TEATR VA AKTYORLIK SAN'ATI
Asal Farhod qizi Xayriddinova Ilmiy Rahbar: Mo'minmirzo Xolmo'minov [email protected]
Annotatsiya: Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonda teatrlarining ravnaq topishi, uning sahnasida turli xil obrazlarning yaratilishi, Prezidentimizning teatr san'atining rivoji yo'lidagi islohotlari, aktyorlik mahoratini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari, teatr san'atida yangi iste'dodlarni kashf qilish borasida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Aktyor, teatr, hissiy bilim, sahnaviy diqqat, sahna, fantaziya, sahnaviy harakat.
THEATER AND ACTING ARTS
Asal Farhod kizi Khayriddinova Research advisor: Muminmirzo Kholmumminov [email protected]
Abstract: In this article, the development of theater in New Uzbekistan, the creation of various characters on its stage, the reforms of the development of theater art, the specific features of the formation of acting skills, and the discovery of new talents in theater art are discussed goes.
Keywords: Actor, theater, emotional knowledge, stage focus, stage, fantasy, stage action.
Yurtboshimizning ko'plab qaror va farmoyishlari hayotga tadbiq qilinib, ular tufayli mamlakatimizda san'at va madaniyat sohasida ham katta o'zgarishlar, yangilanishlar sodir bo'lmoqda. Ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5ta muhim tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi etib belgilanganining o'zi biz - san'at vakillarining mas'uliyatimizni oshirsa, yana bir tomondan quvontiradi. Prezidentimizning "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni undagi keng ko'lamli vazifalar, har bir san'at vakilini ruxlantiradi. Bularning barchasi mamlakatimizda ma'naviy taraqqiyotga davlat miqyosida e'tibor qaratilyotganini isbotladi. Bundan tashqari respublikamizda san'at va madaniyat sohasi uchun
I icOE^^^^HI 1^4 http://oac.dsmi-qf.uz
professional kadrlar tayyorlab berish, teatrlarni yosh mutaxassislar bilan ta'minlash yo'lida samarali ishlar amalga oshirildi.
Yangi O'zbekistonda Teatr atalmish o'ziga xos betakror san'atning ravnaq topishi va uning sahnasida rang-barang obrazlar yaratilishi hamda kelajakda bu sohani yanada rivojlanishi uchun yosh pedagog-mutaxassislarning, kadrlarning o'rni va ahamiyati katta hisoblanadi. Shuning uchun ham aktyorlik mahorati yo'nalishidagi mutaxassislarni professional darajada tarbiyalash juda zarur. Bunda yosh pedagoglarning mehnati va pedagogik mas'uliyati yuqori hisonlanadi. Ayrim fikrlarga qaraganda aktyorlik iqtidorini shakllantirish tug'ma talantga bog'liq deb ham qaraladi.
San'atning tanlangan sohasi asoslarini o'zlashtirmay turib uni egallashning iloji yo'qligini hamma yaxshi biladi. Ammo aktyorlik san'ati haqida so'z ketsa, shu zahoti turli fikrlar va qarashlar paydo bo'ladi. Qobiliyatli aktyorga hech qanday maktabning keragi yo'q, qobiliyatsiz aktyorga hech qanday maktab yordam berolmaydi. Bu fikrdan aktyorlik san'atiga o'qish shart emas, aktyor bo'lib tug'ilish kerak, degan xulosa kelib chiqadi. Bo'lajak aktyorda qobiliyat bo'lish kerakligi haqidagi fikrga nisbatan hech qanday e'tiroz bo'lishi mumkin emas.
Ammo iqtidorli musiqachilar, qo'shiqchilar va balet raqqoslari tabiat bergan iqtidorlarini rivojlantirish, o'z san'atlarining texnikasini egallash uchun yillab mehnat qilishlarini qanday baholash mumkin? Nega teatr aktyori uchun faqat tabiat bergan qobiliyatning o'zi kifoya qilishi kerak? Haqiqiy san'at qobiliyat va mahoratning birlashuvidan paydo bo'ladi. Mahorat esa yillar davomida to'plangan tajriba va an'analar maktabi orqali shakllanadi.
