ErgashevX.X., i.f.n.
SamISI Shirinov U.A., PhD.
SamISI Hamidov D., magistr SamISI
TELEFON XIZMATLARINING BUXGALTERIYA HISOBI OB'EKTI
SIFATIDAGI TASNIFI
Annotatsiya: Maqolada telefon xizmatlarining bugungi xolati, ularda hisob yuritishdagi muammolar haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: telefon xizmati, buxgalteriya hisobi, internet xizmati, mobil aloqa, internet, telekommunikatsiya, segment.
Ergashev H.K., i.f.n.
SamIES Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Hamidov D., master SamIES
CLASSIFICATION OF TELEPHONE SERVICES AS AN ACCOUNTING OBJECT
Abstract: The article talks about the current state of telephone services, the problems in accounting.
Key words: telephone service, accounting, internet service, mobile communication, internet, telecommunication, segment.
Jahon amaliyotida mobil aloqasi, internet xizmatlari, ekspress-pochta va boshqa axborotlashtirish xizmatlarini ko'rsatish, ushbu xizmatlarga ixtisoslashgan subyektlarda korporativ boshqaruvni, buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro miqiyosda tan olingan usul va uslublar, shuningdek yuksak texnologiyalar va standartlar asosida takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlarga katta e'tibor qaratilgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida aloqa xizmatlari hisobining konseptual asoslari, tushumlar va xarajatlarni bosqichlar asosida tan olish, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda aks ettirishni takomillashtirish bo'yicha ma'lum yutuqlarga erishilgan. Ammo, aloqa xizmatlari hisobi, ularni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish borasida dunyo miqiyosida to'plangan ilg'or tajribalar, amaldagi xalqaro standartlarni soha subyektlarida keng joriy etish, shuningdek mazkur soha subyektlarida ichki
segmentar hisob, hisobot va ichki segmentar audit masalalari aksariyat mamlakatlarda to'liq o'z yechimini topgan emas.
Yangi O'zbekistonda "xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o'rni va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o'zgartirish"7dek ustuvor vazifa qo'yilgan. Ushbu ustuvor vazifani muvoffaqiyatli bajarilishi aloqa sohasi subyektlarida buxgalteriya hisobi va auditning predmetini tashkil qiluvchi barcha turdagi aloqa xizmatlari, ularga doir daromadlar, sarf-xarajatlar, soliq to'lovlari, hisob-kitoblarva moliyaviy hisobotning boshqa elementlarini tasniflash, tavsiflash, tan olish, baholash, o'lchash hamda ular hisobi va auditiniyaxlit tarzda, shuningdek segmentlar kesimida xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni, jahon tajribasida keng qo'llanilayotgan mobil aloqa xizmatlari bo'yicha hisob-kitoblarni billing, rouming va hisobning kompyuterlashtirilgan tizimlari asosida takomillashtirish bo'yicha to'plangan ilg'or ilmiy-texnik yutuqlar va tajribalarni mamlakatimizda keng tadbiq etish yo'llarini chuqur tadqiq etishni obyektiv zarurat qilib qo'ymoqda.
Bugungi kunda telefon aloqasi xizmati tushunchasi va uning xizmat ko'rsatish munosabatlaridagi o'rni va mohiyati, huquqiy tartiboti ilmiy tadqiqotlar e'tiboridan chetda qolib kelayotganligi ham xizmat ko'rsatishning ushbu turini chuqur tadqiq etishni talab etadi. Adabiyotlarda «telefon aloqasi xizmatini ko'rsatish» tushunchasiga alohida to'xtalish va unga ta'rif berish holatlari deyarli uchramaydi. Biroq telefon aloqasi xizmatini FK (Fuqarolik kodeksi)ning 703-moddasi 2-qismidan kelib chiqib, haq evaziga xizmat ko'rsatish turlariga kirishini va bu tushunchani ushbu holatdan kelib chiqib, ochib berish mumkinligini e'tirof etish mumkin.
