Научная статья на тему 'NOMER ESTRADA SAN’ATINING BADIIY OMILI SIFATIDA'

NOMER ESTRADA SAN’ATINING BADIIY OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
36
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / teatr / estrada / nomer / janr / aktyor / shakl / uslub / dramaturgiya / miniatyura

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Izzatbek Kuranbayevich Kurbanov

Mazkur maqolada estradada nomer yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari va usullari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOMER ESTRADA SAN’ATINING BADIIY OMILI SIFATIDA»

NOMER - ESTRADA SAN'ATINING BADIIY OMILI SIFATIDA

Izzatbek Kuranbayevich Kurbanov izzatbek_kurbanov@mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada estradada nomer yaratishning o'ziga xos xususiyatlari va usullari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: san'at, teatr, estrada, nomer, janr, aktyor, shakl, uslub, dramaturgiya, miniatyura

NOMER - AS AN ARTISTIC FACTOR OF VARIETY ART

Izzatbek Kuranbayevich Kurbanov izzatbek_kurbanov@mail .ru Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article we are talking about the specifics of the variety number, the evolution of the development of the main unit of variety, staged methods of work on the stage work of various genres.

Keywords: art, theater, variety, number, genre, actor, shackle, service, dramaturgy, miniature

"Nomer" so'zi rus tilidan olingan bo'lib, "raqam", "son" ma'nolarini anglatadi. Nomer tushunchasi aynan konsert dasturida aktyorning nechani raqamda turganligini bildiradi. Bu atama avvalambor sirkda va keyinchalik estrada san'atida paydo bo'ldi.

Sirk pardalari ortidagi dasturda bugungi kechada ishtirok etuvchi ijrochilarning nomerlari tartib bilan keltirilgan. Ana shundan "Men nechanchi bo'lib chiqaman?", degan ibora vujudga keladi.1 Hozirga qadar Fransiyaning ayrim kabarelarida sahnaga boshlovchilarning o'rniga ijrochining konsertda chiqish raqami yozilgan taxtachalarni olib chiqadilar.

"Nomer" - estrada san'ati asosi. "Estrada, - deydi A.Anastasev, - badiiy hayotni mohiyatan aks ettirishi va shaklan mavjudligi bilan farq qiladi, agar teatrda bu spektakl bo'lsa, estradada - bu nomer hisoblanadi"2. Ta'kidlash joizki, "nomer" tushunchasi turli versiyalarda talqin qilinadi va ularning har biri o'z mohiyatiga ega. Quyida biz "nomer" tushunchasiga yanada jiddiyroq yondoshamiz so'z yuritiladigan dastlab sirkda, so'ngra estradada paydo bo'ldi.

1 Egamberdiyev F.T. Estrada san'ati metodologiyasi va texnologiyasi.T., 2017. B 54.

2 Анастасьев А. Эстрадное искусство и его специфика/ Русская советская эстрада. 1917-1929. М., 1976. С. 8.

I ВДП^^В! http://oac.dsmi-qf.uz

Tarixan nomer estrada san'atining qisqa asari sifatida shakllandi. Har bir nomerning muqaddimasi, voqealar rivoji, kulminatsiyasi va yechimi bo'ladi, ya'ni miniatyura dramaturgiyaning butun qonunlari asosida tuzilishi lozim. Shu bilan birga estrada dramaturgiyasi nomerning qisqaligi tufayli o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu tadqiqot muallifi estrada asari dramaturgiyasining teatr asarlaridan farqli jihatlarini tahlil qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko'rinadi:

- matn, dramaturgiyaga turlicha munosabat (estradada aktyor individualligi yetakchi o'rin egallaydi, u miniatyura yaratishda ham tayanch nuqta bo'lib xizmat qiladi, dramatik teatrda pesa matni doim asos hisoblanadi);

- turli estetik imkoniyatlar. Estrada san'ati ko'p janrliligi bilan farq qilganligi tufayli nafaqat estrada dramaturgi (so'zlashuv janrida), balki artist - omma ijodiy tandemi (so'zlashuv janrlaridagi badihago'ylik nomerlarida nomerning dramaturgik asosni uni ishlab chiqish jarayonida yaratiladi), ijrochining o'zi (so'z bilan bog'liq bo'lmagan badihago'ylik janrlarida ham nomerning dramaturgik asosi uni ishlab chiqish jarayonida yaratiladi), ijodiy uyushma, kompozitor-shoir (vokal janrida), rejissyor-dramaturg (syujetsiz nomerlarda), shuningdek rejissyor - baletmeyster (xoreografik janrda) kabilar ham estrada miniatyurasi muallifi bo'lishi mumkin. Teatr san'atida dramaturg doimiy muallif hisoblanadi.

