Научная статья на тему 'ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR AUDITNI TASHKIL ETISH MASALALARI'

ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR AUDITNI TASHKIL ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SEGMENT / ALOQA / XIZMAT / SEGMENTAR AUDIT / RAQAMLI IQTISODIYOT / NAZORAT / SEGMENTAR HISOBOT

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shirinov U.A., Amonov A.A., Hamidov D.

Maqolada aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda segmentar auditni o’tkazish zarurativa axamiyati, o’tkazishning maqsadi, ularning vazifalari haqida mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF ORGANIZING A SEGMENTAL AUDIT IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

The article discusses the necessity and importance of conducting a segmental audit in entities providing communication services, the purpose of conducting it, and their duties.

Текст научной работы на тему «ALOQA XIZMATLARINI KO’RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR AUDITNI TASHKIL ETISH MASALALARI»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Amonov A.A. katta o'qituvchi SamISI Hamidov D. magistr SamISI

ALOQA XIZMATLARINI KO'RSATUVCHI SUBYEKTLARDA SEGMENTAR AUDITNI TASHKIL ETISH MASALALARI

Annotatsiya. Maqolada aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda segmentar auditni o'tkazish zarurativa axamiyati, o'tkazishning maqsadi, ularning vazifalari haqida mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: segment, aloqa, xizmat, segmentar audit, raqamli iqtisodiyot, nazorat, segmentar hisobot.

Shirinov U.A., Ph.D.

SamIES Amonov A.A. senior lecturer SamIES Hamidov D. master SamIES

ISSUES OF ORGANIZING A SEGMENTAL AUDIT IN SUBJECTS PROVIDING COMMUNICATION SERVICES

Annotation. The article discusses the necessity and importance of conducting a segmental audit in entities providing communication services, the purpose of conducting it, and their duties.

Key words: segment, communication, service, segmental audit, digital economy, control, segmental reporting.

Raqamli iqtisodiyotga o'tish sharoitida aloqa xizmatlari hisobini to'g'riligi va ular hisobotlarining ishonchliligi auditorlik tekshiruvlarining to'g'ri tashkil etilganligiga bog'liq. Bu esa o'z navbatida bu sohada ichki va tashqi auditga zaruratning mavjudligidan dolalatdir. Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda ichki va tashqi auditning asosiy obyekti segmentlar bo'lib hisoblanadi. Chunki asosiy hisob- kitoblarning barchasi filiallar va

bog'lamalarda amalga oshiriladi. Shu boisdan ham biz segmentlar bo'yicha hisob kitoblar auditini tadqiq etdik.

Segmentar hisob va hisobot auditi bo'yicha turli olimlar tadqiqot olib borishgan. Chunonchi, S.V.Voloshina, I.N.Bogataya54, Ye.N.Varlamovalar55 o'z ilmiy tadqiqotlarida segmentar hisobot auditi, audit maqsadi, audit o'tkazish bosqichlarini tadqiq qilishgan.

Yuqoridagi olimlar o'z tadqiqotlarida segmentar audit tushunchasiga to'xtalishmagan. Shu boisdan ham biz o'z tadqiqotlarimiz natijasida segmentar audit tushunchasiga quyidagicha ta'rif berdik.

Segmentar audit - bu ichki va tashqi auditning yaxlit iqtisodiy birlikning tarkibiy qismlari faoliyat turlari, ular daromadlari, xarajatlari, foyda va boshqa muhim ko'rsatkichlarini tekshirishga qaratilgan tarkibiy qismi.

Segmentar auditning maqsadi buxgalteriya hisobotlarining segmentlar bo'yicha ishonchliligi va to'g'riligini tekshirishdan iborat.

Segmentar auditning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: xo'jalik yurituvchi subyektlarda segmentar hisob va hisobotni shakllantirishning umumiy metodologiyasini o'rganish va baholash; risklarni (narx, siyosiy, kredit, valyuta va boshqalarni) hisobga olgan holda ajratilgan segmentlarni ro'yxatini aniqlash; segmentlar bo'yicha hisobotlarni to'g'riligini tekshirish; ichki nazorat tizimini baholash; segmentar hisob bo'yicha auditorlik dalillarini yig'ish; segmentlar bo'yicha ma'lumotlarni to'g'riligi va to'liqligini tekshirish; hisobot beriladigan segmentlar bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etish usullarini o'rganish; moliyaviy hisobotlarda segment ma'lumotlarini taqim etish va oshkor qilishning to'g'riligini va to'liqligini tekshirish.

