Научная статья на тему 'DRAMA TEATRI AKTYORLARI IJODIDA XARAKTER VA XARAKTERLILIK UYG‘UNLIGI'

DRAMA TEATRI AKTYORLARI IJODIDA XARAKTER VA XARAKTERLILIK UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
428
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xarakter / xarakterlilik / p’esa / drama / spektakl / obraz / janr / aktyor / rejissor

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — B.A.Nurmanova

Mazkur ilmiy maqolada mustaqillik yillarida o‘zbek milliy akademik drama teatrida dramatik va zamonaviy mavzudagi milliy va yevropa dramaturglari qalamiga mansub sahnalashtirilgan spektakllar tahlil qilinadi. Bu yillarda yozilgan ilmiy ishlar, darsliklar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy maqolalarda keltirilgan tarixiy-ilmiy asosga ega ma’lumotlarga tayanib, ilmiy dalillar asosida yoritilgan hamda spektakllar ilmiy-nazariy asosda tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRAMA TEATRI AKTYORLARI IJODIDA XARAKTER VA XARAKTERLILIK UYG‘UNLIGI»

DRAMA TEATRI AKTYORLARI IJODIDA XARAKTER VA XARAKTERLILIK UYG'UNLIGI

B.A.Nurmanova [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada mustaqillik yillarida o'zbek milliy akademik drama teatrida dramatik va zamonaviy mavzudagi milliy va yevropa dramaturglari qalamiga mansub sahnalashtirilgan spektakllar tahlil qilinadi. Bu yillarda yozilgan ilmiy ishlar, darsliklar, monografiyalar, o'quv qo'llanmalar hamda ilmiy maqolalarda keltirilgan tarixiy-ilmiy asosga ega ma'lumotlarga tayanib, ilmiy dalillar asosida yoritilgan hamda spektakllar ilmiy-nazariy asosda tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: xarakter, xarakterlilik, p'esa, drama, spektakl, obraz, janr, aktyor, rejissor.

COMBINATION OF CHARACTER AND CHARACTERISTICS IN THE WORK OF DRAMA THEATER ACTORS

B.A.Nurmanova [email protected] UzSIAC

Abstract: During these years of scientific independence, the Uzbek National Academic Drama Theater will analyze plays staged by national and European playwrights on dramatic and contemporary themes. Scientific works, textbooks, monographs, manuals written in these years, as well as historical and scientific information based on scientific articles, based on scientific evidence, and performances are analyzed on a scientific-theoretical basis.

Keywords: character, characterization, play, drama, play, image, genre, actor, director.

Xarakter va xarakterlilik yaratish masalasida milliylikka e'tibor berish aktyorlar ijodida yangi qirralarini ochilishiga turtki bo'ladi. Bu borada so'z yuritganimizda O'zbek miliy akademik drama teatri aktrisasi Dilbar Ikromova yaratgan rollarini yodga olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Aktrisa rejissor Bahodir Yo'ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan "Kelinlar qo'zg'oloni" spektaklida Nigora obrazini sahnaga olib chiqib, shu paytgacha ma'lum bo'lmagan ijodiy qirralarini ochadi. Shuningdek, E.Xushvaqtovning "Qirmizi olma", "Chimildiq", "Qalliq o'yin" hamda

N.Abbosxonning "O'zbekcha raqs" spektakllarida o'zbek ayolining tipik vakillarini, millat qadri va sha'ni uchun o'zini kamarbasta deb bilgan kayvoni momo obrazlarini yaratib, tomoshabinlar e'tirofiga sazovor bo'ldi.

Norvegiyalik adib D.Sulstad sahnaviy xarakter yaratish borasida shunday deydi -"Sahna san'ati mohiyatini o'zaro mustahkam bog'langan uchta unsur tashkil qiladi. Bular - voqealar muhiti, xarakterlar va ularning harakati... Agar biror unsur e'tiborsiz qoldirilsa, badiiy yaxlitlik paydo bo'lmaydi. Agar voqealar muhiti paydo bo'lmasa, xarakterlar ma'naviy mohiyatini yo'qotadi, natijada aktyorlar harakati mantiqsizday ko'rinib, ta'sir kuchi susayadi". [1. B. 375.]

