Научная статья на тему 'RAQAMLI BANK XIZMATLARI VA UNING AFZALLIKLARI'

RAQAMLI BANK XIZMATLARI VA UNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5044
755
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Raqamli banking / raqamli bank / raqamli innovatsiyalar / mobil ilova / an’anaviy bank / aloqa markazlari / online kredit / online omonat / Digital banking / digital banking / digital innovation / mobile application / traditional banking / call centers / online credit / online deposit

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirzobek Komiljonovich Avezov

Raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo‘linmasi. Ushbu maqola doirasida “ANOR BANK” AJ faoliyati misolida “Raqamli bank” tushunchasiga ta’rif berib o’tamiz hamda raqamli bank xizmatlarining ayni damdagi holati va bankning faoliyati tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan an’anaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL BANKING SERVICES AND ITS ADVANTAGES

A digital bank is a bank or its subsidiary that provides remote banking services using innovative banking technologies. In this article, we will define the concept of "digital banking" using the example of the activities of ANOR BANK JSC and analyze the current state of digital banking services and the bank's activities. Also, as a result of comparing the activities of traditional banks and digital banks operating in the country, conclusions were drawn about the development of banking services in the country.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI BANK XIZMATLARI VA UNING AFZALLIKLARI»

RAQAMLI BANK XIZMATLARI VA UNING AFZALLIKLARI

Mirzobek Komiljonovich Avezov

Urganch davlat universiteti o'qituvchisi, Xorazm viloyati "Kelajak liderlari" klubi

a'zosi

[email protected] ANNOTATSIYA

Raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarini masofaviy ko'rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo'linmasi. Ushbu maqola doirasida "ANOR BANK" AJ faoliyati misolida "Raqamli bank" tushunchasiga ta'rif berib o'tamiz hamda raqamli bank xizmatlarining ayni damdagi holati va bankning faoliyati tahlil etilgan. Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan an'anaviy banklar va raqamli banklarning faoliyatini taqqoslash natijasida mamlakatimizdagi bank xizmatlarini rivojlantirish borasida xulosalar shakllantirilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli banking, raqamli bank, raqamli innovatsiyalar, mobil ilova, an'anaviy bank, aloqa markazlari, online kredit, online omonat

DIGITAL BANKING SERVICES AND ITS ADVANTAGES

ABSTRACT

A digital bank is a bank or its subsidiary that provides remote banking services using innovative banking technologies. In this article, we will define the concept of "digital banking" using the example of the activities of ANOR BANK JSC and analyze the current state of digital banking services and the bank's activities. Also, as a result of comparing the activities of traditional banks and digital banks operating in the country, conclusions were drawn about the development of banking services in the country.

Keywords: Digital banking, digital banking, digital innovation, mobile application, traditional banking, call centers, online credit, online deposit

Kirish. Bank xizmatlarini modernizatsiyalash va soddalashtirish tizimi mamlakat moliyaviy xizmatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, barcha sohalarda bo'lgani kabi, bank tizimiga ham keng joriy etilgan. Bank tizimida raqamli bankingni rivojlantirish iqtisodiy o'sishning asosiy masalalaridan biri ekanligi, ayniqsa butun dunyo bo'ylab hukm surayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ham yaqqol yuzaga chiqdi. Prezidentimiz bank tizimiga to'xtalar ekan, "Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalardan foydalanish, yangi bank mahsulotlari va dasturiy ta'minotni joriy etish bo'yicha zamonaviy talablardan ortda qolmoqda", deya ta'kidlagan. Bunda biz raqamli bank xizmatlarini ishlab chiqilishi

