Научная статья на тему 'TEATR SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN’ATINING O’RNI'

TEATR SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN’ATINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
200
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr san’ati / madaniy muhit / musiqa san’ati / islohotlar / estetik zavq / ta’sir etish / modernizatsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Habibullo Qobilov

Ushbu maqolada teatr san’atida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohot jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilib o’tilgan. Bundan tashqari, teatr san’atining rivojlanishida musiqa san’atining tutgan o’rni va ahamiyati xususida tahliliy fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEATR SAN’ATINING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN’ATINING O’RNI»

TEATR SAN'ATINING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN'ATINING O'RNI

Habibullo Qobilov O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada teatr san'atida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohot jarayonlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Bundan tashqari, teatr san'atining rivojlanishida musiqa san'atining tutgan o'rni va ahamiyati xususida tahliliy fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: teatr san'ati, madaniy muhit, musiqa san'ati, islohotlar, estetik zavq, ta'sir etish, modernizatsiya

IN THE DEVELOPMENT OF THEATER ART THE PLACE OF MUSIC

Habibullo Qobilov UzSIAC

Abstract: This article provides detailed information on the ongoing reform process in the theatrical arts. In addition, analytical views on the role and importance of music in the development of theatrical art are presented.

Keywords: theatrical art, cultural environment, music art, reforms, aesthetic pleasure, influence, modernization

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, madaniyat va san'at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo'yicha kompleks yondashuvning yetishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko'rsatishda oqsoqlikka yo'l qo'yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san'at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo'nalishdagi ustuvor vazifalarni to'liq bajarish imkonini bermayapti.

Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilishning bugungi yangi bosqichida madaniyat va san'atning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini oshirish, yosh avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida:

O'zbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo'yicha 2017-2021-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturining asosiy yo'nalishlari etib belgilangan ko'pgina vazifalar ham sohaning qanchalikm darajada jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini eslatib o'tadi. Shu o'rinda madaniyat va san'at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog'lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha o'rganish, ularni ta'mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta'minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O'zbek milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san'at rivojiga katta hissa qo'shgan taniqli san'atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko'rik-tanlovlarda yuqori o'rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo'llab-quvvatlash kabi maqsadlarni o'z oldilariga ustuvor vazifa qilib belgilab olganliklari fikrimiz isbotidir.[1;54]

Shu o'rinda madaniyat va san'at sohasining muhim tarmoqlaridan biri hisoblangan teatr san'atining eng muhim tarkibiy qismi - aktyorlik mahorati va unda qo'llaniladigan musiqa san'at turi haqida gapirar ekanmiz, o'z-o'zidan bu ikki soha bir-biri bilan uzviqiy bog'liq ekanligini his qilamiz. Teatr san'atida rejissor uchun harakatlanuvchi aktyor xom-ashyo vazifasini bajaradi. Rejissor u orqali tomoshabin qiziqish bilan kuzatadigan spektakldagi g'oyaviy kurashuv jarayonini keltirib chiqaradigan ziddiyatlarni ochib beradi. Ixtiloflar keltirib chiqaruvchi aktyor bilan ishlash, rejissor ijodining eng muhim tarkibiy qismidir. Ta'sirchan, jonli spektakl sahnalashtirish uchun rejissor aktyor ijodi psixologiyasini bilishi, aktyor bilan ishlash mahoratini egallashi zarur. Aktyor qalbida kechayotgan jarayonlarni sezishi, sahna va hayotda o'zini qanday his qilishi, ijodiy holatini tushunishi kerak. Uning izlanishlariga yo'l ko'rsatishi, tahlil qila olishi muhimdir. Ijodiy izlanishlar jarayonlari qatlamaga o'xshaydi: Rejissor tomonidan berilgan taklifni qabul qilib olar ekan, aktyor uni har tomonlama boyitadi, shu bilan birga rejissor fantaziyasi uchun yo'l ochib beradi. O'z navbatida rejissor aktyor topilmasini yana ham rivojlantiradi va shu orqali badiha uchun keng imkoniyat barpo qiladi. O'z navbatida aktyor ham rejissura asoslarini, atamalarni bilishi, sahnaviy timsol yaratish uchun xatti-harakat uslubiyatini o'zlashtirgan bo'lishi lazim. Ayni mana shu birgalikdagi xatti-harakat tahlili uslubi yordamida spektakl tug'iladi. Mustahkam sinchlarga tayanib barpo etilmagan

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

spektaklda aktyoming barcha harakatlari havoga sovrilishi mumkin. Ijodiy jarayonda rejissorga bus-butun itoat etadigan aktyor (aks holda bosh-boshdoqlik bo'ladi) rejissorning hamfikr safdoshiga aylanadi.

