Shirinov U.A., PhD.
SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistranti SamISI
SUG'URTA TASHKILOTLARIDA DAROMADLAR AUDITINI TASHKIL ETISH MASALALARI
Annotatsiya. Maqolada sug'urta tashkilotlarida asosiy faoliyatidan olinadigan daromadlar auditi maqsadi, axborot ta'minoti, audit o'tkazsih ketma ketligi, audit rejasi va dasturini ishlab chiqish tartiblari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: sug'urta faoliyati, sug'urta auditi, audit rejasi, audit dasturi, audit ketma ketlifi, sug'urta daromadi.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. graduate student SamIES
ISSUES OF ORGANIZING REVENUE AUDIT IN INSURANCE
ORGANIZATIONS
Abstract. The purpose of the audit of income from the main activities of insurance organizations, information supply, the sequence of the audit, the procedures for developing the audit plan and program are revealed in the article.
Key words: insurance activity, insurance audit, audit plan, audit program, audit sequence, insurance income.
Bugungi kunda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo'lib, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining
sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo'lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me'yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o'rin tutib, u ushbu kasb bilan shug'ullanishning muayyan me'yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e 'tibor qaratilmoqda.
Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O'zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo'jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.
Prezidentimiz qator nutqlarida sug'urta faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ta'kidlaydilar: "Sug'urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir."38.
Sug'urta faoliyati o'ziga xos xususyaitga ega audit obyektlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Sug'urta sohasidagi auditorlik faoliyatini o'ziga xosligi, avvalo, bu borada maxsus sug'urta qonunchiligi mavjudligi, mazkur sohada buxgalteriya hisobini yuritishni, soliqqa tortishning, buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini tayyorlashning o'ziga xos qoidalari mavjudligi hamda ular daromadlarini tan olinishi, xarajatlarni shakillanishi va xujjatlarning rasmiylashtirilishlari boshqa soha korxonalaridan tubdan farq qilishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham bu sohadagi mavjud qonunchilik va me'yoriy hujjatlar juda tezkorlik bilan o'zgarib turgan va nihoyatda ko'payib borayotgan hozirgi sharoitda sug'urta auditi bo'yicha o'kuv va amaliy qo'llanmalarni ishlab chiqish zaruriyatini tug'diradi.
Sug'urta faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va xarajatlar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi.
Sug'urta tashkilotlarida samarasiz xarajatlarni vujudga kelishi, talon taroj qilinishi mazkur soha subyektlarida pirovardida zarar ko'rishlariga olib kelad i. Zarar ko'rish, tabiiy holda, sug'urta tashkilotlarining moliyaviy ahvolini yomonlashuviga, qolaversa sinishiga olib kelishi mumkin. Aynan shu holga tushmaslik uchun sug'urta tashkilotlari rahbarlari barcha amalga oshirilayotgan xarajatlarni, ishlab chiqarish jarayonlari, ulardan olinayotgan daromadlar, qilinayotgan sarflar va boshqa ko'rsatkichlar to'g'risida real axborotlarga ega bo'lishlari lozim. Bunday axborotlar boshqaruv organi rahbarlari va xodimlariga tegishli qarorlarni qabul qilishlariga imkon beradi.
Sug'urta faoliyatini auditor auditni taxmin qilinayotgan ko'lami va o'tkazish tartibini bayon etgan holda, auditning umumiy rejasini ishlab chiqishi
38 https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/sugurta-bozorini-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.html
va rasmiylashtirishi lozim. Audit dasturini ishlab chiqishda qo'llanma bo'lib xizmat qilishi uchun, audit umumiy rejasining hujjatli aks ettirilishi yetarli darajada batafsil bo'lishi kerak, bunda uning aniq shakli va mazmuni subyekt kattaligi, auditning murakkabligi hamda auditor qo'llayotgan aniq uslubiyat va texnologiyaga bog'liq.
