.

Iqtisodiyotni modernizasiyalash va raqamlashtirish sharoitida to'qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarning innovatsion salohiyatini boshqarish mexanizmini shakllantirishda ularni malakasini oshirish, qayta tayyorlash tizimiga alohida e'tibor qaratish lozim (1-rasm).

1-rasm. Korxonada innovatsion salohiyatni boshqarish modeli

10

10 Котляр А.Э. Воспроизводство рабочей силы.// Населения и трудовые ресурсы: Справочник. - М. :Мысль, 1990 - C. 28.

48

Korxona innovatsion faoliyati kengayib yomg'ir bilan ishlab chiqarish va boshqarishning barcha ishlarida uziga xos innovatsion texnologiyalar ishlab chiqarish va jorium berishni ta'minlash qarorlarni qabul qila oladigan professional xodimlarga ehtiyoj paydo bo'ladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida korxonalarda xodimlarni innovatsion salohiyatini rivojlantirish va innovatsion strategiyani amalga oshirish uchun zaruriy sharoitlarni aniqlash, korxonaning amaldagi sharoitlarini identifikasiyalash, mavjud resurslardan kelib chiqib xodimlarning innovatsion salohiyatini va innovatsion faoliyatini amalga oshirish sharoitlarini takomillashtirish xududlarda to'qimachilik sanoati korxonalarini barqaror rivojlanishida xodimlarni raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu yondashuvning afzalligi shundaki, xodimlarni boshqarish funktsiyasining korxonaning umumiy boshqaruv jarayoniga ta'sirini ko'rishga imkon beradi. Shu bilan birga, funktsiyalarning uzoq muddatli, strategik dasturlardan korxonaning joriy, operasion harakatlarga o'tishini ta'minlaydi va korxonaning muvaffaqiyatli ishlashiga yordam beradi.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida korxonada xodimlar boshqaruvini shakllantirish, undan samarali foydalanish, mehnat unumdorligi o'sib borishini ta'minlash uchun ularni optimal bozor talablariga mos darajada xizmat ko'rsatishini tashkil etish va personal bilan ta'minlash darajasiga bog'liq.

Tadqiqot ishida hudud to'qimachilik sanoatini PEST tahlilni amalga oshirish uchun korxonalar faoliyat samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar 4 ta guruhi bo'yicha aniqlandi. Har bir omil guruhi tarkibidagi ta'sir etuvchi omilning to'qimachilik sanoati korxonalari faoliyatiga ta'sir darajasi aniqlandi. (1-javdalga qarang)

Ekspertlar tomonidan 4 ta guruhga birlashtirilgan omillarning ta'sir darajasi PEST tahlil uslubiyatidan kelib chiqqan holda 1-3 gacha bo'lgan daraja asosida belgilandi. Omillarning ta'sir kuchi darajasi har bir darajaning quyidagi xususiyatlarini ifoda etadi: 1-faktoring past darajadagi ta'sir, har bir shakar qamishining faktoringi korxona sanoatining holatiga ta'sir qilishi mumkin; 2-omilning sezilarli miqdordagi o'zgarishigina to'qimachilik sanoati korxonalarining faoliyatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi; 3-omilning ta'sir darajasi yuqori, omil ko'rsatkichining har qanday tebranishi soha korxonalarini holatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

1-jadval

To'qimachilik sanoati korxonalari faoliyati samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar ta'sir _darajasi va kuchining real ahamiyati bahosi 11__

Omil guruhi va turi Omilning ta'sir darajasi* Ekspertlar bahosi O'rtacha Omilning

1 2 3 4 5 baho ta'sir kuchi

Siyosiy omillar guruhi

Hukumat siyosati 2 5 2 3 4 4 3,6 0,21

Savdo siyosati 1 2 3 1 1 2 1,8 0,09

Moliyaviy siyosat 3 4 4 3 4 4 3,8 0,35

Korxonani milliy rag'batlantirish 2 5 3 2 2 4 3,2 0,29

11 fflaHa3apoBa r.E. CaHoaT KopxoHa^apnga HHHOBanHOH c&toxhhthh 6omrçapnm MexaHH3M^apHHH TaKOMH^amTHpnm HKTHCognëT $araapn $a^ca$a goKTopu (PhD) gucc. ABTope^eparn. 2020 hhïï