Segmentar hisobot auditini o'tkazishda auditor bir qancha ma'lumot manbalaridan foydalanadi. Barcha ma'lumot manbalarini 5 guruhga ajratishimiz mumkin (1-rasmga qarang).

54 https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-segmentarnoy-otchetnosti-kak-obekta-audita

55 https://cyberleninka.ru/article/n/segmenty-informatsii-dlya-tseley-buhgalterskogo-ucheta-i-audita

Segmentar hisobni yuritish uslubiyotini tartibga soluvchi tashkiliy va ma'muriy xujjatlar (hisob siyosati, ustav va boshqalar)

•Segmentlar

bo'yicha yuritiladigan birlamchi hujjatlar

•Segmentlar bo'yicha analitik va

sintetik buxgalteriya hisobi registrlari

•Segmentar hisobot shakllari

Boshqa hujjatlar

1- rasm. Segmentar hisobot auditi ma'lumot manbalari.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda segmentar auditni to'g'ri tashkil etish va o'tkazish soha korxonalari mo liyaviy hisobotlarining ishonchliligi va shaffofliligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlar faoliyatini miqdor va sifat jihatdan ifodalovchi ko'rsatkichlar to'g'risidagi axborotlarning realligini ta'minlash ham ichki, ham tashqi foydalanuvchilar uchun o'ta muhimdir. Ichki foydalanuvchilar uchun ushbu axborotning realligini ta'minlash negizida, avvalambor, ular tomonidan xizmatlar ko'rsatish bo'yicha qarorlarni qabul qilishda namoyon bo'ladi. Aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarda samarasiz xarajatlarni vujudga kelishi, talon taroj qilinishi mazkur soha subyektlarida pirovardida zarar ko'rishlariga olib keladi. Zarar ko'rish, tabiiy holda, aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlarning moliyaviy ahvolini yomonlashuviga, qolaversa bankrot bo'lishiga olib kelishi mumkin. Aynan shu holga tushmaslik uchun aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlar rahbarlari barcha amalga oshirilayotgan xarajatlarni, xizmat ko'rsatish jarayonlari, ulardan olinayotgan daromadlar, qilinayotgan sarflar va boshqa ko'rsatkichlar to'g'risida real axborotlarga ega bo'lishlari lozim. Bunday axborotlar boshqaruv organi rahbarlari va xodimlariga tegishli qarorlarni qabul qilishlariga imkon beradi.

Tashqi foydalanuvchilarga esa korxona faoliyatiga baho berishda va korxona bo'yicha muhim qarorlarni qabul qilishda ma'lumotlar shaffofligi o'ta muhimdir.

Shu boisdan ham ishda aloqa xizmatlarini ko'rsatuvchi subyektlar xususiyatidan kelib chiqib ichki va tashqi auditning asosiy vazifalari yoritib berildi.

Segmentar hisobot auditini o'tkazishda ma'lumot manbalari muhim hisoblanadi. Auditor segmentar hisobotlarni tekshirishda bir qancha ma'lumot manbalaridan foydalanadi. Biz barcha ma'lumot manbalarini 5 guruhga ajratib ko'rsatdik.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Вил, Р. Вандер, et al "Сегментування управлiнського облжу: сутнють та органiзацiйно-методичнi аспекти його впровадження на вггчизняних шдприемствах."

2. Kutsyk P., Ostapyuk N. Organization of operational and strategic controlling in integrated accounting system //Технологический аудит и резервы производства. - 2017. - Т. 3. - №. 4 (35). - С. 24-29.

3. Vovk M. O. Analysis of segment reporting //Ekonomichnyy analiz. - 2015. -Т. 19. - №. 2. - С. 47-53.

4. Francis J. R., Simon D. T. A test of audit pricing in the small-client segment of the US audit market //Accounting Review. - 1987. - С. 145-157.

5. Usmonov M. Continuous recording and audit //Scienceweb academic papers collection. - 2021.

6. Bauwhede H. V., Willekens M. Evidence on (the lack of) audit-quality differentiation in the private client segment of the Belgian audit market //European accounting review. - 2004. - Т. 13. - №. 3. - С. 501-522.

7. Кеворкова Ж. А. и др. Внутренний аудит. - 2013.

8. DeFond M. L., Francis J. R., Wong T. J. Auditor industry specialization and market segmentation: Evidence from Hong Kong //Auditing: A Journal of Practice & Theory. - 2000. - Т. 19. - №. 1. - С. 49-66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.