Xarakter va xarakterlilik uyg'unligida yaratilgan sahnaviy obrazning ahamiyati -uning jonliligida, badiiy yaxlitligida va hayotiyligidadir. Dilbar Ikromovaning ijodida ko'proq ona obrazini yaratishga kengroq urg'u beriladi. Shundan bo'lsa kerak, uning deyarli o'ynagan barcha rollarida ona dunyosi, ichki kechinmalari bosh mavzuga aylangan. Ammo ko'proq ona, momo rollarini ijro etgani bilan, bu obrazlar xarakter jihatidan bir-biribini zarracha takrorlamaydi, lekin, o'zbekona xarakterlilik qaytariq bo'lishi mumkin. Lekin ularning har birini o'z dunyosi, o'z jilosi bor. D.Ikromova har bir rolini qalbdan his qilib shu rollarida yashaydi. Shuning uchun uning ijodi serqirra va o'ziga xos obrazlarga boy.

Xususan, aktrisaning - "O'zbekcha raqs" spektaklidagi "Ona" obrazini olaylik. Dilbar Ikromova, o'zining ijodiy izlanishlari natijasida, bu personajning xarakteri, milliy xarakterlilikda uyg'unlashgan kechinmalari bilan boyib, voqealar rivoji keskin o'sib boradi. Aktrisa o'zbek ayoliga xos bo'lgan - mehnatsevarlik, halollik, bag'rikenlik, mehmondo'stlik, sabr, matonat kabi bir qator insoniy fazilatlarni o'zida mujassamlashtirganligi bilan takrorlanmas milliy obraz darajasiga ko'tariladi.

Harbiy xizmatdan qaytgan o'g'li, o'zbek millatiga mansub bo'lmagan qizni, o'zi bilan uyiga olib keladi. Qumri chevar - ona, ne-ne orzu-umidlarda yolg'iz o'g'lini xizmatdan qaytishini kutadi, o'g'liga kelin izlash, uylantirish borasidagi orzu-havaslari, oilasining sha'ni, obro'si bir lahzada ko'z oldidan o'tadi. Endi uning orzulari - armonga aylandi. Maryam g'ayridin bo'lishiga qaramasdan, uni kelin sifatida qabul qiladi. Yosh kelinchakka qaynona nafaqat oilaviy hamda hayotiy saboqlardan ham ta'lim beradi. Sahnada kechayotgan voqealar jarayonida ruscha tarbiya topgan, o'zbekona urf-odatlar tugul, o'zbek tilini ham umuman tushunmaydigan qizni qayta tarbiyalab, o'ziga xos o'zbek ayolini yaratadi. Spektaklning yakunida Qumri chevar, idrokli shogirdi, kelini Mariyaga o'z hunarini, oila boshqaruvini topshiradi. Mukammal o'zbek ayoliga aylangan Mariyadan, qaynonasining ko'ngli to'ladi. Natijada, Qumri chevarning nabiralariga o'gitlarini jamlagan o'zbek xalqining farzand tarbiyalash borasidagi azaliy qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirgan - badiiy yaxlit spektakl uzoq umr ko'rdi. Sababi, undagi ona va kelin kabi personajlar - obraz darajasiga ko'tarilgan edi.

D.Ikromova "Qirmizi olma" spektaklida - turmushning og'ir yengilini boshidan o'tkazgan, hayotiy tajribasi asosida insonlarni bir ko'rishda qandayligini ko'zidan bilib oladigan ayol obrazini gavdalantirgan. "Qalliq o'yin"spektaklida milliy urf-odatlarni o'zi uchun qadriyat deb bilgan, ikki yoshning turmushini qovushtirish niyatida bo'lgan onaxon obrazini ijro etadi. "Chimildiq" spektaklidagi momo obrazida esa - taqdiri mushkul, mashaqqatli umr kechirib kelayotgan, yuragi to'la dard bo'lsada, kulishga o'zida kuch topa oladigan, irodasi mustahkam, atrofidagi insonlarga yaxshilik ulashuvchi momo obrazida gavdalanadi. Bu spektaklda - Momo sahnada atigi uch -to'rt bor ko'rinadi. Uning sahnadagi nutqi ham ko'p emas. Ammo dramaturg aytmoqchi bo'lgan - "Oila muqaddas qo'rg'on, uni osongina buzib bo'lmaydi", degan g'oyasini aynan mana shu sahnada ko'p ko'rinmaydigan qahramon tilidan ochib bergan. Aynan momoning bu dunyoda hamma narsa jufti bilan yaraladi, juftidan ayrilgan qush ham bir kundan ortiq yashay olmaganini, yosh kelinchakka tushuntirishi orqali bir oilani asrab qoladi. D.Ikromova ijro etgan rollari personajning bir holatdan ikkinchi holatga tabiiy o'tishi bilan ajralib turadi. U yaratgan badiiy yaxlit obrazlarning badiiy ahamiyati - milliy g'oya, o'zbekona urf-odat, an'analar bilan boyitilganligida hamda sadoqat, vafo va oila oldidagi burchini ado etadigan onalar timsolini yorqin namoyon qila olganidadir.

