MAHORATLI AKTYOR, TARIXIY SHAXSLAR OBRAZI VA MAKTAB AN'ANASI MASALALARI XUSUSIDA
Ma'murjon To'rayev O'zDSMI
Annotatsiya: Mazkur maqola o'zbek san'atinnig tarixi va buguniga bag'ishlangan bo'lib, unda o'zbek teatr san'ati darg'alarining soha taraqqiyoti yo'lida qilgan xizmatlari hamda ular yaratgan maktabning faoliyati xususida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: san'at, teatr, maktab, darg'alar, ijod, asar, xarakter, obraz, musiqali
teatr
SPECIALIZED ACTOR, PORTRAIT OF HISTORICAL PERSONS AND
SCHOOL TRADITION ISSUES
Mamurjon Turayev UzSIAC
Abstract: This article is devoted to the history and present of Uzbek art, and it reflects on the services rendered by Uzbek theater schools in the field of development and the activities of the school created by them.
Keywords: art, theater, school, levels, creativity, work, character, image, musical theater
"Ustoz ko 'rmagan shogird - har maqomga yo 'rg 'alar "
(O 'zbek xalq maqoli)
Necha ming-ming yillarning quvonch va tashvishlariga odil guvoh bo'lgan ona zamin o'z farzandlari orasidan qanchadan-qancha iqtidor va talant sohiblari yetishib chiqqanlarini guvohi bo'ldi va ularni yana o'z bag'riga qaytarib oldi. Ularning saflarida yurgan kimlar kimlardandir nimalarnidir o'zlariga yuqtirib oldi yoki aksi bo'ldi. Lekin nima bo'lganda ham bir so'z bilan aytganda, teatr bu - hayot maktabi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki birgina obrazning chiqishi ming-minglab tomoshabinda minglab taassurotlar uyg'otadi va qoldiradi. Hayotda hech kimga ishonchi qolmagan inson ham teatr sahnasiga bor umidi bilan ishonadi, ihlos bilan unga ergashadi. Shuning uchun ham xalqimiz san'atni, xususan, teatrni sevib, ardoqlab keladi.
Buyuk darg'alarimizning "Xalqimiz o'z xarakter xususiyati va milliy an'analariga tayangan holda professional teatrning yangi o'ziga xos turi - musiqali dramani yaratdi"1 degan ta'rifi ham bejiz emas. Bu janr xalqimiz orasida eng sevimli teatr
1 Ikromov H. Musiqali teatr: tashabbus va ijro. Davr va teatr-T.: O'zbekiston ensiklopediyasi, 2009, B-64 . I fcclT^^^^HI 188 http://oac.dsmi-qf.uz
turlaridan biriga aylandi. XX asming boshlarida yaratilgan "Halima", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kabi betakror klassik asarlar zamonaviy musiqali teatrning o'ziga xos an'analarini shakllanishiga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qildi. Bu jarayonlarda bir qancha buyuk iste'dod egalari kamol topdi. Buyuk teatr arboblari va ularning bosib o'tgan ijod yo'llari, yaratgan ijro maktabi, obrazlari, o'ziga xos aktyorlik an'analari teatr sahifalarida mangu muhrlanib qoldi.
Insoniyat madaniyati tarixiga nazar tashlansa, ajdodlarimiz o'zining qadimiy va boy milliy madaniyati bilan turli xil janrlardan tashkil topgan an'analarini yaratishga muvaffaq bo'lishganligiga amin bo'lamiz. Asrlar mobaynida ezgulikni, qahramonlikni, adolatni namoyon etib kelgan bu tafakkur durdonalarida xalqimizning eng oliyjanob maqsadlarga yo'naltirilgan qarashlari aks etgan.
O'zbek musiqali teatr san'ati xalqimizga manzur bo'lgan eng mashhur san'at turlaridan biridir. XX asr boshlarida bu san'at turini rivojlanishi, takomillashishi uchun xizmat qilgan ko'plab ijodkorlarning nomlari tarixdan bizga ma'lum. Musiqali teatrning rivojlanishi va kamol topishida katta hissa qo'shgan o'zbek xalqining iste'dodli adabiyot va san'at namoyandalaridan Mannon Uyg'ur, G'ulom Zafariy, Xurshid, Yusuf qiziq Shakarjonov, Muhiddin Qori Yoqubov, Halima Nosirova, To'xtasin Jalilov, Komil Yashin, Mirshohid Miroqilov, Razzoq Hamroyev, Hamza Umarov kabi o'nlab fidoiy san'atkorlarning an'analari davom etdi.
