Научная статья на тему 'KLASSIK ASARLAR USTIDA ISHLASH'

KLASSIK ASARLAR USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
221
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Karim Yuldashev / Rejissyor / Klassika? Shekspir / Makbet / Ledi Makbet / Banko

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zohidjon Muhammadvalievich Abdunazarov

Ushbu maqola O‘zbekiston san’at arbobi Karim Yuldashev hayoti va ijodi haqida to‘xtalmoqchimiz. Karim Yuldashev o‘z mutaxassisligi yo‘lida professionallikka intilgan qaysi teatrda ishlamasin avvalo ishni teatr repertuaridan boshlashi Repertuarni turli xil janrdagi asarlar bilan boyitishi. Tarixiy, zamonaviy, drama, musiqali drama, tragediya, komediya va albatta jahon klassik asarlar yaratishda avvalo, asarni dramatik tahlil yuzasidan o‘qib o‘rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KLASSIK ASARLAR USTIDA ISHLASH»

KLASSIK ASARLAR USTIDA ISHLASH

Zohidjon Muhammadvalievich Abdunazarov O'zbekiston davlat sana't va madaniyat insittutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston san'at arbobi Karim Yuldashev hayoti va ijodi haqida to'xtalmoqchimiz. Karim Yuldashev o'z mutaxassisligi yo'lida professionallikka intilgan qaysi teatrda ishlamasin avvalo ishni teatr repertuaridan boshlashi Repertuarni turli xil janrdagi asarlar bilan boyitishi. Tarixiy, zamonaviy, drama, musiqali drama, tragediya, komediya va albatta jahon klassik asarlar yaratishda avvalo, asarni dramatik tahlil yuzasidan o'qib o'rganadi.

Kalit so'zlar: Karim Yuldashev, Rejissyor, Klassika? Shekspir, Makbet, Ledi Makbet, Banko

WORK ON CLASSICAL WORKS

Zahidjon Muhammadvalievich Abdunazarov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article will focus on the life and work of Karim Yuldashev, an artist of Uzbekistan. Karim Yuldashev, who strives for professionalism in the path of his specialty, will work in any theater, first of all, he should start his work with the theater repertoire and enrich the repertoire with works of various genres. When creating historical, modern, drama, musical drama, tragedy, comedy and, of course, world classic works, first of all, he studies the work on the basis of dramatic analysis.

Keywords: Karim Yuldashev, Director, Classic? Shakespeare, Macbeth, Lady Macbeth, Banquo

Klassik asarlar usstida ishlash.

Klassika nima? Klassika (lot. classicus - namunali) - 1) antik davr - Yunoniston, ellinizm va Qadimgi. Rim adabiyoti va san'ati; keng ma'noda - insoniyatning badiiy merosidagi olamshumul qimmatiga ega bo'lgan, eng mukammal asarlar. Adabiyot va san'atdagi ijodi butun dunyoda tan olingan, asarlari katta g'oyaviy-badiiy qimmatga ega bo'lgan mashhur ustalar klassiklar deb yuritiladi.

Umr-oqar daryo. Har bir insonning o'z umr yo'li bo'ladi. Umrining har bir lahzasini g'animat bilib, har bir soniyasini ezgu amallarga, fayz-barakaga bezagan inson - baxtli inson. Yaxshilikni qilib daryoga tashlaydigan inson-daryo inson. O'zidan ham ayirib, o'zgalarga tutadigan inson-oliyhimmat inson. Mana shu insoniy fazilatlarning barchasini o'zida mujassamlagan go'zal taqdir egalaridan biri, san'atda