- turli badiiy vazifalar, negaki estrada asari faqat estradada ijro etish uchun yaratiladi, adabiy asar sifatida bunday "materialning" ahamiyati yuqori emas. Amalda ko'rinadiki, so'zlashuv estrada janrida yaratilgan asarlarni istisno qilganda bunday "adabiyotni" o'qish nihoyatda zerikarli, negaki monolog, sketch, sahna va boshqalar o'qish uchun emas, estradadan talaffuz qilish uchun yaratiladi. Ular go'yo tomoshabin ko'z oldida so'zni gavdalantirish uchun yaratiladi, negaki estradada "hikoya avfzalligi" mavjud bo'ladi" 3 (ijrochi ushbu janrning ifodaviy vositalari yordamida qahramon emotsional hayoti haqida "hikoya qiladi"). Estradaning boshqa janrlarida nomerning dramaturgik tuzilmasi aktyorning harakatlari va yurish-turishlari va nazarda tutilayotgan tomoshabinlarni miniatyurani yaratish jarayoniga aralashib ketishlaridan iborat bo'lishi mumkin, bu badiiy so'zamollik nuqtai nazaridan hech qanday ahamiyati bo'lmaydi.

Teatr asari "ikki yoqlama hayot bilan yashaydi. U garchi adabiy asar sanalsa-da, ayni paytda sahna uchun mo'ljallanadi, uni teatr imkoniyatlari adabiyoti deyish mumkin bo'ladi, uni "sahnaga qo'yish" ham, o'qish ham mumkin... Pyesa ayni paytda tugal badiiy asar va sahna materiali hamdir" 4.

Muallif estrada nomerlarini adabiy manbaaga ega bo'lgan syujetli va bunday manbaga ega syujetsiz singari ikki turini farqlaydi va tadqiq etadi.

Syujetli nomerlar - bu fabula yoki voqealar qatori albatta mavjud bo'lgan o'ziga

3 Клитин С.С. Эстрада. Проблемы теории, истории, и методики. Л., 1987. С. 48-49.

4 Волькенштейн В. М. Драматургия. М., 1960. С.12.

xos mini-spektakldir. Bunday nomerlarni spektakl ustida ishlayotganda dramaturgik teatrda amalda bo'lganidek dramaturgik tahlilga tortish mumkin, ya'ni dastlabki voqea topiladi, nazarda tutilayotgan vaziyat, bosh voqea va h.k. aniqlanadi. Ular I.R.Shtokbant ta'kidlaganidek o'ziga xos xususiyatlarga ega: "Syujetli tuzilish o'z avfzalligiga, ayni paytda o'z nuqsonlariga ham ega bo'ladi. Syujetning badiiy doirasi, bir tomondan estrada nomerini "teatral", "aktyorbop", badiiy qilib qo'yadi, boshqa tomondan, original, estrada-sirk janri artistlari haqida gap ketganda ijrochining tryuk imkoniyatlari cheklanadi. Har qanday tryuk ham syujetga sig'avermaydi"5. Bu ta'rifdan shunday xulosa kelib chiqadiki, estradada dramatik teatrdan farqli syujetli dramaturgiyani bir qator janrlarda qo'llab bo'lmaydi, negaki u artistga murakkab raqs elementlari, tryuklar kabilarni bajarishiga halaqit beradi.

Syujetsiz nomerlar - bu aktyorning alohida ifodaviy vositalar yordamida mahoratini ko'rsatishidir, aynan shu narsaning o'zi estradada san'at predmetidan iborat bo'ladi. Bunday nomerlarda dramaturgiya ikkilamchi bo'lib qoladi, u shartli, amaliy xususiyatga ega bo'ladi, janrga "xizmat qiladi", estrada ijrochisining individualligi va mahoratini ochishga yordam beradi. Syujetsiz nomerlarda badiiy-uslubiy birlikni topish muhimdir, negaki tomoshabinlar fabula ortidan kuzatish imkoniyatiga ega bo'lmaydi shu bilan tomoshabin e'tibori artistning texnik mahoratiga jalb qilinadi.

Bu turdagi estrada miniatyuralarida badiiy obraz musiqa, libos, rekvizit, chiroq singari vositalar hisobiga yaratiladi. Bunday nomer aktyor tomonidan estrada asari syujeti talab qilgan tavsiya etilayotgan vaziyatlarda emas, konsertning real vaziyatlarida ijro etiladi.

Syujetsiz nomerlar tuzilishiga ko'ra farqlanali:

- nomerning mavzuiy tuzilishi;

- nomerning sababli tuzilishi;

- nomerning mantiqiy tuzilishi.

