ErgashevX.X., i.f.n.
SamISI Shirinov U.A., PhD.
SamISI Hamidov D., magistr SamISI
ALOQA XIZMATLARINING BUXGALTERIYA HISOBI OB'EKTI
SIFATIDAGI TASNIFI
Annotatsiya: Maqolada aloqa xizmatlarining bugungi xolati, ularda hisob yuritishdagi muammolar haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: aloqa, xizmat, buxgalteriya hisobi, daromad, mobil aloqa.
Ergashev H.K., i.f.n.
SamIES Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Hamidov D., master SamIES
CLASSIFICATION OF COMMUNICATION SERVICES AS AN
ACCOUNTING OBJECT
Abstract: The article talks about the current state of communication services, the problems in accounting.
Key words: communication, service, accounting, income, mobile communication.
Jahon amaliyotida mobil aloqasi, internet xizmatlari, ekspress-pochta va boshqa axborotlashtirish xizmatlarini ko'rsatish, ushbu xizmatlarga ixtisoslashgan subyektlarda korporativ boshqaruvni, buxgalteriya hisobi va auditni xalqaro miqiyosda tan olingan usul va uslublar, shuningdek yuksak texnologiyalar va standartlar asosida takomillashtirishga bag'ishlangan ilmiy izlanishlarga katta e'tibor qaratilgan. Olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida aloqa xizmatlari hisobining konseptual asoslari, tushumlar va xarajatlarni bosqichlar asosida tan olish, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda aks ettirishni takomillashtirish bo'yicha ma'lum yutuqlarga erishilgan. Ammo, aloqa xizmatlari hisobi, ularni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish borasida dunyo miqiyosida to'plangan ilg'or tajribalar, amaldagi xalqaro standartlarni soha subyektlarida keng joriy etish, shuningdek mazkur soha subyektlarida ichki segmentar hisob, hisobot va ichki segmentar audit masalalari aksariyat mamlakatlarda to'liq o'z yechimini topgan emas.
Yangi O'zbekistonda "xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlaming o'mi va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng аууа1о, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik Шйал hisobiga tubdan о^аЛ^^'3dek ustuvor vazifa qo'yilgan.
Bizningcha, aloqa xizmatlarining hisob obyektlari sifatida tasniflash negiziga ulaming respublikamizda qabul qilingan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiyalar to'g'risidagi qonunlarda4 belgilangan quyidagi ikkita turkumi va ulami tashkil qiluvchi xizmat turlari olinishi lozim (1-rasmga qarang).
1-rasm. Aloqa xizmatlari turlari.
Bugun dunyo miqyosida pochta jo'natmalarining hajmi unchalik o'zgarmayotgan bo'lsada, uning an'anaviy xizmat turlariga nisbatan istiqbolli imkoniyatlari tufayli kuryerlik, tezkorlik bilan yetkazish va logistika xizmatlari rivojlanib bormoqda.
3Республикамиз Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг 2017 йил 7 февралдаги ПК^-4947-сон карори билан тасдикланган
4Уз.Р конуни «Алока тугрисида», 13.01.1992 й., N 512-КП; Уз.Р конуни «Почта алокаси тугрисида», 31.08.2000 й., N 118-П; Уз.Р конуни «Ахборотлаштириш тугрисида», 11.12.2003 й., N 560- II ; Уз.Р конуни «Телекоммуникациялар тугрисида», 20.08.1999 й., N 822- I.
•Internet xizmatlari
v>
•Faksimil
•Faksimil uzatish xizmatlari
1-rasm.Telekommunikasiya xizmatlari turlari.
Biz o'z navbatida telekommunikasiya xizmatlarini bir qancha turlarga ajratishimiz mumkin.(l-rasm)
Jamiyatimizda insonlar mushkulini osonlashtiradigan ko'plab kashfiyotlar qilingan va hozirda ham yangi kashfiyotlar qilinmoqda. Shunday kashfiyotlardan biri sifatida telefon va telefon aloqasini ko'rsatish mumkin.
Ushbu ustuvor vazifani muvoffaqiyatli bajarilishi aloqa sohasi subyektlarida buxgalteriya hisobi va auditning predmetini tashkil qiluvchi barcha turdagi aloqa xizmatlari, ularga doir daromadlar, sarf-xarajatlar, soliq to'lovlari, hisob-kitoblarva moliyaviy hisobotning boshqa elementlarini tasniflash, tavsiflash, tan olish, baholash, o'lchash hamda ular hisobi va auditiniyaxlit tarzda, shuningdek segmentlar kesimida xalqaro standartlar asosida takomillashtirishni, jahon tajribasida keng qo'llanilayotgan mobil aloqa xizmatlari bo'yicha hisob-kitoblarni billing, rouming va hisobning kompyuterlashtirilgan tizimlari asosida takomillashtirish bo'yicha to'plangan ilg'or ilmiy-texnik yutuqlar va tajribalarni mamlakatimizda keng tadbiq etish yo'llarini chuqur tadqiq etishni obyektiv zarurat qilib qo'ymoqda.
Hozirgi davrga kelib telefon aloqasi juda muhim va kerakli voqyelik ekanligini ko'rsatdi va bu holatni ta'rif-tavsiflashga hyech qanday ehtiyoj qoldirmadi. Biroq o'tgan davr mobaynida telefon aloqasi xizmati va bu sohadagi uskunalar takomillashib, rivojlanib borishi bilan birga, undan foydalanuvchilar sonining ko'payib borishi va natijada telefon aloqasi xizmatini ko'rsatuvchi
shaxslar va undan foydalanuvchilar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar rivojlanib, tobora murakkablashishiga olib keldi. Bu esa o'z navbatida, telefon aloqasi xizmatining huquqiy tartibga solish zaruratini vujudga keltirdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'Ktamovich, P. L. X., & Boxodirovich, E. F. (2022). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda buxgalteriya hisobni o'rni. Journal of marketing, business and management, 1(2), 120-124.
2. Sindarkulovna, Karshiboyeva Shoira. "Aloqa xizmatlari ko'rsatish tizimining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish." PEDAGOGS jurnali 33.2 (2023): 37-39.
3. Razzaqova, Durdona Adashboy Qizi. "Raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning roli va ahamiyati." Scientific progress 2.8 (2021): 243-249.
4. Ilhomjon o'g'li T. K. et al. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 3. - С. 87-92.
5. Ilhomjon o'g'li, Turdaliyev Kamronbek, et al. "Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati." Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. Vol. 1. No. 3. 2022.