Shirinov U.A., PhD.
SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI
ASOSIY VOSITALAR AUDITINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
Annotatsiya. Maqolada asosiy vositalar auditini tashkiliy asoslari, o'tkazish ketma ketligi, audit o'tkazish rejasi hamda dasturini ishlab chiqish bo'yicha masalalar ochib berilgan.
Kalit so'zlar: audit ketma ketligi, audit rejasi, audit dasturi, buxgalteriya hisobi, xalqaro standartlar, asosiy vosita.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES
PRINCIPLES OF ORGANIZING A FIXED EQUIPMENT AUDIT
Abstract. The article describes the organizational basis of the audit of fixed assets, the sequence of conducting it, the issues related to the development of the audit plan and program.
Key words: audit sequence, audit plan, audit program, accounting, international standards, main tool.
Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida iqtisodiyotni rivojlantirishda asosiy vositalar hisobi va auditining nazariy hamda uslubiy asoslarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Asosiy vositalarni tan olish mezonlari, asosiy vositalarni boshlang'ich tannarxida baholash, asosiy vositalarni haqiqiy tannarxi bo'yicha hisob modeli yoki qayta baholangan qiymati bo'yicha hisob modellari asosida baholash tartiblari, asosiy vositalarni qayta baholash natijalarini aks ettirish, asosiy vositalarni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish masalalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, xalqaro audit standartlari asosida xo'jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalarni audit qilish metodologiyasini takomillashtirish o'ta dolzarb hisoblanadi. Shu bois, mazkur dissertasiya ishi dolzarb mavzuga bag'ishlangan.
Auditning xalqaro standartlari asosida avtomobillarga xizmat ko'rsatuvchi korxonalar xarajatlari auditini o'tkazish tartibi quyidagi standartlar asosida amalga oshiriladi:
❖ «Auditni rejalashtirish» - 300-son XAS
❖ «Hujjatlashtirish» - 230-son XAS
❖ «Auditda muhimlik» - 320-son XAS
❖ «Auditorlik dalillar» - 500-son XAS
❖ «Tahliliy amallar» - 520-son XAS
❖ «Taqqoslanadigan ko'rsatkichlar» - 710-son XAS
«Auditorlik dalillar» - 500-son XASga muvofiq auditorlik tanlash deganda o'rganilishi lozim bo'lgan to'plamdan zaruriy miqdordagi birliklarning maxsus usullar bilan tanlab olinishi va ularning butun to'plamga tarqatilishi tushuniladi. Auditorlik tanlash auditorlik ishi texnologiyasi, auditorlik isbotlarini to'plash usullari, buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi bilan bog'liq.
Auditorlik tanlash quyidagi maqsadlarda qo'llaniladi:
- vaqt va moddiy-moliyaviy mablag'larni tejashda;
- umumiy to'plam haddan tashqari ulkan bo'lib, yoppasiga tekshirish
imkoniyati bo'lmaganda;
- tekshirish ob'yektini to'laroq, chuqurroq o'rganishda.
Tanlab tekshirish 2 guruhga bo'linadi:
- muvofiqligiga ko'ra;
- moddiyligiga ko'ra.
Odatda, u yoki bu korxona va tashkilotning auditorlik tekshiruvi auditorlik firmalaridan birida ishlovchi mustaqil auditorlar guruhi tomonidan o'tkaziladi. Auditorlik tekshiruvi jarayonining samaradorligini oshirish uchun, ya'ni unda ishlab chiqariladigan buxgalteriya hisobi to'g'risidagi ma'lumotlarning malakali, haqiqiy va sifatli bo'lishini ta'minlash uchun uni aniq va to'g'ri tashkil eta bilish zarur bo'ladi.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashda xo'jalikka kelishi bilan birinchi navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:
❖ korxonaning asosiy vositalar hisobini tashkil qilish bo'yicha tekshirilayotgan hisobot davridagi hisob yuritish siyosati, uning o'tgan hisobot davridagiga nisbatan o'zgarishi bilan tanishish;
❖ asosiy vositalarning so'nggi invetarizasiya (ashyoviy ro'yxat)dan o'tkazilishi va uning natijalarini aniqlash;
❖ asosiy vositalarni so'nggi qayta baholash materiallari va ularning hisobda aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo'mitasining tegishli me'yoriy xujjatlariga muvofiq korxona balansida turadigan va qayta baxolangan asosiy vositalar tiklanish kiymati bo'yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.
