Научная статья на тему 'ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR HISOB VA HISOBOTGA ZARURAT'

ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR HISOB VA HISOBOTGA ZARURAT Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
36
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ALOQA / XIZMAT / SEGMENT / HISOB / HISOBOT / BUXGALTERIYA / BIZNES

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergashev X.X., Shirinov Phd., Hamidov D.

Maqolada aloqa xizmatini ko’rsatuvchi subyektlarda segmentar hisob va hisobotga zarurat, ularni aks ettirishdagi bugungi muammolar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NEED FOR SEGMENT ACCOUNTING AND REPORTING IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

The article reveals the need for segmental accounting and reporting in entities providing communication services, and today's problems in their reflection.

Текст научной работы на тему «ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR HISOB VA HISOBOTGA ZARURAT»

ErgashevX.X., i.f.n.

SamISI Shirinov U.A., PhD.

SamISI Hamidov D., magistr SamISI

ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR HISOB VA HISOBOTGA ZARURAT

Annotatsiya: Maqolada aloqa xizmatini ko'rsatuvchi subyektlarda segmentar hisob va hisobotga zarurat, ularni aks ettirishdagi bugungi muammolar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: aloqa, xizmat, segment, hisob, hisobot, buxgalteriya, biznes.

Ergashev H.K., i.f.n.

SamIES Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Hamidov D., master SamIES

THE NEED FOR SEGMENT ACCOUNTING AND REPORTING IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

Abstract: The article reveals the need for segmental accounting and reporting in entities providing communication services, and today's problems in their reflection.

Keywords: communication, service, segment, account, report, accounting, business.

Boshqaruv hisobida yaxlit iqtisodiy birlik hisoblangan korxonaning tarkibiy qismlari sifatida uning javobgarlik markazlari, masalan, ta'minot bo'limi, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlari, sotish bo'limi, savdo shahobchalari yoki markazlari (uylari), turli boshqa xizmat ko'rsatuvchi bo'linmalari qaraladi. Yaxlit biznesning tarkibiy qismlari sirasiga asosiy faoliyat, investisiya faoliyati, moliyaviy faoliyat, ijtimoiy faoliyat kabilar kiradi.

Mos ravishda, biznesdan olingan daromadning o'zi alohida faoliyat turlaridan, shu jumladan, odatiy faoliyat, yangi innovasion faoliyat, tugatilayotgan faoliyatdan olingan daromad, ichki bozor va eksport faoliyatidan olingan daromad, alohida tovarlarni sotishdan olingan daromad kabilardan tashkil topadi. Boshqaruv uchun har bir faoliyatning, mahsulot turining xarajatliligi, foydaliligi o'ta muhim hisoblanadi. Shu bois ham har bir faoliyat,

mahsulot turi bo'yicha «daromad-xarajat-foyda» ko'rsatkichlari zanjirini o'zida mujassamlashtiruvchi hisobot shakllarini tuzish va ulardan samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bevosita foydalanish o'ta muhim hisoblanadi.

Yuqoridagilar va boshqa omillar korxonalarda tashqi axborot foydalanuvchilar uchun tuziladigan moliyaviy hisobotdan tashqari o'zlari uchun samarali boshqaruv qarorlarini o'z vaqtida qabul qilish maqsadida atroflicha axborotlarni beruvchi ichki boshqaruv se..mentar hisobotlarni tuzishni ham obyektiv zarurat qilib qo'yadi. Bunday boshqaruv segmentar hisobotlarning bosh maqsadi bo'lib barcha ichki axborot foydalanuvchilarning korxona faoliyati samaradorligini yanada oshirish uchun eng zarur bo'lgan atroflicha axborotlarga bo'lgan talabini qondirish hisoblanadi.

Boshqaruv maqsadida tuziladigan boshqaruv segmentar hisobot korxonalar tomonidan majburiy tarzda tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanmaydi. Shu bois ham boshqaruv segmentar hisobotini tuzish majburiy hisoblanmaydi. Boshqaruv segmentar hisobotning majburiy emasligi hamda unga doir yagona tartiblarni belgilanmaganligi sababli dunyo mamlakatlarida uni turli shakl va mazmunda, tarkibda, uslublarda tuzilayotganligi ko'rish mumkin.

