Научная статья на тему 'BOSHQARUV HISOBIDA SEGMENTAR HISOBNI O’RNI'

BOSHQARUV HISOBIDA SEGMENTAR HISOBNI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
252
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SEGMENT / ALOQA / XIZMAT / BOSHQARUV HISOBI / BUDJET / BOSH BUDJET / SEGMENTAR HISOBOT

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Hamidov D.

Maqolada boshqaruv hisobida segmenlar bo’yicha budjet malumotlarini tushiz tartibi hamda korxona ma’lumotlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUBSTITUTE SEGMENT ACCOUNT IN MANAGEMENT ACCOUNT

The article describes the procedure for entering budget data by segments and company data in management accounting.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV HISOBIDA SEGMENTAR HISOBNI O’RNI»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI

BOSHQARUV HISOBIDA SEGMENTAR HISOBNI O'RNI

Annotatsiya. Maqolada boshqaruv hisobida segmenlar bo'yicha budjet malumotlarini tushiz tartibi hamda korxona ma'lumotlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: segment, aloqa, xizmat, boshqaruv hisobi, budjet, bosh budjet, segmentar hisobot.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES

SUBSTITUTE SEGMENT ACCOUNT IN MANAGEMENT ACCOUNT

Abstract. The article describes the procedure for entering budget data by segments and company data in management accounting.

Key words: segment, communication, service, management account, budget, general budget, segmental report.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda segmentar hisobotlarni tuzish muhim masalalardan biridir. Chunki aloqa korxonalarining turli xil joylarda filiallari va bog'lamalari mavjud.

Boshqaruv segmentar hisobotlarning xarakterli jihatlaridan biri shundaki, ularni shaklan va mazmunan standartlashtirib bo'lmaydi. Korxonalarda har bir segment bo'yicha tuzilayotgan boshqaruv hisobot lari formati, tarkibiy tuzilishi, tuzish tartiblari, taqdim etish muddati va boshqa jihatlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi.

Shu bilan birga halqaro ta'limotda boshqaruv segmentar hisobot shakllarini tuzish negiziga ularni qaysi javobgarlik subyektlari hamda obyektlari bo'yicha tuzilishidan qat'i nazar nazorat qilish tamoyiliga javob berish tamoyili

asos qilib olinishi e'tirof etiladi. Ushbu tamoyilga muvofiq javobgarlik subyektlari va obyektlari bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotlarda, avalambor, tuzilgan reja (budjet) ko'rsatkichlari hamda ular haqqoniy ijrosini ifodalovchi miqdor va nisbiy ko'rsatkichlar, shuningdek, ulardagi chetla nishlar aks ettirilishi, tuzilgan hisobotlarga beriladigan izoh va tushuntirishlarda esa yo'l qo'yilgan chetlanishlarning qanday omillar evaziga yuz berganligi hamda chetlanishlarning aybdorlari o'z aksini topishi lozim bo'ladi. Aynan ushbu talabdan kelib chiqib, quyida korxonalar bosh budjeti hamda ayrim alohida olingan ko'rsatkichlar bo'yicha tuziladigan budjetlar ijrosi bo'yicha segmentar hisobotlarni tuzish tartibiga hamda ularga berilishi lozim bo'lgan tushuntirishlar va izohlarga qisqacha to'xtalamiz.

Bosh budjet, kompleks hujjat hisoblanadi. U o'z ichiga aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning barcha tarkibiy qismlari, bo'limlari, filiallari faoliyatiga doir asosiy reja ko'rsatkichlarni oladi. Bosh budjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotda uning har bir ko'rsatkichi bo'yicha hisobot oyi uchun belgilangan reja, u bo'yicha haqiqatda erishilgan natija, shuningdek, reja bajarilishi foizi, rejadan chetlanishlar miqdor va pul birligida aks ettirilishi lozim. Aynan shunday talabdan kelib chiqib, Bosh budjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha tuziladigan segmentar hisobotni quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (1-jadvalga qarang)

