Научная статья на тему 'TEATR VA KINO SAN’ATIDA NUTQNING AHAMIYATI'

TEATR VA KINO SAN’ATIDA NUTQNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
302
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / kino / san’at / nutq / sahna / til / madaniyat / ekran / aktyor / ijro

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Temur Shavkat О‘g‘li Sulaymonov

Til madaniyat kо‘zgusi bо‘lganidek teatr va kino ham ana shu kо‘zguni tomoshabinga tutadi. Mazkur maqolada teatr va kino san’atida nutqning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEATR VA KINO SAN’ATIDA NUTQNING AHAMIYATI»

TEATR VA KINO SAN'ATIDA NUTQNING AHAMIYATI

Temur Shavkat o'g'li Sulaymonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Til madaniyat ko'zgusi bo'lganidek teatr va kino ham ana shu ko'zguni tomoshabinga tutadi. Mazkur maqolada teatr va kino san'atida nutqning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: teatr, kino, san'at, nutq, sahna, til, madaniyat, ekran, aktyor, ijro

IMPORTANCE OF SPEECH IN THEATER AND FILM ARTS

Temur Sulaymonov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: As language is a mirror of culture, theater and cinema hold this mirror to the viewer. This article discusses the importance of speech in the art of theater and cinema.

Keywords: theater, cinema, art, speech, stage, language, culture, screen, actor, performance

Milliy o'zlikni anglash - bu o'ziga xoslikni anglash demakdir, milliy o'ziga xoslik esa bevosita millatning tili va madaniyati, o'tmishi, ruhiyati dunyoqarashi kabilarda aks etadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko'ra, bugun yer yuzida yetti mingga yaqin til bor.

Til - dunyoni bilish va ruhiy his-tuyg'ularni ifoda etish orqali inson xulq-atvorini namoyish etuvchi vositadir. Til - fikrni ifodalash, dunyoni bilish, bilim va tajribalarni to'plash, saqlash hamda keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy ma'naviyatlarni aks ettirish kabi bir qancha vazifalarni o'z ichiga oladi. Til madaniyat ko'zgusi bo'lganidek teatr va kino ham ana shu ko'zguni tomoshabinga tutadi. Ta'lim-tarbiya darsi sifatida teatr va kino san'atini ham bir ibratxona deb muloxaza yuritsak bo'ladi, sababi har bir insonning uyiga kirib borgan oynai jahon yoshu qarini birdek o'ziga qamrab olish kuchiga ega.

Endilikda insoniyatning ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismiga kirib kelayotgan ekran va sahna san'ati bugungi yosh avlod ongi ostiga tez ta'sir etib, ularning qalbi hamda ongida ezgu hislar, ulug'vor qadriyatlar uyg'otadigan, ma'naviy botinini boyitadigan san'at turlaridan biri bo'lib qoldi. Ommabop va hammabop san'at turi bo'lgan kino hamda teatr orqali o'sib kelayotgan yosh avlodlar undan o'rnak oladi. Tomosha qilayotgan film yoki spektaklda aktyorlar libosiga, uning xatti-harakatiga,

dialoglariga, ayniqsa uning nutqiga ham alohida e'tibor qaratadi. Qisqacha qilib aytganda, har bir san'at asari ma'lum darajada dars sifatida insoniyat ongida shakllanadi, o'sib kelayotgan yosh avlod uchun ma'lum darajada o'rganuvchi dars vazifasini ham o'taydi.

Abdulla Avloniy: "Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurg'on oynai hayoti til va adabiyotdur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur" degan so'zlarni bejizga aytmagan. Sahna va ekran san'ati ham ma'lum darajada millat tili ona tilini o'zida saqlab qolish va uni avloddan-avlodlarga asrab-avaylash vositasini ham bajara olish kuchiga ega.

Aktyor ekranda yoki sahnada o'z fikrini so'z orqali ifoda etadi. Yaratayotgan sahna asari haqida tomoshabinga yetkazib beradi. Aktyorda nutq aniq bir maqsadga yo'naltirilsa va aniq talaffuzga erishilsa, tomoshabinning bir-biri bilan yaqinlashuviga olib keladi. Nutq kino san'atining barcha jabhalarida, televideniye va radioda muhim o'rin egallaydi va kino sahnasida erishishi lozim bo'lgan so'z va so'z birkmalari aniq va ravon, ma'lum bir g'oyani o'zida ifodalovchi, o'z maqsadiga ega bo'lishi shart.

