I. MENEJMENT VA MARKETING
INNOVATSION JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLAT
BOSHQARUVINING ROLI
Amonov Mexriddin Oromiddinovich
TISU «Iqtisodiyot» kafedrasi o'qituvchisi tel. 93 768-04-04, [email protected]
Anototsiya: Maqolada innovatsion faoliyat, innovatsion faoliyatni tashkil etish jarayonlari va ushbu jarayonning ahamiyatli bosqichlari haqida aytib o'tilgan bo'lib, rivojlanayotgan davlatlar uchun davlatning innovatsion siyosati iqtisodiyotda innovatsion jarayonlarni tashkil etish uchun asosiy turtki bo'lishi haqida ta'kiblab o'tilgan va innovatsion siyosatni takomillashtirish takliflari berilgan.
Kalit so'zlar: innovatsiya, innovatsion jarayonlar, davlatning innovatsion siyosati, innovatsion jarayonlarni tashkil etish, infrastruktura.
Аннотация: В статье упоминается инновационная деятельность, процессы организации инновационной деятельности, а также важные этапы этого процесса.Подчеркивается, что инновационная политика государства для развивающихся стран является основным стимулом организации инновационных процессов в экономике. даны предложения по совершенствованию инновационной политики.
Ключевые слова: инновации, инновационные процессы, государственная инновационная политика, организация инновационных процессов, инфраструктура.
Annotation: The article mentions innovative activities, the processes of organizing innovative activities, and the important stages of this process. It is emphasized that the innovation policy of the state for developing countries is the main impetus for the organization of innovative processes in the economy, and suggestions for improving the innovative policy are given.
Key words: innovation, innovation processes, state innovation policy, organization of innovation processes, infrastructure.
Kirish. Yer yuzidagi cheklangan resurslarning yil sayin, tobora cheklanib borish jarayonida o'sib borayotgan aholining cheksiz ehtiyojlarni qondirish masalasi mamlakatlar va korxonalar iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatiga innovatsiyalarni qo'llash zarurligini keltirib chiqarmoqda.
Innovatsion faoliyat, uning o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyatli jihatlarini, tashkil topish va rivojlanish jarayonlarining mohiyati "innovatsiya" tushunchasida orqali aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Shuni ta'kidlash joizki, bu tushuncha mohiyati turli hollarda turlicha ta'riflanishi mumkin.
Innovatsiya - bu shunaqangi amalga oshirilgan, joriy etiladigan yangilik shakliki, u bozorni xaridorgir bo'lgan sifatli tovar va xizmatlar bilan ta'minlash
samaradorligining oshish jarayonidir. Innovatsiya - insonning aqliy faoliyatining mahsulidir. Innovatsiyaga yangi iste'mol xususiyatlariga ega bo'lgan tovar va xizmatlarning bozoriga kirish yoki ishlab chiqarish tizimi samaradorligini sifat jihatidan oshirishirilishini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.
"Innovatsiya" atamasining o'zi lotincha "novatio" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "yangilanish" degan ma'noni anglatadi, "in" qo'shimchasi esa ushbu yangilikni joriy etish degan ma'noni anglatadi va u ilk bor o'tgan asrda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarida paydo bo'la boshlagan. "Innovatsiya" tushunchasi iqtisodiy atama sifatida birinchi bor XX asrning boshlarida avstro-amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeterning "Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi" nomli ilmiy tadqiqotidan o'rin olgan [1].
Mazmun jihatidan "innovatsiya" va "yangilik kiritish" atamalarini sinonim deb hisoblash mumkin. "Yangilik kiritish" atamasi "yangilanish" tushunchasi bilan ham chambarchas bog'liqdir.
Innovatsiyaning mohiyatini belgilashda bir qancha yondashuvlar mavjud:
1. Innovatsiya - bu yangi elementlarni ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish amaliyotga j oriy etish jarayonidir.