Korxonalarda hisob va hisobot tizimi

Moliyaviy hisob

Buxgalteriya (moliyaviy hisobot)

Tashqi segmentar hisoboti

Boshqaruv hisobi

Korxonaning ichki hisoboti

Ichki segmentar hisobotlar

Soliq hisobi

Soliq hisoboti

1 -rasm. Korxonalarning yaxlit hisob tizimida segmentar hisob va

hisobotning o'rni.

Shu bilan birga xalqaro hisob ta'limotiga ko'ra segmentar boshqaruv hisobotlarning subyektlari va obyektlari, ularda aks ettiriladigan ko'rsatkichlar tizimiga qo'yilayotgan umumiy talablar ma'lum darajada shakllantirilgan. Chunonchi, xalqaro ta'limotda boshqaruv segmentar hisobotni tuzuvchi subyektlar sifatida iqtisodiy birliklarning javobgarlik markazlari e'tirof etiladi.

Boshqaruv segmentar hisobotlar tuzilishi lozim bo'lgan javobgarlik markazlari sirasiga quyidagilar kiritiladi:2

*ta'minot markazi - bu rahbari ishlab chiqarishni uzluksiz kerakli mehnat kuchi, vositalari va predmetlari bilan ta'minlash uchun javobgar hisoblanadigan korxonaning tarkibiy bo'linmalari bo'lib, bunday markaz o'z ichiga kadrlar bo'limi va ta'minoti bo'limlarini oladi. Ularda kadrlarga, mehnat vositalari va predmetlari bo'lgan talab va ta'minotni rejalashtirish, me'yorlashtirish va hisobini yuritish bevosita boshqarish maqsadlaridan kelib chiqib tashkil etiladi.

*xarajat markazi - bu rahbari faqat xarajatlar uchun javobgar hisoblanadigan korxonaning tarkibiy bo'linmalari; bunday markaz korxona rahbari yoki uning ishlab chiqarish bo'yicha muoviniga bo'ysunadigan asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatuvchi bo'limlari hisoblanadi, ushbu bo'limlarda asosiy, yordamchi va xizmat ko'rsatishga oid ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, me'yorlashtirish va hisobini yuritish ishlab chiqarish omillari hamda ulardan foydalanishni nazorat qilish, tahlil qilish va boshqarish maqsadlarida tashkil etiladi.

*foyda markazi - bu rahbari ham sotish, ham xarajatlar, ham foyda uchun javobgar hisoblanadigan korxonaning tarkibiy bo'linmasi; bunday markaz korxona rahbari yoki uning reja-moliya ishlari bo'yicha muoviniga bo'ysunadigan sotish bo'limi, reja-iqtisod, moliyalashtirish bo'limi va buxgalteriya bo'limlari hisoblanadi; ushbu markaz rahbari sotish baholarini, ishlab chiqarish va sotish hajmini, shuningdek, ishlab chiqarish va sotish tannarxini nazorat qiladi; mazkur markazda daromad ishlab chiqilgan va sotilgan mahsulotning pul birligidagi qiymat, xarajat - ishlatilgan resurslarning pul birligidagi qiymat, foyda esa daromad va xarajatlar o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi, markazda pirovardida asosiy nazorat qilinadigan ko'rsatkich bo'lib foyda ko'rsatkichi hisoblanadi.

*bosh ofis markaz - bu rahbari nafaqat tushum, xarajat va foyda uchun, balki kapital va moliyaviy investisiyalar uchun ham javobgar hisoblanadigan korxonaning tarkibiy bo'limi; bunday markaz korxona rahbari boshchiligidagi bosh ofis hisoblanadi, uning asosiy maqsadi va vazifasi bo'lib korxonada nafaqat foyda olish, balki kiritilgan kapital va moliyaviy investisiyalar rentabelligi, investisiyalar daromadliligi va xususiy kapital ko'payishiga erishishni ta'minlash hisoblanadi.

