Shirinov U.A., PhD.
SamISI Hamidov D. magistr SamISI
KORXONALARDA SEGMENTAR HISOBNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Maqolada korxonalarda segmentar hisobni tashkil etish, ular bo'yicha javobgarlik markazlarini belgilash masalalari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: segmen, hisob, javobgarlik markazi, bosh budjet, boshqaruv, raqamli iqtisod, biznes reja.
Shirinov U.A., Ph.D.
SamIES Hamidov D. master SamIES
IMPROVING SEGMENT ACCOUNTING IN ENTERPRISES
Annotation: The article deals with the issues of establishing segment accounts in enterprises and determining responsibility centers for them.
Key words: segment, accounting, responsibility center, total budget, management, digital economy, business plan.
Raqamli iqtisodiyotga o'tish, zamonaviy AKTlarni qo'llash boshqaruv segmentar hisobotlari formatlari, ularni ichki axborot foydalanuvchilarga yetkazish usullariga ham o'ziga xos talablarni qo'ymoqda. Bugungi kunda segmentar hisobotlarni faqat qog'oz shaklida uzatish o'z dolzarbligi yo'qotmoqda, uning o'rniga hisobotlarni bevosita kompyuter ekraniga turli ranglardagi jadval, diagrammalar, grafiklar ko'rinishlarida taqdim etish avj olmoqda.
Korxona Bosh byudjeti (biznes reja) ijrosi bo'yicha hisobotni tuzishga mas'ul bo'lib korxona bosh ofisi rahbari hisoblanadi. Rahbar bosh menejer sifatida javobgarlik markazlari tomonidan tuziladigan alohida ko'rsatkichlar byudjetlari bo'yicha tuziladigan hisobotlarni qabul qiladi, ular bajarilishini nazorat qiladi, shuningdek, ularga tuzatishlar kiritish, ijrosini ta'minlashga qaratilgan qarorlarni qabul qiladi, kelgusi davrlar uchun korxonaning yangi biznes - rejasini tuzishga umumiy rahbarlikni olib boradi.
Alohida olingan ko'rsatkichlar bo'yicha byudjetlar ijrosi to'g'risidagi hisobotlar korxonaning mos ravishdagi javobgarlik markazlariga kiruvchi bo'limlari tomonidan tuziladi (1-jadvalga qarang).
Ayrim obyektlar to'g'risidagi boshqaruv hisobi axborotlari ularning har bir o'zgarishidan keyin real vaqt rejimida tegishli boshqaruvchilarga yetkazilishi lozim. Masalan, korxonaning moliyaviy holatiga mas'ul bo'lgan yuqori bo'g'in menejeri uchun valyuta kurslari yoki birja kurslari, fond bozori indekslari, qimmatli qog'ozlar kotirovkalari, tovar va xizmatlar narxlari (tariflari)ni keskin o'zgarganini to'g'risidagi operativ axborotlar zudlik bilan yetkazilishi lozim. Shuningdek, rahbarlarga korxona iqtisodiyotiga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarishdagi kutilmagan uzilishlar, norasional chiqimlar va yo'qotishlar to'g'risida axborotlar ularga doir choralarni tezlikda qabul qilish uchun zudlik bilan yetkazilishi kerak.
Boshqaruv segmentar hisobotlari aksariyatini har kunlik yoki har haftalik, ayrimlarini esa oy yakunida berilishi yetarlidir. Masalan, mahsulot va yarim mahsulotlarni ishlab chiqarish, yaroqsizliklar, me'yorlardan chetlanishlar, sotish miqdori va qiymati to'g'risidagi segmentar hisobot ma'lumotlari, odatda, har kuni yoki haftada bir marta taqdim etiladi. Bozorga olib chiqilgan alohida tovarlar, ish va xizmatlarning foydaligi va rentabelligi to'g'risida faqatgina oylik boshqaruv hisobotlari ma'lumotlari asosida bir fikrga kelish mumkin. Xuddi shunday, uzoq muddatli investision loyihalar bo'yicha qilingan ishlar, olingan natijalarning reja ko'rsatkichlaridan chetlanishlari to'g'risidagi axborotlarni ham oy yakunlari bo'yicha aniqlash mumkin.
