Shirinov U.A., PhD.
SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI
ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI SUBYEKTLARDA AUDITNING KONSEPTUAL MASALALARI
Annotatsiya. Maqolada aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda audit o'tkazishning maqsadi, aloqa korxonalarida nazorat turlari va ularning vazifalari haqida mulohazalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: aloqa, xizmat, audit, telekommunikatsiya, nazorat, axborotlashtirish, pochta.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES
CONCEPTUAL ISSUES OF AUDIT IN ENTITIES PROVIDING COMMUNICATION SERVICES
Abstract. The purpose of conducting an audit in entities providing communication services, the types of control in communication enterprises and their tasks are presented in the article.
Key words: communication, service, audit, telecommunication, control, information, mail.
Aloqa sohasini rivojlanishi O'zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o'zgarishlar, hamda iqtisodiy isloxatlarning bosh yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki bu yo'nalish nafaqat respublikani axborotlashgan jamiyatga aylantirish uchun xizmat qiladi, balki axborot kommunikasiya texnologiyalari rivojining hozirgi davrdagi asosiy mazmuni shundan iboratki, u mamlakat iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga
ko'tarish uchun o'ziga xos yetakchi tarmoq rolini o'ynaydi. Shu boisdan ham aloqa sohasi subyektlari faoliyatini doimiy ravishda nazorat qilib borish lozim.
Mamlakatimizda aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar faoliyati davlat tomonidan ham nazorat qilinib boriladi. O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 2012 yil 23 oktyabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat'i nazar aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasidagi xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, lisenziyalar talablari va shartlari, sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi, telekommunikasiyalar, pochta aloqasi, davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatining sifat normativlari bajarilishi hamda ularga rioya qilinishi, shuningdek davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish yuzasidan davlat nazorati organi hisoblanadi.
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardir:50
> mulkchilik shakllari va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, pochta aloqasi, telekommunikasiyalar va davriy matbuot nashrlarini tarqatish xizmatlarini ko'rsatuvchi, shuningdek telekommunikasiyalar va pochta aloqasi tizimi va inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablari, lisenziya talablari va shartlari hamda sertifikatlashtirilgan uskunalardan foydalanishning belgilangan tartibi bajarilishi;
> davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida maqsadli yo'nalishlar va belgilangan normalarga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning holati;
> ish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish samaradorligi, integrallashgan axborot tizimlarini, ma'lumotlar uzatish va almashishning idoralararo tarmoqlarini joriy etish va ulardan foydalanish, davlat axborot resurslari integrasiyasi, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish;
50Узбекистон Республикаси Президентининг «Узбекистон Республикаси Алока, ахборотлаштириш ва телекоммуникация технологиялари давлат кумитаси фаолиятини ташкил этиш тугрисида» 2012 йил 23 октябрдаги ПК^-1836-сон карори.
> davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasi bo'yicha malakali kadrlar bilan ta'minlanganlik;
> elektron raqamli imzolar sohasida, shu jumladan elektron raqamli imzo kalitlarini ro'yxatga olish markazlari faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
> jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo'yicha pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ichki nazorat tizimining joriy etilishi;
> pochta va telekommunikasiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifati hamda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha o'z vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko'rish;
> telekommunikasiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarida o'z vakolatlari doirasida axborot xavfsizligini hamda favqulodda vaziyatlarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ulardan davlat manfaatlari uchun ustuvor foydalanishni ta'minlash;
> respublika hududida foydalaniladigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiyalar va pochta aloqasi tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar radionurlanishlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
> xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mobil aloqa tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, radiochastota spektridan foydalanishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilinishi;
> radioelektron vositalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o'rnatish), O'zbekiston Respublikasi hududida foydalanish va radioelektron vositalar, yuqori chastotali qurilmalarni va telekommunikasiya tizimlarini chet eldan olib kelish, pochta va telekommunikasiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo'llanishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
> pochta aloqasi, telekommunikasiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xizmatlar sifati bo'yicha hisobot ma'lumotlarining ishonchliligi hamda pochta aloqasi, telekommunikasiyalar, davriy matbuot nashrlarini tarqatish sohasida xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, texnik reglamentlar talablari va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun hisoblangan sanksiyalar miqdorlarining o'z vaqtida to'lanishi va haqqoniyligi.
Respublikamizda aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar moliyaviy barqarorligini oshirish, sodir bo'lgan xo'jalik muomalalarini amaldagi me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini ta'minlash ular amaliyotida auditorlik xizmatidan unumli foydalanishni taqozo etadi.
1-rasm. Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda auditorlik tekshiruvining asosiy vazifalari51
Har qanday buxgalteriya hisobi obyekti audit qilinishidan oldin uning maqsadi va vazifalari belgilab olinadi. Bizningcha Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar auditorlik tekshiruvini o'tkazishning maqsadi -korxona faoliyatini to'g'ri tashkil etilganligi, ularda buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil etilganligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, hisobot ko'rsatkichlarining ishonchliligini, buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish uslubining O'zbekiston Respublikasida amal qilayotgan qonunchilik hamda me'yoriy hujjatlarga muvofiqligini aniqlash lozim. Ushbu maqsadga muomalalar mohiyatini, hamda nazorat tuzulmasi va buxgalteriya hisobi tizimini tekshiruvdan o'tkazish va risklarni baholash orqali erishiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aloqa xizmatlarini ko'rsatish korxonalarida auditorlik tekshiruvining asosiy vazifasini quyidagi tartibda belgilash mumkin:
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi korxonalar faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ularda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga, axborot foydalanuvchilar uchun hisob ma'lumotlarning haqqoniyligi va korxona faoliyatini barqaror davom ettirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Уразов К.Б., Пулатов М.Э. Бухгалтерия хдсоби. Дарслик.-Т.: "Инновацион ривожланиш наширёти матбаа уйи",2020, 554 б.
2. Xakimov, Rashid, and Nurbek Abduraxmonov. "Ichki audit tekshiruvining samaradorligini baholash va uni oshirish yo 'llari." Journal of new century innovations 30.3 (2023): 69-75.
51 Муаллиф ишланмаси
3. Rustamov M., Rahimova F. The Application Of Internal Audit Standards In The Organization Of Internal Audit In Commercial Banks Of The Republic Of Uzbekistan //International Finance and Accounting. - 2019. - Т. 2019. - №. 6. -С. 21.
4. Usmonov M. Continuous recording and audit //Scienceweb academic papers collection. - 2021.
5. Benjamin A. Audit: how to do it in practice //Bmj. - 2008. - Т. 336. - №. 7655. - С. 1241-1245.
6. Козменкова, С. В., and С. А. Кемаева. "Аудит: проблемные вопросы и пути развития." Международный бухгалтерский учет 3 (345) (2015): 31-43.
7. Резникова, Н. П., Г. С. Артемьева, and К. Н. Липатова. "К вопросу о создании независимого консультативного комитета экспертов по аудиту в международном союзе электросвязи." T-Comm-Телекоммуникации и Транспорт 12 (2011): 75-77.