Shirinov U.A., PhD.
SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI
SUG'URTA TASHKILOTLARI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya. Maqolada sug'urta tashkilotlarida auditning xalqaro standartlari asosida auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, o'tkazish hamda uni yakunlash bosqichlari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: sug'urta faoliyati, sug'urta auditi, xalqaro standart, audit bosqichlari, audit o'tkazish, audit ketma-ketligi.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES
IMPROVING THE AUDIT OF INSURANCE ORGANIZATIONS
Abstract. The article describes the stages of organizing, conducting and completing audits of insurance organizations based on international audit standards.
Key words: insurance activity, insurance audit, international standard, audit stages, audit, audit sequence.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining qonuniy-me'yoriy asoslari tarkibida auditorlik standartlari muhim o'rin tutib, u ushbu kasb bilan shug'ullanishning muayyan me'yorlarini belgilab beradi. Shu boisdan ham respublikamizda auditning milliy standartlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda xalqaro standartlarga tayanilmoqda. Respublikamizda ishlab chiqilayotgan auditning milliy standartlari, avvalo, O'zbekistonda shakllangan iqtisodiy madaniyat va xo'jalik yuritish uslubiga mos kelishi lozim.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida ko'pgina ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiyotning turli sohalarini jadal sur'atlar bilan rivojlanishi o'z navbatida sug'urta faoliyatida turli risklarning paydo bo'lish tezligini ham oshirib yuboradi. Zero, har qanday rivojlanish yangi-yangi noaniqliklar paydo bo'lishini oshirib yuboradi. Rivojlangan davlatlar tajribasiga ko'ra, xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun risklarni sug'urtalash eng to'g'ri amallardan biri bo'lib hisoblanadi. Gap shundaki, aynan sug'urtalash boshqa usullarga qaraganda kam xarajat talab etadi va salbiy oqibatlarni qoplash imkonini beradi, yana shuni alohida ta'kidlash joizki, foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi.
Sug'urtani faoliyat sifatida xususiyati shundaki u ijtimoiy subyektlarni (aloxida fuqarolar, guruhlar, kollektivlar, korxona va tashkilotlar va umuman olganda jamiyat) tabiiy ofatlar, xujalik va ijtimoiy xodisalarning ko'zda tutilmagan va negativ ta'siri oqibatida ularga yetkaziladigan mulkiy va moliyaviy zarardan ximoyalashga qaratilgan. Shu sababdan ham sug'urta faoliyati auditi o'ziga xos xususiyatlarga ega.
Sug'urta faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning maqsadi hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini va xarajatlar bilan bog'liq muomalalar hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi.
Sug'urta tashkilotlarida samarasiz xarajatlarni vujudga kelishi, talon taroj qilinishi mazkur soha subyektlarida pirovardida zarar ko'rishlariga olib keladi. Zarar ko'rish, tabiiy holda, sug'urta tashkilotlarining moliyaviy ahvolini yomonlashuviga, qolaversa sinishiga olib kelishi mumkin. Aynan shu holga tushmaslik uchun sug'urta tashkilotlari rahbarlari barcha amalga oshirilayotgan xarajatlarni, ishlab chiqarish jarayonlari, ulardan olinayotgan daromadlar, qilinayotgan sarflar va boshqa ko'rsatkichlar to'g'risida real axborotlarga ega bo'lishlari lozim. Bunday axborotlar boshqaruv organi rahbarlari va xodimlariga tegishli qarorlarni qabul qilishlariga imkon beradi.
Sug'urta faoliyati auditining maqsadidan kelib chiqib bir qancha vazifalarni belgilab olishimiz mumkin.
Sug'urta faoliyatining me'yoriy xujjatlariga asosan faoliyatning to'g'ri yo'lga
qo'yilganligini o'rganish ^-/
^______ ^ Korxona ta'sis xujjatlarini o'rganish V ^
Korxona moliyaviy hisobotlarini to'g'ri tuzilganligini !
o'rganish
Korxona daromad va xarajatlarini to'g'ri hisoga
olinayotganligini o'rganish
Korxona asosiy ko'rsatkichlarini tahlil qilish
1-rasm. Sug'urta faoliyati auditining vazifalari
Sug'urta tashkilotlari faoliyatini miqdor va sifat jihatdan ifodalovchi ko'rsatkichlar to'g'risidagi axborotlar realligi tashqi foydalanuvchilar uchun o'ta muhim. Bunday axborotlardan tashqi foydalanuvchilar safi juda ham keng va ko'pdir. Eng avvalambor, ular ichida tashqi va ichki investorlar turadi. Investorlar, o'zlari kiritgan investisiyalarni talon-taroj bo'lib ketishiga yo'l qo'ymaydilar. Sug'urta tashkilotlari faoliyati to'g'risida real axborotlarga davlat nazorat organlari bevosita manfaatdordir. Chunki ushbu faoliyat natijalari bevosita soliq to'lovlariga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Davlat garanti asosida turli investision loyihalarga kiritilgan chet el sarmoyalari uchun davlat javob berishligi sababli sug'urta xizmatlarini takomillashtirishga yo'naltirayotgan mablag'lardan oqilona foydalanish albatta davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi. Yuqoridagilarning barchasi sug'urta tashkilotlarida ham ichki, ham tashqi axborot foydalanuvchilarning xolis tashqi auditorlik tekshiruvlaridan foydalanishlardan manfaatdor ekanligidan darak beradi.