kerak bo'lgan masala sifatida tan olishimiz zarur. Muhim masalalardan biri bu foydalanuvchilarning bank tizimiga ishonchini oshiradigan va qulay xizmatlarni taklif etadiga raqamli bank tizimini rivojlantirish hisoblanadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatlarini ko'rsatmasdan) masofadan turib bank xizmatlarini ko'rsatuvchi bank yoki uning sho'ba korxonasi raqamli bank hisoblanadi. Bu butun bank yoki bank filialiga berilgan ta'rifdir. Raqamli banking bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga bank mahsulotlarini onlayn tarzda taqdim etish uchun dasturiy ta'minot to'plami sifatida ko'rib chiqilishi lozim. A.A.Gontarning ta'kidlashicha, "Raqamli banking - bu bank va uning mijozlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yangi shakli, shu jumladan raqamli, axborot va texnologiya strategiyalari sohasidagi iste'molchilar va tijorat mijozlari uchun moliyaviy xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar".

Tadqiqotchi olimlardan Suchat Tungjitnob, Kitsuchart Pasupa, Boontawee Suntisrivaraporn o'z tadqiqot ishlarida "Mobile banking" to'g'risida quyidagi fikrlarni bildirib o'tganlar "Bank mijozlari banklarning mobil ilovalari (mobile banking) yordamida istalgan joyda va istalgan vaqtda bank operatsiyalarini darhol amalga oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, mobil banking ilovasi qo'shimcha filiallarni ko'paytirish xarajatlarini kamaytiradi. Bank, shuningdek, ilovadan mijozlar ma'lumotlarini olishdan foyda oladi"

"Rivojlangan mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, elektron banking operatsion xarajatlarni kamaytiradi va shuning uchun banklar uchun katta foyda

keltiradi..... Raqamli banking daromad olish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi,

chunki ular qo'shimcha foizsiz manbalardan daromad keltiradi. Qulay bo'lgan elektron bank xizmatlari va mahsulotlarining joriy etilishi banklarga bo'lajak mijozlarni jalb qilish imkonini berdi va bu ularning bozordagi ulushini oshirish imkonini berdi".

O'zbekiston qonunchiligiga ilk marta raqamli bank tushunchasi 2018-yildan boshlab kiritilgan bo'lib, "Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida" Nizomning birinchi bandida raqamli bankka quyidagicha ta'rif berilgan:

"Raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatini ko'rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko'rsatuvchi bank yoki uning tarkibiy bo'linmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko'rsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi"

O'zbekistonda ilk bor "ANOR BANK" AJ 2020-yil sentyabr oyidan raqamli bank sifatida birinchi onlayn xizmatlarini ishga tushirgan hamda hozirgi kunda bir qator zamonaviy bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.

Tahlil va natijalar. Boston Consulting Group analitiklarining hisoblashlariga ko'ra, raqamli iqtisodiyot bo'yicha boshqa rivojlanayotgan davlatlar yetakchilardan o'rtacha 8-10 yilga orqada qolgan. Ammo agarda hech qanday chora-tadbirlar ko'rilmasa, 3-5 yildan so'ng orqada qolish 15-20 yilga ham yetishi mumkin. "Industriya 4.0" konseptsiyasi doirasida ushbu ko'rsatgich milliy iqtisodiyotning investitsion raqobatbardoshlik reytingi ko'rsatgichini aniqlashda asosiylaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda bank sohasi dunyo bo'ylab raqamli qurollanish poygasiga kirishgan. 2018-yilda dunyo banklari raqamli banking imkoniyatlari uchun 9.7 mlrd. AQSH dollari miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Ko'pchilik tijorat banklarida onlayn va mobil bank dasturlarini yaratish va rivojlantirish odatiy bank filiallari va ATMlarni ko'paytirishdan ko'ra muhimroq deb qaralmoqda.

Dunyo bo'ylab banklar allaqachon raqamli texnologiyalarga investitsiyalar qanday bo'lishi mumkinligi hamda mijozlarni jalb qilish va qoniqish hosil qilish haqida tushunib yetmoqda. Misol uchun Amerika banki an'anaviy bank filiallariga qaraganda ko'proq onlayn depozitlar qabul qilgan. Bankning Bosh ijrochi direktori Brayn Moynihaning fikriga ko'ra, raqamli bank xizmatlariga investitsiya kiritish mijozlarning ehtiyojini qondirishga yordam beradi.

