Научная статья на тему 'TAXOR VILOYATI GIDRONIMLARINI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR'

TAXOR VILOYATI GIDRONIMLARINI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
760
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taxor / gidronim / suv obyekti / onomastik birlik / onomastik-morfologik tasnif / leksik-semantik tasnif. / hydronym / water basins / onomastic unit / onomastic-morphological classification / lexical-semantic classification.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Esmati, Najeebullah

Bu maqola Taxor viloyati gidronimlari tasnifiga bag‘ishlangan. Bu ilmiy ishda, mazkur hudud gidronimlari onomastik-morfologik va leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra taniflangan. Suv obyektlari nomlarining paydo bo‘lishi va ularning boshqa onomastik birliklar (oykonimlar, agroonimlar, dromonimlar ...)ning shakllanishiga asos bo‘lishi masalasi ham ko‘tarilgan. Shuningdek, bu maqolada gidronimlarning xalq tarixini, kelib chiqishini o‘rganishdagi roli haqida ham to‘xtanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION OF HYDRONYMS OF TAXOR REGION ON THE ISSUE

This article is devoted to the classification of hydronyms of Takhar province. In this paper, the hydronyms of the studied region are classified according to their onomastic-morphological and lexical-semantic features in which the origin of the names of water basins and the role of hydronyms to formation of other onomastic units were discussed. Meanwhile, the role of hydronyms in the study of the history and origin of the hydronyms and the linguistic structure of hydronyms in the Takhar province and the role of these hydronyms in the formation of some onomastic units (oykonims, agroonims, dromonims...) in this region have also been studied. As well as ,the role of hydronyms in the study of folk history and origin were evaluated.

Текст научной работы на тему «TAXOR VILOYATI GIDRONIMLARINI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TAXOR VILOYATI GIDRONIMLARINI TASNIFLASH MASALASIGA DOIR

Najeebullah Esmati

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO'TAU Lingvistika (o'zbek tili) yo'nalishi magistranti Email: naj eeb .esmati@gmail .com

ANNOTATSIYA

Bu maqola Taxor viloyati gidronimlari tasnifiga bag 'ishlangan. Bu ilmiy ishda, mazkur hudud gidronimlari onomastik-morfologik va leksik-semantik xususiyatlariga ko'ra taniflangan. Suv obyektlari nomlarining paydo bo'lishi va ularning boshqa onomastik birliklar (oykonimlar, agroonimlar, dromonimlar ...)ning shakllanishiga asos bo 'lishi masalasi ham ko 'tarilgan. Shuningdek, bu maqolada gidronimlarning xalq tarixini, kelib chiqishini o 'rganishdagi roli haqida ham to 'xtanilgan.

Kalit so'zlar: Taxor, gidronim, suv obyekti, onomastik birlik, onomastik-morfologik tasnif, leksik-semantik tasnif.

ABSTARCT

This article is devoted to the classification of hydronyms of Takhar province. In this paper, the hydronyms of the studied region are classified according to their onomastic-morphological and lexical-semantic features in which the origin of the names of water basins and the role of hydronyms to formation of other onomastic units were discussed. Meanwhile, the role of hydronyms in the study of the history and origin of the hydronyms and the linguistic structure of hydronyms in the Takhar province and the role of these hydronyms in the formation of some onomastic units (oykonims, agroonims, dromonims...) in this region have also been studied. As well as ,the role of hydronyms in the study offolk history and origin were evaluated.

Keywords: hydronym, water basins, onomastic unit, onomastic-morphological classification, lexical-semantic classification.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена классификации гидронимов Тахарской области. В данной статье гидронимы изучаемого региона классифицируются по ономастико-морфологическим и лексико-семантическим признакам, в которых обсуждаются происхождение названий водоемов и роль гидронимов в формировании других ономастических единиц. Между тем роль гидронимов в изучении истории и происхождения гидронимов и языкового состава гидронимов Тахарской области и роль этих гидронимов в образовании

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

некоторых ономастических единиц (ойконимов, агроонимов, дромонимов...) в этом регионе также были изучены. А также оценена роль гидронимов в изучении народной истории и происхождения.