I icclT^^^^H ^94 http://oac.dsmi-qf.uz

ham, ijodda ham, oilada ham o'z burchini sidqidildan bajarib borayotgan, sal kam yetmish yil umrini san'atga tikkan inson haqida gap ketar ekan, u kishini haqiqiy san'at fidoyilaridan desak mubolag'a bo'lmaydi. San'at - insondagi eng yuksak badiiy ehtiyojni hamda uning tug'ma-hissiy, ma'naviy, estetik, mafkuraviy ehtiyojlarni shakllantiradi. Badiiy timsollar orqali omma ongiga ta'sir o'tkazadi, inson dunyoqarashini shakllantiradi, ma'naviy qiyofasiga ta'sir etuvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Xalqning ma'naviy dunyosini yuksaltiradigan, ta'sir kuchi yuqori bo'lgan san'at turlaridan biri shubhasiz teatr san'atidir. Teatr o'z mavqeini yuksaltirishi va tomoshabinlarini qaytarishi uchun yuksak bilim va saviyali jamoaga ega bo'lishi kerak. Har tomonlama yetuk, yuksak bilim va saviyaga ega aktyor va rejissorlarni tarbiyalash pedagoglarning bosh maqsadi hisoblanadi. Bo'lajak aktyor va rejissor kamol topishi uchun sohaga oid bilimlarni mukammal o'zlashtirishi talab etiladi. Hozirgi kunda teatr san'atiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Respublikamizdagi mavjud teatrlarning qayta rekonstruksiya qilinib, eng so'nggi texnologiyalar bilan bosqichma-bosqich ta'minlanib borilayotganligi, teatr jamoalarining oldiga yuksak marralarni egallash uchun, tomoshabinlarni qalbiga yetib boradigan xalq qo'shiqlarini yaratish, keng jamoatchilikni yana teatrlarga qaytarish kabi vazifalarni qo'ymoqda. Buning zamirida tinimsiz mehnat va respublikamizdagi teatrlarni oliy ma'lumotli yuksak bilim va saviyaga ega kadrlar bilan ta'minlash turadi. Bo'lajak aktyor yaratilayotgan obrazini o'zining to'laqonli ijrosi bilan, ravon nutqi bilan hamohang boshqara olishi kerak. Talabalar ijodiy faoliyati davomida bu ko'nikmalarni o'zlashtirib boradilar. Talabalar tomonidan rejissorlik fanini o'zlashtirish jarayonida o'quv qo'llanmada keltirilgan mashqlar va ko'rsatmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Mazkur o'quv qo'llanmada Rejissura fanining ustuvor maqsadlari, bo'lajak rejissordagi ba'zi bartaraf etilishi kerak bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etishi uchun astoydil yondashuv va amaliy mashqlar keltirilgan. Umr-nima? Umr - ikki eshik orasi. Olimlarning ta'kidlashicha, har bir davrning ijodkori o'z his qilganlarini tasavvurida jamlangan obraz shaklida yo'nalishi va uslubidan kelib chiqqan holda badiiy gavdalantirishga harakat qiladi. Asar qahramonlarini esa rejissor o'z spektaklida to'laqonli ochib beradi. Teatr san'atining spektakllari yuksak darajada tasirli bo'lishi, uning ijodkori, boshqaruvchisi ijodiy jamoani birlashtiruvchi rahnamoga bog'liq. Rahnamo bu rejissordir. Yirik badiiy asarlarni xoh teatrda bo'lsin, xoh kinoda, xoh televideniyeda rejissorsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Rejissorlik san'ati hayotni teatr, kino, televideniye san'ati ifoda vositalari orqali tasvirlash badiiy inikosidir. Fan bilan san'atning tafovuti nima? Aslini olganda fan hayot qonuniyatlarini o'rganadi, isbotlaydi, mantiqiy tahlil qiladi. San'at esa o'sha qonuniyatlarni tasvir orqali badiiy obrazlarda ko'rsatadi, ishontiradi. San'atning ham, fanning ham asosiy maqsadi oddiy hayot, inson idroki, uning turmush tarzi hisoblanadi. Faqat san'atning fandan tafovuti shuki, u insonni o'rganadi, insonning his tuyg'ulari, kechinmalari, uning ruhiyati bilan shug'ullanadi.