O'zbek Milliy akademik drama teatri sahnasida o'zining rang-barang obrazlari bilan teatr ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallagan. Toxir Saidov yaratgan obrazlarda xarakter va xarakterlilik uyg'unligi yaqqol ko'zga tashlanadi. U yaratgan Gamlet obrazi -zakovatli, xarakterida keskinlik mavjud, o'ziga bo'lgan ishonch kuchli, ziyrakligi bilan ajralib turadigan shahzoda. Shuningdek, uning fe'l-atvoridagi haqiqat uchun kurashuvchanlik, shaxs ekanligi, odamiylik va insonparvarlik uning xarakatlarida ustuvorligi bilan namoyon bo'lgan. "Gamlet - T.Saidov gap-so'z, muomala usullarida odatiy romantik ohangdorlik-ko'tarinkilik o'rnida bugungi kun nafasiga xos asabiy taranglikni, sabrsizlik va shiddatni, adolatni tiklash uchun zo'r berishni, alamli izlanishlarni sezish mumkin. Bu hislat T.Saidov Gamletining zamondoshiga ancha yaqin va tushunarli bo'lishiga xizmat qilgan" [2. B. 28.], deydi, spektakl rejisssyori T.Azizov.

Aktyorning yana bir personaji chet el dramaturgi A.Kassanoning "Daraxtlar tik turib jon beradi" spektaklidagi Mourisyo obrazidir. Aktyor sahnaga kirib kelishi bilan, o'zini yaratayotgan obrazini namoyish etadi. Tohir Saidov ijrosidagi Mourisyo obrazi Gamletdan obrazidan farqli ravishda, atrof-muhit ta'sirida muttahamga aylangan, bobosining tarsaki tortgani uchun uyidan ketib qolgan yigitdir. Mourisyoning bezori bo'lib yetishishida bobosi va buvisi sababchi bo'ladilar. Garchi bobosi va buvisining xarakteri mushtipar bo'lsada, ammo nabirasini tarbiyalashda yo'l qo'ygan xatosi vaqtida to'g'ri tarbiya bermaganligidadir. Tohir Saidov Maurisyo rolida o'z nutqi ustida ishlaganini, so'zlash ohangi ustida ishlaganiga alohida e'tibor qaratganini

ko'ramiz. Mana shu kabi jihatlar Toxir Saidov ijrosidagi Maurisyo obrazini tomoshabinga to'la qonli yetib borishiga xizmat qildi. Spektakl so'nggida Maurisyo o'zgalarga faqat yaxshilik qilinsagina yaxshilik qaytishini, ezgulik yo'lini tanlasagina o'zgalar oldida xurmat e'tiborga sazovor bo'lishi mumkinligini tushunadi. Tohir Saidov ham o'z ijrosida personajning xarakteri va xarakterliligi uyg'unligini izlaydigan aktyorlar sirasiga kiradi. Uning bu boradagi izlanishlari tomoshabinlarni hayratga sola olishi bilan qadrlidir.