49

T. 3 №4

Rejalashtirish, ruxsat berish, lisenziyalash 2 3 3 2 3 3 2,8 0,25

Iqtisodiy omillar guruhi

Mahalliy iqtisodiyot 3 4 4 5 4 3 4,0 0,42

Xalqaro iqtisodiyot 3 4 4 4 5 3 4 0,42

Iqtisodiy tendentsiyalar 3 5 5 4 4 3 4,2 0,45

Inflyasiya 3 4 5 5 5 3 4,4 0,47

Korporativ soliqqa tortish 3 4 4 5 3 3 3,8 0,41

Mahsulotlarni soliqqa tortish va bojlar 3 4 5 5 5 4 4,6 0,51

Iqtisodiy tsikllarning mavsumiyligi 3 4 5 5 5 4 4,6 0,51

Bozor va savdo tsikllari 3 4 4 4 3 5 4,0 0,39

Yalpi ichki mahsulot, iste'molchilarning xarid qilish ishtiyoqi 2 3 4 2 3 3 3,0 0,19

Ijtimoiy-demografik omillar guruhi

Mahalliy demografiya 1 3 4 2 2 3 2,8 0,08

Aholining psixografiyasi va turmush tarzi 2 3 3 4 3 3 3,2 0,27

Iste'molchilarning mahalliy brend mahsulotlari haqidagi tushunchasi 2 4 3 4 4 3 3,6 0,34

Iste'molchining sotib olish xatti -harakati 3 4 4 5 5 5 4,6 0,48

Reklama va jamoatchilik aloqalarining ta'siri 3 4 4 5 5 4 4,4 0,44

Ta'sir o'tkazuvchi va na'munaviy shaxslar 1 2 2 4 1 3 2,4 0,11

Ijtimoiy ta'sirlar 1 2 1 2 2 3 2,0 0,12

Texnologik omillar guruhi

Yangi materiallar, texnologik uskunalar, dasturiy ta'minot va biznes jarayonlarini qo'llab-quvvatlash 2 3 3 5 4 3 3,6 0,18

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Elektron jarayonlar yangiliklari 2 4 2 3 3 3 3,0 0,13

Mexanik jarayonlardagi yangiliklar 1 1 3 2 3 3 2,4 0,09

Narxlarni belgilashdagi yangiliklar 3 4 5 4 3 4 4,0 0,38

Texnologiyaning mahsulot dizayni, ishlab chiqarish, tarqatish, narx va istge'molga ta'siri 3 4 4 5 5 4 4,4 0,44

Omil guruhi va turi Omilning ta'sir darajasi* Ekspertlar bahosi O'rtacha baho Omilning ta'sir kuchi

1 2 3 4 5

Siyosiy omillar guruhi

Hukumat siyosati 2 5 2 3 4 4 3,6 0,21

Savdo siyosati 1 2 3 1 1 2 1,8 0,09

Moliyaviy siyosat 3 4 4 3 4 4 3,8 0,35

Korxonani milliy ragbatlantirish 2 5 3 2 2 4 3,2 0,29

Rejalashtirish, ruxsat berish, lisenziyalash 2 3 3 2 3 3 2,8 0,25

Iqtisodiy omillar guruhi

Mahalliy iqtisodiyot 3 4 4 5 4 3 4,0 0,42

Xalqaro iqtisodiyot 3 4 4 4 5 3 4 0,42

Iqtisodiy tendentsiyalar 3 5 5 4 4 3 4,2 0,45

Inflyatsiya 3 4 5 5 5 3 4,4 0,47

Korporativ soliqqa tortish 3 4 4 5 3 3 3,8 0,41

Mahsulotlarni soliqqa tortish va bojlar 3 4 5 5 5 4 4,6 0,51

Iqtisodiy tsikllarning mavsumiyligi 3 4 5 5 5 4 4,6 0,51

Bozor va savdo tsikllari 3 4 4 4 3 5 4,0 0,39

© ®

50

T. 3 №4

Yalpi ichki mahsulot, iste'molchilarning xarid qilish ishtiyoqi 2 3 4 2 3 3 3,0 0,19

Ijtimoiy-demografik omillar guruhi

Mahalliy demografiya 1 3 4 2 2 3 2,8 0,08

Aholining psixografiyasi va turmush tarzi 2 3 3 4 3 3 3,2 0,27

Iste'molchilarning mahalliy brend mahsulotlari haqidagi tushunchasi 2 4 3 4 4 3 3,6 0,34

Iste'molchining sotib olish xatti -harakati 3 4 4 5 5 5 4,6 0,48

Reklama va jamoatchilik aloqalarining ta'siri 3 4 4 5 5 4 4,4 0,44

Ta'sir o'tkazuvchi va na'munaviy shaxslar 1 2 2 4 1 3 2,4 0,11

Ijtimoiy ta'sirlar 1 2 1 2 2 3 2,0 0,12

Texnologik omillar guruhi

Yangi materiallar, texnologik uskunalar, dasturiy ta'minot va biznes jarayonlarini qo'llab-quvvatlash 2 3 3 5 4 3 3,6 0,18