Xalqaro hisob amaliyotida boshqaruv segmentar hisobotni tuzish obyektlari bo'yicha ham yaxlit fikr shakllantirilgan. Bunday obyektlar bo'lib korxonaning bosh byudjeti va alohida olingan ko'rsatkichlar bo'yicha tuziladigan byudjetlar e'tirof etiladi.

Korxona Bosh byudjeti (biznes reja) ijrosi bo'yicha hisobotni tuzishga mas'ul bo'lib korxona bosh ofisi rahbari hisoblanadi. Rahbar bosh menejer sifatida javobgarlik markazlari tomonidan tuziladigan alohida ko'rsatkichlar

2 Уразов К.Б., Пулатов М.Э. Бухгалтерия ^исоби. Дарслик. -Т.: "Инновацион ривожлантириш нашриёти-матбаа уйи", 2020. 542-5436.

byudjetlari bo'yicha tuziladigan hisobotlarni qabul qiladi, ular bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, ularga tuzatishlar kiritish, ijrosini ta'minlashga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi, kelgusi davrlar uchun korxonaning yangi biznes - rejasini tuzishga umumiy rahbarlikni olib boradi.

Boshqaruv segmentar hisobotlarga ma'lum talablar ham qo'yiladi. Ushbu talablar sirasiga quyidagilar kiradi:

•o'z vaqtidalilik - bu hisobotni unga zarurat paydo bo'lgan vaqtda taqdim

etish;

•yetarlilik - bu axborotning to'liqligi, biroq o'z ichiga zarur bo'lmagan ortiqcha axborotlarni qamrab olmaslik;

•maqsadlilik - axborotning boshqaruv maqsadi xususiyatini qamrab olganligi;

• manzillilik - hisobotning konfidinsiallik tamoyiliga to'liq amal qilingan holda faqat mas'ul xodimlarga yetkazilishi;

•obyektivlilik - boshqaruv uchun zarur axborotlarni shakllantirishda xatoliklarga yo'l qo'ymaslik;

•taqqoslamalilik - hisobot ma'lumotlarining vaqt bo'yicha va korxona javobgarlik markazlari bo'yicha taqqoslanish imkoniyatiga egaligi;

•tejamkorlik - boshqaruv segmentar hisobotlarni tuzish xarajatlarini ularni foydalanishdan ko'riladigan samaradan ortib ketmasligi.

Boshqaruv segmentar hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ularda aks ettirilgan ma'lumotlar qimmatini pasayishiga olib keladi, boshqacha aytganda bunday hisobotlar operativ qarorlarni qabul qilishda nafsiz bo'lib qoladi. Shu bois ham, segmentar hisobotlarni o'z vaqtida - talab qilingan vaqtda, har soatda, har smenada yoki ish kuni oxirida berish foydali. Ayrim segmentar hisobotlarni talab etilgan davrlarda - har haftada, bir oyda yoki boshqa belgilangan vaqtda berish maqsadga muvofiq. Shuningdek, u yoki bu obyekt to'g'risida ma'lumotlarni ayrim guruh foydalanuvchilarga, masalan, quyi va o'rta bo'g'in boshqaruv menejerlariga batafsil tarzda har kuni, yuqori bo'g'in menejerlariga esa ular to'g'risidagi hisobotlarni haftasiga yoki oy oxirida jamlangan holda berish talab qilinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Rahmatullayev, F. Y. (2021). Boshqaruv hisobida rejalashtirish va byudjetlashtirish. Экономика и социум, (10 (89)), 231-234.

2. Maines L. A., McDaniel L. S., Harris M. S. Implications of proposed segment reporting standards for financial analysts' investment judgements //Journal of Accounting Research. - 1997. - Т. 35. - С. 1-24.

3. Maines, Laureen A., Linda S. McDaniel, and Mary S. Harris. "Implications of proposed segment reporting standards for financial analysts' investment judgements." Journal of Accounting Research 35 (1997): 1-24.

4. Цыганова, Ирина Юрьевна, and Вилена Анатольевна Якимова. "Сегментный учет и анализ деятельности организаций на российских и

зарубежных рынках сбыта продукции." Международный бухгалтерский учет 13 (348) (2015): 2-19.

5. Эдгулов, Мурат Русланович. "Сегментарный управленческий учет доходов и расходов." (2008).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.