Aktyor o'ziga topshirilgan rol ustida ishlar ekan, personajning maqsadini rolning mazmunini, uning xarakterida to'laqonli yoritishga harakat qiladi. sahnaviy xarakter yaratishning o'ziga xos tamoyillarini aniqlash uchun, o'zbek teatr san'atida dong'i ketgan aktyorlar ijrosidagi xarakter talqini o'rganish va ularni ilmiy tahlil kilish zarurat ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Bu borada, M.Umarov shunday deydi -"Sahnaviy xarakter yaratish: aktyorning yangi imkoniyatlarini ochadigan; ijodiy faoliyatida "portlash" sodir qiladigan; izlanishlarida keskin burilish yasaydigan; teatr san'atidagi eng yorqin voqelikdir" [3. B. 264.]. O'zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Aziza Begmatova o'zining xarakterga boy rollari, o'zining mahorati bilan tomoshabinlar qalbidan o'rin oldi. Aktrisa teatr sahnasida ijro etgan rollari: obraz darajasiga yetkazib ijro etgan. Uning "Paranji sirlari" spektaklida yaratgan Guljon (Mastura satang) obrazi san'atkorni sahna san'atining to'riga ko'targan, desak mubolag'a bo'lmaydi. U ustamonlik bilan qiz-juvonlarni tuzoqqa tushiradi, lekin ba'zan o'z qilmishlaridan oz bo'lsa-da aziyat chekadi. Ba'zan bu qilmishlari o'ziga bog'liq emasligini ro'kach qilib, taskin topgan bo'ladi. Guljon, ko'z ostiga olgan juvon uyiga sadaqa so'rab kirib kelishi, tomoshabinda bir tilanchi-gadoy ekan-da, degan taassurotni uyg'otadi. Lekin, niqobini yechib asl holini namoyon qilganida tomoshabinlarga - qiz-juvonlarni aldash uchun faqir qiyofada kelgani oshkor bo'ladi. U aslida nihoyatda tadbirkor, hiyla-xiyonat bobida qilni qirq yoradigan, faqat og'u, qahr va makr kabi manfur omillardan foydalanadigan firibgar ekanganligi spektakl davomida ma'lum bo'ladi. Uning Mastura satang bilan bo'lgan sahnasida xarakteri yaqqol ko'zga tashlanadi Aziza Begmatovaning "Paranji sirlari" spektaklidagi Guljon obrazi ijrosi va uning talqini xarakter va xarakterlilik uyg'unligidagi badiiy yaxlitlikka yorqin misol bo'la oladi.

"Xarakterlarning g'oyat mukammallashgan ko'rinishining, ya'ni, xarakterga xos xususiyatlarini butun to'laligi bilan aks ettiruvchi individuallashtirilgan shaxs obrazi deb ataladi. Xarakter yaratish oson ish emas, ayniqsa milliy xarakterlar yaratish o'ta mushkul masala" [4. B. 88.]. Aziza Begmatovaning uzoq yillik ijodi mobaynida yarq etib ko'zga ko'ringan obrazi "Checha" spektaklidagi - Checha roli bo'ldi. Checha -kelinoyi, yanga, momo va shunga o'xshash bir qancha ma'nolarni anglatuvchi shevaga xos so'zdir. Yaqin qarindoshlik ma'nosini ifodalovchi bu so'zning zamirida olam-olam siru sinoatlar, hayotiy mashaqqatlar, zahmatlar va albatta alohida mas'uliyat yotadi.

Aslida "Checha" dramasi A.Begmatova hayoti asosiga qurilgan. Tug'ruqxonada chaqaloqlarning almashinib qolishi keyinchalik fosh bo'lib, haqiqiy ota-onasining izlab kelishi, o'rtadagi Zohidovlar hamda Jumadulla xonadonidagilar o'rtasidagi mojaro tomoshabinda "endi nima bo'larkan?" degan savol tug'diradi.

Biz ushbu spektaklni sof milliy xarakter ifoda etadigan asarlar safiga qo'shishimiz mumkin. Bunda bosh rol ijrochisi A.Begmatova Surxondaryo vohasiga xos bo'lgan udumlar, an'analar, urf-odatlar, va qadriyatlarni mohirona tarzda tomoshabinga yetkazib bergan. Spektakl qahramoni Checha obrazi orqali voha ayollarining -soddaligi, kamtarligi, kiyinish madaniyati, yurish-turishi, so'zlashishdagi o'ziga xos jihatlarini ko'rishimiz mumkin. "Obraz xarakterga nisbatan keng tushuncha bo'lib, xarakter obrazning mukammallashtirgan, turli xususiyatlari, aniq ko'rinib turgan, individual xususiyatlar kashf etilgan obrazdir. Har qanday obraz xarakter bo'la olmaydi. Ammo, har qanday xarakter obraz bo'la oladi" [4. B. 88.]. Shu jihatdan Aziza Begmatova ijro etgan Checha roli ijroda obraz darajasiga ko'tarilgan desak, mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, unda milliylikka asoslangan xarakter va xarakterlilik uyg'unlashib, soha ayollarining o'ziga xos jihatlariga hurmat uyg'otadi.

