Научная статья на тему 'BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLAR AUDITI'

BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLAR AUDITI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
444
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR / SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLARAUDIT KETMA KETLIGI / AUDIT REJASI / AUDIT DASTURI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Toxirov B.

Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar auditini tashkiliy asoslari, o’tkazish ketma ketligi, audit o’tkazish rejasi hamda dasturini ishlab chiqish bo’yicha masalalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AUDIT OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND CONTINGENT LIABILITIES

The article describes the organizational basis of the audit of assessed liabilities, contingent assets and contingent liabilities, the sequence of conducting, the development of the audit plan and program.

Текст научной работы на тему «BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLAR AUDITI»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Toxirov B. magistranti SamISI

BAHOLANADIGAN MAJBURIYATLAR, SHARTLI AKTIVLAR VA SHARTLI MAJBURIYATLAR AUDITI

Annotatsiya. Maqolada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar auditini tashkiliy asoslari, o'tkazish ketma ketligi, audit o'tkazish rejasi hamda dasturini ishlab chiqish bo'yicha masalalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlaraudit ketma ketligi, audit rejasi, audit dasturi.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Tokhirov B. graduate student SamIES

AUDIT OF ASSESSED LIABILITIES, CONTINGENT ASSETS AND

CONTINGENT LIABILITIES

Abstract. The article describes the organizational basis of the audit of assessed liabilities, contingent assets and contingent liabilities, the sequence of conducting, the development of the audit plan and program.

Key words: Valuable liabilities, contingent assets and contingent liabilities, audit sequence, audit plan, audit program.

Baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish mijoz korxona faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi buxgalteriya hisoboti baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlarning ishonchliligi to'g'risida fikr shakllantirish va korxonada baholanadigan majburiyatlar, shartli aktivlar va shartli majburiyatlar bilan bog'lik muomalalarni hisobga olish hamda

soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me'yoriy xujjatlarga hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiqligini aniqlashdan iborat.

Xo'jalikyurituvchisub'ektlaro' zfaoliyatininiquyidagi iqtisodiy sub'ektlar va davlat muassasalari bilan munosabat asosida yuritadi:

❖ mol etkazib beruvchilar va pudratchilar;

❖ xaridorlar va buyurtmachilar;

❖ turli debitorlar va kreditorlar;

❖ hisobdor shaxslar;

❖ banklar;

❖ soliq idoralari;

❖ investorlar va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan sub'ektlar bilan munosabatlar o'zaro hisob - kitob operatsiyalariga asoslanadi. Korxonada hisob - kitob operatsiyalari esa debitorlik va kreditorlik qarzlarini so'ndirish asosida yuzaga keladi.

Ushbu operatsiyalar quyidagi xarakterga ega: (1) mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan - korxona xarid qilgan tovar-moddiyzahiralar, xizmatlar va boshqa qiymatliklar yuzasidan; (2) xaridorlar va buyurtmachilar bilan - korxona ishlab chiqarib sotgan tayyor mahsulot va ko'rsatgan xizmatlar yuzasidan; (3) hisobdor shaxslar bilan - xizmat safari va shu kabilar yuzasidan; (4) banklar bilan - korxona olgan kredit va ular bo'yicha hisoblangan foiz to'lovlari yuzasidan; (5) soliq idoralaribilan - davlat byudjetiga o'tkazilishi lozim bo'lgan soliq to'lovlari yuzasidan; (6) investorlar bilan - investitsiyalar jalb etilishi va ular bo'yicha hisoblangan dividendlar yuzasidan hisob kitoblar va boshqalar.

Korxonalarda hisob - kitob operatsiyalari quyidagi usullarning biri asosida amalga oshiriladi:

-naqd pulsiz hisob-kitob usuli;

-naqd pul bilan hisob - kitob usuli;

-o'zaro hisob-kitoblar usulida (agar tizim ichidagi hisob-kitoblar mavjud bo'lsa).

Hisob - kitoblar yuzasidan audit tekshiruvining bosh maqsadi - korxona operatsion yil davomida iqtisodiy sub'ektlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari natijasida yuzaga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ular bo'yicha yuqorida keltirilgan usullar asosida hisoblashishlar BHMSga asosan, o'z vaqtida, to'g'ri va to'liq tartibda moliyaviy hisobotlarda aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Ushbu jarayonda auditor tomonidan audit tekshiruvidan o'tayotgan korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari qonuniy asosda vujudga kelganligi, qoplanish imkoniyatining mavjudligi (haqiqiy qiymatda aks ettirilganligi), korxona egaligidagi kredit mablag'lari kreditorlar bilan kelishilgan maqsadlarga, qonunni chetlamagan holda sarflanayotganligi, shuningdek, kredit summasi va kredit bo'yicha hisoblangan foizlarning o'z vaqtida qaytarilishimkoniyati o'rganiladi va baholanadi.

Auditor tomonidan hisob - kitob operatsiyalarini audit tekshiruvidan o'tkazish jarayonida alohida e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan masala - korxona va "bog'liq taraflar" o'rtasida amalga oshirilgan operatsiyalar hisoblanadi. Chunki, bu tur operatsiyalar ba'zan qarz beruvchi(korxona)ning emas, balki qarz oluvchi (rahbariyat)ning manfaatini ko'zlab, korxona uchun foydasiz shartlar asosida amalga oshirilgan bo'lishi va bu qarzlarning qaytarilishi rahbariyat "ixtiyoriga havola" etilgan bo'lishi mumkin. Bu esa korxona moliyaviy hisobotlarida firibgarlikka yo'l qo'yilish ehtimolini oshiradi.