Darhaqiqat, "Raqamli bank" tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa davlatlarida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o'z mijozlariga yanada qulaylik va foydali xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan keng foydalanadi.

Afsus bilan qayd etish lozimki, jahon iqtisodiy forumi ma'lumotlariga ko'ra mamlakatimiz bu ko'rsatgich bo'yicha oxirgi o'rinlardan birida turadi. Moliyaviy sektorda huddi shu tufayli ro'y berayotgan salbiy oqibatlarni yengib o'tish uchun milliy iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng ko'lamda qo'llashga erishish asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Raqamli banking usullarini qo'llash, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash va mobil tizimlar rivojlanishiga alohida ahamiyat berish moliyaviy bozorlar va banklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF5296-sonli farmoni1 imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan "raqamli" banklar va bank bo'linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini yanada kengaytirish vazifasi yuklatilgan.

Shunga ko'ra, O'zbekistonda 2020 yilda "Anorbank" va "TBC bank"lar raqamli bank sifatida ro'yxatga olindi. Bugungi kunda raqamli bank sanalmish "Anorbank" o'z mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to'liq raqamli xizmatni taqdim etmoqda. Bu shuni anglatadiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank

1 https://lex.uz/ru/docs/-3494933

Uzbekistan

xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Ya'ni, raqamli bank tizimida mijozga mobil dasturi, mobil dasturga asosan esa yuqori texnologiyali IT-infratuzilma bilan ta'mirlangan bank operatsiyalarining yuqori moslashuvchanligi taqdim etiladi.

An'anaviy va raqamli banklar orasidagi asosiy farqlar2

An'anaviy banklar Raqamli bank

Bank filiallar tarmoqlarining har bir tuman, shahar va viloyat kesimida faoliyat yuritishi, sifat darajasiga e'tiboming sustligi; bank filiallari tarmog'ining kengaytirilmasligi

Bank-mijoz o'rtasida onlayn aloqa o'rnatish holatining pastligi; bank-mijoz o'rtasida onlayn aloqa tizimining 100 foiz o'rnatilganligi

Mobil ilovalari ishlab chiqarilgan ammo mobil ilovalarda oddiy kartadan-kartaga pul o'tkazish yoki kommunal to'lovlar to'lash jarayonlarida doimiy muammolar mavjud bo'lib, ko'p holatlarda tizimda uzilishlar kuzatiladi sifatli va foydalanuvchilar uchun qulay bo'lgan mobil ilova

bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar chiqariladi, ammo ko'p holatlarda tanish-bilishchilik katta rol o'ynaydi (agar tanish bo'lmasa, o'sha mijoz 3 oy va undan ko'p muddatga sarson-sargardonlikda yuradi) bozor talablariga javob beruvchi omonatlar va kreditlar uchun eng qulay sharoitlar (ya'ni, mijoz talabidan kelib chiquvchi) va tez fursatlarda xizmat ko'rsatish

24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlari nomigagina faoliyat yuritadi, mijoz bir savoliga javob olish uchun bankning barcha bo'limlari mutaxassislari bilan so'zlashishiga to'g'ri keladi. Mijoz vaqti, telefon aloqa xizmati uchun mijoz tomonidan to'lanadigan summa hisobga olinmaydi tezkor, sifatli, qulay va 24/7 rejimida javob beruvchi aloqa markazlarining mavjudligi

Asosan ish haqi ma'lumotnomasi va boshqa qo'shimcha hujjatlar so'raladi Ortiqcha hujjatlarning talab etimasligi

Boshqaruvning markazlashganligi va inson omili katta ro'l o'ynashi Dastur tomonidan xizmat ko'rsatilishi va inson omilining hissasi nisbatan kamayishi

