Научная статья на тему 'ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA ICHKI AUDITNI TASHKIL ETISH'

ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA ICHKI AUDITNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
54
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ALOQA / XIZMAT / ICHKI AUDIT / TELEKOMMUNIKATSIYA / NAZORAT / AXBOROTLASHTIRISH / TEKSHIRISH

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Hamidov D.

Maqolada aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda ichki audit o’tkazishning maqsadi, ularning vazifalari haqida mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF INTERNAL AUDIT IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

The purpose of conducting an internal audit in entities providing communication services and their duties are presented in the article.

Текст научной работы на тему «ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA ICHKI AUDITNI TASHKIL ETISH»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI

ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI SUBYEKTLARDA ICHKI

AUDITNI TASHKIL ETISH

Annotatsiya. Maqolada aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki audit o'tkazishning maqsadi, ularning vazifalari haqida mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: aloqa, xizmat, ichki audit, telekommunikatsiya, nazorat, axborotlashtirish, tekshirish.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES

ORGANIZATION OF INTERNAL AUDIT IN SUBJECTS PROVIDING

COMMUNICATION SERVICES

Annotation. The purpose of conducting an internal audit in entities providing communication services and their duties are presented in the article.

Key words: communication, service, internal audit, telecommunication, control, information, inspection.

Ichki audit xizmati ham auditorlik faoliyatining bir qismi bo'lib, uning faoliyat yuritishi tashqi auditorlik faoliyatidan bir qancha farq qiladi. Ichki audit xizmati aynan aksiyadorlik jamiyatlarida faoliyat yuritishi qimmatli qog'ozlar bozorining ham rivojlanishiga asos bo'ladi. Umuman olganda ichki auditorlar o'zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ular qoidaga ko'ra, korxonaning kuzatuv kengashi tarkibiga kiradilar.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki auditni tashkil etish o'ziga xos yondashuvni talab etadi. Chunki aloqa xizmatlari bu ham moddiy ham nomoddiy ko'rinishga ega bo'lgan xizmatlarni o'zida jamlovchi faoliyat

turidir. Bundan tashqari ichki auditordan ham axborot texnologiyalar sohasidan yuqori bilimga ega bo'lishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib S.Malikova o'z ishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish hajmi va darajasidan kelib chiqib, ichki audit xizmatlarini bir nechta guruhlarga ajratganlar:

❖ navatorlar (15%) - iqtisodiyot sohasi, kompaniya hajmi yoki mintaqasidan qat'i nazar, hamma joyda mavjud. Bu shuni ko'rsatadiki texnologiyani qabul qilishdagi stereotipik to'siqlarni (xizmat hajmi va byudjeti) yengib o'tishi mumkin;

❖ izdoshlar (47%) - navatorlaga e'tiborni qaratishadi va ular ortidan texnologiyalarni qo'llashda ergashishadi, lekin juda sekinlik bilan;

❖ kuzatuvchilar (38%) - ushbu gurux vakillari texnologiyalardan past darajada foydalanishadi yoki umuman foydalanishmaydi. Ular texnologiyalarning yetishmasligi, kompaniyadagi ma'lumotlar sifati pastligi yoki sarmoya kiritish uchun resurslar yetishmasligi bilan cheklanishi mumkin yoki korxona madaniy jixatdan tayyor bo'lmasligi mumkin.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki auditning asosiy vazifalari belgilab qo'yilishi lozim.

Ichki audit xizmatlari

и navatorlar в izdoshlar u kuzatuvchilar

15%

38% /

47%

1-rasm. Ichki audit xizmatlarini guruhlari52

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlar kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta'minlash ichki auditorning asosiy vazifasidan biridir. Chunki kuzatuv kengashi auditorning axborotlari asosida korxona kelajagini belgilovchi qarorlarni qabul qiladi. Bu esa korxona kelajakda katta naf olishiga asos yaratishi mumkin. Ichki auditor korxona faoliyatini takomillashtirishga,

52 С.Маликова Внутренний аудит: основные инструменты и компетенции на базетехнологий. https://www.eg-online.ru/article/377541/

xarajatlarni kamaytirishga doir takliflarni ham tayyorlashi lozim. Bundan tashqari ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilib borishi lozim.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki auditning asosiy vazifalari

kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta'minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo'yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash

ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish

2-rasm. Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki auditning

asosiy vazifalari.53

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki audit texnologiyasini rivojlanayotgan iqtisodiyotga moslashtirib borishi lozim. Ichki audit texnologiyasini takomillashtirishning muhim yo'nalishi - bu tekshiruv o'tkazishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo'llarining samaradorligini oshirish hamda uning zaif tomonlarini aniqlashdir. Shu sababdan auditorlik tekshiruvi bosqichlarining ketma-ketligi, uning borishi va natijaviyligi ichki auditorlik nazorati samaradorligi va holatini belgilab beradi.

Aloqa korxonalarida ichki audit xizmatining maqsadi tashqi auditorlik faoliyatidan farqli o'laroq, ular korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini doimiy nazorat qilish maqsadida oldiga bir qancha maqsadlarni qo'yadi: aktivlar holatining nazorati, ichki tizimdagi nazorat jarayonlarini tasdiqlash, ichki nazorat va axborot qayta ishlovi tizimining samarali ishlovining tahlili, boshqaruvning axborot tizimi tomonidan beriladigan ma'lumotlarinnig sifatliligini baholash.

Bizningfikrimizcha, aloqa korxonalarida ichkiauditxizmatiningmaqsadi -jamiyatningkuzatuvkengashiva aksiyadorlarinito'g'ri va o'z vaqtidaaxborot bilan taminlash,korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini nazorat qilish, ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholab borish hamda korxonani barqaror faoliyat yuritishini ta'minlashdar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Pardabayevich O. M. Tijorat banklari ichki audit o'tkazish tartibi va mezoni //pedagogs jurnali. - 2023. - T. 28. - №. 2. - C. 41-46.

2. Xakimov R., Abduraxmonov N. Ichki audit tekshiruvining samaradorligini baholash va uni oshirish yo ' llari //Journal of new century innovations. - 2023. -T. 30. - №. 3. - C. 69-75.

53 Mya^H$ Hm^aHMacH

3. С.Маликова Внутренний аудит: основные инструменты и компетенции на базетехнологий. https://www.eg-online.ru/article/377541/

4. Rustamov M., Rahimova F. The Application Of Internal Audit Standards In The Organization Of Internal Audit In Commercial Banks Of The Republic Of Uzbekistan //International Finance and Accounting. - 2019. - Т. 2019. - №. 6. -С. 21.

5. Usmonov M. Continuous recording and audit //Scienceweb academic papers collection. - 2021.

6. Ostonokulov, Azamat, Xoljigit Iskanov, and Abdulaziz Norqo'chqorov. "Davlat sektoridagi tashkilotlarda ichki audit." Talqin va tadqiqotlar 1.8 (2023).

7. Кеворкова Ж. А. и др. Внутренний аудит. - 2013.

8. Клычова Г. С. и др. Внутренний аудит-эффективный инструмент системы корпоративного управления //Вестник Казанского государственного аграрного университета. - 2016. - Т. 11. - №. 2. - С. 9599.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.