2. Innovatsiya - bu ijod mahsulining yangi tovar va xizmatlar ko'rinishida xaridorlarga (bozorda) taklif etilishidir.
Shu o'rinda aytib o'tish joizki, V.M. Shaburishvili nuqtayi nazari bo'yicha, innovatsiya tadbirkorlik faoliyatining tarkibiy qismi bo'lib, bozor iqtisodiyoti elementlariga xosdir. Tabdirkorlik faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish jarayoni tadbirkorning ijodiy faoliyati natijasi bo'lib, innovatsiyalarning o'zi bozor iqtisodiyotida korxonalarning "birlamchi resursi" hisoblanadi [2]. O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida"gi Qonuniga ko'ra (0'RQ-630-son 2020-yil 24-iyul), "innovatsiya" — fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo'llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta'minlaydigan yangi ishlanma.
Halqaro standartlarga ko'ra esa "innovatsiya" bozorda joriy etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot va xizmatlar, ishlab chiqarish obyektlarining amaliy faoliyati va xizmatlar ko'rsatishda qo'llaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon shaklida amalga oshirilgan faoliyatning yakuniy natijasi sifatida aniqlanadi.
Moliyalashtirish nuqtayi nazaridan innovatsiya - bu investitsiyalarni yangi asbob-uskunalar, texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarga kiritish jarayonidir.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Iqtisodiyotda innovatsiyaga asoslangan o'zgarishlar bozor infrastrukturasida iqtisodiy o'sishga uchqun beruvchi energiya manbaidir. Korxona va tashkilotlar faoliyatida shu kabi o'zgarishlarni amalga oshirishi uchun qulay infrastruktura yaratilishi hamda samarali faoliyat olib borishida davlat boshqaruvining ahamiyati yuzasidan ko'plab iqtisodchi olimlar tadqiqotlar olib borishgan.
Jumladan, rus olimi Grinev V.F. innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati to'g'risida to'htalib o'tar ekan, shunday deydi: "Innovatsion
jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati innovatsiyaning milliy ahamiyati va iqtisodiy mazmuni bilan izohlanadi. Hozirgi vaqtda innovatsiyalar tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatlari samaradorligini oshirishning asosiy vositasiga aylanmoqda. Biroq, davlat tomonidan tartibga solinmaganligi sababli, ko'plab yangiliklarni amaliyotga tezda joriy qilishning imkoni yo'q" [3].
Yana bir rus olimi Konoplev S.P. : "Innovatsion faoliyatni individual korxona darajasida ham, yahlit tuzilmalar va umuman davlat darajasida rivojlantirish izchil va asosli moliyalashtirish tizimini yaratishni nazarda tutadi" - deya innovatsion faoliyatda moliyalashtirish manbalarining ahamiyati yuqori ekanligini, rivojlanayotgan davlatlar uchun esa davlat tomonidan moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tgan [4].
Mahalliy olimlarimizdan Rasulov N.M. va Zaynutdinov Sh.N.lar "Davlatning innovatsion faoliyatni tartibga solishdagi maqsadi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish, innovatsion salohiyatni oshirish imkoniyatini beradigan shart-sharoitlarni yaratish hamda innovatsion iqtisodiyotga o'tish konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat"[5].
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda aytishimiz mumkinki, davlat innovatsion siyosati orqali quyidagilarni amalga oshiradi: innovatsion faoliyat rejalari va dasturlarini ishlab chiqish; innovatsiyalarni rivojlantirish va uni amalga oshirilib borishini monitoring qilish; innovatsion rivojlanish loyihalarini ko'rib chiqish; yagona innovatsion siyosatni olib borish; ishlab chiqarishda innovatsion faoliyatni muvofîqlashtirish; moliyaviy, moddiy-texnika resurslari bilan ta'minlash; malakali kadrlar bilan ta'minlash; soha va hududlardagi innovatsion muammolarni kompleks hal etish uchun vaqtinchalik tezkor guruhlarni yaratish.
Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy maqolani yozishda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat yuritishida salmoqli o'rin tutuvchi bozor ishirokchilari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etilishida davlat boshqaruvining ahamiyatini ifodalovchi davlatning tartibga solish va qo'llav-quvvatlash tizimini rivojlantirish bo'yicha me'yoriy-huquqiy hujjatlar, jumladan O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari va qarorlari, O'zbekiston Ruspublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi taniqli olimlarning ilmiy ishlari o'rganilib, innovatsion muhitni rivojlantirish ko'rsatkichlari tahlil qilish jarayonida ilmiy-amaliy anjuman to'plamlaridan, internet ma'lumotlaridan foydalangan va innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish, samaradorligini oshirish yuzasidan statistik guruhlash, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish kabi usullardan foydalanilgan holda xulosa va takliflar berilgan.
Tahlil va natijalar. Iqtisodiyotdagi hozirgi o'zgarishlar, innovatsiyalar, bir tomondan, mavjud vaziyatni saqlab qolishga qaratilgan konuniyatlarga zid bo'lib -yangi texnalogiyalar orqali korxona va tashkilotlarda ishchi kuchining qisqarishi, ya'ni ishsizlikning yuzaga kelish manbaiga aylanishi, ikkinchi tomondan esa, tashkilot faoliyatining texnik-iqtisodiy samaradorligini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan bo'lib yangi ishlab chiqarish zanjirlarini barpo etishi orqali yangi ish
joylarini yaratishi bilan ifodalanadi.
Innovatsiya obyektlariga quyidagilar kiradi:
- inson omili (inson shaxsining rivojlanishi);
- mahsulotlar, materiallar va xizmatlar (turlari, sifati, ko'rinishi);
- ishlab chiqarish vositalari (mashina, texnika, asbob uskunalar);
- texnologik jarayonlar (ishlab chikarish, xizmat ko'rsatish jarayonlari);
- ijtimoiy soha (tashkilot xodimlarining xatti-harakatlarini o'zgartirish, mehnat unumdorligining oshishi);
- tashkilotning tashkiliy rivojlanishi (boshqaruvning raqamlashuvi, qabul qilinadigan qarorlarda inson omilining kamayib borilishi natijasida korrupsiyaning oldi olinishi) va shu kabilar.
Odatda, innovatsiyaga bo'lgan ehtiyoj tashkilotning o'z faoliyatidan kelib chiqadi. Amaliyotda korxonaning o'zi ham ishlab chiquvchi, ham innovatsion texnologiyalar iste'molchisiga aylanadigan holatlar mavjud. Texnologiyadagi o'zgarishlar odatda mahsulot va xizmatlar hayotiy sikli davomiyligi uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi (1-chizma).
1-chizma. Innovatsiya jarayonlarning vujudga kelish mexanizmlari.
Innovatsiyalarni iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatga joriy etishni jadallashtirish va ularning ilmiy-texnik darajasini oshirishning eng muhim jihatlaridan biri yuqori sur'atlarda rivojlanayotgan kompyuter texnologiyalarining doimiy ravishda amaliyotga tadbiq qilinib borilishidir. Xozirgi kunda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etilishi korxona strategiyasining asosiy yo'nalishiga aylanib bormoqda. Shu sababli, ko'plab yirik koporatsiyalar tomonidan mazkur korporatsiya mablag'lari evaziga o'z faoliyatini takomillashtirish uchun innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini beruvchi ilmiy-texnik majmualar yaratilmoqda (1-jadval).
Innovatsion harajatlar bo'yicha jahondagi yetakchi kompaniyalar1
1-jadval
№ Kompaniya nomi Faoliyat turi /Davlat nomi Qilingan harajatlar (mlrd. Doll) Olingan daromadlar (mlrd. Doll)
1 Amazon.com Internet tijorati/ AQSH 22,6 12,7
2 Alphabet IT / AQSH 16,2 14,6
3 Volkswagen AG Avtosanoat/ Germaniya 15,8 5,7
4 Samsung Electronics Elektrotexnika, IT/ Janubiy Koreya 15,3 6,8
5 Intel Corporation Elektrotexnika, IT/ AQSH 13,1 20,9
6 Microsoft Corporation Elektrotexnika, IT/ AQSH 12,3 13,7
7 Apple Inc Elektrotexnika, IT/ AQSH 11,6 5,1
8 Roche Holding AG Farmatsevtika i biotexnologiya/ Shveysariya 10,8 18,9
Innovatsion rivojlanish siyosatidagi aniqlik va ravshanlik ma'lum yo'nalishda ma'lumot to'plash va taklifni ishlab chiqishni belgilab beradi, bu esa mavjud imkoniyatlarni aniq yo'nalishga yo'naltirishga olib keladi va innovatsiya yaratuvchi loyiha ishtirokchilari uchun xarakatga keltiruvchi turtki vazifasini bajaradi.