❖ korxonada asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo'yicha doimiy komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalanish joylarida saqlash uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini tekshirish, shuningdek, ular bilan shaxsan to'la moddiy javobgarlik to'g'risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash;
❖ tadbirkor sifatida ro'yxatga olingan va ro'yxatga olinmagan yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan asosiy vositalar ijarasi bo'yicha tuzilgan shartnomalarni o'rganish;
❖ buxgalteriyada asosiy vositalar kartotekasi (AV 6 va AV 8 shaklidagi inventar kartochkalar) va kompyuterda yoki qo'lda bajariladigan variantdagi aniq inventar ro'yxati (AV 9 shakl) yuritilishiga ishonch hos il qilish lozim;
❖ ishdan bo'shab ketgan moddiy javobgar shaxslar haqida ma'lumotlar (buyruqlar, xodimlar ro'yxati)ni o'rganish;
❖ asosiy vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me'yoriy xujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi (unifikasiyalangan) idoralararo dastlabki xujjatlarning shakllari bilan korxona buxgalteriyasi qay darajada ta'minlanganligini aniqlash.
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvdan o'tkazishda foydalaniladigan manbalar buxgalterlik hisobning korxonada qabul qilingan tashkiliy shakliga ham bog'liq. Bular hisobni qo'lda yuritish sharoitida: jurnal orderlar, vedomostlar, kartochkalar: avtomatlashtirilgan hisob sharoitida esa kompyuter dasturlari, mashinagrammlaridir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy vositalarning xarakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, xo'jalik ichidagi siljishi, ta'mirlanishi) me'yoriy xujjatlar va dastlabki xujjatlashtirishning unifikasiyalangan idoralararo shakllari bilan rasmiylashtirilishi lozim. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
❖ asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish masalalarini tartibga soladigan asosiy me'yoriy xujjatlar;
❖ korxonaning hisob siyosati to'g'risidagi buyrug'i;
❖ asosiy vositalarni hisobga olishda korxonada qo'llaniladigan analitik va sintetik hisob registrlari;
❖ buxgalteriya hisobotlari;
❖ asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish (ichki siljish) dalolatnomasi (nakladnoyi) (AV-1 shakl);
❖ ta'mirlangan, qayta jixozlangan va zamonaviylashtirilgan obyektla rni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (AV-2 shakl);
❖ asosiy vositalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-Z shakl);
❖ avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi (AV-4 shakl);
❖ asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochka (AV-6 shakl);
❖ asosiy vositalarni hisobga oladigan inventar kartochkalar ro'yxati (AV-7 shakl);
❖ asosiy vositalar xarakatini hisobga oladigan kartochka (AV-8 shakl);
❖ asosiy vositalarning inventar ro'yxati (ishlatish joylari bo'yicha) (AV-9
shakl).
Auditor ushbu me'yoriy xujjatlar, hisob registrlari va dastlabki xujjatlarda asosiy vositalar xarakatini rasmiylashtirish uchun javobgar shaxslar
imzolarining mavjudligi va xaqqoniyligiga e'tibor karatib, barcha rekvizitlarning to'g'ri tulg'azilganligini aniqlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. «Auditorlik faoliyati to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining 25.02.2021 y. O'RQ-677-sonli Qonuni
2. Дустмуродов Р.Д. Аудит асослари. Дарслик.: Т.: Узбекистан миллий энциклопедияси, 2003;
3. Мусаев Х,.Н. Аудит. Дарслик. - Т.: Молия, 2003
4. International Accounting Standard 16 Property, Plant and Equipment.EC staff consolidated version as of 16 September 2009.
5. Axmedjanov, K. (2020). KB Akhmedjanov The quality control system audit in Uzbekistan. Архив научных исследований, 1(4).
6. Shuxratovich, F. M. (2023). METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF TAX AUDITS. Open Access Repository, 4(03), 216-224.
7. Xakimov, R., & Abduraxmonov, N. (2023). Ichki Audit Tekshiruvining Samaradorligini Baholash Va Uni Oshirish Yo 'Llari. Journal of new century innovations, 30(3), 69-75.
8. Ostonokulov, A., & Maxamadaliyeva, M. (2022). Audits Of State Purchases And Contracts Concluded On The Basis Of Competition In Budgetary Organizations. Science and Innovation, 1(8), 1102-1113.
9. Luptullaevich, X. T. (2023). Paxta-to'qimachilik sohasi sub'ektlari faoliyatini klasterlashtirish natijalari. Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali, 3(6), 125-128.