Teatr san'atining murakkabligi va boshqa san'atlardan farq qiladigan jihati -aktyor tomoshabin ko'z oldida ijod qilishi va ko'p narsa ularning mushtarak yashashiga bog'liqligidadir. Spektakl tayyorlanish jarayonida tomoshabinga ta'sir etish omillarini esda tutmoq zarur.[2;32]

Aktyor ijodining asosiy omili - "o'yindir". Tomoshabinni o'yinga chorlay bilish kerak. Bu jiddiy drama yoki komediya bo'ladimi farqi yo'q. Avvaldan kelishib olingan qoidalar asosidagi "o'yin" Bu borada - targ'ibot, reklama, afisha, spektakl dasturining o'rni ham ahamiyatlidir. Reklama -o'yinga chorlovchi, tomoshabin tasavvurini qo'zg'atuvchi, spektakl qabul qilishga undovchi vositadir. Tomosha zali, sahnaning joylashuvi, muhit qabul qilish jarayoniga ta'sir o'tkazadi. Sahna bezaklarning shakllari o'zgarib borishiga ham ahamiyat berish kerak. Bu ikkinchi darajali, deb hisoblangan omillarga so'nggi vaqtlarda kam e'tibor qaratiladigan bo'lib qoldi. Teatrda esa hamma narsa muhimdir.

Rol ijro etmoqlik bu:

1) tasvirlab bermoq, ko'rsatib bermoq, taqlid qilmoq

2) o'sha odam bo'lmoq, timsol qiyofasida yashamoq demakdir.

Bu bizga tanish aktyorlik mahoratining "Taqlidiy" va "Kechinma" san'atlaridir. Aktyorning an'anaga aylanib qolgan sahnadagi faoliyatini "kechinma" va "taqlidiy" san'atga bo'lib atashlik bugungi kunda eskirib, o'z mohiyatini yo'qotgandir. Aktyor kechinma orqali ko'rsatib beradi, ko'rsatib berish orqali boshdan kechiradi, yashaydi. Aktyor ijrosining psixologiyasi mana shu dialektik qonuniyatga asoslangan. Aktyorning sahnadagi yashash tarzi: yurish-turishi, ijroning o'ziga xosliklari, usul va shakli asar janriga bog'liqdir. Bu usullar o'zgaruvchan va ko'p qirrali bo'lib, bugungi kunda bu yo'nalishlarni ikki turga bo'lib o'rganish o'rinsizdir.

Ijodiy hissiyot huzur baxsh etmog'i darkor. Hayotda sezgi va hissiyotlar haqiqiy bo'ladi (ko'z yoshlar, og'riq sezish, iztirob chekish va h.k.). Sahnadagi hissiyotlar tasavvurdagi hissiyotlar bo'lishi kerak. "San'atning his-tuyg'usi aqlli tuyg'ular hosilidir. Ular bosh miya qobig'ida fantastik tarzda vujudga keladi. Har qanday fantastik va haqiqatdan uzoq tuyg'u va hissiyotlar real tuyg'ular oqibatida tug'iladi."16 Bu hissiyotlar bir-biriga o'xshaydi. Ammo sahnaviy hissiyotlar badiiylashgan holda bo'lib, ijodkorga quvonch bag'ishlaydi. Shuning uchun aktyorning ijodida quvonch hislari, ko'tarinki ruh, zo'r istak va ishtiyoq bilan yonishi har bir spektakl, hatto boshlang'ich mashg'ulotlar davrida yo'qolmasligi kerak. Hatto ijod mashaqqatlari ham quvonchlidir. Avvaldan, haqiqatda bunday bo'lishi mumkin emasligini anglagan holda o'zi bajarayotgan ish va holatga ishonmoqlik o'ta muhim qobiliyat. Esda tutib - unitish, qayg'urib turib - qayg'urmaslik, bu jumboqli qarama - qarshilik aktyor ijodi

