INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TIJORAT BANKLARINING INNOVATSION BANK XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISHDA YANGI BANK XIZMATLARINI AMALIYOTGA TADBIQ
ETISH
To'layev Safarmurod Boymuhammad o'gli
Turonbank ATB Chilonzor filiali Korporativ Biznes bo'limi yetakchi mutaxassisi, Toshkent
Moliya instituti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7178262 Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklari faoliyatini rivojlantirib borish, fan va texnologik yangiliklarni bank faoliyati amaliyotida toboro kengroq qo'llash haqida so 'z boradi. Maqola so'ngidafikr-mulohaza vaxulosalar berib o'tilgan.
Kalit so'zlar: bank faoliyati, texnologiya, modernizatsiyalash, innovatsion bank xizmatlari.
ВНЕДРЕНИЕ НОВЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ В РАЗВИТИЕ ИННОВАЦИОННЫХ БАНКОВСКИХ УСЛУГ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ Аннотация. В данной статье говорится о развитии коммерческих банков, более широком применении научно-технических новшеств в банковской практике. Мнения и выводы приведены в конце статьи.
Ключевые слова: банковская деятельность, технологии, модернизация, инновационные банковские услуги.
IMPLEMENTATION OF NEW BANKING SERVICES IN THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE BANKING SERVICES OF COMMERCIAL BANKS Abstract. This article talks about the development of commercial banks, the wider application of scientific and technological innovations in banking practice. Opinions and conclusions are given at the end of the article.
Keywords: banking activity, technology, modernization, innovative banking services.
KIRISH
Mustaqillik yillarida Respublikamizda ham bank tizimida ahamiyatli ijobiy o'zgarishlar kuzatildi. Xususan, tijorat banklar faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi bir qator muhim qonun-hujjatlar qabul qilindi va ushbu sohaning milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmog'i tashkil etuvchi sifatidagi rivoji uchun katta shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. "Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 23.03.2018 y. № PQ-3620 amalga oshirish uchun zarur qonuniy-huquqiy baza shakllantirilgani, uni faol rivojlantirish uchun amaliy iqtisodiy rag'batlar va yangiliklar hamda preferensiyalar yaratilgani, litsenziyalar berish tizimi sezilarli darajada soddalashtirilgani va liberallashtirilgani qayd etib o'tish lozim. Bank faoliyatini rivojlantirib borish, fan va texnologik yangiliklarni bank faoliyati amaliyotida toboro kengroq qo'llash katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalariga xizmat qilishda asosiy vazifalardan biri sifatli, arzon va qulay xizmatlarni taklif qilish hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida tijorat banklari tomonidan innovatsion bank xizmatlarini takomillashtirish va uning ustidan nazorat sifatini oshirish, xalqaro tijorat banklari tajriba va amaliyotidan kelib chiqqan holda Respublikamizdagi tijorat banklarining ish sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat ekanligini bildiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Innovatsion bank xizmatlari zamonaviy iqtisodiyotda hamda moliyaviy xizmatlar bozorida nihoyatda muhim rol o'ynaydi. Chunki mijozlarga masofadan turib xizmat ko'rsatiladi. Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlari - bu mijozning masofadan bergan topshiriqlariga asosan (bankka kelmasdan) bank xizmatlarini taqdim etish texnologiyalaridir. Asosan kompyuter va telefon tarmoqlari orqali amalga oshiriladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko'rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz - bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo'lib, bunda mijozning kompyuteriga maxsus dastur o'rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma'lumotlarni saqlaydi (asosan to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar). Bank va mijozning kompyuteri o'rtasida modem orqali to'g'ridan-to'g'ri aloqa amalga oshiriladi.