Telefon aloqasi haqida olimlar turlicha fikrlar bildirishgan. Jumladan, T. I. Skorikova mobil telefon aloqasi xizmatini ovozli yoki boshqa axborotni muayyan radiochastota spektridagi radioto'lqinlar yordamida elektr aloqa tarmog'i tizimi bo'yicha mobil telefon aloqasi operatori tarmog'idagi abonentlar o'rtasidagi, shuningdek, boshqa operatorlarning umumiy foydalanishdagi elektr tarmog'i bo'yicha ularning chaqirig'i bo'yicha uzluksiz telefon aloqasini ta'minlash maqsadida qabul qilish, qayta ishlash va o'tkazishga qaratilgan faoliyat sifatida baholaydi.8
B.Sh.Maxkamovning ta'kidlashicha, uyali aloqa xizmati bu - har xil turdagi xabarlar: ovozli, matnli, video, fotosurat va h.k. qabul qilish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va yetkazib berish bo'yicha korxona faoliyatining yakuniy mahsulidir. Uyali aloqa xizmatlari almashinish shaklida, ya'ni har xil
7Республикамиз Президента Ш.М. Мирзиёевнинг 2017 йил 7 февралдаги ПК-4947-сон карори билан тасдикланган
8Т. Н. Скорикова Гражданско-правовое регулирование отношений по оказанию услуг сотовой связи: Дис... канд. юрид. наук: — Томск, 2006. — С. 134.
turdagi yolg'iz xabarlarni uzatish shaklida namoyon bo'ladi (telefon suhbati, internet trafik megabaytlari, video va fotofayllar va h.k.)9
Telefon aloqasi xizmati mazmun-mohiyatida o'tkazgichli tizimlar orqali yoki radioto'lqinlar vositasida signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini uzatish, qabul qilish va qayta ishlashga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Internet tarmog'i kun sayin inson dunyoqarashini o'zgartirib borayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. U kundalik hayotda ta'sir etib, talay ijobiy afzalliklarni ham olib kirmoqda.
Bugungi kunda O'zbekiston telekommunikasiya tarmoqlari yanada faol rivojlanish va modernizasiya bosqichini boshdan kechirmoqda. Telekommunikasiya tarmoqlarining o'z vaqtida to'laqonli modernizasiya qilinishi - mamlakatimiz iqtisodiyotining muvoffaqiyatli rivojlanishi uchun zaruriy shartdir. Bu esa o'z navbatida telekommunikasiya tarmoqlarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishni taqazo etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o'zgarishlar telefon xizmatlarini xam takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Telefon xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar mijozlarga bir qancha xizmat turlarini ko'rsatadi.
Telefon xizmatlari sohasini ikki yo'nalishga ajratishimiz mumkin. Bular uyali aloqa xizmatlari va stasionar telefon xizmatlari.
1-rasm. Telefon xizmatlari turlari.
Telefon xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining nazariy asoslari takomillashtirildi. Chunonchi, telefon xizmatlarining hisob va
9 Б.Ш.Махкамов. Узбекистонда уяли алока хизматларини ривожлантириш. Монография. - Т.: Фан ва технология,2016.
audit obyektlari sifatidagi mohiyati va xususiyatlari ochib berildi, ushbu xususiyatlardan kelib chiqib, ularning tasnifiy va tavsifiy asoslari ishlab chiqildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Rustam o'g'li, Erkinov Farrux. "Raqamli iqtisodiyotda respublika bank tizimini faolyatini nazorat qilishning o'zoga xos xususiyatlari." o'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali 2.15 (2023): 892-894.
2. Sindarkulovna, Karshiboyeva Shoira. "Aloqa xizmatlari ko'rsatish tizimining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish." PEDAGOGS jurnali 33.2 (2023): 37-39.
3. Sindarkulovna K. S. et al. Aloqa xizmatlari ko'rsatish tizimining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish //pedagogs jurnali. - 2023. - T. 33. -№. 2. - C. 37-39.
4. Ilhomjon o'g'li T. K. et al. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2022. - T. 1. - №. 3. - C. 87-92.
5. Ilhomjon o'g'li, Turdaliyev Kamronbek, et al. "Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati." Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. Vol. 1. No. 3. 2022.