O'lkamizda xalq ijodi asrlar davomida mehnatkash xalq tomonidan yaratilib, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga o'tib kelgan jamoa ijod mahsuli, deyish mumkin. Sababi, xalq ijodiga mansub asarlar bir kishi tomonidan yaratilmay, balki butun bir ijodiy jamoa tajribasi asosida vujudga keladi. Dastavval, ijodkor va ijrochi asar yaratishda o'rgangan tajribaga va an'analarga ijodiy tayangan holda ijro davomida o'zidan biror detal qo'shib, uni sharoitga moslashtiradi. Mazkur asarlar shu tariqa shakllanib, takomillashib, xalq mulkiga aylangan. Shu tufayli, xalq kuychisi deya tan olingan dostonchi, qo'shiqchi, latifago'y, askiyachilar ayni paytda jamoa tomonidan yaratilgan asarlarni boshdan oxirigacha so'zma-so'z ijro etmay, balki unga ijodiy yondashgan holda o'zidan nimadir qo'shadi va uni boyitib boradi. Shu sababli ham u ijro qilayotgan asarlar hamisha "xalqniki" deb tan olingan.
Yillar silsilasida toblanib, rivojlangan teatr sahnasida ijodkor aktyorlar ijro unsurlarining barcha yo'nalishlaridan mohirona foydalangan holda turfa xil obrazlar yaratayotgani quvonarli xol. Sahnaning qalbi, ya'ni dramaturg maqsadi, rejissor g'oyasini xalqqa yetkazadigan va bu jarayonda ular bilan yuzma-yuz bo'ladigan bu aktyordir. Shuning uchun ham uning yelkasidagi ma'suliyati katta. Chunki minglab javdirab turgan ko'zlarga hayrat, quvonch soladigan ham, ularni ko'z yosh bilan to'ldiradigan ham, qalblarga ezgulik urug'ini sochib, orzularga ko'madigan ham aktyordir. Shuning uchun ham aktyorning bilim darajasi, salohiyati, tajribasining qay darajada ekanligi spektakl va teatrning yutug'ini ta'minlaydi. Teatr ma'naviyat
I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
markazi, ziyo maskani hisoblansa, u yerda faoliyat olib borayotgan ijodkorlar esa tarbiyachi vazifasini o'taydi. Demak, har bir teatr namoyondasidan katta mehnat va bilim talab etiladi. Garchi spektaklning ijro yo'nalishi, janri va talqini rejissor fantaziyasi hamda yondashuvi asosida jonlansada, baribir tomoshabin bilan yuzma-yuz bo'ladigan bu aktyordir. Demak, professional va o'z ishining mohir ustasi bo'lmish rejissor mehnatining qay darajada gavdalanishi ko'p hollarda ijrochilarga bog'liq ekanligi ayni haqiqatdir. Shunday ekan, har bir rejissor sahnalashtirilishi kutilayotgan spektakldagi rollar uchun munosib nomzod tanlay bilishi va uni mazkur rol orqali yangi qirralarini ochib bera olishi kerak. Bundan tashqari, ijrochilarning mahorati shakllanib, asosiy qahramonlar rolini a'lo darajada uddalaydigan marraga yetguniga qadar ularni har turdagi ikkinchi darajali obrazlar yoki ommaviy sahnalar orqali mahoratlarini charxlab bormog'i joiz. Ana shundagina sahnada havaskor yoki o'rganuvchi aktyor emas, o'z ishining ustalari tomoshabin bilan yuzlashadilar.
Ustoz san'atkorlar asos solgan o'ziga xos ijro maktablari va an'analari borasida bejiz fikr yuritmadik. Chindan ham musiqali teatrimiz tarixida ko'plab namoyondalarning nomlari muhrlanib qolgan. Ular sahnada hayotiy jonlangan obrazlari bilan bir qatorda yillar davomida shakllangan ijro texnikasi, sahna san'ati borasidagi bilimlari va tajribasiga suyangan holda asos solgan ijro maktablari tufayli ham unutilmas xotira bo'lib qoldilar. O'tgan asrning eng mashhur va sevimli musiqali drama teatri aktyori bo'lgan Mahmudjon G'ofurovning afsonaviy qahramonlariga xos romantik talqini o'zga xos an'ana, takrorlanmas ijro maktabi sifatida teatr tarixida mangu muhrlanib qoldi. Biroq ayni kunlarda negadir teatr sahnasida bu kabi mukammal va to'la shakllangan ijro unsurlari hamda an'analari aktyorlarning muomalasidan chetga chiqib qolayotganday tuyulmoqda.