Operatsion va moliyaviy faoliyat auditining auditorlik hisoboti 700-son AXS «Moliyaviy hisobotlar to'g'risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish»ga muvofiq tuziladi.
Ushbu Auditning Xalqaro Standarti (AXS)da auditorning moliyaviy hisobotlar bo'yicha fikrni hosil qilish uchun javobgarligi ko'rib chiqiladi. Shuningdek unda moliyaviy hisobotlar auditini o'tkazish natijasida chiqariladigan auditorlik hisoboti (xulosasi)ning shakli va mazmuniga tavsif beriladi.
Ushbu AXS auditorlik hisoboti (xulosasi)da izchillikka rioya qilishni amr etadi. AXSga muvofiq audit o'tkazishda auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi izchillik jahon bozorida unga nisbatan ishonchni ta'minlaydi, dunyo miqyosida
e'tirof etilgan standartlarga muvofiq o'tkazilgan auditorlik tekshiruvini osongina aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek bu g'ayrioddiy vaziyatlar yuzaga kelganda foydalanuvchi ularni tushunishi va aniqlashini osonlashtirishga ham yordam beradi.
Auditorlik hisobotida operatsion va moliyaviy faoliyat auditiga doir barcha korxona hamda tekshiruv materiallari tahliliy jadvallar ko'rinishidagi ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu jadvallar auditorlik hisoboti matni ichida yoki unga ilova tariqasida beriladi. Jadvallar (ilovalar)ning barchasi o'z tartib raqamiga ega bo'lishi lozim.
700- son AXSga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Sug'urta korxonalarida faoliyat yuritish davomida quyidagi vujidga kelishi mumkin bo'lgan kamchiliklarga etibor qaratishi lozim:
- sug'urta shartnomalarini tuzishda jamiyat tomonidan o'rnatilgan tartiblarga qat'iy rioya qilish;
- sug'urta shartnomalarini tuzishda jamiyatda tasdiqlangan namunaviy shartnomalarning aktual (yangi na'muna) shaklidan foydalanishni yo'lga qo'yish;
- sug'urta sharnomalarini tuzish bo'yicha mavjud kamchiliklar, ya'ni ma'lumotlar to'liq va aniq yozilishi, hisobot monitoringlarini aniq va to'liq ma'lumotlar kiritib borish hamda ularda mas'ul xodimlar imzolarining bo'lishini ta'minlash;
- har bir sug'urta shartnomasi bo'yicha yig'ma jildlarni yuritish va ularda hujjatlar to'plamining bo'lishini hamda ularning to'liqligini ta'minlash hamda sug'urta ish jildlarida hujjatlar ro'yxatini (opis) tuzib borilishini ta'minlash zarur;
- sug'urtaning umumiy yo'nalishlari bo'yicha yuritiladigan jurnal va kitoblarning o'rnatilgan tartiblarda yuritilishini ta'minlash;
- filial sug'urta bo'limlari to'laqonli faoliyatini tashkil etish, ularning ishlarini jonlantirish, vakant bo'lgan shtatlariga malakali va tajribali xodimlarni ishga qabul qilish hamda ulardan bo'linma daromad va xarajatlari mutanosibligini ta'minlash bo'yicha aniq tadbirlarni belgilab olish;
- filialda mavjud hisobotlar va tegishli jurnallardagi ma'lumotlarni o'rnatilgan tartibda to'liq va belgilangan muddatlarda yuritilishini ta'minlash.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. «Sug'urta faoliyati to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining 23.11.2021 y. 0'RQ-730-sonli Qonuni.
2. Yakubova, N. T. (2022). Sug 'urta tashkilotlarida qo 'llanilayotgan biznes jarayonlarining tarkibi va usullari. iqtisodiyot va zamonaviy texnologiya.
3. 70-son AFMS "Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to'g'risidagi auditorlik xulosasi". O'zR. AV tomonidan 2001-yil 10-martda ro'yxatga olingan, № 1016
4. Аудит. Укув кулланма /Тулахуджаева М.М., Жураев Т.И, Гулямова Ф.Г.ларнинг умумий тахрири остида. - Т.: БАМА нашр. Маркази. 1 том
5. Дустмуродов Р.Д. Аудит асослари. Дарслик.: Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2003;
6. Raximov H.A. "Sug'urta tashkilotlari faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishni takomillashtirish". Magistrlik disser-tasiyasi. Samarqand-2010
7. Erkayev O'.A. O'zbekiston Respublikasida sug'urta bozori. O'quv qo'llanma. - T.: "Moliya-Iqtisod", 2013 y