Bank xarajatlarining ko'pligi natijasida xizmatlar tannarxining yuqoriligi Xizmatlar tannarxining arzon bo'lishi (yirik bino va ofislarga zaruriyatning yo'qligi)

Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turganidek raqamli banklar asosan mijozlarning qulayligiga xizmat ko'rsatadi. Garchi an'anaviy banklar ham o'z mobil ilovalarini yaratayotgan va 24/7 rejimdagi aloqa markazlarini faoliyatini yo'lga qo'yayotgan bo'lsa ham ularning faoliyati va boshqaruvi markazlashgan holda amalga oshiriladi. Bu esa mijozlarning bank xizmatlaridan qoniqish darajasiga salbiy ta'sir o'tkazadi.

ANORBANK mobil ilovasida mavjud imkoniyatlar:

2 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

- NFC orqali Face ID bilan oson ro'yxatdan o'tish

- Qulay interfeys

- Aqlli o'tkazma

- Kartalarni buyurtma qilish va yetkazib berish

- Valyuta ayirboshlash operatsiyalari

- Xizmatlar bo'yicha to'lovlar

- Kreditlarni rasmiylashtirish

- Omonatlarni ochish va boshqarish

- Life ID orqali xavfsizlikni boshqarish

- Kartalarni bloklash

- Hisob-raqamlar va kartalar o'rtasida o'tkazmalar

- Kartalar va hisob-raqamlar bo'yicha ma'lumotnoma va ko'chirmalar

- Avtoto'lovlar.

ANORBANK rivojlanish strategiyasining asosi - mijozlarga yo'naltirilganlik bo'lib, u o'zida bir qator elementlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, sezgirlik va yordam berish istagi, yondashuvning soddaligi, odamlarga hayotda va biznesda bir qadam oldinda bo'lish imkoniyatini berish, har qanday mijozga individual yondashuvni saqlab qolish va ma'lumotlarni qayta ishlashda xavfsizlikni ta'minlash bilan har qanday so'rovni iloji boricha tezroq bajarishga yo'nalganlik.

Ushbu say harakatlar va strategiya natijasi o'laroq 2021-yilda Anorbank quyidagi natijalarga erishdi:

- butun Respublikaga xizmat ko'rsatish boshlandi;

- jamoadagi xodimlar soni 850 taga yetdi;

- mijozlar bazasi 115 000 gacha ko'tarildi, 100 000 bank kartasi chiqazildi va depozit uchun jismoniy shaxslardan 350 mlrd. so'mni jalb qilindi;

- hamkorlari soni 2500 dan oshdi;

- ikki yuzdan ortiq tashkilotlar umumiy hisobda 20 mlrd. so'm nominalli oylik maoshlarni Anorbank orqali o'tkazishdi;

- ilovani 270 000 marta yuklab olindi, ilovadan har kuni faol foydalanuvchilarning soni esa 40 000 dan ko'p.

Xulosa va takliflar. Demak, moliyaviy xizmatlarning raqamli transformatsiyasi bank mijozlari uchun keng imkoniyatlar yaratib, moliyaviy faollikni oshirish uchun muhim bosqich sanalish bilan birga, mijozlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Ya'ni, raqamli banklarning istiqbollaridan biri, bu moliyaviy tarmoqlarni raqamlashtirish evaziga xizmatlar tannarxi 40-60 foizgacha pasaytirilishiga erishiladi. Mijozlar bankka tashrifi, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ketadigan vaqt hamda mablag'larini tejashiga imkon yaratadi.

Bir so'z bilan aytganda, tijorat banklarining transformatsiya jarayoni va raqamli bank tizimida ishlashga o'zgarishi bu - yangi axborot texnologiyalarini rivojlanishi va butun dunyo bo'ylab faol tarqalishiga javob hisoblanadi hamda raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Boshqacha aytadigan bo'lsak, raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish mamlakat bank-moliya tizimi ravnaqining muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.