1-jadval

Bosh budjet (biznes reja) ijrosi bo'yicha segmentar hisobot

2020 yil uchun63

№ Ko'rsatkich O'lchov birligi Rej Haqiqatda bajarilgan Reja bajarilishi foizi Rejadan chetlanish

Yillik Yil boshidan Yil boshidan Yil boshidan

1 Sof tushum ming so'm 24 468 926 27 396 266 112% 2 927 340

2 Maxsulot tannarxi ming so'm 16 433 186 17 487 104 106% 1 053 918

3 Davr xarajatlari ming so'm 9 679 018 8 581 269 89% -1 097 749

4 Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari ming so'm 1 091 098 1 229 476 113% 138 378

5 Sof foyda ming so'm 684 167 2 557 369 329% 1 568416

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib har bir ko'rsatkich bo'yicha javobgarlik markazi tomonidan to'lg'azilgan hisobotlar hisoblanadi. Uning asosida korxona rahbariyati tegishli javobgarlik markazlari faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

63 https://uztelecom.uz/uz/kompaniya-haqida-1/korporativ-boshqaruv/hisobotlar/choraklik-va-yillik-hisobotlar-1

2-jadval

Sotish budjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot _2020 yil dekabr oyi uchun64_

Daromad manbalari nomi O'lchov bir-ligi Sotish hajmi rejasi Haqiqatd a sotish hajmi Reja bajari-lishi foizi Rejadan chetlanish

Yillik Yillik Yillik Yillik

Kanallar jarasi ming so'm 726 578 749 349 103 22 771

Halqaro va shaharlararo so'zlashuvlar ming so'm 129 800 137 400 106 7 600

Maxalliy telefon aloqa xizmati ming so'm 1 618 538 2 127 978 131 509 440

Ma'lumotlarni uzatish xizmati ming so'm 21 568 946 23 298 779 108 1 729 833

Data centr xizmati ming so'm 127 347 112 454 88 -14 893

Call markaz xizmati ming so'm 1 606 3 757 234 2 151

Telegraf xizmati ming so'm 827 1 279 155 452

Aloqa vositalarini sotish ming so'm 78 784 114 762 146 35 978

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari ming so'm 216 500 850 501 393 634 001

Jami ming so'm 24 468 926 27 396 266 112 2 927 340

Sotish budjeti ijrosi bo'yicha hisobotni tuzish. Ushbu budjetni aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyeküarning foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi tuzadi. Mazkur hisobotni yillik, choraklik va oylik biznes-reja ko'rsatkichlari hamda haqiqatda erishilgan natijalarni ifodalovchi hisob registrlari asosida hisobot oyning har dekadasida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (2-jadvalga qarang).

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning sotish bo'limi tomonidan daromadlarni xizmat turlari bo'yicha aks ettiruvchi analitik jadvallar hisoblanadi. Mos ravishda ushb u analitik jadvallar korxona buxgalteriyasida yuritiladigan xizmatlar ko'rsatishini aks ettiruvchi hisob registrlari asosida tuziladi. Sotish budjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona raxbariyati foyda markaziga kiruvchi sotish bo'limi faoliyatiga baho beradi, unga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

64 https://uztelecom.uz/uz/kompaniya-haqida-1/korporativ-boshqaruv/hisobotlar/choraklik-va-yillik-hisobotlar-1

Xizmatlarni ko'rsatish budjeti ijrosi bo'yicha hisobotni tuzish. Ushbu budjetni aloqa xizmaüarini ko'rsatuvchi subyektlarning xarajat markaziga kiruvchi xizmat ko'rsatish bo'limi tuzadi.

Mazkur hisobotning ahamiyati shundaki, uning asosida xizmatlarni sotish rejasini bajarilishi ta'minlanadi. Mazkur hisobot ushbu rejalar bajarilishi ta'minlanganlik holatini oldindan nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu hisobotni hisobot oyi boshidan har kuni (kerak bo'lsa har smenada) quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir (3-jadvalga qarang).