1-jadval
Korxonalarda boshqaruv segmentar hisobotlarni tuzuvchi javobgarlik
markazlari39
№ Javobgarlik markazlariga kiruvchi bo'limlarning nomlari Tuzish yuklatilgan boshqaruv segmentar hisobotlarning nomlari
1. Bosh ofis markazi
1 Korxona rahbariyati - bosh ofis Korxona Bosh byudjeti (biznes-reja) ijrosi bo'yicha yig'ma hisobot
2. Ta'minot markazi
1 Kadrlar bo'limi *Kadrlar ta'minoti va shtat jadvali byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Mehnat sarfi byudjeti bo'yicha hisobot;
2 Ta'minot bo'limi *Mehnat vositalari ta'minoti byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *mehnat predmeti ta'minoti byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Kommunal va boshqa xizmat turlari (suv, gaz, elektr energiyasi, bug', yoqilg'i, transport va boshqalar) ta'minoti byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
3. Xarajat markazi
1 Asosiy ishlab chiqarish bo'limi *Ishlab chiqarish hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha
39 ypa30B K.E., ny^aTOB M3. Byxra^repHH ^HCOÔH. ^apc^HK.-T.: "Hнновaцнон pHBO^aHHm HamnpëTH MaTÔaa ynn",2020, 554 6.
hisobot; *Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
2 Yordamchi ishlab chiqarish bo'limi *Yordamchi ishlab chiqarish hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Tugallanmagan yordamchi ishlab chiqarish hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
3 Xizmat ko'rsatish bo'linmalari *Umumishlab chiqarish xarajatlari hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
4. Foyda markazi
1 Sotish bo'limi *Sotish hajmi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
2 Reja-iqtisod va moliya bo'limi *Bevosita material xarajatlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Mevosita mehnat va ish haqi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Bevosita boshqa ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Yig'ma ishlab chiqarish xarajatlari va tannarx byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Sotish tannarxi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot *Sotish va boshqarish xarajatlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Boshqa ustama ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Soliqlar byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Moliyalashtirish manbalari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Kapital va moliyaviy investisiyalar byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot
3 Buxgalteriya *Buxgalteriya balansi byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Moliyaviy natijalar ko'rsatkichlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Pul oqimlari byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Xususiy kapital byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot; *Debitorlik va kreditorlik qarzlar byudjeti ijrosi bo'yicha hisobot.
Korxonalarda xaqiqiy qilingan xarajatlar va erishilgan natijalar to'g'risidagi boshqaruv hisobotlarini hisobot davri tugashi bilan qisqa muddatlarda shakllantirish va menejerlarga yetkazish tizimi yaratilishi o'ta muhim.
Boshqaruv segmentar hisobotlar shakl va mazmunan ixcham, optimal bo'lishi, juda ko'p sonli hisob-kitoblarni qamrab olmaganligi ham maqsadga muvofiqdir. Boshqaruv segmentar hisobotlariga tushuntirish xatlarida, qilingan tahlil natijalarida mavjud chetlanishlar hisob-kitoblari, sabablari va sababchilari, bu chetlanishlarni bartaraf etish bo'yicha taklif va tavsiyalar aniq bo'lishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Уpaзов К.Б., Пугатов М.Э. Бyхгaлтеpия хдсоби. Дapслик. -Т.: "Инновaцион pивожлaниш нaшиpёти мaтбaa уйи",2020, 554 б.
2. Соколов А. А. Учет по сегментам деятельности коммеpческой оpгaнизaции: фоpмиpовaние и aнaлиз. М.: Фишнсы и статистик, 2004. 288 с.
3. Cagnur, K.B. SFAS No.131 segment disclosures and the strategy-structure-performance relationship = Стaндapт 131 pa^pb^^ инфоpмaции о сегментах и взaимосвязь стpaтегия-стpyктypa-эффективность: Dissertation / K.B. Cagnur // Boston University School of Management. — 2004. — 208 p.
4. Цыгaновa, ^иш Юpьевнa, and Вилеш А^тольев^ Якимовa. "Сегментный учет и aнaлиз деятельности оpгaнизaций нa pоссийских и зapyбежных pынкaх сбытa пpодyкции." Международный бухгалтерский учет 13 (348) (2015): 2-19.
5. Эдгулов, Mypaт Рyслaнович. "Сегментapный yпpaвленческий учет доходов и paсходов." (2008).