Научная статья на тему 'ALOQA XIZMATLARINING BUGUNGI XOALTI'

ALOQA XIZMATLARINING BUGUNGI XOALTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
26
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ALOQA / XIZMAT / BUXGALTERIYA HISOBI / DAROMAD / MOBIL ALOQA

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ergashev X.X., Shirinov U.A., Hamidov D.

Maqolada aloqa xizmatlarining bugungi xolati, ularda hisob yuritishdagi muammolar haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT STATE OF COMMUNICATION SERVICES

The article talks about the current state of communication services, the problems in accounting.

Текст научной работы на тему «ALOQA XIZMATLARINING BUGUNGI XOALTI»

ErgashevX.X., i.f.n.

SamISI Shirinov U.A., PhD.

SamISI Hamidov D., magistr SamISI

ALOQA XIZMATLARINING BUGUNGI XOALTI

Annotatsiya: Maqolada aloqa xizmatlarining bugungi xolati, ularda hisob yuritishdagi muammolar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: aloqa, xizmat, buxgalteriya hisobi, daromad, mobil aloqa.

Ergashev H.K., i.f.n.

SamIES Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Hamidov D., master SamIES

CURRENT STATE OF COMMUNICATION SERVICES

Abstract: The article talks about the current state of communication services, the problems in accounting.

Key words: communication, service, accounting, income, mobile communication.

Jahonda aloqa sohasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muhim "lokomotivi" sifatida tan olingan. Manbalarga ko'ra, "Yevropa Kengashiga kiruvchi davlatlarda mehnat unumdorligini oshishidan olingan 50 % samara aloqa hisobidan erishiladi; internet xizmatlariga investisiyalarni 10% ga oshishi yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni 1-2%ga oshishiga olib keladi; 2020 yilning boshiga dunyo miqiyosida 4,5 milliarddan ortiq odamlar internetdan foydalanmoqda, 3,8 milliarddan ortiq odamlar ijtimoiy tarmoqqa kirmoqda, 5,19 milliarddan ortiq kishilar mobil telefonga ega; internetga murojaatlarning 53 foizi mobil telefonlar, 44 foizi shaxsiy kompyuterlar orqali amalga oshirilmoqda; 64% britaniyaliklar savdo sotiqlarni mobil aloqa orqali onlayn rejimida amalga oshiradilar"5. Ushbu holatdan ko'rinib turibdiki, bugungi kunda

5ИКТ-компетенции как фактор социально-экономического развития России / Под ред. Ю. Е. Хохлова, С. Б. Шапошника. М.: Институт развития информационного общества, 2012. - 74 с.; Услуги в современной экономике. М.: ИМЭМО РАН, 2010. 42 с.; 1СТБа1аа^81а115ЙС5. 1п1егпайопа1Те1есоттитса1юпипюп [Электронный ресурс]. - Режим доступа: http://www.itu.int/ITU-D/ict/statistics/; -

81аЙ511саШа1аЬазе [Электронный ресурс]. - Режим доступа:

dunyoda aloqa xizmatlarining segmentar hisobi va auditni takomillashtirish o'ta dolzarb masala hisoblanadi.

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki 2013 yilda aloqa xizmatlari 2039,9 mlrd. so'm bo'lgan bo'lsa 2020 yilga kelib 8812,2 mlrd. so'mni tashkil etgan. Bu esa 2020 yilga kelib aloqa xizmatlari 4 barobar oshganligini ko'rsatadi.

2019-2020 yillarda telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xalqaro internet tarmog'iga ulanishning umumiy o'tkazuvchanlik qobiliyati 1200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutasiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog'iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.