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

Biz bugun O'zbekiston san'at arbobi Karim Yuldashev hayoti va ijodi haqida to'xtalmoqchimiz. Karim Yuldashev o'z mutaxassisligi yo'lida professionallikka intilarkan, qaysi teatrda ishlamasin avvalo ishni teatr repertuaridan boshlaydi. Repertuarni turli xil janrdagi asarlar bilan boyitadi. Tarixiy, zamonaviy, drama, musiqali drama, tragediya, komediya va albatta jahon klassik asarlar yaratishda avvalo, asarni dramatik tahlil yuzasidan o'qib o'rganadi. Asar g'oyasidan chetga chiqmagan holda, o'z qarashlarini, rejissorlik talqinini unga singdira olishga harakat qiladi. Rejissor aktyorlar bilan ishlash tajribasini oshirib boraveradi. U faqat bitta jamoa aktyorlari bilan ishlab cheklanib qolmaydi. Yangi aktyorlar bilan ishlab, yangi iste'dodlarni kashf etadi. Aktyor bilan ishlash jarayonida uning erkinligini, iprovizatsiyasini cheklamaydi. Biroq rejissor o'zi kutgan ijroni chiqarib bermagunicha qo'ymaydi." Rejissorlik kasbi ko'p qirrali va o'ta murakkab sohadir. Rejissor nafaqat o'z kasbini chuqur bilishi, balki adabiyot, tasviriy san'at, musiqa, arxitektura kabi sohalarning bilimdoni bo'lishi kerak. Yuqori badiiy didga ega bo'lish, janrni his eta olish, aktyorlarning qanchalik mahoratga ega ekanligi kabi sirlardan xabardor bo'lishi zarur. Karim Yuldashev spektaklning rassomi hamdir. Uning rassomchilikdan ancha xabardor ekanligi ko'plab spektakllariga o'zi rassomlik qilganidan ma'lum. Butun bir umrini san'atga baxshida etgan insonning tajriba va ko'nikmalarini, endi o'sib kelayotgan yosh rejissorlarga o'rgatish kerak deb hisoblayman. Har bir rejissorning albatta o'z maktabi, yo'nalishi bor. Ularni o'rganishda foydali jihatlari yetarlicha muhimdir. Qo'limizdaga ushbu qo'llanma O'zbekiston san'at arbobi Professor Karim Yuldashev ijodiga nazar tashlaymiz va Rejissura sirlarini chuqur o'rganib borishga bu yo'lni kelajak avlodga meros bus-butunligicha yetkazib berishga mas'ulmiz deb o'ylayman.

"Spektakl 2 oy mobaynida tayyorlangan bo'lishiga qaramay, bu muddat men uchun huddi 2 yildek tuyuldi, sababi men Shekspirning Makbet asarini qo'yishni ancha yil, taxminan 10 yillarcha oldin rejalashtirib qo'ygandim. Mana o'sha niyatim O'sh teatrining jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshdi, ular bilan xuddi bir oiladek bo'lib ketdik desam ham bo'ladi " 16deydi rejissor suhbati davomida.

Bu spektakl tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Rejissorning yana bir qirrasi ochilgani o'z isbotini topdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

"Rejissor maqsadlarini amalga oshirishda uning eng yaqin do'sti, hamrohi, maslakdoshi rassom bo'ladi. Rassom doimo rejissor yonida turib, uning fikrlarini sahnaga yoyib beradi. Rejissor yaratmoqchi bo'lgan dunyoni sahna bo'shlig'iga ko'chiradi. Kerak bo'lsa rejissorlik fantaziyasini konkretlashtiradi. Bu ikki ijodiy kuchning birligi, bir birini qanday tushunishi, ularning iqtidori, teatrning bugungi kunini, darajasini belgilaydi."17

17 Салимов. О "Касбим режиссёр" Тошкент - 2009. 39-бет

"Makbet" spektakli rassomi va dekorator Asadullo Ahmedov, rejissor bilan hamkorlikda ishlagani, sahnada ortiqcha bir detalning yo'qligidan yaqqol ko'rinadi. Sahna dekoratsiyasi har tomonlama voqealarga mos ravishda qurilgan. Eng balandda Shotlandiya qirolligining yozuvi va bayrog'i ramzi turadi. Bir nechta ingichka baland ustunlar, 2 qavatli bo'lib, qirollik qasrini ichki ko'rinishini beradi. Lekin ustunlarning ba'zi burchak yerlari ko'chganligi esa bu qirollikning chirib yemirilib borishini ifodalaydi. Qasrdan tashqari paytlarda chiroqlarning to'g'ri ishlatilishi ya'ni yorug'likni ustunlarning past qismiga tushishida ko'rinadi. Rassom saroyni yovuzlik, iflosgarchilik o'rab olganini ifodalash maqsadida, Makbetning alvastilar bilan suhbati jarayonida, ustunlarning 2-qavatida o'rgimchak to'rini eslatuvchi to'rlar paydo bo'lib, asta pastga tushishi, alvastilar esa to'r bilan Makbetni o'rab chirmashlari uning ko'nglidagi yovuz niyatiga asir bo'lib qolganligi ifodasini beradi. Alvastilar sahna o'rtasidagi teshikdan yer ostidan chiqib keladi. Sahnaning o'rtasida turuvchi uchta: ikkita kichkina va o'rtada bitta kattaroq to'rtburchak o'rin, o'lim taxtasi misolidir. Bu shakllar esa rejissorlik topilmasi hisoblanadi. Bankoning arvohi, sharpalar o'sha yerda Makbetning ko'ziga ko'rinadi. U yerda ko'pchilik o'ldiriladi hatto asosiy qahramon bo'lgan Makbet ham. Saroy ichki tasvirida esa bu o'rinlar ovqatlanish uchun joy vazifasida keladi.

