Научная статья на тему 'MASOFADAN BANK XIZMATLARI KO‘RSATISH MASALALARI'

MASOFADAN BANK XIZMATLARI KO‘RSATISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
349
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
informatsion tizim / tranzaktsion jarayon / internet-banking / SMS-banking / mobil banking / bank va mijoz. / информационная система / транзакционный процесс / интернет-банкинг / SMS-банкинг / мобильный банкинг / банкинг и клиент.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdumannonov Bekzod Maxsudovich, Yoldoshov Shaxboz Sheraliyevich

Bank-mijoz – bu kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Банк-клиент это система, которая реализуется с помощью компьютерных программ, в которой на компьютере клиента установлена специальная программа. Эта программа хранит все данные клиента на компьютере (в основном платежные документы и выписки со счетов). Прямая связь осуществляется между Банком и компьютером клиента через модем.

Текст научной работы на тему «MASOFADAN BANK XIZMATLARI KO‘RSATISH MASALALARI»

MASOFADAN BANK XIZMATLARI KO'RSATISH MASALALARI

Abdumannonov Bekzod Maxsudovich

SamISI "Menejment" kafedrasi assistent-stajyori, telefon: (88) 933-05-28, e-mail: babdumannonov1982@gmail .com

Yoldoshov Shaxboz Sheraliyevich SamISI 3-bosqich talabasi, telefon: (88) 911-47-01, e-mail: [email protected]

Annotatsiya: Bank-mijoz - bu kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladigan tizim bo'lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o'rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma'lumotlarni saqlaydi (asosan to'lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko'chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o'rtasida modem orqali to'g'ridan-to'g'ri aloqa amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: informatsion tizim, tranzaktsion jarayon, internet-banking, SMSbanking, mobil banking, bank va mijoz.

Аннотация: Банк-клиент - это система, которая реализуется с помощью компьютерных программ, в которой на компьютере клиента установлена специальная программа. Эта программа хранит все данные клиента на компьютере (в основном платежные документы и выписки со счетов). Прямая связь осуществляется между Банком и компьютером клиента через модем.

Ключевые слова: информационная система, транзакционный процесс, интернет-банкинг, SMS-банкинг, мобильный банкинг, банкинг и клиент.

Abstract: A client bank is a system that is implemented using computer programs in which a special program is installed on the client's computer. This program stores all customer data on the computer (mainly payment documents and account statements). Direct communication is carried out between the Bank and the client's computer via a modem.

Key words: information system, transaction process, internet banking, SMS banking, mobile banking, banking and customer.

Kirish. Bugungi kunda aholi tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o'tkazish (P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirish, mikroqarz olish va kreditlarni so'ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda ssuda (kredit) hisob varaqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisob varag'idan to'lovlarni amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

Masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya. Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan

foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.

O'z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisob varaqlarini masofadan boshqarish tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisob varaqlaridagi mablag'larni tasarruf etish va to'lovlarni amalga oshirish, valyuta mablag'lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron shaklda xizmat ko'rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni o'tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo'yicha imkoniyatlar yaratildi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Mavzuga oid bir qator olimlarning tadqiqot ishlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Ularda olimlarning masofaviy bank xizmatlariga odi fikr-mulohazalari tahlil qilindi. Xususan, Rus iqtisodchi olimi V.K.Spilnichenkoning fikricha, "Bank hisob varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish bu informasion xizmatlarning kompleksi va mijozning hisob varag'i bo'yicha operatsiyalarni uning bankka tashrif buyurmasdan bergan topshirig'iga asosan bajarishdir". Bank hisob varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimi telekommunikatsiya tizimi orqali bankning ma'lumotlar bazasiga mijozning murojaatiga asoslanadi.

N.I.Lixodeyeva esa bank hisob varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish tizimini mijoz tomonidan komp'yuter texnologiyalaridan foydalangan holda bankka tashrif buyurmasdan ya'ni masofadan buyurtalar asosida bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyasi sifatida e'tirof etgan.

K.A.Zabrodiskaya, A.O.Zaxarova "Masofaviy bank xizmatlari - bankning mijozlariga bank hisob varag'iga masofadan xizmat ko'rsatish orqali optimal sharoit yaratish faoliyatidir"

Yuqordagi fikr-mulohazalarni umumlashtirgan holda bank hisob varaqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari - bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalari sifatida ta'rif berish mumkin.

Tadqiqot metologiyasi. Masofadan turib bank xizmatlarini ko'rsatish, ilmiy ishni amalga oshirishda tijorat banklarining masofaviy xizmatlarini rivojlantirishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og'zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli yo'nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.

Tahlil va natijalar. Masofaviy bank xizmatlarini ko'rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.

Masofaviy texnologiyalar mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.Masofadan xizmat ko'rsatish tizimi mijozlarga taqdim etilayotgan xizmatlarning xarakteriga ko'ra ikki turga bo'lish mumkin:

- informatsion;

- tranzaksion.

Informatsion banking mijozlarga moliyaviy ma'lumotlarni taqdim etishga yo'naltirilgan bo'lsa, tranzaksion banking moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Masofaviy bank xizmatlarining asosiy tamoyili mijoz va bank o'rtasida turli axborotlarning masofadan almashinuvi hisoblanadi. Bunda bank tomonidan mazkur amaliyotning xavfsizligi ta'minlanadi. Shuning uchun internet tarmog'i va oddiy brauzer, ya'ni mijozni tarmoqqa kirishini ta'minlovchi keng tarqalgan dastur orqali ishlashini ta'minlovchi onlayn-banking (internet-banking) tizimi keng qo'llaniladi.

Internet-banking - bu mijozlarning depozit hisob varaqlarini, jumladan bank kartalariga ochilgan hisob varaqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog'langan holda real vaqt davomida to'lovlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o'z ma'lumotlari (to'lov hujjatlari va hisob varaqlardan ko'chirmalar)ni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega.

