TEATR SAN'ATI TARAQQIYOTIDA STANISLAVSKIY MAKTABINING
O'RNI
A.Usmonov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada san'at,xususan teatr san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shgan, san'at olamida o'z ijod maktabiga ega bo'gan ijodkor Stanislavskiy va uning asarlari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Stanislavskiy maktabi, teatr, sahna, aktyor, rassom, maktab, janr, mahorat, kasbiy mahorat, an'analar, zamonaviylik.
ROLE OF STANISLAVSKY SCHOOL IN THE DEVELOPMENT OF
THEATER ART
A.Usmanov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article talks about the artist Stanislavsky, who made a great contribution to the development of art, especially theater art, and has his own creative school in the world of art, and his works.
Keywords: Stanislavsky school, theater, stage, actor, artist, school, genre, skill, professional skill, traditions, modernity.
San'at - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, manaviy madaniyatning tarkibiy qismi, dunyoni manaviy anglashning maxsus turidir. San'at inson kamoloti uchun xizmat qiladi. Shu nuqtaiy nazar bilan qarasak bevosita san'atkor xizmatining ham insoniyat kamoloti uchun qilgan xizmatlari beqiyosdir. San'atkor avvalo u san'at sohasining qay turida (sozanda, xonanda, rassom, xaykaltarosh, rejissor, aktyor) ijod qilishidan qat'iy nazar o'zi faoliyat yuritayotgan san'at turining asl mohiyatini chuqur anglab yetishi zarur.
San'at tushunchasi keng qamrovli bo'lib, inson va jamiyatning rivojlanish va taraqqiyotida o'ta muhim o'rin egallaydi.
«San'at donishmandlik sari qo'yilgan ilk qadam» - degan edi Aristotel.
San'at inson tafakkurining mahsuli hisoblanar ekan, uning asosiy vazifasi inson ma'naviy ruhiyatiga ta'sir etishdan iborat. Bu esa san'atkorlardan yuksak ma'naviyatni talab qiladi. Yuqoridagi fikrlar aktyor faoliyati uchun ham zaruriy omillar sanaladi.
Qayerdaki badiiy timsol yaratilmas ekan, u yerda san'at haqida so'z bo'lishi mumkin emas. Biroq aktyorning ijodi ikkilamchi. Ya'ni u ijrochi, xolos. Shuning
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
uchun aktyor, avvalo, birlamchi manba bo'lmish san'at - dramaturg asariga murojaat qiladi. Dramaturg asarida timsol (obraz)lar tavsiya etiladi. Qachonki, asar tub mohiyatini anglab yetilsa aktyor obrazda yashaydi va tomoshabinni o'ziga ishontira oladi. San'at, xususan teatr san'ati, aktyor va uning faoliyati haqidagi qimmatli bilimlarni o'zlashtirish bevosita Stanislavskiy maktabi bilan bog'lanadi.
Chinakam va izchil realist san'atkor Stanislavskiy uchun butun ijodiy protsessning asosi asar g'oyasini ya'ni oliy maqsadni iloji boricha chuqurlashtirishdan iboratdir. U doimo hayotiy maqsad va ijodkorning (eng oliy maqsad) dunyoqarashi bilan mos kelmog'i lozim, degan fikrni ilgari suradi. Asar g'oyasini angash, tasavvur etish, uni shu so'zning «asl, keng ma'nosida», «to'la-to'kis qamrab olish» Stanislavskiy fikricha, sahnada jonli odam yaratish uchun asos bo'lib xizmat etadi. Bu bilan artist g'oyasiz hunarmandlikdan, aktyorlik bachkanaligi va san'atdagi naturalizmdan qutuladi. Oliy maqsad va yetakchi xatti-harakatning aktyor ijodidagi haddan tashqari zo'r va muhim ahamiyati Stanislavskiyning barch asarlarida hamda o'quvchilar hamda teatr aktyorlari bilan qilgan suhbatlarida alohida ta'kidlanadi.
Sahnada - ko'pchilik oldida ijod qilganda rolni chinakamiga his etish, tuyg'uni aktyorchasiga, yolg'ondakam qilib ko'rsatmay, balki insoniylik bilan, mantiqan, izchillik bilan, maqsadga muvofiq, unumli xatti-harakat orqali paydo qilish Stanislavskiy sistemasining asosiy mohiyatini tashkil etadi. K.S.Stanislavskiy sistemasining yana bir ahamiyati shundaki, u o'zining «oliy maqsad» va «oliy-oliy maqsad» haqidagi ta'limi bilan aktyorlar va rejissorlar qo'liga juda o'tkir, g'oyatda kuchli goyaviy qurol berdi. Bu ta'lim san'atkorlarning dunyoqarashi, ularning ijoddagi xalqchilligi bilan chambarchas bog'lanib ketadi, ya'ni sahnaga chiqqan aktyor bugun, shu yerda, shu tobda nima uchun sahnaga chiqqanini, o'z oldiga qanday oliy maqsad qo'yganini bilmog'i lozim. Bu oliy maqsad uning sahnada, spektaklda rol ijro etish paytidagi barcha xatti-harakatlarini asoslab beradi, uni sahnada mantiqan, maqsadga muvofiq ijod qilishga da'vat etadi.
