TEATR VA KINO SAN'ATIDA BALETMEYSTERLIK ISHI
Narziddin Shermatov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada muallif o'zbek teatr va kino san'atiga qadam qo'yayotgan yosh aktyorlarga raqs san'ati bo'yicha bilim beruvchi baletmeysterlar faoliyati xaqida so'z yuritgan.
Kalit so'zlar: aktyor, rejissyor,baletmeyster, xoreografiya, spektakl, ijro, mahorat
BALETTEASTER'S WORK IN THE THEATER AND CINEMA ART
Narziddin Shermatov Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: In this article, the author talks about the activities of choreographers who teach the art of dance to young actors entering the Uzbek theater and film industry.
Keywords: actor, director, choreographer, choreography, performance, representation, skill
Nomoddiy madaniy meros turlaridan biri hisoblangan milliy raqs san'atini asrab-avaylash va kelajakka yetkazish davlatimiz e'tiborida ekanligini ta'kidlab o'tish lozim. Milliy raqs san'timizni boyitib, o'zining durdona asarlarini yaratgan, milliy raqs san'atimizni jahonga tanita olgan va o'zidan keyingi avlodga meros qilib qoldirib ketishdek salohiyatga ega bo'lgan ustozlar mehnati tahsinga loyiq. Teatr va kino san'ati orqali o'zbek raqs asarlari va ijrochilik an'analarini saqlanib qolishda baletmeysterlarning o'rni beqiyosdir. Hozirgi kunda "Ustoz-shogird" an'anasiga sodiq qolgan, ustozlardan olgan bilimlarini asos qilib, o'z yo'lidan og'ishmay ijod qilayotgan, ularning yo'lini davom ettirayotgan, o'zi ishiga talabchan va sohasining fidoyilari bo'lgan pedagog-baletmeysterlarning faoliyati o'zbek raqs san'atining bugungi kundagi ravnaqi, mavqeining oshishiga olib kelmoqda.
Shu o'rinda baletmeysterlikning turlari va uning faoliyatiga to'xtalib o'tmoqchimiz. Baletmeysterlik faoliyati "baletmeyster- yaratuvchi", "baletmeyster-sahnalashtiruvchi", "baletmeyster-repetitor" kabi turlarga bo'linadi. Ularning olib borayotgan ijodiy faoliyati o'ziga xos vazifalardan iborat. "Baletmeyster-yaratuvchi"ning ishini musiqiy asar yaratuvchi kompozitor, bastakor bilan tenglashtirish mumkin. Ular asarni ohanglar orqali yaratadi va tinglovchilarni
ITFVE^^Hl 407 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
musiqiy obrazlar orqali o'ziga jalb qilib oladi. Raqs yaratuvchi esa tomoshabinlarni o'ziga jalb qilish maqsadiga erishish uchun tananing plastik harakatlanishi orqali badiiy obraz yaratishi kerak. Baletmeyster-yaratuvchi o'zi yaratgan asarning muallifí hisoblanadi, kompozitor yoki bastakor bilan ishlaydi. Yaratilgan asar keyingi bosqichga, ya'ni sahnalashtirish jarayoniga o'tadi. "Baletmeyster-sahnalashtiruvchi" yaratuvchining yaratgan raqs asarini sahnalashtiradi. Aktyor yoki raqs ijrochilariga harakatlarni yetkazadi ularga o'rgatadi, asosan ijrochilar bilan ishlaydi. Uchinchi bosqichda yaratilib, ijrochilarga sahnalashtirilgan raqs asari ustida ishlovchi repetitorlarga o'tadi. Baletmeyster - repetitorlar ijrochilarning mahoratini oshirishga, raqs asarining to'laqonli ijro etilishiga javobgar hisoblanadi. Repetitsiya jadvallarini tuzish, ijrochilar bilan guruhli yoki yakka tarzda ishlash uning vazifasiga kiradi. Bu esa sahnalashtirilgan raqsning yutug'iga sababchi bo'ladi. Shu sababdan baletmeyster-repetitorlik vazifasi o'ta muhim va mas'uliyatli hisoblanadi. Xususan o'zbek teatr va kino san'atida baletmeyster-repetitorlarning ham xizmati beqiyos.