Spektaklda aktyorlarning liboslari o'ta dabdabali shohona bo'lmasa ham o'sha davr saroy ayonlarining ko'rinishini bergan. Yana bir muhim narsani aytish joizki, Makbet spektakl davomida qirol bo'lgandan so'ng, ilk bor shohlik tojini boshiga kiygandan keyin bu toj unga biroz kattalik qilgani ba'zida boshidan sirpanib ko'ziga tushib qolaveradi, aktyor oxiri uni bo'yniga kiyib oladi . Balki bu libosdagi xatolikdir lekin, mantiqiy qaraganda esa bu toj Makbetning bo'yniga ilingan, ko'zini ko'r qilgan o'lim sirtmog'idek. Toj va qirollik uchun u qancha qotilliklar qiladi va shu toj bilan o'ladi. Alvastilar - Makbetning ichidagi yovuzlik, qabihliklar ko'rinishidir. Alvastilarning liboslari, yuzlariga yarim qora kiygan niqoblari ularning niyatini, har qotillikdan so'ng ularning sho'x raqsga tushishi esa bu yovuzlikning avj olishini ifodalagan. "Makbet" asarining mavzusi va mazmunidan kelib chiqib "tun fojeasi" deb ham ataydilar. Chunki Makbet barcha qotilliklarni tunda sodir etadi. Shekspir asarda tunni o'tuvchi vaqt ma'nosi bilan birgalikda bu zamin uzra yopirilish daxshatli zulmat obrazi tarzida ham namoyon etgan.

Alvastilar esa shu zulmatning hokimlari. Insonlarning qalbida hamisha yovuzlik hissi bo'ladi, Makbetda buni avj olib ketishiga esa alvastilarning bashorati sababchidir. U tezroq yuqoriga ko'tarilish va taxt uchun insoniy his tuyg'ularini yo'qotib, oqibatda qalbidagi oliyjanoblik, ezgulikning o'rnini yovuzlik egallab oladi. Makbetning atrofidagilari ham uni tubanlashuviga katta turtki bo'ladi, ayniqsa uning xotini Makbet xonim uni ilk bor qotillikka undagan. Makbet har safar qilgan qotilligini bu oxirgisi deb o'ylaydi, lekin "qon qonni chaqiradi" Rejissor Karim Yo'ldoshev ham

I [ccñ^^BI 797 http://oac.dsmi-qf.uz

spektaklning g'oyasini shunga yaqin tarzda olgan: qayerda yaxshilik bo'lmasa o'sha yerda yovuzlik avj oladi. Yaxshilik urug'ini ko'proq sepish kerak shunda yomonlik chekinadi. Makbet ham, boshqa o'lganlar ham yovuzlikning qurboni bo'lishdi.