Internet-banking - bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan plastik kartalarga ochilgan hisobqaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi mijozning masofadan bank bilan bog'langan holda real vaqt davomida to'lovlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb -brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi bankning veb-serverda joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o'z ma'lumotlari (to'lov hujjatlar va hisobvaraqlardan ko'chirmalar)ni ko'rib chiqish imkoniyatiga ega. Internet-banking xizmati orqali mijoz o'z ish joyida yoki boshqa o'ziga qulay sharoitda:
• to'lovlarni o'tkazish;
• to'lov o'tishi bosqichlarini kuzatish;
• barcha hisobotlarni olish kabi barcha amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Internet-banking orqali mijoz o'z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib o'z hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko'rishi, pul o'tkazmalarini tayyorlab bankga uzatishi mumkin bo'ladi. Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratilgan. U hamda MBANK kabi ilovalar orqali ishlatiladi. Har bir moliya kredit tashkiloti yani banklar o'z mijozlariga o'zlarini logotiplari ostidagi ilovalar ishlab chiqadilar va o'z mijozlariga xizmat ko'rsatadilar. Ushbu dastur (ilova) Android va iOS platformalarida ishlaydigan mobil telefonlar uchun mobil ilovadir. Ularda:
• Xabarlar va bildirishnomalarni shakllantirish;
• Elektron hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash;
• To'lov topshiriqlarini jo'natish;
• Hisobni boshqarish kabi xizmatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu xizmat turi iOS yoki Android operatsion tizimlaridan foydalanuvchi mobil telefon foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lib bu ilovalar doimiy ravishda yengilanib boriladi.
MUHOKAMA
SMS-banking - bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda plastik kartalarga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko'rinishdagi ma'lumotlarni olish tizimidir. Ilgari hisobvarag'idan ma'lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga belgilangan SMSso'rovni yuborish kerak bo'lgan. Hozir kunda hisobraqamdagi operatsiyalar haqida malumot avtomat ravishda SMS habar ulangan abonent raqamiga keladi. Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni bajarish imkoniyatlarini beriladi:
• hisobvarag'iga kelib tushgan mablag'lar;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
• hisobvarag'idan qilingan xarajatlar;
• hisobvaraq balansi;
• kun davomida o'tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma'lumot olish imkoniyatini beradi.
XULOSA
"Internet banking" xizmati mijozlarga onlayn-to'lov shaklida bank xizmatlari uchun, soliq, davlat bojlari uchun hamda boshq to'lovlarni bank binosiga kelmagan holda, masofadan turib amalga oshirish imkonini bergani uchun bank mijozlari tomonidan foydalanib kelmoqda. Yildan yilga yengiliklarni joriy etish hamda qulayliklar yaratish natijasida banklar tomonidan mijozlarga zamonaviy bank xizmati turlaridan biri hisoblangan «Internetbanking» elektron to'lov tizimi bilan tanishishni va undan foydalanishni taklif etadi. Buning uchun banklarning saytida hamda bank filiallari mijozlar bilan ishlash bo'limida «Internet-banking» tizmiga ulab mijozlarga tushintilish ishlari olib bo'riladi. Bu tizim kompyuter dasturiy tizimi bo'lib, u mijozga ofisdan (uydan) chiqmagan holda, kommunikatsiya aloqa kanallaridan (internet) foydalanish natijasida, o'zining bank hisobraqamini boshqarish va nazorat qilishda keng imkoniyatlarni yaratadi.
REFERENCES
1. "2022 — 2026-YILLARGA MO'LJALLANGAN YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO'G'RISIDA" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son.
2. "2022 — 2026-YILLARDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INNOVATSION RIVOJLANISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2022 yildagi PF-165-son.
3. Norqobilov S., Dadaboeva H., Jo'raev O'. Xalqaro amaliyotda bank nazorati. -T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2017. 35- 71 b.
4. Omonov A.A. "Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish". T.: "Fan va texnologiya" Monografiya, 2008 yil. 248 b.
5. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. O'quv qo'llanma TDIU, "MAX-PRINT" MChJ, 2008.-432 b.
6. Toymuxamedov I.R. Bank ishi. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashiryoti, 2005. - 185 b.