Gulchehra Ibrohimbekovaning "Sen quyoshni uyg'otasan" spektaklidagi ijrosi tomoshabinlarda bu drama aktrisa uchun maxsus yozilgan degan tasavvurni hosil qiladi. Asar voqealari tomoshabinlarni kuchli hayajonga soladi, ba'zan kuldirib, ba'zan o'yga toldirib, asar so'ngida esa mushohadaga chorlab, tomoshabinlar ruhiyatiga ta'sir qiladi. Aktrisa "Uch kunlik dunyo" spektaklida - Ro'zvon aya rolini ichki portlash, haqqoniylik va chiroyli topilmalar bilan boyitgan holda talqin etadi va o'zbek ayollariga xos - andisha, ibo, xayo, or-nomus, erga itoat kabi o'ta nozik tuyg'ularni uddaburonlik bilan namoyish etadi. Talqin qilish qudratiga ega bo'lish uchun ijodkor o'z ijro uslubiga, mustaqil ijod qiladigan,personaj xarakterini anglab yetadigan, har bir qahramoni orqali yangi gap ayta oluvchi san'atkor bo'lish lozim. Shunday fazilatlarga ega aktrisa - yorqin sahnaviy xarakterlar yaratib, o'zining mahorati orqali, qahramonlarining ichki tuyg'ularini ta'sirchan hamda ishonarli tarzda ifodalab o'z muxlislariga ega bo'lib kelmoqda. "Xarakter - inson maylida nimaningdir bo'rtibroq namoyon bo'lishi, nimanidir afzal deb bilishi yoki yoqtirmasligidir. Asardagi qahramon nimanidir ma'qullashi yoki yoqtirmasligi aniq ifodalanmasa, uning nutqida xarakteri gavdalanmaydi" [5. B. 160.], deydi M.Umarov.

Teatr san'atida obraz yaratish jarayoniga xarakter va xarakterlilik jihatlari uyg'unlashishi asos bo'lar ekan, bu alohida ilmiy masala sifatida qaralishi lozim. Chunki sahnaviy obrazning vazifasi ijtimoiy hayotni badiiy shaklda kelajak avlodga yetkazib berishdir. Buning uchun ijodiy jamoalar tomoshabinlar oldidagi ma'suliyatini his qilmog'i zarur. Chunki, bugun yaratilayotgan ijod namunalarining barchasi ham obraz darajasiga ko'tarilmayapti. Faqatgina xarakter va xarakterlilikni o'zida mujassamlashtirgan badiiy yaxlit spektakllargina, bugungi kun sinovidan o'tib kelajak

avlodlarga namuna darajasidagi talqin bo'lib, tarix sahifalarida qoladi. Chunki, Stanislavskiyning "Xarakter va xarakterlilik" haqidagi tavsiyalari hamon aktyorlarning sahnaviy obraz yaratishida asos bo'lib kelmoqda. Rolning xarakterini o'zlashtirgan aktyor, endi unga personajning - kostyumi, grimi, plastikasi, qadami, kasbiga oid ko'nikmalarini, so'zlashish jihatini, ya'ni gavdasida ifodalanadigan va tomoshabinga namoyon bo'ladigan jihatlarini qo'shsagina - jonli, o'ziga xos tipajga - obrazga aylanadi" [6. B. 224.].

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, zamonaviy o'zbek teatri sahnaviy xarakter yaratish jarayonida shtamplardan holi bo'lishi uchun, avvalo, dramaturgiyalar o'z g'oyasini ochish uchun tanlagan xarakterlar badiiy jihatdan yaxlit bo'lishi bilan birga, rollarning xarakterlilik borasidagi rang-barangligiga e'tibor berishi zarur. Aktyorlar esa o'zini takroriy xarakterlarda qotib qolayotganini sezdimi, personajning xarakterlilik jihatlariga asosiy e'tiborini qaratib, sahnada sinab ko'rish uchun rejissordan imkon berishini so'rab hamkorlikda "qolip"ni sindirishga intilishi lozim. Chunki, bugun xarakter va xarakterlilik uyg'unligiga erishgan aktyorlar ijrosi teatr muxlislarini e'tiboriga tushmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sulstad D. Norveg nasri - Ovro'pa modernizmi // Jahon adabiyoti. -T.: Ma'naviyat, 2010.

2. Azizov T. Mening rejissorlik ishlarim. -T.: Akademnashr, 2010.

3. Umarov M., Yuldashev T. Rejissorlik va aktyorlik san'ati asoslari. -T:. Konsalt, 2016.

4. Xoliqulova G. Sahna asarlaridagi qahramon xarakterini talqin qilishda zamonaviy kommunikativ texnologiyalardan foydalanish uslubiyati. -T.: Fan va texnologiya, 2015.

5. Umarov M. Sahnaviy harakter yaratish masalalari. -T.: Jahon adabiyoti. 2014.

6. Stanislavskiy K.S. Aktyorning o'z ustida ishlashi. T-3. -M.: Iskusstvo, 1955.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.