I [ccñ^^BI 199 http://oac.dsmi-qf.uz

psixologiyasida yaqqol ko'zga tashlanadi. O'z imkoniyatlariga ishonmoq ijodiy ilhom baxsh etadi, ilhom esa o'z navbatida ong osti hissiyotiga ta'sir etib, har qanday ijod turi uchun turtki beradi. Aktyor qobiliyatini aniqlovchi ilk sinov uni berilgan shart-sharoitga bo'lgan ishonch darajasidir. Bolalardek ishonuvchanlik tabiat ehsoni bo'lib, u faqat iste'dodli aktyorlargagina nasib etadi. Buning uchun ko'pincha sabr-toqat va mashaqqatli mehnat orqaligina erishish mumkin. Hatto eng qobiliyatli aktyorlar ham, ayniqsa, ijodiy jarayonning boshlang'ich qismida o'ziga ko'pam ishonmaydilar. Ilhom so'qmoqlari aqliy mehnat orqali bo'y ko'rsatishi mumkin. Tahlil, chuqur mulohaza qilish, anglash, tasavvurning ishlashi, fantaziyaning ixtiro qilish qobiliyati - obraz yaratish mumkin bo'lgan qurol. Ongli mehnat asta-sekinlik bilan sahnada "jismoniy harakatlar uslubi" orqali sinovdan o'tkaziladi. Eng muhimi bunday mashaqqatli mehnat ijodkorga huzur bag'ishlashi kerak.[3;87]

San'at qalb hissiyotlarni ixtiro qiladi va qalb bilan qabul qilinadi. Aktyordan haqiqiy hissiyotlar bilan yashashni, qiyofaga kirish, tuslanishni talab qilinadi. Ammo qanday? Sahnaviy hissiyotlarni qanday uyg'otish mumkin? Yangi, to'lqinlantiruvchi jonli teatrni yaratish maqsadida K.S.Stanislavskiy va V.I.Nemirovich-Danchenkolar A.P.Chexov, A.M.Gorkiy dramaturgiyasiga murojaat etadilar. Chunki bu yozuvchilarning asarlari markazida insonning o'zi, uning kayfiyati, hissiyot va sezgilari yuksak parvozli bo'lgan. Bu asarlarda sezgilarni, hissiyotlarni qo'zg'atuvchi, ularni o'zgartirishga xizmat qiluvchi muhit va kayfiyat mavjud bo'lgan. Mazkur spektakllar teatr estetikasi va aktyor ijrosi uslubiyatida burilish yasashga asos bo'ldi.

Bundan tashqari teatr san'ati kabi har bir xalqning maorifida musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu xalqning milliy musiqa madaniyati, tili va madaniy an'analariga asoslanadi. Shu bilan birga musiqa tarbiyasning strukturasi, sistemasi (tizimi) va ilmiy-metodik yutuqlar boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir etadi.

Jamiyatimiz taraqqiyotida ma'naviy va jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash bugungi kunda bizning eng ustuvor vazifalarimizdan biri sanaladi.Zeroki qator aytilgan bu fikrlar zamirida har doimgidek yoshlar turadi, sababi ularning bugungi kundagi olgan ta'lim- tarbiyasi nafaqat o'zlari uchun balki yurtimiz taraqqiyoti uchun eng muhim poydevordir. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga''Agar mendan sizni nima qiynaydi''deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman'' - degan purma'no fikrlari fikrimiz yaqqol dalilidir.

Biz yashab turgan jamiyat taraqqiyotida musiqa va san'atning o'rni beqiyosdir. Har bir millat va elatlarni birlashtiradigan an'analarimizni mustahkamlaydigan ham mana shu hisoblanadi. Har qanday ko'ngilni o'ziga rom eta oladigan, insonlarni qalbiga ezgulik urug'ini ekib boshqa yomon illatlarga qarshi kurashadigan ham musiqa desak mubolag'a emas. Shu o'rinda o'z-o'zidan sezilib turibdiki musiqa san'ati qanchalik beqiyosligi hamda tarbiyaviy jihatdan ham katta ahamyatga ega ekanligini.

I îhSi^^Bl ^00 http://oac.dsmi-qf.uz

Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilish borasida keng imkonyatlar qadimdanoq musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga jalb qilgan. Ular musiqa san'atining insonlarni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlarini aniqlashga urunishgan.