Nomerning mavzuiy tuzilishi syujetli adabiy manbaga ega bo'lmaganligi tufayli barchaga ma'lum bo'lgan mavzu yordamida estrada asarining g'oyaviy-ma'noviy jarangini faollashtiradi, badiiy vositalar orqali zamonaviy jamiyat hayotining ko'pgina muhim voqealariga aks sado beradi, u yoki bu tryuklar, raqs elementlari yoki boshqa ifodaviy vositalardan foydalanishga keng yo'l ochadi.

Nomerning sababli tuzilishi nomerda syujet rivojini nazarda tutmaydi va miniatyuraning tomoshaviy sifatidagi hammaga ma'lum sababdan foydalanishni ko'zda tutadi (masalan, eski sirk sababi). Umuman bir qator estrada janrlarida nomerning bunday tuzilishi artistni syujetning qat'iy doirasi bilan chegaralab qo'ymaydi, ammo uni ifoda vositalarini tanlashda intizomga yo'naltiradi, ortiqcha

5 Штокбант И. Р. Эстрадный номер (Некоторые вопросы теории и практики).// Актуальные проблемы воспитания актёрских и режиссёрских кадров эстрады в ВУЗе. Л., 1987. С. 73.

tryuklardan asraydi va zaruriy uslubiy birlikni ta'minlaydi.

Nomerning mantiqiy tuzilishi estrada miniatyuralarida namoyon bo'ladi. Unda dramaturg vazifasini ham bajaruvchi rejissyor artistga o'z mahoratini ko'rsatishiga imkon beruvchi nomerning tarkibiy elementlarini bunday almashtirishni maqsadga muvofiqligi bilan ish ko'radi. Rejissyor-dramaturg tryuklar yoki nomerning tarkibiy elementlarini ichki aloqasini topish, uning temp-ritmik rivoji haqida qayg'irishi, tomoshabinlarni bosh tryukni idrok etishlariga olib kelishi, estrada asarini foydaliroq va samaraliroq yakunlanishini tashkil etishi lozim. Bunday nomerlarda badiiy obraz tryuklarni bajarish yo'li bilan yaratiladi, ammo bunda ular asosiy maqsad hisoblanmaydi, balki rejissyor maqsadiga aylanib qolishi, mavzu, g'oya, vazifa kabilarni ochishga xizmat qilishi lozim. Har bir tryuk dramatik asoslangan bo'lishi, tomoshabinga emotsional va badiiy ta'sir vositasi bo'lib qolishi zarur.

O'tkazilgan tadqiqot asosida muallif nomer aktyorlik ifodaviy vositalari estrada asari dramaturgiyasini yaratgandagina estrada rivojining zamonaviy tamoyillariga javob beradi, deb hisoblaydi. Bugungi kunda estradada ilgarigidan farqli sahnalashtiruvchi rejissyorining o'rni muhim bo'lib qoldi. Ayrim janrlarda (ayniqsa bunga raqs nomerlarini sahnalashtirishda rejissyor-baletmeyster qanday bo'lsa, huddi shunday original va estrada-sirk janrlariga tegishli bo'ladi) u ayni paytda estrada miniatyurasi dramaturgiyasini yaratuvchisi ham hisoblanadi. Estrada nomerida rejissyor va dramaturg vazifalarini bunday uyg'unlashtirilishi uning ishini dramatik spektaklini sahnalashtiruvchi rejissyor ishidan keskin farqlab turadi.

Ta'kidlash joizki, nomerning qisqaligi munosabati konsert yoki tematik dastur uni namoyish qilishning qulay shakli hisoblanadi. Estrada konsertini tuzish prinsipini turli kartinalar namoyish etiladigan badiiy galereyani tashkil etish prinsipi bilan qiyoslash mumkin va ularning har biri mustaqil, tugal san'at asari hisoblanadi. Konsert dasturida nomerlarning o'rnini almashtirish, ba'zilarini olib tashlash, boshqasi bilan almashtirish mumkin. Estrada tomoshasi yoki konsertidagi miniatyurani "bis" ga takrorlash mumkin, teatrda esa birorta spektakl yoki turli spektakllardan birlashtirilgan aktlarni takrorlashni tasavvur qilib ham bo'lmaydi. Teatr nazariyotchilari va amaliyotchilarining aktyorlik san'atida "kechinma san'ati"mi (ichki texnika) yoki "taqlid san'ati"mi, qaysi biri muhimligi haqidagi ko'pyillik tortishuvlari o'z yechimini topdi. Aynan K.S.Stanislavskiy XX asrning birinchi yarmida o'z sistemasini ishlab chiqish paytida har ikkalla oqimni tahlil qildi va birinchi bo'lib ijodiy jarayonda aktyorning ruhiy va jismoniy tabiati o'zaro uzviy bog'liqligi, ichki (ruhiy, psixik) ijodiy xissiyotini tashqi (jismoniy)siz mustaqil mavjud bo'la olmasligi haqidagi tushunchani shakllantirdi. Ijodiy holat qator o'zaro bog'liq "zvenolar" yoki Stanislavskiy aytganidek "element"lardan tashkil topadi. Bu elementlarni turli teatr maktablari turlicha nomladi. Ammo ularning mohiyati yagonaligicha qolaverdi. Ular aktyor ichki texnikasi elementlari, ichki sahna xissi