"Ayni paytda teatr san'atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni o'ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma'naviy oziq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to'ldirish holatlari ko'proq ko'zga tashlanmoqda. Albatta, hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti talablarini ham inobatga olish kerak. Lekin yuksak badiiyat va haqqoniylik, ezgu maqsadlarga xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san'at turlari kabi bu soha uchun ham asosiy mezon bo'lishi tabiiy. Bu maqsadga erishish uchun yosh va iste'dodli dramaturg va rejissorlar, teatr aktyorlarini tarbiyalab voyaga yetkazish ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etadi"2. Zero buyuk rus rejissori K.S.Stanislavskiy aytganidek: «Sahnada nimaki sodir bo'lmasin, hammasi biror maqsad bilan qilinmog'i
2 Karimov.I.A "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent "Ma'naviyat 2008 yil. 144 bet.
190
kerak. U yerda tomoshabinga o'zini ko'rsatish emas, biror maqsad bilan o'tirmoq lozim»3.
Qadimgi davrlarda Tohir va Zuhralar, Farhod va Shirin, Layli va Majnunlar, Yusuf va Zulayho, Otabek va Kumushbibi, Anvar va Ra'nolar, Alpomish va Barchinoylar zamon qahramonlari sifatida o'zbek adabiyotidan joy olgan edi. Ularning hayoti, ma'naviy qiyofasi hamon yoshlarimiz uchun taqlid maktabi bo'lib qolmoqda. Yangi davr - mustaqillik davri ham shoir va dramaturglar oldiga zamon qaxramonini yaratishdek ezgu vazifani qo'yar ekan, Zamon qahramoni qiyofasini yaratishda xalqimiz tarixi, an'analari va folklorga e'tibor berish orqali asarning badiiyligi hamda ta'sirchanligini oshirish mumkin. Asardagi badiiy obraz pishiq, puxta chiqish uchun badiiy qahramon yaratishning barcha unsurlaridan foydalanish zarur.
Bugun imkoniyatlar keng, mavzular doirasini kengaytirgan holda zamon qahramonlari obrazini yaratish uchun esa kuchli dramaturgiya talab etiladi. Yaxshi asar asosida sahnalashtirilgan spektakllar tomoshabin e'tiboridan chetda qolmaydi.
Bundan tashqari dramaturgik asardagi jamiki voqealar, to'qnashuvlar asosan so'z orqali o'z yechimini topayotgan bo'lsa, demak, spektakllarning tirikligi, hayotiyligi, ta'sirchanligi, tomoshabin dilidagi tuyg'ularni qo'zg'ovchi, tasavvurlarini uyg'otuvchi qudratli qurol so'zdir. Demak, sahnalashtirilgan spektakl uchun yetakchi va mas'ul ijodkor rejissor ekan, aytilgan har bir to'g'ri-noto'g'ri, jonli-jonsiz "so'z" uchun mas'ullik burchini unutmaslik kerak.
Teatrlarimizda sahnalashtirilayotgan asarlarda tomoshabinlarga, mutaxassislarga manzur bo'la oladigan betakror ijodiy jarayonlar asosan so'z orqali o'z yechimini topadi. Toki yosh aktyorlar faqat rol ustida ishlash, obraz yaratish jarayonlaridagina o'zining nutqi, ovozi, talaffuzi, nutqiy xarakterlar yaratish bilan chegaralanib qolar ekan, e'tirozga sabab bo'ladigan turli nutqiy nuqsonlar yo'qolib ketmaydi. Zero, so'z eng beminnat, eng ta'sirchan fikr anglatish yoki fikr anglash, muloqot, o'zligini namoyon qilish, ming bir ichki holat, hatti harakat, maqsadlarning ifodachisi ekan, tilning o'tkirligi, ta'sirchanligi, ravonligi, benuqsonligi faqat aktyorning o'z nutqi ustida jiddiy ishlay olishi, uni takomillashtirib borishi, teatrlardagina emas, hayotda, televideniye, radio, dublyajdagi ijodiy chiqishlarida ham o'zbek adabiy til meyorlariga amal qilmas ekan, nuqsonlar ustiga nuqsonlar paydo bo'laveradi.
Musiqali dramada musiqa va ijro katta ahamiyatga egadir. Uning teng xuquqligi birligidan hosil bo'ladigan drama, tragediya, va komediya yo'nalishidagi ichki janriy turlarni kashf etgan va milliy adabiy, badiiy meros negizida rivojlanib kelayotgan o'z tarix yo'li, uslubi vazifalariga ega bo'lgan san'at bu musiqali dramatik janrdir.