Hisob - kitob auditini o'tkazish jarayonida auditor vazifalari qatoriga balans hisobotida aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ular bo'yicha hisob-kitoblar summasi to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilish bilan bir qatorda, balans hisobotining shu elementlar ishonchli bo'lishi va moliyaviy hisobotda to'g'ri aks ettirilishini ta'minlashi lozim bo'lgan ichki nazorat tizimining sifatini tekshirish va baholash ham kiradi. Chunki, hisob-kitoblar yuzasidan oqilona ichki nazoratning tashkil etilishi hisob- kitob va shartnomaviy intizomning mustahkamlanishiga, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo'yicha hisob kitoblarning o'z vaqtida amalga oshirilishiga xizmat qilish orqali, korxona egaligidagi joriy aktivlarning yuqori aylanuvchanligini ta'minlashga, xaridorlar va mol etkazib beruvchilar bilan o'zaro ishonchga asoslangan, uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatishga va shu orqali korxona moliyaviy holatini yaxshilashga imkoniyat yaratadi.

Hisob - kitob operatsiyalari yuzasidan audit tekshiruvini o'tkazish jarayoni umumiy ko'rinishda quyidagi olti bosqichdan iborat:

-debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda ular bo'yicha hisob- kitoblarga nisbatan samarali ichki nazorat tizimining tashkil etilganligini tekshirish va uning sifatini baholash;

-buxgalteriya tizimi ma'lumotlari va moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari haqiqatdan ham mavjud va ular bo'yicha hisob-kitoblar haqiqatdan ham ro'y berganligiga ishonch hosil qilish;

-debitorlik va kreditorlik qarzlarining barchasi to'liq hisobga olinganligini tekshirish;

-debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda ular bo'yicha hisob - kitob operatsiyalari yuzasidan arifmetik amallar to'g'ri bajarilganligini o'rganish;

-balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini baholash;

-balans hisobotida debitorlik va kreditorlik qarzlari to'g'ri guruhlashtirilganligiga va agar zarurat bo'lsa, ular bo'yicha zaruriy qo'shimcha ma'lumotlar ilovalarda to'liq va to'g'ri keltirilganligigaishonch hosil qilish.

Debitorlik qarzlarining amalda mavjudligi yuzasidan audit tekshiruvi korxonaning debitorlik operatsiyalari bo'yicha hujjatlashtirish tizimi va hujjatlarga nisbatan ichki nazorat tizimini o'rganishni ham o'z ichiga oladi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlarining to'liq hisobga olinganligini tekshirish operatsion yil yakunida va keyingi operatsion yil boshida sodir etilgan

operatsiyalarning joriy va keyingi operatsion yil moliyaviy hisobotlarida to'g'ri keltirilganligini tekshirishni va shuning asosida joriy yilda sodir etilgan operatsiyalar shu yil hisobotlarida ko'rsatilganligini tekshirishni nazarda tutadi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlari haqiqiy qiymatida aks ettirilganligini audit tekshiruvidan o'tkazganda auditor avvalo bu qarzlarning qoplanish imkoniyatini baholashi va "shubhali qarzlar bo'yicha rezerv" schyotiga o'tkazilishi lozim bo'lgan summani aniqlashi yoki bu schyotga o'tgan summa qanchalik asosli ekanligini tekshirishi lozim.

Balans hisobotlarida keltirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari moliyaviy natijalarda keltirilgan daromad va xarajat elementlari bilan ham bog'liq bo'lganligi sababli, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo'yicha hisob -kitoblarni tekshirish jarayonida auditor moliyaviy natijalarto'g'risidagi hisobotni ham tekshirib boradi. Shu sabab, hisob - kitob operatsiyalari yuzasidan audit tekshiruvining asosiy manbalari buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotlar va shu hisobot ma'lumotlarining to'g'riligini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. «Auditorlik faoliyati to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining 25.02.2021 y. O'RQ-677-sonli Qonuni

2. Urazov K.B., Po'latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. -T.: «Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2020, 564 bet.

3. Аудит. Укув кyллaнмa /Тyлaхyджaeвa М.М., Жypaeв Т.И, TyraMoBa ФХ^рнинг умумий TaxpHpH oстидa. - Т.: БАМА шшр. Мaркaзи. 1 том

4. Дyстмyрoдoв Р.Д. Аудит acoonap^ Дaрслик.: Т.: Y36eracTOH миллий энциклoпeдияcи, 2003;

5. Тyйчиeв А.Ж. Мaжбypиятлap бyхгaлтepия хд^би Ba тaxлилининг нaзapий мeтoдoлoгик мyaммoлapи. Диccepтaция. и.ф.д. - Тoшкeнт. 2011. 71-б.

6. Мycaeв Х,.Н. Аудит. Дapcлик. - Т.: Мoлия, 2003

7.Djabbarova, Ch., & Abdullayeva, N. (2022). BHMS va MHXS konvergensiyasi sharoitida majburiyatlar hisobini takomillashtirish. Novbiy Uzbekistan: uspeshnbiy mejdunarodnbiy opbit vnedreniya mejdunarodnbix standartov finansovoy otchetnosti, 1(5), 266-269.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.