I [ccñ^^BI 171 http://oac.dsmi-qf.uz

elementlari, psixotexnika elementlari, aktyor mahorati va texnikasi elementlari, sahna harakati elementlari kabilardan iborat bo'ladi. Stanislavskiy hayotligi paytidayoq bu tushunchalar yuzasidan tortishuvlar boshlanib ketdi. Ammo Konstantin Sergeyevich ulardan birortasini tanlash shart emasligini ta'kidlab, shunday dedi: "Qanday xohlasangiz shunday atayvering, ammo mohiyatini tortishuvsiz tushuning"6. Zamonaviy pedagogik amaliyotda ko'proq "aktyorning ichki texnikasi elementlari" yoki "aktyornng ichki texnikasi" so'z birikmalaridan foydalaniladi.

Sahnaviy xissiyotlar aktyor ichki va tashqi texnikasini o'zida birlashtiradi. Shunga qaramay pedagogik amaliyotda aktyorning tashqi va ichki singari ikki turdagi texnikasi farqlanadi. Ammo bulardan aktyor ichki texnikasi yetakchi hisoblanadi, negaki u aktyorlik san'atining asosi hisoblanadi.

Estrada tarixi va zamonaviy amaliyoti estradani teatrdan ajratib ikkita bosh xususiyatini ta'kidlaydi. Bunda ijrochi va tomoshabinning o'zaro aloqasi (muloqoti) alohida tizimi va "har tomonlama lo'ndalik" dramatik teatri aktyorining ichki texnikasidan farqli estrada aktyori ichki texnikasining o'zgacha, o'ziga xos tabiati shakllanishiga ta'sir qildi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar teatr san'atida sahnada "haqqoniylik bo'lsa", sahnada haqqoniy voqelik bo'lmaydi, haqqoniy voqelik san'at emas"7. Ammo har bir holatda aktyor "ikki olam orasi"da, ya'ni haqqoniy olam (tomosha zalining maxsus tarkibi va harakati) va sahna olami (estrada) orasida bo'ladi. Bu holatda estrada aktyori ichki texnikasi, ya'ni unga berilgan qisqa vaqt davomida bir "olamdan" boshqasiga darhol va ko'p marta o'tib turishida ko'rinadi.

Estrada san'atida tarixan shakllangan "muloqot" elementlarining o'zgargan tarkibi "muloqot"ning boshqa ko'chma elementlariga xos bo'lgan aktyorlik mahorati va qonuniyatlarini o'zgarishiga ta'sir qildi, psixo-texnikaning boshqa elementlariga ham xos bo'lib qoldi. Negaki aktyorning ichki texnikasi faqatgina shartli ravishda tarkibiy "zveno "larga bo'linadi, ular ijodda alohida mavjud bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Egamberdiyev F. Estrada san'ati metodologiyasi va texnologiyasi. - Т.: Lesson press, 2017.

2. Анастасьев А. Эстрадное искусство и его специфика. - М.: Искусство, 1976.

3. Клитин С. Эстрада. Проблемы теории, истории, и методики. - Л.: Искусство, 1987.

4. Волькенштейн В. Драматургия. - М.: Искусство, 1960.

5. Штокбант И. Р. Эстрадный номер (Некоторые вопросы теории и

6 Виноградская И. Н. Жизнь и творчество К. С. Станиславского. Летопись в 4-х.т. Т.3. М., 1973. С. 91.

7 Станиславский К. С. Собр. соч. в 9 т. т. 2. М., 1989. С.113.

ГГлЦ^^Ш! 172 http://oac.dsmi-qf.uz

практики). - Л.: Искусство, 1987.

6. Виноградская И. Жизнь и творчество К. С. Станиславского. Летопись в 4-х.т. Т.3. - М.: Искусство, 1973.

7. Станиславский К. Собр. соч. в 9 т. - Т. 2. - М.: Искусство, 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.