Ko'p asrlardan beri teatr san'atining buyuk arboblarini aktyorlik ilhomi o'ziga tortib kelgan. Uilyam Shekspir, Deni Didro, Aleksandr Sergeevich Pushkin, Nikolay Vasilyevich Gogol, Mixail Semyonovich va Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy aktyorlik san'atiga va ilhom masalasiga katta etibor bilan qaraganlar va bu boradagi qimmatli fikrlarini qoldirganlar. I.P.Pavlov ham umrining oxirgi yillarida bu masalaga juda qiziqish bilan qaragan. Stanislavskiyning bu sohadagi kashfiyotlariga yuksak baho bergan. U o'z sistemasi bilan ilhom «ilohiy» bir hodisadir, u aktyorga to'satdan kelib qoladi, unga muntazam mashqlar bilan erishib bo'lmaydi, degan nazariyani tag-tomiri bilan qo'porib tashlaydi. U faqatgina aktyorning organik tabiatigina mo'jizalar yarata olishini ilmiy ravishda isbotladi. Shunday qilib, Konstantin Sergeyevich aktyor ijodi, teatr san'ati haqidagi fanni yaratdi. U birinchi bo'lib, aktyorlar va rejissorlar uchun musiqachilarning notasi singari, rassomlarning, perspektiva, nur va soya
I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz
qonunlari kabi xatti-harakat, jismoniy xatti-harakatlar haqidagi qonunni ochib, ularga dasturulamal qilib berdi. «Sahnada xatti-harakat qilmoq kerak, - deb ta'kidlaydi Stanislavskiy. - Dramatik san'at va aktyorning san'ati mana shu, xatti-harakatga va faollikka qurilgandir». K.S.Stanislavskiy sistemasi aktyorlik va rejissorlik san'atining qomusidir. «Ijodiy kechinma protsessida o'z ustida ishlash» Stanislavskiyning «sistema»sida eng salmoqli asar hisoblanadi. «Aktyorning o'z ustida ishlashi» kitobi o'quvchilarning keng ommasiga maqbul bo'lgan hamda ko'pgina chet el xalqlarining tillariga, xususan o'zbek tiliga ham tarjima qilingan. Bu kitobning ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinishida tarjimonning oldida qator qiyinchiliklar turardi. Ularning eng birinchisi terminologiya masalasi edi. Ulardan qanday foydalanmoq lozim? Ularni o'z xolicha rus tilida qoldirish ma'qul emasmikan? Hamza nomli teatrning rejissorlari M.Uyg'ur, Ya.Bobojonov va ko'pgina aktyorlarning boy merosiga hamda shu teatr, Toshkent teatr va rassomchilik institutidagi ko'p yillik pedagogik tajribaga tayanib, o'zbek tilida rus terminiga monand bo'lgan terminologiya ishlatishga qaroq qiladi. Lekin bu hamma terminologiya uchun tamomila boshidan oxirigacha o'zbek tilida asliga monand bo'lgan iboralar topildi, degan so'z emas. Ikkinchi qiyinchilik shundan iborat bo'ldiki, sahna san'atidagi nozik psixologik holatlarni soddalashtirib yubormaslik va ayni vaqtda uning chuqur mazmunini o'quvchiga tushunarli qilib yetkazish edi. Bu qiyinchiliklarni anglagani holda Hamza nomli teatr aktyor va rejissori Akademik Toshxo'ja Xo'jayev tarjimaga qo'l uradi va 2011-yilda S.Muhammedov muharrirligida nashr ettiradi. Bu san'at ahli uchun yaxshi yangilik sifatida kutib olindi hamda amaliyotda qo'llana boshladi.
Xozirgi zamon aktyorlik va rejissorlik san'ati har bir aktyordan, har bir rejissordan har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lishini, o'z kasbining eng nozik tomonlarini mukammal bilib olishini talab qiladi. K.S.Stanislavskiyning «Aktyorning o'z ustida ishlashi» kitobi o'zbek teatrining aktyorlari, rejissorlari uchun, ko'p mingli teatr xavaskorlari uchun o'z hayotini sahna san'atiga bag'ishlamoqchi bo'lgan barcha yoshlar uchun qo'llanma bo'lib qoldi. Chunki chinakam talant - tinmay mehnat qilish demakdir.
Kitob orqali aktyorlik va rejissorlik san'atida o'z sistemasini yaratgan K.S.Stanislavskiy haqida taniqli rejissor va pedagoglar fikri hamda faoliyatlari bilan bilan tanishish lozim:
Shu o'rinda taniqli rejissor va pedagoglardan biri V.Q.Rustamov "Xalq teatri rejissurasi" qo'llanmasida K.S.Stanislavskiy sistemasining yaratilishi xususiyada to'xtalib quyidagicha fikr bildirgan: "Stanislavskiyning shogirdlari uning teatr san'atiga oid qarashlarini o'rganish va sahnalashtirgan spektakllarini tahlil qilish asosida bir qancha asarlar yaratganlar. G.Kristining "Stanislavskiy maktabi aktyori tarbiyasi", B.E.Zaxavaning "Aktyorlik va rejissorlik mahorati" kitoblari va boshqalar shular jumlasidandir. Masalan, G.Kristi 30-yillarda Stanislavskiy o'zining
I ícclT^^^^H 683 http://oac.dsmi-qf.uz
eksperimental tadqiqotlarini olib borayotgan paytda uning assistenti sifatida ish olib borgan. U sistemasining birinchi qismi - aktyorning o'z ustida ishlashi va ikkinchi qismi - rol va pyesa ustida ishlash masalalarini tahlil qiladi va Stanislavskiy sistemasini qo'llovchi nazariyalar yaratadi. Keyinchalik B.E.Zaxava esa uning sahnalashtirgan asarlari asosida aktyor tarbiyasining asosiy printsiplarini yaratadi".
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, teatr san'ati vakillari uchun uztoz sanalgan Stanislavskiy maktabi qoidalari ularga dasturul amal bo'lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Миронова М.В., Менакер А.С. В своем репертуаре... - М.: Искусство, 1984.
2. Станиславский К.С. Собр. соч. в 8-ми тт. - М.: Искусство, 1954-1961.
684
http://oac.dsmi-qf.uz