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasiga topshiriladigan xizmat ko'rsatish hisobotlari, xizmat ko'rsatish kartochkalari ma'lumotlari hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish budjeti bo'yicha tuzilgan segmentar hisobot asosida korxona rahbariyati xarajat markaziga kiruvchi xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatiga baho beradi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qiladi hamda rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilaydi.

Foyda va zararlar ko'rsatkichlari budjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot. Ushbu hisobotni aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning bosh ofis talabiga ko'ra foyda markaziga kiruvchi barcha bo'limlar, chunonchi reja-iqtisod va moliya bo'limlari hamda buxgalteriya hamkorlikda tuzadi. Ushbu hisobotni choraklar va ularning oylari kesimida quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiqdir.

3-jadval

Xizmatlarni ko'rsatish budjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot

2020 yil uchun65

Mahsulot nomi Xizmatlarni ko'rsatish rejasi Haqiqatda ko'rsatilgan xizmatlar Xizmatlarni ko'rsatish reja bajarilishi Reja bajarilishidan chetlanish

Oy boshidan Shu kunda Oy boshidan c T. 2 l Oy boshidan Shu kunda Oy boshidan Shu kunda

Kanallar ijarasi 726 578 749 349 103 22 771

Halqaro va shaharlararo so'zlashuvlar 129 800 137 400 106 7 600

Maxalliy telefon aloqa xizmati 1 618 538 2 127 978 131 509 440

Ma'lumotlarn i uzatish xizmati 21 568 946 23 298 779 108 1 729 833

Data centr xizmati 127 347 112 454 88 -14 893

Call markaz xizmati 1 606 3 757 234 2 151

65 https://uztelecom.uz/uz/kompaniya-haqida-1/korporativ-boshqaruv/hisobotlar/choraklik-va-yillik-hisobotlar-1

Telegraf xizmati 827 1 279 155 452

Aloqa vositalarini sotish 78 784 114 762 146 35 978

Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 216 500 850 501 393 634 001

Jami 24 468 926 27 396 266 112 2 927 340

Foyda va zararlar ko'rsatkichlari budjeti ijrosi bo'yicha segmentar hisobot korxona daromadlari holati, qaysi segment daromadi qancha ekanligi hamda xarajatlarning aniq miqdorlarini ko'rsatib beradi.

Ushbu segmentar hisobotni tuzishga asos bo'lib korxona buxgalteriyasida yuritiladigan barcha daromadlar va xarajatlar, soliqlar va to'lovlar hisob registrlari, hisoblanadi. Mazkur hisobot asosida korxonaning barcha markazlari faoliyatiga baho beriladi, ularga doir boshqaruv qarorlarini qabul qilinadi, rag'batlantirish yoki jazo tadbirlarini belgilanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Цыганова И. Ю., Якимова В. А. Сегментный учет и анализ деятельности организаций на российских и зарубежных рынках сбыта продукции //Международный бухгалтерский учет. - 2015. - №. 13 (348). - С. 2-19.

2. 1гнатенко Т. В. Сутнють сегментарного облшу //Збiрник наукових праць Черкаського державного технолопчного ушверситету. Серiя: Економiчнi науки. - 2010. - №. 25 (1). - С. 148-152.

3. Георпев В. А. Методика сегментарного аналiзу як шструмент сценарного шдходу до управлшня тдприемством //Фшансова система Украши. Науковi записки. Серiя "Економша". - 2010. - №. Вип. 15. - С. 151-157.

4. Шароватова, Елена Александровна. "Современные подходы к сегментированию управленческого учета." Advanced Engineering Research 11.8-1 (2011): 1268-1273.

5. Чинбердиева Л. Хужалик юритувчи субъектларда бошкарув тахлилининг иктисодий мохдяти ва ахдмияти //Innovations in Technology and Science Education. - 2023. - Т. 2. - №. 9. - С. 1830-1839.

6. Банк-молия К. АА Каримов, АК Ибрагимов, НК Ризаев, НМ Имамова-Бухгалтерия хдсоби: халкаро молиявий хдсобот стандартлари/Дарслик-T.:«MOLIYA», 2020-310 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.