Aloqa xizmatlari sohasi iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hamda boshqa tarmoqlardan turli jihatlari bo'yicha farq qiladigan tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. Ushbu o'ziga xos xususiyatlar hamda farqli jihatlar aloqa xizmati turlarining mazmun va mohiyatida, ularni ko'rsatish texnikasi va texnologiyasida, yaratilayotgan mahsulot turlarida, bu mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadni tan olishning o'ziga xosligida, ularni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilishida, ko'rsatilayotgan xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar tarkibida, ular tannarxini shakllantirishda, hisob ma'lumotlarini tegishli schyotlarda va hisobotning tegishli moddalarida aks ettirilishida, buyurtmachilar bilan hisoblashishlarda, soha subyektlarini soliqqa tortish bo'yicha davlat siyosatining o'ziga xosligi va boshqa tomonlarida yorqin namoyon bo'ladi.

http://unctadstat.unctad.org/ReportFolders/reportFolders.aspx; https://www.web-canape.ru/business/internet-2020-globalnaya-statistika-i-trendy/

1 - rasm. O'zbekiston Respublikasi aloqa xizmatlarining 2019 yilga

ko'rastkichlari.6

Ushbu va boshqa jihatlardagi xususiyatlar hamda farqli jihatlar, bir tomondan, aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarni o'ziga xos hisob birliklari ekanligidan, ikkinchi tomondan, ushbu subyektlarda soha xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiruvchi o'ziga xos buxgalteriya hisobi tizimi mavjudligidan ham darak beradi. Respublikamizda aloqa xizmatlari sohasini rivojlantirishning ustuvorligi mazkur soha subyektlarida boshqaruvning muhim dastagi bo'lgan buxgalteriya hisobini ham doimiy ravishda takomillashtirishni, undagi mavjud muammolarni chuqur tadqiq etishni, shu asosda ularni hal qilish yo'llarini ilmiy asoslashni obyektiv zarurat qilib qo'yadi.

Ta'kidlash joizki, aloqa xizmatlari sohasi subyektlarida buxgalteriya hisobining nazariy, metodologik va tashkiliy muammolari respublikamizda yetarlicha tadqiq etilmagan, ular davriy adabiyotlarda ham yetarlicha yoritilmagan. Aloqa xizmatlari sohasi subyektlarida buxgalteriya hisobining hozirgi holatini amaliy jihatdan o'rganish ularda o'z yechimini kutayotgan qator dolzarb muammolar borligini ko'rsatmoqda.

Eng muhim va dolzarb muammolardan biri bo'lib aloqa xizmatlarining hisob obyektlari sifatidagi yaxlit tasnifiy asoslarini yaratish hisoblanadi. Hozirgi paytda aloqa xizmatlarining hisob obyektlari sifatidagi tasnifiy asoslari

6 https://mitc.uz/uz/pages/communication

respublikamizda amalda bo'lgan buxgalteriya hisobiga oid me'yoriy hujjatlarda belgilanmagan. Ushbu xizmatlarining hisob obyektlari sifatidagi tasnifiy asoslari hamda ular hisobini yuritish tartiblari buxgalteriya hisobiga oid adabiyotlarda ham yetarlicha ochib berilmagan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sindarkulovna, Karshiboyeva Shoira. "Aloqa xizmatlari ko'rsatish tizimining mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish." PEDAGOGS jurnali 33.2 (2023): 37-39.

2. Nosirov B. Mintaqadagi qishloq aholisiga aloqa va axborot xizmatlari ko'rsatishni ekonometrik modellashtirishni indikativ rejalashtirish //International Scientific and Practical Conference on Algorithms and Current Problems of Programming. - 2023.

3. Ilhomjon o'g'li T. K. et al. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati //Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 3. - С. 87-92.

4. Oblokulovich K. S., Shuxratovna M. S. Samarqand viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida xizmatlar sohasining roli va rivojlanish holati //o6pa3oBaH^ HayKa и иннoвaциoнныe идеи в мире. - 2023. - Т. 23. - №. 6. - С. 52-59.

5. Alieva, G. I. "Xizmatlar sohasini raqamli iqtisodiyot sharoitida rivojlantirish imkoniyatlari." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.3 (2023): 503-509.

6. Jamshidbek To'xtasin o'g U. et al. Boshqaruv texnologiyalarining rivojlanish evolyutsiyasi //models and methods for increasing the efficiency of innovative research. - 2022. - т. 2. - №. 18. - с. 57-61.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.