Mamlakatda barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashda korxonalarning ilmiy-texnik va innovatsion faoliyati uchun ustuvor yo'nalishlarni to'g'ri va aniq tanlash muhim ahamiyatga ega.
Innovatsion faoliyat murakkabligi va risk darajasi yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Odatda korxona va tashkilotlarning mavjud ichki imkoniyatlari va salohiyati innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda yetarli darajada rag'batlantiruvchi omil bo'la olmaydi. Tashqi rag'batlar, xususan, davlatning qo'llab-quvvatlashi bu jarayonlarni amalga oshirishda hal qiluvchi harakatlantiruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi.
Innovatsiya sohasidagi faol davlat siyosati, innovatsion jarayonlarni tashkillashtirishni davlat tomonida bevosita va bilvosita qo'llab quvvatlanishi, innovatsion faoliyatni rivojlantirish - innovatsion texnologiyalar, tovarlar va xizmatlar yaratish, ular asosida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, tijoratlashtirish hamda ularning iste'molini oshirish orqali zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida
1 RAEX: Reyting kompaniy po zatratam na razrabotki i innovatsii (raex-rr.com); https://raex-rr.com/country/RAEX-
600/mnovative_comganie|_
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 8 (December) ISSN: 2181-3000 Page 2/5
davlat taraqqiyoti va jamiyat a'zolari turmush tarzi sifatini oshirishning asosiy yo'li hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning innovatsion siyosati, bir tomondan, ta'lim sohasidagi va ilmiy-tadqiqot sohasidagi davlat siyosat bilan, ikkinchi tomondan-mamlakatning iqtisodiy siyosati bilan chambarchas bog'lanishi shart.
Innovatsion jarayonlarni tashkil etish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan milliy va xorijiy tadqiqotchilar xulosalaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, innovatsion jarayonlarni samarali yuzaga keltirish ishlari quyidagi tartibda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir [6, 7, S, 9, 10, 11, 12] (2-chizma):
Bozordagi taklif va talabni haqida ma'lumot yig'ish
<>
Mavjud vaziyatni (yig'ilgan ma'lumotni) tahlil qilish Tahlil natijasida innovatsion rivojlanish yo'nalishini aniqlash
V
Moliyalashtirish manbasini tashkil etish Innovatsiyani ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib borish
y"
Izlanishlar natijalarini tekshirish va amalda sinab ko'rish
V
Yaratilgan innovatsiya tug'risida istemolchilarni xabardor qilish Innovatsiyani tijoratlashtirish
Wy
Innovatsiya tijoratini va istemolchi bahosini tahlil qilish
V
Innovatsiyaning uzluksiz yangilanib borishi va innovatsion jarayonning _takrorlanishini ta'minlab borish_
2-chizma. Innovatsion jarayonlar yuzaga kelish bosqichlari
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonlarni tashkil etish bosqichlaridan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakat korxonalarda innovatsion jarayonlarni tashkil etishda uning moliyalashtirish manbalari va tijoratlashtirish bosqichlari katta ahamiyat kasb etib, ushbu bosqichlarda korxonalarning davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita qo'llab quvvatlanishi innovatsion jarayonlarni tashkil topishi uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi asosiy omillar bo'lib, ushbu ko'maklar orqali davlat iqtisodiyotga innovatsiyalar kirib kelishiga turtki beruvchi motivatsiya vazifasini bajaradi.