Elektron jarayonlar yangiliklari 2 4 2 3 3 3 3,0 0,13

Mexanik jarayonlardagi yangiliklar 1 1 3 2 3 3 2,4 0,09

Narxlarni belgilashdagi yangiliklar 3 4 5 4 3 4 4,0 0,38

Anketa so'rovnomasi tahlili natijalariga ko'ra to'qimachilik sanoati korxonalarida xodimlarni innovatsion usullar orqali boshqarishga ta'sir etuvchi omillarni PEST tahlili asosida baholash tizimini qo'llash asosida boshqarish jarayonlarini tashkil etishga ta'sir etadigan omillarni muhimlilik darajasi "juda past"- (0-1,8), "past" (1,9-2,8), "o'rta" (2,93,9) hamda "yuqori" (4,0-5,0) darajalarda baholangan.

Tadqiqot ishida amalga oshirilgan omilli PEST tahlil hamda to'qimachilik sanoatida tanlangan korxonalar doirasida rahbar hodimlar o'rtasida o'tkazilgan so'rov natijalari tahliliga asoslangan holda kelgusida mamlakatimizda to'qimachilik sanoati faoliyatini rivojlantirish va sohani boshqarish jarayonlari samaradorligini oshirish yo'nalishidagi quyidagilarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- to'qimachilik sanoati korxonalari salohiyatini omilli tahlil qilish asosida soha rivojlanishi uchun zaruriy infratuzilma tizimlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish;

- to'qimachilik sanoati korxonalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash;

- korxonalar o'rtasida boshqarish jarayonlarini muvofiqlashtirish orqali ichki va tashqi muhit elementlarining o'zaro aloqasini samarali ta'minlash;

- - to'qimachilik sanoati korxonalarini moliyalashtirish uchun investisiyalar jalb qilishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish.

Taklif etilayotgan ustuvor yo'nalishlarning sohada kelgusida to'laqonli amalga oshirilishi to'qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarish jarayonlarini rivojlantirish hamda faoliyat samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni boshqarish va muvofiqlashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar darajasini pasaytirish imkonini beradi.

References:

1. Davies S., Hallett M. (2002). Interactions between National and Regional Development. Hamburg Institute of Regional Economics, Hamburg.

@ ©

51

2. Kurpayanidi, K. (2023). Modern digitalization: priorities and prospects. Материалы Международной научно-технической конференции «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУ ФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 1 том, 220-223 bb. https ://tatuff.uz/wp-content/uploads/2023/05/1_tom.pdf

3. Kurpayanidi, K. I., & Muminova, E. A. (2016). Modern approaches to defining the nature and function of national innovation system of the Uzbek economy. Theoretical & Applied Science, (1), 75-85.

4. Mikhaylov, A. B., (2023). To the problem of in-company training of company employees. Publishing House "Baltija Publishing". International scientific conference «Information technologies and management in higher education and sciences» : conference proceedings (November 28, 2022.). Riga, Latvia: "Baltija Publishing", 2022. Part 2. 388 pages. 313-317 bb. Doi: https://doi.org/10.30525/978-9934-26-277-7-169

5. Toxtasinovna, U. D. (2022). Реал сектор тармокларида кластерларни ташкил этиш ва уларнинг хусусиятлари. world scientific research journal, 3(1), 64-70.

6. Tukhtasinova, D. R. (2021). Theoretical issues of enterprises innovation and its management in increasing the competitiveness of products of industrial enterprises. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1458-1462.

7. Tuxtasinova, D. R. (2021). Scientific concepts of modern management. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 97-101.

8. Бутов В.И., Игнатов В.Г., Керова Н.П. Основы региональной экономики. -Ростов на Дону, 2000.

9. Груков И.Б. Стратегия и структура корпорации. Учеб. пособ. -2-е изд., перераб. -М.: Дело АНХ, 2008. -288 с

10. Курпаяниди, К. (2023). Институциональная среда предпринимательского сектора экономики. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari; Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami., 75-78. Retrieved from https://conference.tsue.uz/index.php/article/article/view/342

11. Тухтасинова, Д. Р. (2020). Концептуальные основы управления человеческими ресурсами в инновационных организациях. In Наука сегодня: теоретические и практические аспекты (pp. 16-18).

сс

®

52

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.