O'ylashimcha musiqa tarbiyasini avvalo oiladan boshlash eng maqul yo'l sanaladi. Sababi shundaki musiqaga qiziqish oiladagi muhitga juda bog'liq. Agar oilada o'zaro san'atga bo'lgan munosabat yuqori ruhda,baland ishtiyoq hamda hurmatda bo'lsa bolada o'z-o'zidan qiziqish, ijtimoiy- psixologik muhit paydo bo'ladi.[4;76]

Xususan eng avvalo musiqaga oilaviy muhiti yiroq bo'lgan bolalarni qiziqtish uchun ham va qiziqqan bolalarni yanada dunyoqarashini oshirish uchun ham o'rta ta'lim maktablarida,Maktabgacha ta'lim muassalarida san'at ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar ko'ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini kengaytirish,o'quvchi yoshlarning qiziqishini o'stirib,bo'sh vaqtlarini behuda sarflamasliklarini oldini olishimiz mumkin. Bejizga davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan: ''Besh muhim tashabbus"ni joriy qilmaganlar. Aynan shu besh tashabbusimizning birinchi yo'nalishi musiqa va san'atga bag'ishlangan. Mana shundan ham ko'rinib turibdiki musiqaning yosh avlod tarbiyasida o'rni kattaligini.

Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san'atisiz erishib bo'lmaydi.

a) Musiqa - o'z tabiatiga ko'ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg'otuvchi,

b) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,

c) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga , ma'naviy barkamolikka undovchi kuchli vosita.

Ko'pchilik yaxshi biladiki, ertaklarda qahramon musiqa orqali ulkan dev yoki ilonni sehrlab, uning changalidan o'zi yoki sevgan qizini xalos etadi. Bunday voqealar rivojida musiqa orqali ifodalab, ochib beradi. Chuqurroq nazar tashlaydigan bo'lsak, buning zamirida musiqaning ko'ngilni ezgulikka undovchi san'at ekani o'z aksini topgan. Musiqa ashula va raqs tarkibida ham vujudga keladi. Keyinchalik esa badiiy ijodning turiga aylanadi. U o'ta o'ziga xos badiiy ifoda ''til''iga ega bo'lib maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu ''til''ning manba'idir. Albatta musiqa shaxsni shakllantirish, uning ijobiy fazilatlarini o'z-o'zidan belgilab bermaydi.Biz aytmoqchi bo'lgan fikr shundayki musiqaning g'oyaviy mazmuni nafaqat yosh avlod balki butun insonyat tarbiyasi bilan bog'liqdir.

Musiqaning ana shunday o'tkir tarbiyaviy kuchidan foydalanish, san'at vositasida yosh avlodning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash umumta'lim maktablari zimmasidagi eng muhim va doim dolzarb bo'lgan vazifalardan biridir. Davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma'naviy jihatdan

I icclT^^^^H 201 http://oac.dsmi-qf.uz

rivojlantirish hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlashda o'tmish me'rosimiz milliy musiqa merosimiz o'rni alohida.

Ma'lumki biz bugungi kunda butun dunyo shiddat bilan o'zgarayotgan fan-texnika, innovatsiyalar asrida yashayabmiz.Fan texnika qanchalik tez o'zgarsa bizning hayotimizda tutgan o'rni shunchalik muhim bo'lib boraveradi. Xuddi shunday bu albatta yurtimizda ta'lim sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.Bugun har bir pedagog o'qituvchi darslarini ana shunday samarali o'tkazish uchun bundan foydalanmoqda. Bu borada aynan musiqa fanida chinakam musiqa na'munalari va ularda ilgari surilgan ezgu g'oyalar yosh avlodga singdirilmoqda va o'zining ijobiy natij asini beradi. [5;12]

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, teatr jarayonlarida musiqa san'atidan to'g'ri foydalanish shaxs sifatida shakllanayotgan bolalarning qalbida milliy ruhni kamol toptirish, ma'naviy va axloqiy madaniyatni musiqiy didni shakllantirish, musiqiy tasavvurlarini yanada boyitish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ularini,tashabbuskorlik qobilyatlarini kamol toptirishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining —Ta'lim to'g'risidagi qonuni. //Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent; —Sharq% 1997, 20-29 betlar.

2. Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.- 80 str.. Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001.

3. Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. - T., O'zMU

4. Ibragimov X. I va boshqalar. Pedagogik psixologiya. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. 2007 y.

8. http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm

9. www. ziyonet . uz.

10. Rizayev O. Teatr va adabiy meros. // "Teatr", 2007 yil, 6-son;

11. Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 26 maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni;

12. Teatr va kino san'ati ta'limi: muammo va yechimlar - Respublika ilmiy-amaliy ijodiy konferensi Materiallari to'plami. - 20 noyabr 2015, T: "Lesson Press";

202

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.