Maktab o'quvchining tabiat bergan xislatlariga ishlov beradi va uni rivojlantiradi, unga kerakli bilim va ko'nikmani beradi, uni egiluvchan va har qanday ijodiy vazifani bajara oluvchi ta'sirchan shaklga olib keladi. Har qanday san'at turi qatori teatr san'ati maktabining muvaffaqiyati avvalo to'g'ri tanlov va ana shu tanlov asosida teatr san'ati maktabida bilim olayotgan iqtidorli yoshlarning ma'naviy komilligiga bog'liqdir. Chunki o'zi komillikka intilmagan ijodkor o'z ortidan ham butun bir tomoshabinlar avlodini ergashtira olmaydi.[1:134]
Shuning uchun aktyorlik mahorati qancha yuqori bo'lmasin, yosh mutaxassis albatta san'at yo'nalishida taxsil olishi shart. Bizga ma'lum bo'lgani kabi, har bir soha ilmiy negizda, amaliy ko'nikma negizida o'ziga xos tarzda shakllanadi. Ayniqsa, aktyorlik mahoratining shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud.
Aktyor-talaba avvalo kuchli, talabchan, nazari o'tkir, boladagi aktyorlik san'atiga moyillikni tekshirib, o'ziga xoslik va o'zgachalik jihatlarini anglab baho bera oluvchi donishmand ustozlar ko'rigidan o'tishi lozim. Ayniqsa, O'zbekiston diyorimiz har jabhada yangi ko'rinish olayotgan bir pallada, yoshlar iqtidorlarini
175
http://oac.dsmi-qf.uz
aniqlash, ularni namoyon qilish har bir mutaxassisning zimmasiga og'ir vazifani yuklamoqda.
Shuningdek, rivojantirish uchun faqat amaliy emas, nazariy bilimlarni ham o'z vaqtida olib borish shart. Aktyor ertaga teatrga ishga tayyor mutaxassis bo'lib boradi. Bunda u ijodiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadi. Ularni faqat kasbiy ko'nikma emas, ma'nan tayyor mutaxassis sifatida tarbiyalab borish, ta'lim-tarbiya tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Bo'lajak mutaxassislar ma'naviy va jismoniy baquvvat, har tomonlama bilimli, aktyorlik kasbining turli janrlarini yuksak profesional darajada egallagan, zamonaviy sahna talablarining barcha elementlarini mahorat bilan boshqaradigan, tomoshabinlar ehtiyojini chuqur his eta oladigan, keng bilimga ega mohir san'atkorlar bo'lib yetishmoqlari zarur. Shuningdek, aktyorlik mahorati elementlarining treningini o'rganishning asosiy maqsadi, yosh mutaxassisning sahnada o'zini tuta olishi, o'zining hissiy (ko'rish, eshitish, fikrlay olish, taqqoslash, ajrata olish, turli predmetlardagi o'xshashliklarning u yoki bu tomonlarini: shakli, rangi, ta'siri va h.k.lar aniq xatti-harakatlarni ishlab chiqish kabi) bilimlarni shakllantirish, tarbiyalashdan iboratdir.
Hissiy bilimlarni egallash jarayoni uch fazadan iboratdir:
1. Mushaklarni tashqi taranglikdan, siqiqlikdan ozod qilish(bo'shatish)
2. Ijodiy diqqatni kerakli obyektga qaratish
3. Sahnaviy harakatni jiddiy va ishonarli qilib bajarish qobiliyatida, ijodiy tasavvur va fantaziya orqali ichonch va haqiqatni yuzaga keltirish [2:1]
Sahna - aktyorning ish joyi va rivojlanish maskani. Aktyor mazkur ish tajribasini mukammal darajada egallashi kerak. Talaba pedagog tomonidan berilgan har bir vazifani aniq bajara olish malakasini egallashi ham zarur. Ustozlar talabalar bilan spektakl ustida ishlash jarayonida har bir voqea va hodisaning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishi va bu xatti-harakatlarni ifodalovchi aktyorlik mahoratining o'ziga xos xususiyatlarini egallab olishi zarur.