Yuqoridagi raqamlar shundan darak beradiki, bank jadal rivojlanish va mijozga yo'naltirilganlik tamoyili asosida taklif etayotgan sifatli xizmatlari mijozlar tomonidan keng qabul qilinmoqda va bank mijozlari soni kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa mamlakatimiz bank-moliya tizimida yangi raqamli bank tendensiyasi boshlanganligidan darak beradi. Shu sababli hozirda an'anaviy faoliyat yuritayotgan banklar ham raqamli bank xizmatlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratishlari zamon talabiga aylanib bormoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Murojaatnoma 2020-yil 25-yanvar

2. Khudoykulov, H. A., & Sherov, A. B. (2021). DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN CORPORATE GOVERNANCE OF JOINT STOCK COMPANY. Экономика и бизнес: теория и практика, (3-2), 217-219.

3. Маткулиева, С., & Атабаева, К. (2022). РОЛЬ ЦИФРОВЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ В РАЗВИТИИ ОТРАСЛЕЙ И ОТРАСЛЕЙ ЭКОНОМИКИ. Scientific progress, 3(2), 360-363.

4. Шеров, А. (2017). Олий таълим муассасаларига бюджетдан ташкари маблагларни жалб этишни такомиллаштириш. "Biznes-Эксжрт", (3 (111)), 3.

5. Gontar A.A. Digital banking as one of the components of the economic security of a credit organization// Bulletin of the Volzhskiy University im. VN Tatishcheva. - 2017. - T.1. - no. 4

6. А. Б. Шеров, & Ш. Б. Юсупов (2021). ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ЭФФЕКТИВНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ДЕНЕЖНО-КРЕДИТНОЙ ПОЛИТИКИ В СТРАНЕ. Scientific progress, 2 (1), 605-609.

7. Suchat Tungjitnob, Kitsuchart Pasupa, Boontawee Suntisrivaraporn "Identifying SME customers from click feedback on mobile banking apps: Supervised and semi-supervised approaches". Volume 7, Issue 8, August 2021, e07761

8. А. Б. Шеров, & Х. М. Раджабов (2021). КОММЕРЧЕСКИЕ БАНКИ КАК СУБЪЕКТ ФИНАНСИРОВАНИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ. Scientific progress, 2 (1), 889-893.

9. Thabani Nyoni va boshqalar "The impact of digital banking on the perfomance of commercial banks in Zimbabwe". IJARIIE-ISSN(O)-2395-4396 Vol-6 Issue-6 2020

10. Bakberganovich, S. A. (2021). Ways to Increase the Efficiency of Financing Higher Education Institutions. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 49-56.

11. А. Б. Шеров, & Х. А. Худайкулов (2021). ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ КОММЕРЧЕСКОГО БАНКА НА МИРОВЫХ ФИНАНСОВЫХ РЫНКАХ. Scientific progress, 2 (1), 1261-1265.

12. Taylor Nicole Rogers, "Bank of America finally sees mobile deposits surpass inperson transactions," The Street, July 16, 2018

13. Sherov, Alisher Bakberganovich , & Ruzmetova, Gulira'No Atabekovna (2022). O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIM TIZIMI BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR VA UNI MOLIYALASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (2), 264-270.

14. Ibodov, A., & Sherov, A. (2015). Analysis of bank risks in Uzbekistan. Scientific enquiry in the contemporary world: theoretical basics and innovative approach [L 26], 1, 60-63.

15. Кучкаров, Ш., & Шеров, А. Б. (2022). СЕМЕЙНОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО И ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТЬ. Барцарорлик ва Етакчи Тадцицотлар онлайн илмий журнали, 2(1), 154-157.

16. www.Anorbank.uz - "Anor bank" AJning rasmiy sayti

17. www.lex.uz - O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.