Aktyorning raqs ijro mahoratini oshirishda rejissyor va baletmeysterning hamkorlikda olib boradigan ishi ahamiyatlidir. Rejissyor baletmeyster bilan hamkorlikda spektaklning umumiy plastik ko'rinishini hal qiladi. Raqs sahnalarini aks ettirish uchun badiiy - plastik harakatlardan foydalaniladi. Teatr sahnasida bo'ladimi, teatrlashtirilgan ommaviy bayram tomoshalarida bo'ladimi rejissyor va baletmeysterning ishi o'zaro uyg'unlashishi va bir-birini to'ldirishi kerak. Buning uchun rejissyor eng avvalo o'z kasbi darajasida xoreografiya san'atini, milliy raqs san'atini yaxshi tushunishi, uning tarixini, tarixiy va zamonaviy bal raqslari bilan erkin tillasha olishi, balet teatri va estrada xoreografiyasi rivojini doimiy kuzatib borishi lozim. Mana shunday sharoitdagina rejissyor baletmeyster bilan "tengdosh" siftida tillasha oladi. Ammo baletmeyster ham rejissyor kabi fikrlay olishi, dramaturgiya va rejissyorlik asoslarini tushunishi kerak.
Baletmeyster bilan ishlayotganda rejissyor uning oldiga nihoyatda aniq umumiy plastik vazifani qo'yishi kerak. Bularning barchasi baletmeyster tomonidan qat'iy bajarilishi zarur bo'lgan aniq vazifa sifatida emas, balki rejissyorning ichki hissiyoti sifatida hikoya qilinishi lozim.O'z navbatida, baletmeysterning fantaziyasi va o'zicha bir to'xtamga kelishga ham xalaqit bermaslik kerak. U kutilmaganda rejissyorning avvalgi fikrlariga qarama-qarshi bo'lgan g'oyani taklif etishi va bu taklif rejissyor tomonidan berilgan taklifni yanada to'ldirishi mumkin. Bundan rejissyor ikkilanmasligi, baletmeysterga ishonishi kerak, uni bu fikrdan qaytarishga ham urinmaslik lozim, negaki baletmeyster ham ijodkor, dramaturgiyani tushunadi.
Musiqali va dramatik spektakldagi raqs faqat o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlarga ega bo'ladi. U opera yoki balet sahnalaridagi raqslardan farqlanadi, uning dramatik spektakl mazmuni va xususiyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa maqsad va vazifalari mavjud. U sahnaviy talqinning asosiy shakli emas va g'oya hamda
HcTrni^^H] 408 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
obrazlarning rejissyorlik talqiniga to'la bo'ysundiriladi. Dramatik yoki musiqali spektakl rejissyori raqs sahnalashtiruvchi baletmeysterdan sahnalashtirilayotgan kompozitsiya spektakl talqiniga, ijodiy maqsadga bo'ysundirilishi talab qilinadi. Spektakl sahnalashtiruvchi rejissyorning vazifasi, baletmeysterdan spektakl janridan kelib chiqib ishlashni talab qilishdir. Sahnalashtiruvchi rejissyor baletmeyster bilan ishning xususiyati va hajmi haqida batafsil kelishib oladi. Sahnalashtirilayotgan asar chuqur tahlil qilib, voqealar ketma-ketligi, sahna ko'rinishlari o'zgaradigan joylar aniqlanadi, so'ng baletmeyster bilan sahna ko'rinishlari o'zgaradigan joylarga qanday raqslar sahnalashtirilishi kelishib olinadi. Musiqa materialining xususiyati va uning raqsbopligi va hajmi haqida kompozitor bilan avvaldan kelishib olinadi.
Ijodiy ishni boshlashdan oldin baletmeyster raqs kompozitsiyasini spektakldagi voqealar oqimiga qanday uyg'unlashtirib yuborish mumkinligi haqida o'ylashi kerak. Buning uchun raqs sahnasining o'zini oqlaydigan, uning mazmuni va sahna obrazlarining o'zaro aloqalarini bog'laydigan, ushbu sahna vaziyatiga mos keladigan raqs harakatlari va kombinatsiyalarini yaratish lozim. Eng avvalo sahnalashtirishni chuqur o'ylash, uni o'z tafakkurida barpo etish va tayyor asar sifatida tasavvur qilish lozim. Bundan ko'rinib turibdiki, raqs ansambllarida raqossalar bilan ishlashdan ko'ra, teatr va kinoda raqs asarini yaratish hamda aktyorlar bilan ishlash o'ta murakkab jarayon hisoblanadi.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, sahnalashtirilayotgan spektakl yoki suratga olinayotgan kinofilmning tomoshabin talabiga mos kelishi, tomoshaviyligini oshirishda baletmeysterlarning o'rni, ularning salohiyati, tajribasi katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.R.Dadamirzayev, N.E.Abraykulova. Rejissyorning baletmeyster bilan ishlashi. 2020 y.
409
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)