Aktyor-doimiy harakatdir, uning har bir lahzasi zaruriy evrilishlar davomidir va ayni paytda uning xususiyatini ko'rsatuvchi yangi psixologik holatga o'tish yo'lidir. Shuning uchun aktyorning har lahzasi harakatdan iboratdir. Boshni egish, qovoqni uyish yoki ochish, yuzda paydo bo'lgan tabassum, hayratga ochilgan og'iz, ko'zoynakni ziyolinoma ushlab turgan panjalar yoki ikki yonga tushirib turilgan kaftlar, aktyorning muhim nazar solib turgan paytidagi norozilik yoki mehrini ifodalovchi ko'zlar - bularning barchasi harakatda bo'ladi, tinch holat ular uchun begona. [3:4]
Aktyor kasbi ideal bo'lishi uchun, avvalo uning o'ziga xos xususiyatlariga, kasbiy dolzarb jihatlariga erishgan bo'lishingiz kerak. Ammo bu talabning biroz mushkuloti mavjud, joiz bo'lsa qarama-qarshi tomonlari bor. Masalan, haddan tashqari loqaydlik va kasbga pedagogni qiziqtira olmasligi. Aktyorlik hissiy kasb
I icclT^^^^H 176 http://oac.dsmi-qf.uz
deya e'tirof etilishi bejiz emas. Chunki teatr sahnasida hayotning shiddatli sur'atini uch yoki to'rt yoki undan ortiq pardalar bilan yetkazib berish oson emas. Aktyorlik mahoratining yana bir o'ziga xos xususiyati u kasbiy tajriba va ko'nikmalarni talab qiladi, ularni o'rganishni taqazo qiladi.
Aktyor yorug'likni sezadigan plastinkaga o'xshab, o'z xulq-atvoridagi kichik o'zgarishlarni ham yorita bilishi kerak. Yangi ta'sir qiluvchi, qo'zg'atuvchilardan foydalanmasdan, sahnada nima ro'y berayotganini ko'rmasdan, bilmasdan, eshitmasdan, tabiiy intonatsiyalarni saqlab qolmasdan turib jonli obrazni yaratishi mumkin emas. [4:158]
Ba'zi aktyorlar buyuk bo'lib tug'iladi, ba'zi aktyorlar buyuklikka erishadilar, ba'zi aktyorlarda esa buyuklik bor. Bu ularning aktyorlik kasbining qay darajada egallashiga bog'liq. Hozir XXI asr "Ilg'or texnologiyalar" asri, shu sababli bizga zarur bo'lgan bilimlarni, kasbimizga oid bo'lgan yangilik, videolavhalarni qidirib yurishimiz, uni topishga vaqt sarflashimiz shart emas, faqat texnologiyalardan to'g'ri foydalanishni bilsak yetarli. Yurtimiz demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamalakatiga aylanib bormoqda. Albatta, bundan ko'zlangan maqsad yoshlarni komil shaxs sifatida voyaga yetkazish, ular uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish va ularni Yangi O'zbekiston uchun barkamol, munosib shaxs sifatida tarbiya qilishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. E.Yorbekov, Sh.Muhammadiyev. Aktyorlik mahorati. Toshkent-2018. 134b
2. F.Axmedov, M.Yusupova. "Estrada aktyori mahorati". Darslik. Toshkent. 2017. O'ZDSMI. 40b. 1-b
3. "Estrada aktyorligi san'ati" o'quv qo'llanmasi. M.R.Yusupovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent. O'ZDSMI 2015. 128b. 4-b
4. M.Abdullayeva. "Sahna mahorati maktabi" monografiya. Toshkent. 2011. Chashma Print nashriyoti. 158-b
177
http://oac.dsmi-qf.uz