Научная статья на тему 'MUSIQIY TEATR AKTYORINING ROL USTIDA ISHLASHI'

MUSIQIY TEATR AKTYORINING ROL USTIDA ISHLASHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
67
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Aktyor / obraz / grim / libos / hayotiy voqelik / operetta / opera / balet / obraz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xursanoy Umarova

Ushbu maqolada musiqiy teatr aktyorining rol ustida ishlashi, aktyorning о‘z partnyoriga sо‘z orqali ta’sir etishi, aktyorning rol ijro etish jarayonida о‘z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe’l atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalash mahorati haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY TEATR AKTYORINING ROL USTIDA ISHLASHI»

MUSIQIY TEATR AKTYORINING ROL USTIDA ISHLASHI

Xursanoy Umarova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqiy teatr aktyorining rol ustida ishlashi, aktyorning o'z partnyoriga so'z orqali ta'sir etishi, aktyorning rol ijro etish jarayonida o'z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe'l - atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalash mahorati haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Aktyor, obraz, grim, libos, hayotiy voqelik, operetta, opera, balet, obraz.

THE WORK OF A MUSICAL THEATER ACTOR ON THE ROLE

Khursanoy Umarova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the work of a musical theater actor on a role, the actor's influence on his partner through words, the actor's ability to take on the character of his character and express his character, inner world and aspirations during the performance of the role. is told about.

Keywords: Actor, image, make-up, costume, life reality, operetta, opera, ballet, image.

Aktyor va rol munosabatlari ijoddagi uyg'un xatti-harakat aktyorning eng qulay va tabiiy holati bo'lib bu xatti-harakat sahnada o'zini batamom oqlaydi. Uning xatti-harakati sahnada tabiiy hayot, ya'ni tomoshabin oldida tanholik vujudga keladi. Undan o'z maqsadiga erishmoq yo'lida sobitqadamlik, faollik talab etiladi. Uning tanasi, xatti-harakatning ifodaviyligi, ta'sirchanligi, ma'nodor nafis harakatlarning qurolidir. Aktyor nutqining ifodaviyligi, ya'ni so'zlardagi unlilarni kerakli joylarda cho'zib aytish va har bir so'zda oxirgi undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish orqali erishishlariga samara bo'lib, u aktyorlik san'ati badiiy - obraz yaratish yo'lidagi asosiy ifodaviylikdir.

Aktyor ma'lum rolni ijro etar ekan o'z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe'l -atvorini, ichki dunyosi va intilishlarini ifodalaydi. Obraz yaratish jarayonida aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va ko'z imo - ishoralari, tuyg'ulari idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos ba'zan niqobdan foydalanadi. Gavdalantiradigan kishi yoki boshqa mavjudotga yarasha xattiharakat, ohang, imo - ishora topadi, ichki va tashqi tomonini bir-biriga uyg'unlashtiradi. Bunda ijrochilarning dunyoqarashi,

shaxsiyati, ijodiy imkoniyatining o'ziga xosligiga tayanib, hayotiy voqelikni aks ettiradi. Teatr sahnasida aktyor yuzlab tomoshabin bilan jonli muloqotda bo'lgani uchun, har bir so'zni aniq, baland tovushda aytishi, har bir harakatini bo'rttirib ko'rsatishga majburdir. Kino, televideniyeda unday ijro yaramaydi. Musiqali teatr turi - operetta, opera, balet, musiqali drama aktyorlarining ham o'zigagina hos ijro uslublari mavjud.

Masalan, musiqali teatr artisti, xonandalik, aktyorlik, raqqoslik sohalarini puxta egallagan, "sintetik" qobiliyatgaega bo'lishi shart. Musiqiy teatr aktyori solistvokalist hisoblanib, rejissyor bilan birga, dirijyor, baletmeyster, xormester, orkestr bilan birgalikda ishlab, kompozitor belgilagan vazifalaridan kelib chiqib, o'z jozibasi, ovozi, his-tuyg'ulari bilan rol ijro etadi. Qadimda aktyorlar ijtimoiy timsol, ya'ni rol, obraz yaratishda, psixologik tahlildan ko'ra nutqiy serbo'yoqlik, mubolag'a, badiha, kulgu vositalarini o'ta bo'rttirishdan foydalangan. Bugungi kunda aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pesa qahramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning g'oyaviy ma'nosini chuqur tahlil qilishga o'rgandilar, hoh satirik, hoh maishiy, hoh tarixiy yoki mumtoz, romantik yoki falsafiy-badiiy obrazlar bo'lsin, ularni yaratishda yorqinlik, falsafiy umumlashma, zamonaviy jo'shqinlikka intilib, g'oyaviy teranlik, badiiy yetuklik bilan ijro etish maktabini yaratishdir. Bu haqiqiy milliy ijrochilik maktabi edi.