Aktyorlik san'ati - aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radioda badiiy obraz yaratish san'ati. Aktyor ma'lum rolda o'ynar ekan, o'z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe'l-atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalaydi. Bunda u pyesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni o'z ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyitadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va ko'z imo-ishoralari, tuyg'ulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, ba'zan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni bir-biriga uyg'unlashtiradi. Aktyorlik san'ati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy o'ziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. San'at turlari (drama, opera, bal et, kino, telyefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tuman janrlarga qarab aktyorlik san'ati bir qator uslublar va yo'nalishlarga bo'linadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir so'zni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni bo'rttirib ko'rsatishga majbur. Kinoda boshqacha: ovozsiz kinoda faqat harakat, imo-ishora bilan inson fe'l-atvori ochib berilgan bo'lsa, kino ovozli bo'lgach, aktyor kino kamera ro'parasida ko'proq qahramonning ruhiy holatini ochishga o'tdi. Televideniye ham aktyordan tabiiylikni talab qiladi. Radioteatrda esa aktyorlarning o'zlari ko'rinmaydi, ovozlari eshitiladi, xolos. Shu boisdan ovoz imkoniyatlari keng ishlatiladi. Balet spektakllarida obrazlar raqqos va raqqosalarning muayyan musiqa mazmunini ifodalovchi tana, qo'l harakatlari, aylanishlari, yuz va ko'z imo-ishoralari vositasida yaratiladi. Operada ijrochining musiqiy ohanglari, obraz sur'ati kompozitor tomonidan belgilangan, dirijyor rahbarligida orkestr tomonidan o'zlashtirilgan bo'ladi. Aktyor kompozitor belgilagan, orkestr o'zlashtirgan ohang va usullarni o'z jozibasi, ovozi, his-tuyg'ulari bilan boyitadi. Musiqali teatr turi (opera, balet, operetta, musiqali

drarna)ga qarab artistning aytish va sahnaviy harakatlari har xil bo'ladi. Ammo umumiy jihat shuki, musiqali teatr artisti xonandalik, aktyorlik, raqqoslik sohalarini puxta o'zlashtirgan, sintetik qobiliyatga ega bo'lishi kerak. O'zbek aktyorlik san'ati qadim tarixga ega. Uning sarchashmalari ibtidoiy jamiyatdan boshlangan: tabiat hodisalariga topinish, ibtidoiy odamlarning e'tiqodlariga doir marosimlardan, ovchilik bilan bog'liq ko'pchilik bo'lib ijro etiladigan o'yinlar, pantomimalardan kelib chiqqan. Aktyorlik san'ti badiiy ijodning aloxida turi sifatida miloddan avvalgi V asrda Hindiston, Yunonistonda shakllanadi. Keyinchalik Qadimgi Rimda rivojlandi. Ilk davlatlar va shaharlarning paydo bo'lishi natijasida Turkistonda ham aktyorlik san'atining o'ziga xos ilk ko'rinishlari shakllandi. Ellinizm davrida (mil. av. III-I-asrlar) vujudga kelgan aktyorlik san'ati an'analari XX asr boshlarigacha yetib kelgan. U ijtimoiy timsol - obrazlar yaratishda o'ziga xos uslub va ifoda vositalariga ega bo'lgan. Obraz yaratishda psixologik tahlildan ko'ra nutqning serbo'yoqliligi, mubolag'a, badiha, kulgi vositalaridan keng foydalanish, harakat, imo-ishora, ohanglarni bo'rttirishga qaratilgan.

Yuqoridagilardan anglashilayaptiki, nutq masalasi o'zining tarixi, tadriji, nazariy va amaliy muammolari bilan har bir davrda ahamiyat kasb etib kelgan. Xususan, sahna nutqi masalalari borasida uzoq yillar faoliyat olib borgan, o'zlarining nazariy va amaliy xizmatlari bilan bu sohaning rivojiga munosib hissa qo'shgan olim va pedagoglarning xizmatlarini ta'kidlash o'rinlidir. Lola Xo'jayeva, Nazira Aliyeva, Abdurahim Sayfiddinov, Sotimxon Inomxo'jayev singari ustozlarning bu boradagi hissalari katta. Shogirdlariga saboq jarayonida ana shu jihatlarga talabalar diqqatini jalb etibgina qolmasdan, balki ularning talaffuz meyorlarini, artikulyatsiyasini ishlashgan. Bu bir kunlik, bir yillik yoki o'n yillik tajriba emas, balki umrlik, tinimsiz mashq va takrorlash, ovoz chiqarib o'qish ekanligini ko'p bor qayd etishgan. Qolaversa, o'zingizni va so'zingizni nazorat qilishni kanda qilmaslik, nutq tovushlarining, so'zlarning talaffuziga e'tibor qilish, ularni yamlamasdan aniq, burro talaffuz etish sahna nutqi madaniyati va mahoratiga daxldorligini yoddan chiqarmaslik kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mahmudov N.Til tilsimi tadqiqi -T.: "Mumtoz so'z", 2017. - 5 -bet

2. Karimov. I. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat", 2008. -83-bet.

3. Xodjimatova M. Sahna nutqi. - Toshkent: Fan, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.