Innovatsiya jarayonlarni tashkil etish va rivojlantirish yo'nalishidagi halqaro munosabatlarni tartibga solish, mamlakatda jozibador innovatsiya muhitini yaratish, mavjud innovatsion infratuzilmaning taraqqiyotini ta'minlash va milliy innovatsion tizimini yaratish asosan davlat tomonidan amalga oshiriladi. Innovatsion jarayonlarni huquqiy tartibga solish ham davlatning mutloq vakolatiga kiradi. Ular:
- Innovatsiya faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani yaratish, intellektual mulkni himoya qilish;
- Innovatsiyalarga bo'lgan dastlabki talabni ta'minlaydigan, keyinchalik bozorda taqsimlanadigan davlat buyurtmalarini shakllantirish va amalga oshirish orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish uchun davlat o'zining strategik va taktik innovatsion siyosatini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bizning nazarimizda davlat o'zining innovatsion siyosatini samarali amalga oshirish uchun quyidagi takomillashtirish ishlarini amalga oshirishi lozim:
- davlat xususiy sektorga innovatsiyalarni joriy etish uchun imtiyozlar joriy etishi lozim. Bunga korxonalarning eksport faoliyatini rag'batlantirish yoki korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligi ko'rsatkichlari o'sishi (energiyani tejash, mehnat unumdorligi, suvni tejash, kapital samaradorligi va boshqalar)ni kiritish mumkin.
- korxonalarda ishlab chiqarish hajmi va faoliyati davomiyligining o'sishini rag'batlantiradigan qo'shimcha mexanizmlarni yaratilishi kerak, chunki bu korxonalar innovatsiyalarga sarmoya kiritish manbaiga ega bo'lgan faoliyatni amalga oshiradilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Шумпетера Й. Теория экономического развития (Theorie der wirtschaftlichen Entwicklung, 1912).
2. Шабуришвили М.В. Инновационная деятелност как реализация инновационного процесса в масштабах организации. http://www.cfin.ru/bandurin/article/sbrn03/1 l.shtml
3. Гринев В.Ф. Инновационный менеджмент. Киев: МАУП, 2001. -132 с.
4. Коноплев С.П. Инновационный менеджмент. М.: Проспект, 2007. 69 с.
5. Rasulov N.M., Zaynutdinov Sh.N. Innovatsion menejment. T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot - matbaa uyi, 2020. - 540 b.
6. Соловев В.П. Инновационная деятелност как системный процесс в конкурентной экономике (Синергетические эффекты инноваций). - Киев: Феникс, 2006. - 560 с.
7. Багиев Г.Л., Амонов М.О. Основные направления инновационного обеспечения предпринимательской деятельности //Проблемы современной экономики. Евразийский международный научно-аналитический журнал. 2012. - № 2 (42). Питер, РФ. 156-159 стр.
8. Амонов М.О. Государственное регулирование предпринимателства в условиях рынка //Известия Санкт-Петербургского университета экономики и финансов. 2012. — № 3 (75).
9. Амонов М.О. Теоретические вопросы государственной поддержки развития предпринимательства на уровне региона //Проблемы современной
экономики. Евразийский межпородный наyчно-аналитический жyрнал. 2021. - № 4 (80). Питер, РФ. 225-227 стр.
10. Амонов М.О. Тадбиркорлик фаолиятни давлат томонидан бошкариш воситалари ва вазифалари. "Бизнес-Эксперт" Жyрнали №11-12 сон, 2021 йил, 6S-71 бетлар. Тошкент, Узбекистон.
11. Амонов М.О. Тадбиркорлик фаолиятининг мамлакат иктисодиётидаги ахдмияти JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM) Samarqand, 2022 (2) S5-92 бетлар.
12. Амонов М.О. Тадбиркорлик фаолиятининг худуд ижтимоий-иктисодий ривожланишидаги салмоги (Сурхондарё вилояти мисолида) "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" (Economics and Innovative Technologies) Илмий электрон журнали 2022 йил 2-сон март-апрель (№ 00058) 160-167 бетлар.