Mustaqillik davrida drama teatrida ashula va raqs vositalari qo'llangan bo'lsa, musiqali teatrda dramatizm, ichki kechinmalarning kuchayishi kuzatildi. Ijodiy erkinlik milliy an'analarga e'tibor ijodiy izlanish, yangi shakl va vositalar izlab topish, badihago'ylikka keng yo'l ochildi. Aktyor rol ustida erkin ijod etishga erishdi. Tanlangan rol uchun aniq xatti-harakatlar topish o'z ishiga samimiy ishongan holda maqsad sari intilish va harakatlarning tabiiyligini keltirib chiqarish y o'llarini bilishi zarur. Har qanday shart-sharoitda aktyor sahnada o'zini emin-erkin boshqarishi oqibatida o'z ishidan qoniqish hosil qilishi kerak. Aktyorning hissiy xotirasi charhlangan bo'lishi kerak. U o'z qahramonlarining boshidan kechirganlarini ularning fe'l-atvori, xatti-harakatini aniqlab, boshqa hayotdagi odamlardan kuzatib o'rganishi natijasida xotirasida saqlanib qolgan hissiyotlarni uyg'ota olish qobiliyatining egasidir. Aktyor o'z partnyoriga so'z orqali ta'sir etishi ma'lum. So'z bilan xatti-harakat qilib tinglovchining fikr va maqsadiga ta'sir ko'rsatadi. So'z bilan ta'sir etishdagi eng muhim qobiliyat "sukut saqlash"dir. Sukut orqali so'zlashish eng ta'sirchan nutqdir. Unda fikriy kurash, bahslashuv, janjallashish yoki murosaga kelishish mumkin.

Aktyor "akt" jarayonida partnyori bilan munosabatga kirishib, so'z orqali ega bo'lishi shart. Musiqiy teatr aktyori solist-vokalist hisoblanib, rejissyor bilan birga, dirijyor, baletmeyster, xormester, orkestr bilan birgalikda ishlab, kompozitor belgilagan vazifalaridan kelib chiqib, o'z jozibasi, ovozi, his-tuyg'ulari bilan rol ijro

etadi. Qadimda aktyorlar ijtimoiy timsol, ya'ni rol, obraz yaratishda, psixologik tahlildan ko'ra nutqiy serbo'yoqlik, mubolag'a, badiha, kulgu vositalarini o'ta bo'rttirishdan foydalangan. Bugungi kunda aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pesa qahramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning g'oyaviy ma'nosini chuqur tahlil qilishga o'rgandilar, hoh satirik, hoh maishiy, hoh tarixiy yoki mumtoz, romantik yoki falsafiy-badiiy obrazlar bo'lsin, ularni yaratishda yorqinlik, falsafiy umumlashma, zamonaviy jo'shqinlikka intilib, g'oyaviy teranlik, badiiy yetuklik bilan ijro etish maktabini yaratishdir. Bu haqiqiy milliy ijrochilik maktabi edi. Mustaqillik davrida drama teatrida ashula va raqs vositalari qo'llangan bo'lsa, musiqali teatrda dramatizm, ichki kechinmalarning kuchayishi kuzatildi. Ijodiy erkinlik milliy an'analarga e'tibor ijodiy izlanish, yangi shakl va vositalar izlab topish, badihago'ylikka keng yo'l ochildi. Aktyor rol ustida erkin ijod etishga erishdi. Tanlangan rol uchun aniq xatti-harakatlar topish o'z ishiga samimiy ishongan holda maqsad sari intilish va harakatlarning tabiiyligini keltirib chiqarish y o'llarini bilishi zarur. Har qanday shart-sharoitda aktyor sahnada o'zini emin-erkin boshqarishi oqibatida o'z ishidan qoniqish hosil qilishi kerak. Aktyorning hissiy xotirasi charhlangan bo'lishi kerak. U o'z qahramonlarining boshidan kechirganlarini ularning fe'l-atvori, xatti-harakatini aniqlab, boshqa hayotdagi odamlardan kuzatib o'rganishi natijasida xotirasida saqlanib qolgan hissiyotlarni uyg'ota olish qobiliyatining egasidir. Aktyor o'z partnyoriga so'z orqali ta'sir etishi ma'lum. So'z bilan xatti-harakat qilib tinglovchining fikr va maqsadiga ta'sir ko'rsatadi. So'z bilan ta'sir etishdagi eng muhim qobiliyat "sukut saqlash"dir. Sukut orqali so'zlashish eng ta'sirchan nutqdir. Unda fikriy kurash, bahslashuv, janjallashish yoki murosaga kelishish mumkin.