Spektaklada Dimitriy Shatrakovich va Nuriddin G'iyosov musiqalaridan o'rinli foydalanilgan. Spektakl qorong'ulik va vahimali musiqaning chalinishi bilan boshlangan. Chiroq asta yorishib, sahna yer ostidan ya'ni teshikdan uch alvasti chiqib keladi, musiqa ohangi ostida raqsga tushib, sahnadan g'oyib bo'ladi. Voqea Makbetning Norvegiya ustidan qilgan g'alaba bilan boshlanadi. So'ng Banko va Makbet o'rmonda alavastilarning suhbatini eshitib ular bilan g'oyibona gaplashishadi. Alvastilar "qirol Makbetga shon sharflar bo'lsin!" deb takror aytaverishadi. Makbet bunday bashoratdan hayron bo'lib, sevinadi. Banko esa alavastilardan o'zining ham taqdirining bashoratini so'raydi. Spektaklda tugun Makbet va Banko alvastilarning bashorati ya'ni Makbetning qirol bo'lishi, Bankoning esa o'zi emas balki avlodalari qirol bo'lishini aytishidan boshlanadi. Makbet qirol bo'lishlik taqdiri bashoratini bilgandan so'ng, gap so'zlari o'zgarib, aql xushi faqat qirollikda bo'ladi. "Demak men qirol bo'laman, seni esa avlodlaring qirol bo'ladi" Banko uning bu ahvolidan havotirlanib unga "Makbet o'zingni bos, bu haqda o'ylayverma, tojni havas qilaverma, men qo'rqyapman, qandaydir alvastilar jahannamning tili bilan bashorat qilib, osongina ishonchingni qozonadi-yu, iymoningni qo'ldan olib, chalib ketadi" deydiyu ketadi. Makbet bashoratga ishonish ishonmasligini bilmay qoladi, lekin qirol Dunkan lashkarboshilari kelib,uni Norvegiya ustidan qilgan g'alabasi uchun shahar hokimi lavozimiga tayinlaganini xabarini aytgandan so'ng, qirol bo'lishga ishonchi yanada orta boshlaydi. Uni qalbini endi toj-u taxtga erishish niyati egallab oladi.

Makbetning xotini Makbet xonim esa bu qirollik taxtiga tezroq erishish uchun qirol Dunkanni o'ldirishga undaydi. Makbet vijdoniga qarshi borib qo'lini shohning qoniga belaydi. Shu tariqa u yovuzliklarini, qotilliklarini boshlaydi. Bu yovuzlikni esa Makbet xonim avjlantirib turadi. Taxtgan erishgandan so'ng endi u Bankoga qilingan bashoratdan havotirda edi.

Nega endi mening avlodim qirollikni davom ettirmay, Bankoning avlodlari qirol bo'lishi kerak deb do'sti Bankoni ham o'ldirtiradi. Biroq Bankoning arvohi uni ta'qib qiladi. Spektaklda Bankoning arvohi Makbet saroy ayonlari bilan ovqatlanmoqchi bo'lganda ko'rinadi, Makbet arvohning ko'ziga ko'rinayotganidan vasvasaga tushib, uni "Yo'qol o'lik arvoh " deb baqiradi. Ayonlar esa shoh aqldan ozgan degan fikrga kelishadi. Makbet xonim "uning shunaqa kasali bor ba'zida qo'zg'ab turadi" deb uni bu vaziyatdan olib chiqmoqchi bo'ladi. Makbetning qulog'iga alvastilarning "Makbetga endi uyqu xarom" degan so'zlari eshitilaveradi. Bu so'zlar ostida esa vijdon azobi endi uni tun u kun qiynashidan dalolat hisoblanardi. Spektaklda ba'zi qahramonlar zalning eshigidan tomoshabinlar orasidan ham chiqib kelishi odamlarni o'sha muhitda bo'lishlariga imkon bergan. Spektaklda kuliminatsiya Makbet