Sug'urta faoliyati auditining umumiy rejasi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
DAROMADLAR AUDITINING REJASI
Tekshirilayotgan tashkilot: Audit davri Kishi-soatlar soni: Auditorlik guruhi rahbari: Auditorlik guruhi tarkibi: Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari
Rejalashtirilayotgan jiddiylik darajasi_
N Rejalashtirilayotgan ish turlari h s hi о v r
O'tkaz davri S ja ja m Izoxla
1 Moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobi registrlar ko'rsatkichlari bir biriga muvofiqligini tekshirish 02.03 05.03 2021 Soliyev K.
2 Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot to'g'ri tuzilganligini tekshirish 06.03 10.03 2021 Soliyev K.
3 Korxona daromadlari tarkibini urganish 07.03 08.03 2021 Soliyev K.
4 Boshqa shakldagi hisobotlar to'g'ri tuzilganligini tekshirish 09.03 16.03 2021 Soliyev K.
Auditor auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun kerakli bo'lgan, rejalashtirilgan auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi audit dasturini ishlab chiqishi va hujjatli rasmiylashtirishi lozim. Audit dasturi auditda ishtirok etayotgan auditor yordamchilari uchun yo'riqnomalar to'plami hamda ishni tegishli ravishda bajarilishi va aks ettirilishi yuzasidan nazorat qilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, audit dasturi auditning har bir bo'limi bo'yicha belgilangan vazifalar va auditning turli jabhalari yoki muolajalariga ajratilgan soatlar miqdori ko'rsatilgan vaqt byudjetidan iborat bo'lishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini umumiy reja va dasturni tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin.
Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini qayta ko'rish uchun asoslar paydo bo'lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan o'zgartishlarni, shuningdek, o'zgartishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi kerak.
Sug'urta tashkilotlari daromadlarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishda quyidagi ketma - ketlikga amal qilinishi, shuningdek, quyidagi ishlar oldinma-ketin bajarilishi kerak.
1. Daromadlarni har bir turi va ularni tekshirish ketma- ketligi belgilanadi.
2. Har bir daromad turi buyicha tekshirish testlarituzib chiqiladi va ular bo'yicha isbotu dalilllar to'planadi.
3. Daromad turlari bo'yicha tekshirish natijasi aniqlanadi.
Sug'urta xizmatlarini ko'rsatishdan olingan daromadlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortish bo'yicha belgilangan qoidalarni tartibga soluvchi me'yoriy - huqquqiy hujjatlar auditor tomonidan sug'urta faoliyatining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
Sug'urta tashkilotlari sug'urta xizmatlarini ko'rsatishdan olgan daromadlarini tekshirishda boshlang'ich hujjatlar asosiy ma'lumot manbasi bo'lib hisoblanadi. Auditor daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni boshlang'ich hujjatlar asosida oylik, choraklik, yarim yillik va yillik davrlar bo'yicha jamlaydi. Boshlang'ich hujjatlar bo'yicha isbotu dalillarni to'plash chog'ida ularni to'g'ri tuzilganligi tekshiradi, ulardagi baholarni va summaviy miqdorlarni shartnomalar bilan taqqoslaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Bahodirov, Z. (2023, March). Sug'urta bozorida qayta sug'urta qilishning o'rni. In " Conference on Universal Science Research 2023".
2. Yakubova, N. T. (2022). Sug 'urta tashkilotlarida qo 'llanilayotgan biznes jarayonlarining tarkibi va usullari. iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya.
3. Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. -T.: «Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2020, 564 bet.
4. Аудит. Укув кулланма /Тулахуджаева М.М., Жураев Т.И, Гулямова Ф.Г.ларнинг умумий тахрири остида. - Т.: БАМА нашр. Маркази. 1 том
5. Дустмуродов Р.Д. Аудит асослари. Дарслик.: Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2003;
6. Мусаев Х,.Н. Аудит. Дарслик. - Т.: Молия, 2003