TEATR PEDAGOGIKASINING BOLA TARBIYASIDA TUTGAN O'RNI
Nasrullo Kabilov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada bola tarbiyasida teatr pedagogikasining o'rni, yosh avlodni teatr san'ati bilan tarbiyalash borasidagi tahlillar yoritilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, teatr pelagogikasi, moddiy-texnik baza, teatr etikasi
THE ROLE OF THEATER PEDAGOGY IN CHILD EDUCATION
Nasrullo Kabilov [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article analyzes the role of theater pedagogy in the upbringing children, the education of the younger generation with theatrical art.
Keywords: education, theatrical pedagogic, material and technical base, theatrical ethics
Mamlakatimizda ta'im sifatini oshirishga bo'lgan e'tibor yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, umumta'lim maktablari uchun ta'lim standartlari talablariga muvofiq yuqori samarali multimedia vositalari hamda o'quv adabiyotlari va qo'llanmalarning kompyuter elektron turlarini yaratishning yo'lga qo'yilganligi soha rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Bugungi o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, ma'naviy barkamol inson qilib kamol toptirish jamiyatimizning ustuvor vazifalaridandir. Bu borada kelajagimiz poydevori bo'lgan yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda teatr san'atining o'rni beqiyos. Mamlakatimiz hayotining barcha jabhalarida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Uning samarali rivoji uzluksiz ravishda ta'lim sohasiga singib borayotgan islohotlarda ham yaqqol namoyon bo'ladi. Bu kabi islohotlardan ko'zda tutilgan maqsad yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhdagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o'quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma'naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada
I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-600-sonli Farmoni o'zbek milliy san'atida teatr faoliyatini yanada rivojlantirish, tizimda qator islohotlar va yangiliklar uchun muhim qonuniy asos bo'ldi1. Shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'nan va ruhan tarbiyalashda ham amaliyotga keng tadbiq etila boshlandi. Ma'lumki, o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda, shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. O'quvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik g'oyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot g'oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashda san'at, xususan, teatr san'atining ahamiyati katta. Xalqimizda "bola boshidan" degan gap bor. Shunday ekan, o'quvchilarga bilim berish bilan birgalikda ularni estetik tarbiyalash, teatr san'ati orqali ularning ma'naviy olamini boyitib borish va mazkur san'at turiga qiziqtirish ishlari ham maktabgacha ta'lim yoki boshlang'ich ta'limda amalga oshirilmog'i lozim.
Teatrshunos Sh.Minovarov fikriga ko'ra, "Teatr san'ati har xil yoshdagi, xarakterdagi bolalarning fe'liga ta'sir etadigan, ularning qiziqishini o'stiradigan tarbiya maktabidir. Buning uchun bolalar teatri har xil spektaklni sahnalashtirishda ularning psixologiyasini bilishdan tashqari pedagogika, ruhshunoslik, bolalar adabiyoti va adabiyotshunosligidan ma'lumotga ega bo'lishi lozim"2.
Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarini teatr san'ati orqali estetik tarbiyalashda, eng avvalo, sinf o'qituvchisining teatr san'ati haqidagi bilim va ko'nikmaga ega bo'lmog'i lozim. Ming afsuski aksariyat hollarda bu jarayonning teskarisiga duchor bo'lamiz. Bolalarni teatr san'ati orqali estetik tarbiyalashda xorij tajribasi tahlil etilganda, bu boradagi ishlarning mazmuni va maqsadi anchayin yuqori samara berishi yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya maktablarida maxsus teatr pedagogi lavozimi mavjudligi ijobiy holatdir.
Teatrlashtirilgan tomoshalar (qo'g'irchoq teatrlar) dunyoning ko'plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan mavjud. Ular jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo'g'irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, hajmda, o'ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Shunday bo'lsa-da, qo'g'irchoq teatrining to'rt turini alohida ajratib ko'rsatish mumkin: qo'lga kiyib o'ynatiladigan qo'g'irchoqlar; soyali qo'g'irchoqlar; ip bilan boshqariladigan qo'g'irchoqlar; aktyori
1 Mirziyoyev Sh. "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-600 sonli Farmoni. - T., 2020.
2 Minovarov Sh. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda qo'g'irchoq teatri. - T., 2000.
I icclT^^^^H 832 http://oac.dsmi-qf.uz
ko'rinadigan qo'g'irchoqlar. Har bir teatr turidagi tomoshalarda sahna bezaklari, ulardagi xilma-xil ranglar va, albatta, undagi qahramonlar bola tafakkurini shakllantiribgina qolmay, uning dunyo-qarashini o'zgartirib, go'zallikka intilishi, fikrlash doirasining kengayishiga yordam beradi.