I icclT^^^^H 798 http://oac.dsmi-qf.uz

qirolligining qulashi ya'ni hokimliklaming dushmanlar tomoniga o'tib hujum qilganida, chorasiz qolganida ko'rinadi. U yana alvastilarning oldiga borib bu yog'iga kelajagi nima bo'lishini so'raydi.Yechim esa alvastilar ona qornidan tug'ilgan hech kim seni yenga olmaydi degan so'zlariga ishonib qolgan Makbet, onasining qornidan yorib olingan Makduf ya'ni saroy lashkarboshchisi bilan bo'lgan jangda mag'lub bo'lib, o'ladi. Makbet rolini Qirg'izistonda xizmat ko'rsatgan artist Mahmudjon Rahmonov mahoratli ijro etgan. U qahramonining ichki kechinmalarini harakatlari orqali ifodalab bera olgan. Makbet xonim rolini ijro etgan Qirg'iziston xalq artisti Oytoji Shobdonova esa Makbetni o'ynagan aktyor bilan yaxshi partnyor bo'lishgan. Aktrisa Makbet xonimni haqiqiy zodagon aristokrat xonimlardek ko'rsatgan. Toju taxtga ruju qo'ygan, bu yo'lda vijdonini yo'qotgan xonim, o'z erini qotillik qilishga undashi, oxir oqibat qo'llarida badanida allaqanday dog'lar paydo bo'lishi, bunday balodan o'zini qo'yarga joy topolmay qiynalishini aktrisa mahorat bilan ochib bergan. Dunkan rolini O'zbekiston xalq artisti Shavkat Dadajonov ijro etgan. Qirollardek viqorli ko'rinish, aniq, tiniq nutq aktyorning qirol obrazini ifodalashiga asos bo'lgan. Makbetning do'sti Banko rolini teatrning aktyori Erkin Boynazarov mahoratli o'ynagan. U ham huddi Makbetdek bashoratga qattiq ishonadi. Biroq do'sti unga hiyonat qilib o'ldirtirishini hayoliga ham keltirmaydi. Bankoning arvoh bo'lib sahnada paydo bo'lishi, faqat Makbetning ko'ziga ko'rinishi, boshini qimirlatib do'stiga hali jazoingni tortasan nigohida boqishi, o'girilganda esa orqasiga sanchilgan hanjarning o'rni va kiyimida qon ko'rinishi, tomoshabinni vahimaga sola oladi. Boshqa ishtirokchilar, aktyorlar ham o'z rollarini yaxshi ijro eta olishgan. Spektakl qotillikning oqibat jazosi Makbetning o'limi bilan yakun topadi. "Qaerda Makbet qo'yilsa albatta o'sha joyda biror falokat yuz berishi mumkin ekan, masalan Shekspir Globus teatrida qo'ydi, keyin teatr yonib ketdi, Moskvada ham qo'yilganda aktyor vafot etgan. Men spektaklni sahnalashtirar ekanman, ishqilib biror falokat yuz bermasin deb o'tirdim, lekin afsuski yuz berdi... spektaklni birinchi marta topshirayotganimizda yong'in sodir bo'ldi. Spektakl oxirgi daqiqalari Makbetning o'lish sahnasi, men sahna ortida teparoqda yurgan edim, birdan ichkaridagi aktyorlar yong'in deb yugurib qolishdi. Hayriyatki, suv bilan tezda o'chirildi, hammayoq tutun bo'lib ketdi hatto sahna ham. Yaxshiyamki tomoshabinlar yong'inni sezishmadi, tutunni esa Makbetning o'lganidan keyingi sahna effekti deb o'ylashibdi. " Rejissorning ishida kutilmagan hodisaning ro'y berishi unga ko'proq muvaffaqiyat olib kelgan. Chunki o'shanda teatrning bosh direktoriga aynan mana shu oxirgi sahna Makbetning o'lishi va haqiqiy tutun juda yoqqan edi. Undan bunday tabiiy sahna effektining qanday qilinganini so'rashganda "Bu sir, deb qo'ya qolganman" deydi rejissor o'z suhbatida.

Rejissor o'z oldiga qo'ygan maqsadlaridan biriga erishgan. Bunday klassik shoh asarni sahnaga olib chiqish, yana boshqa teatr va ijodiy jamoa bilan ishlash Karim

Yo'ldoshev uchun anchagina mehnat va sabr talab etgani aniq. Lekin "men uchun hamisha jarayon qiziq" deyishi rejissorning tabiatiga xos xususiyatidir.

Makbet spektakli rejissor Karim Yuldashevning ijodiy imkoniyatlarining kengayishida yangi bir qadam bo'lishi bilan birga O'zbekiston va Qirg'iziston teatr ijodkorlarining o'zaro hamkorligini yanada mustahkamlanishi yo'lida muhim voqea bo'lib qoldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullaeva M. "Rejissura" -T.: "Toshkent", 2016

2. Bayandiev T. San'at masalalari teatrshunos nigohida. -Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.

3. Bayandiev T, Ikromov H, Axmadjonova M. O'zbek teatrlarida milliy - g'oya talqini. -Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009

4. Mahmudov J.,H.Mahmudova. "Rejissura asoslari",O'zbekiston, 2008

5. Raxmonov M. O'zbek teatri: qadimiy zamonlardan XVIII asrga qadar. Toshkent: Fan, 1975.

6. Rahmonov M. To'laho'jaeva M. Muxtorov I. "O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi" .-T.: "Toshkent", 2003

7. Stanislavskiy K.S "San'atdagi hayotim" -T.: "Badiiy adabiyot", 1965.

8. Tursunov T. "O'zbek teatri tarixi monografiyasi " "Yangi asr avlodi" 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.