Internet-banking texnologiyasi bank uchun ham, mijozlar uchun ham qo'shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o'z hisob varag'i bo'yicha bank amallarini bajarish uchun bankka bormasdan, internet orqali hohlagan joyidan, hohlagan vaqtida bajarish imkoniyatiga ega bo'lib, hisob varag'ining holati, mablag'ning kelib tushishi, to'lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma'lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijozning ham vaqtini ham naqtini tejab qolishga katta hissa qo'shadi va o'z mablag'larini tezkor boshqarish afzalligini yaratadi.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda:

• to'lovlarni o'tkazish;

• to'lov o'tishi bosqichlarini kuzatish;

• barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish

imkoniyatini yaratadi.

Internet-banking orqali mijoz o'z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o'z hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko'rishi va pul o'tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi mumkin bo'ladi. Shuningdek, "Uzcard" banklararo to'lov tizimi ishtirokchilari bo'lgan tijorat banklari bilan hamkorlikda "on-line" rejimida ishlaydigan milliy texnologik platformani yaratilishi internet-banking xizmatlari orqali real vaqt ichida mijoz o'z kartochka hisob varaqlarini boshqarishi, kommunal va boshqa to'lovlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatini beradi.

Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.

SMS-banking - bu bank mijozlarga ularning depozit hisob varaqlaridagi hamda bank kartalariga ochilgan hisob varaqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko'rinishdagi ma'lumotlarni olish tizimidir. Hisob varag'idan ma'lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMS-so'rovni yuborish kerak.

Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini

ber

ladi:

hisob varag'iga kelib tushgan mablag'lar; hisob varag'idan qilingan xarajatlar; hisob varaq balansi;

kun davomida o'tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma'lumot olish.

Masofadan bank xizmatlarini ko'rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilarning soni

1 yanvar holatiga

25 000 000

20 000 000

15 000 000

10 ooo 000

20 203 384

10 153 458

56 735 108 496 264 390 534 800

7 959 107

4 453 240

2 042 111

1 061 022

2012 2013 2014 201S 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

1-rasm. Masofaviy bank xizmatlari ko'rsatuvchi tizimlardan foydalanuvchilar

soni, 1 yanvar holatiga.

Yuqoridagi rasm ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, so'ngi uch yilda tizimdan foydalanuvchilar soni sezilarli ravishda ortishiga sabab bo'lgan.

Mazkur tizimning evolyusiyasiga to'xtaladigan bo'lsak, masofiviy bank xizmatlari tashabbuskorlar Yagona umumrespublika protsessing markazi (YURPM) va "CLICK" kompaniyasi sanaladi.

2013 yil 1-sentabridan boshlab Yagona umumrespublika protsessing markazi va "CLICK" kompaniyasining UZCARD-CLICK qo'shma loyihasi hayotga tatbiq etildi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekistondagi istalgan bankning barcha UZCARD online plastik kartalari foydalanuvchilari istalgan bank yoki infokioskda UZCARD SMS-axborot berish xizmatini mobil telefonga ulashlari mumkin. So'ngra SMS-axborot berish xizmati ulangan mobil telefondan bepul USSD so'rovini jo'natib, o'z UZCARD online plastik kartasini tizimga bog'lash zarur. Shundan keyin foydalanuvchi mobil telefon orqali plastik kartadan to'lovni amalga oshira oladi. Barcha to'lovlar vositachilik haqisiz amalga oshirilishi mazkur loyihaning farqlanuvchi xususiyati hisoblanadi.

Xulosa va takliflar. O'zbekistonda masofaviy bank xizmatlarini rivojlanish istiqbollari bo'yicha olib borgan tahlillar natijasida quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatish tizimini rivojlantirish bo'yicha har bir tijorat banki o'zining strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o'tkazish bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqish kerak bo'ladi. Bu tuzilgan yo'l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas'ul boshqarma hamda loyihani ishga tushirish muddati kabilar keltirib o'tilishi zarur.

2. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan masofaviy tarzda ko'rsatiladigan xizmat turlariga kommunal va boshqa to'lovlar, kartadan-kartaga pul o'tkazmalari, onlayn konversiya, onlayn omonat xizmatlari, shuningdek, ayrim banklarda chakana kreditlash xizmatlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, keyingi bosqichda ularning turini ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, xalqaro pul o'tkazmalariga integarsiyalashuv orqali xorijga mablag'larni jo'natish va qabul qilish, plastik kartalar virtual emisiyasi xizmatini kiritish kablar shular jumlasidandir.

3. Masofaviy bank xizmatlarini rivojlanishi mijozlarni identifikatsiya qilishga bo'lgan zaruriyatni yuzaga chiqarishi tabiiy holat. Shuni inobatga olgan holda, barcha mobil-bank xizmatlariga mijozga xizmat ko'ratishda xodimni identifikatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda, Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar bazasidan integratsiya qilish imkoniyatlarini yaratib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so'zi gazetasi, 23-dekabr 2018 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 23-mart 2018 yildagi "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3620-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank statistik byuleteni, 2018-2020

yillar

4. Спильниченко В.К. Трансформация банковских платежных систем в экономике России // Экономический журнал. 2012. № 2 (26).

5. Лиходеева Н.И. Применение электронного банкинга при заключении и исполнении банковских договоров [Текст] / Н.И.Лиходеева//Юридическая работа в кредитной организации. - 2014. - No2. - С. 23-27.

6. Забродиская К.А., Захарова А.О. Основы развития дистанционного банковского обслуживания. БГЭУ Белорусский государственный экономический университет. Библиотека. 2012 г. 57-63.

7. www.cbu.uz - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti

8. www.bankers.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.