Tahlil natijasida shu narsa ayon bo'ldiki, teatr pedagogi bevosita darsdan tashqari hollarda o'quvchilar bilan qo'shimcha mashg'ulotlar olib borar, ularga teatr haqidagi dastlabki ma'lumotlarni berar, teatr etikasini o'rgatar, shuningdek, har bir sinf o'quvchining psixologiyasi bilan tanishib, mazkur sinf uchun spektakl tavsiya etar, bevosita teatr bilan hamkorlikda ish olib borar ekan. Teatr pedagogi dastlab teatrga borib, avvalo, o'zi spektaklni yaxshilab tomosha qilar, spektakl ijodkorlari bilan suhbat qurar, pyesani olib, avvalo, sinfda o'quvchilarga o'qib berar ekan. So'ngra pyesa yuzasidan o'quvchilar bilan suhbat qurar, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar, asar voqeasi haqida to'liq ma'lumot berilar ekan. Shundan so'ng o'quvchilarni teatrga olib borar va spektakl tomosha qilar ekan. Spektakl tomoshasidan bir kun o'tib pedagog yana o'quvchilar bilan birga o'sha spektakl yuzasidan suhbat o'tkazib, asosiy bir-ikki kichik sahnalarni o'quvchilar o'rtasida o'zaro sahnalashtirar va ijro etar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki, teatr pedagogi spektalga borishni shunchaki hisobot yoki rasmiyatchilik uchun emas, balki o'quvchilar bilan haqiqatda shu asarni chuqur o'rganishga, undan badiiy va estetik zavq olishga, qolaversa, estetik tarbiya topishga erishar ekan. Yana bir muhim jihat Germaniyadagi bolalar uchun mo'ljallangan teatrlardagi chiptalar ham an'anaviy qog'oz shaklida emas, balki, o'sha spektakl qahramonlari aks ettirilgan turli shakldagi o'yinchoq ko'rinishida ekan. Bu holat ham o'quvchini teatr olamiga olib kirishdagi muhim bir jarayondir.
Teatr pedagogi o'quvchilar bilan olib boradigan mashg'ulot mavzulari va tomosha repertuarlari dinamikasi o'quvchilar yoshiga va psixologiyasiga qarab oddiylikdan - mantiqiylikka, mantiqiylikdan - murakkablikka, murakkablikdan -professionallikka qarab shakllantirilar va tashkil etilar ekan. Shu nuqtai nazardan mazkur tajribani O'zbekiston maktablariga ham joriy etish lozim deb hisoblayman. Negaki, sinf rahbarining asosiy o'quv mashg'ulotlarini yuqori darajada tashkil etishi, teatr pedagogi esa, darsdan tashqari ma'naviy ishlarni yuqori darajada tashkil etsa o'quvchining ham aqliy ham ma'naviy-estetik tarbiyasi puxta shakllanar edi.
Teatr pedagogi o'z faoliyatini, albatta, milliy tajribalar bilan ham ohang olib borishi muhimdir. Bu borada o'quvchilar ongida yuksak axloqiy-estetik sifatlarning shakllanishida ularning ota-onalari va sinf o'qituvchisi bilan hamkorlikda faoliyat olib borish lozim. "Teatr pedagogi - ota-ona - sinf o'qituvchisi" hamkorligida sofdillik, xushmuomalalik, kamtarlik, o'zaro hurmat, bir so'z bilan aytganda, samimiy munosabat kabi hislatlar mavjud bo'lsa, bu ibratli axloqiy-estetik sifatlar o'quvchilarga ijobiy ta'sir etadi.
I jbÔÛ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
Xulosa qilib aytganda, bolalarni teatr san'atiga oshno tarzda tarbiyalash, ularni kelgusida ma'nan yetuk, milliy va asriy an'analarga sodiq inson sifatida yetishtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-600 sonli Farmoni. - T., 2020.
2. Hafiz Abdusamatov: "Drama nazariyasi" - G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. Toshkent - 2000.
3. Uzoq Jo'raqulov: "Nazariy poetika masalalari" - G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2015.
4. Stanislavskiy K. S. "Aktyorning o'z ustida ishlashi" T.Xo'jayev tarjimasi.-T.: (qayta nashr) Badiiy adabiyot, 2010.
834
http://oac.dsmi-qf.uz