Masalan, televideniyeda olinadigan spektakllar, novellalar, videofilm, teleseriallar, teatrlashgan konsertlar uchun kechadigan repetitsiyalar. Ularda kameralar televideniye va kino falsafasi, sharoiti va lenta, tasmalardagi tasvirlar ketma-ketligini terish va alohida montaj, musiqalashtirish, ovozlashtirish - dublyaj, bezash kabi ishlar jarayonlari qo'shilib, so'ng tomoshabinga taqdim etiladigan yaxlit, ko'rsatuv tomosha - asar paydo bo'ladi. Ommaviy bayramlar va tomoshalar uchun o'tkaziladigan repetitsiyalar ham alohida o'ziga xos jarayondir. Ommaviy bayram va tomoshalar joy, muhit, vaqt - bezaklar va undagi aktyor va ishtirokchilardan umuman yangicha talablar, ya'ni ko'pchilik bilan ishlash, atrofdagi "fon" - raqs, sport, sirk, folklor, teatr, harbiy askarlar v. h. chiqishlari ham borligi bilan farqlanadi. O'zbekistonda ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasining asoschisi, ayniqsa, o'zbekona milliy fazilatlarimiz an'ana va aqidalarimizni ulkan tomosha san'atiga olib kirgan, tomosha san'ati tarixi va nazariyasini ilmiy asoslab bergan olim, professor Baxtiyor Sayfullayev ta'kidlashicha: "Ommaviy bayramlar va tomoshalar rejissurasi repetitsiyalar vaqti doim aniq va chegaralangan bo'lishi, chunki ma'lum bayram,

sana, yubiley uchun aniq kunlar uchun tomoshalar sahnalashtiriladi. Unda omma ishtiroki ular bilan o'tadigan repetitsiyalar ham asosan rejissyor tasavvurida o'tkaziladi. 2-3 marotabagina qaytarish imkoniyatidan aniq natijaga erishilishi shart, ularni oylab repetitsiya uchun ushlab turish murakkab tashkiliy, moddiy qiyinchiliklar tug'diradi. Shuning uchun bayramlar bloklarga ajratib kompozitsiya shaklida repetitsiya qilinadi." Kompozitsion repetitsiyalar "mikrofon", ovoz kuchaytirgichlarda baland ovozlarda olib boriladi. Masalan, konsert tomoshasini olaylik, akademik konsert, teatrlashgan va filarmonik konsert ularga yondashuv va talablar farqlanganidek, tayyorgarlik repetitsiyalari ham o'ziga xos o'tkaziladi. Demak, repetitsiyadan ko'zda tutilgan maqsadga erishmoq uchun unumli va bilimli foydalana olish, rejissyor va aktyorlarning o'ziga xos qobiliyatlarini namoyon eta olish malakalariga borib taqalar ekan. Ularni ajratib olib, farqlarini tushunish talabalarning vazifasi hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. S. Stanislavskiy - "Aktyorning o'z ustida ishlashi" (T. Xo'jayev tarjimasi) Toshkent - "Yangi avlod"- 2017

2. M. Abdullayeva "Dramatik teatr va kinoda aktyorlik mahorati" "Tafakkur qanoti" nashriyoti Toshkent - 2014

3. M. Abdullayeva. "Rejissura" "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti Toshkent -

2016

4. Sayfullayev B, Mamatqosimov J. Aktyorlik mahorati. -T:,2013

5. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

6. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.