Sahnaviy talqin tufayli yuzaga keladigan badiiy so'z bilan musiqaning teng xuquqligi birligi bu nima? Bu so'z bilan musiqa shunchaki yonma-yon keladi degan gap emas albatta. Ikki yirik manba va ayni chog'da tarkibiiy qismi komponent bo'lmish
3 Stanislavskiy K. S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. -T.: Yangi asravlodi, 2010 y. 53-bet.
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
(so'z, diolog, monolog) bilan musiqa vokal, xor, orkestr musiqasi, rechitativ ma'lum qonuniyat asosida yuzaga keladi. Bu qonuniyat uyg'unlikdir. Ma'lumki, musiqali dramada voqea obrazlar, konflikt monolog, diologlar bilan belgilanadi. Musiqaviy qismlar dramatizm va xissiyotlar kuchaygan so'z bilangina ifoda qilish mushkul bo'lgan paytlarda ishga tushadi. Natijada kuylar va turli formadagi ashulalar so'z bilan ifodalangan dramatik yoki komedik xolatlarga uzukka ko'z qo'yganday bo'lib tushishi bilan birga o'sha xolatni yanada kuchaytiradi va syujet rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Ma'lum holatlar xam so'zda, xam musiqada aynan takrorlanmasdan balki ularda davom etilishi, kuchaytirilishi va yakunlanishi kerak. Badiiy so'z va musiqa vositalari bilan tasvirlangan kechinmalar biri ikkinchisidan kelib chiqishi, bir-birini tasdiqlashi va albatta to'ldirishi lozim. So'z yoki vokaldan birortasi kuchsiz ijro etilsa, so'zdan kuyga, kuydan so'zga o'tishda organik holat buzilsa xatti-xarakat izchilligi yo'qoladi, sun'iylik va yuzakilik paydo bo'ladi, natijada uyg'unlik vujudga kelmaydi. Ko'pincha musiqali drama asarlarida musiqa so'z bilan sahnaviy xatti -xarakat bilan bog'lanadi. Demak musiqali drama aktyori profesional ovozga ega bo'lish bilan birga u ifodali, chiroyli va savodli kuylashni o'rganishi shart.
Tarixiy mavzudagi sahna asarlari tomoshabinda teatr san'atiga xos bo'lgan estetik zavq, ehtirosli kechinmalar uyg'otish bilan birga o'tmish va uning atoqli arboblari haqida ma'lumotlar berish, ong-bilimlarini oshirish salohiyatiga egadir. Tarixiy sahna asarlari o'zining har tamonlama murakkab xususiyatlari bilan qimmatlidir. O'tgan davrga nazar tashlansa, teatr va dramaturgiya tarixi uchun emas, uning buguni va kelajagi uchun ahamiyat kasb etayotgan asarlar tarixiy mavzudagi asarlar bo'lib chiqayotganligi sir emas.
Tarixiy mavzudagi spektakllar orasida aniq tarixiy shaxslar, davrning g'oyasini o'z faoliyatida yorqin gavdalantirgan ulug' kishilar, davlat arboblari, lashkarboshilar hayoti va faoliyati o'z aksini topgan asarlar mavjud.
Bugungi kunda sahnalashtirilayotgan sahna asarlar orasida esa tarixiy mavzudagi spektakllarni ko'rish kam ko'zga tashlanadi. Buning bosh sababi albatta dramaturgiyaga borib taqaladi. Dramaturg tarixiy asarlarni yaratishda birinchi navbatda katta mahoratga ega bo'lish kerak.
Musiqali teatrda sahnalashtirilgan bir qator tarixiy mavzudagi spektakllar o'zining badiiy to'laqonliligi bilan ajralib turgan. Bu an'ana hozirgi kunda ham teatr ijodiy jamoasi tomonidan davom ettirilib kelmoqda. Lekin yaratilgan tarixiy spektakllar tomoshabinlar e'tiboridan chetda qolib, tezda repertuardan tushib qolyapti. Buning sababini El yurt xurmati ordeni sovrindori, san'at arbobi Isoq To'rayev shunday izohlaydi. "Bu o'sha teatr jamoasining san'atga bo'lgan, tarixiy, klassik asarlarimizga bo'lgan ichki munosabatiga bog'liq. Bu qanday munosabat: har bir teatrning ijodiy muhitiga bog'liq bo'lib ichki ma'naviy olami shakllangan bo'ladi. Bundan tashqari tomoshabin katta narsani hal qiladi. Chunki ular yengil-yelpi
I icclT^^^^H 192 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rishga o'rganib qolishgan. Tarixiy asarni tushunmaydi. Teatr jamoasi ham kassabop spektaklami repertuarga qo'yavermasdan, tomoshabinni klassik asarlar bilan tarbiyalash kerak. Dunyoda shunday teatrlar borki ular tomoshabinni faqat klassik asarlar bilan, tarixiy asarlar bilan ushlab turadi. Teatrni ushlab turgan, epik, tarixiy, milliy, klassik asarlarimizdir. Agar repertuar klassik asarlar bilan to'lmas ekan, o'sha teatr tomoshabinga singib, yo'q bo'lib ketadi"4.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib fikr bildiradigan bo'lsak, tarixiy shaxs obrazlarini yaratishda, bugungi kun yoshlarining ko'pchiligi tarixdan bexabar holda rol ijro etganligidadir. Bunday ijro esa tabiiyki tomoshabinda ishonchsizlik tug'diradi.
Ma'lumki, o'zbek teatrida sahnalashtirilgan Xamid Olimjonning "Muqqanna", Izzat Sultonning "Alisher Navoiy", Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" asarlari teatr va dramaturgiyaning tarixiy drama janrida erishgan katta yutug'i bo'libgina qolmay, o'zbek sahna san'ati tarixining o'chmas sahifalaridan joy olgan. Mannon Uyg'urning rejissorlik mahorati shu spektakllar orqali o'zining eng yuqori nuqtasiga ko'tarilgan. "Muqanna" va "Jaloliddin Manguberdi" tez sahnadan tushib ketgan bo'lsada, bu spektakllarni ko'rish baxtiga muyassar bo'lgan tomoshabinlar xotirasida, ayniqsa spektakllar ijrochilari qalbida o'chmas iz qoldirgan. Sahnada uzoq muddat umr ko'rgan "Alisher Navoiy" spektakli esa tarixiy drama spektakli yaratish san'atining sahnaviy ko'rinishi bo'lib kelgan. Albatta bu Abror Hidoyatov, Shukur Burxonov, Obid Jalilov, Sora Eshonto'rayeva, Olim Xo'jayev, Razzoq Hamroyev Lutfixonim aya Sarimsoqova kabi sahna ustalarining ijodiy mahorati bilan bog'liq bo'lgan.
Demak, mahoratli aktyor, tarixiy shaxslar obrazi va maktab an'anasi g'oyalari doim insonlarni mardlikka, vatanparvarlikka, xalollikka chorlab kelgan. Chunki tarixiy spektakllar o'zbek teatr san'atining dastlabki kunlaridan to xozirga qadar repertuarda alohida, o'ziga xos o'rinni egallab kelgan. O'zbek millatining tarixda nomi oltin harflar bilan bitilgan ajdodlari borligini ta'kidlovchi san'at asarlari ko'proq yaratilsa ayni muddao bo'lar edi. Buning uchun sahna deb atalmish muqaddas joyga qadam qo'moqchi bo'lgan har bir inson mahoratli aktyor, tarixiy shaxslar obrazi va maktab an 'anasi degan sirli ko'prikni birma-bir bosib o'tishi shart, deb o'ylayman. O'ylaymanki, har bir umidli yurak, albatta, o'sha sharafli yo'llarning yo'lovchisi bo'lsa kelajakda also qoqilmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ikromov H. Musiqali teatr: tashabbus va ijro. //«Teatr», 2000 yil, №3;
2. Qodirov M. Dramaturg asarlarining yangi talqini. //«Teatr», 2007 yil, 3-4 sonlar.
3. San'at yoshlar nigohida. To'plam. -T.: TDSI, 2008.
4 I.To'rayev bilan bo'lgan suhbatdan 2021 yil aprel
4. Tursunboyev S. Teatr tarixi. -T.: Bilim
5. Qodirova S. Zamonaviy mavzu va janr muammosi //J. Teatr.-2004. - №2.
6. Alimov F. Musiqali drama va bastakor Teatr. - Toshkent, 2007. - № 2.
7. Rahmonov M. Teatrning tug'ilishi // Teatr. - Toshkent, 2009. - № 1.
8. Komil A. Sahna sarvari // Teatr. - Toshkent, 2009. - № 2.
9. O'zbekiston xalq artisti Naima Po'latova bilan bo'lgan suhbatdan
10. El yurt umidi ordeni, san'at arbobi Isoq To'rayev bilan bo'lgan suhbatdan
11. Aktyor Dilmurod Uzoqov bilan bo'lgan suhbatdan