Ключевые слова: гидроним, водные бассейны, ономастическая единица,

Taxor viloyati Afg'oniston Respublikasi shimoli-sharqida joylashgan viloyatlardan biri. Bu viloyatning markazi Toluqon deb ataladi. Taxor viloyati ma'muriy jihatdan Toluqon shahri va 16 ta tuman (ulusvollik) hamda 2000 yaqin qishloqdan iborat. Bu viloyatning aholisini, asosan, o'zbek, tojik, pushtun va boshqa etnik guruhlari tashkil etadi pVï :)Af <.Jip <fV Bu ishimizda mazkur

geografik hudud gidronimlarini tasnif qilib, o 'rganamiz.

Gidronimlar suv inshootlarining atoqli otlari - nomlaridir [KppaeB, 2005: 212]. Boshqacha qilib aytsak, barcha suv obyektlarining nomlari gidronimlar deyiladi. Gidronim termini (yunoncha hidro - suv, nom - nom)dan olingan bo'lib, okean, dengiz, ko'l, soy, jilg'a, quduq kabi har bir suv obyektlarini [Qorayev, 2006: 57] suningdek, qo'ltiq, bo'g'oz, muzlik, botqoq, daryo, irmoq, anhor, ariq, kechuv, kanal, sharshara, buloq, chashma, koriz va hovuz kabilarning[Sayfullayeva, 2017: 19] nomlarini ham qamrab oladi.

Gidronimlar turlicha ma'nolar ifodalaydi. Ba'zi gidronimlarning etimologiyasi (kelib chiqishi) oson, hammaga tushunarli bo'lib, ortiqcha izohni talab etmaydi. Yana shundaylari ham borki, ularning ma'nolari, o'z-o'zidan anglashilib, sezilib turmaydi[Sayfullayeva, 2017: 20] yoki nomlanishiga sabab bo'lgan omillarni tushunish, ilg'ab olish ko'pchilikka oson bo'lmaydi. Misol uchun Taxor viloyati gidronimlaridan: Sho 'rquduq (Bat), Galachashma (Nt) kabilarning ma'nosi ham va nega shu nom bilan atalishi ham hamma tushunadigan darajada bo'lsa, Chashmayi Turkon (Rt), Zanburbuloq (Tsh) kabi gidronimlarning "Chashmayi Turkon" ("Turklar chashmasi"), "Zanburbuloq" deb atalishining sabab-omillari umum uchun ma'lum va tushunarli emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Taxor viloyati Afg'onistonning tog'li hududida joylashgan viloyatlaridan. Shu uchun bu viloyat suvli mintaqa hisoblanadi. Bu viloyatda suv obyektlari va u bilan bog'liq nomlar anchagina. Bularni onomastik-morfologik hamda leksik-semantik xususiyatlariga ko'ra quyidagicha tasniflab, o'rganamiz:

ономастико-морфологическая классификация, лексико-семантическая классификация.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1. Taxor viloyati gidronimlarning onomastik-morfologik xususiyatlariga ko'ra tasnifi

Boshqa toponimlar kabi gidronimlar ham o'ziga xos onomastik-morfologik xususiyatlarga ega. Shundan kelib chiqib, mazkur viloyat gidronimlarini sodda, qo 'shma, birikmali turlarga bo'lib o'rganish o'rinli ko'rindi.

1.1. Sodda gidronimlar. O'zbek tili grammatikasida: tarkibida bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'z sodda so'z [YTr, 1975] deyilgan. Shu ta'rifni gidronimlarga ham umumlashtiradigan bo'lsak, bitta o'zak morfema yoki bitta o'zak morfema va qo'shimchalardan tarkib topgan gidrornimlarni sodda gidronimlar deyishimiz mumkin. Sodda gidronimlar ham, toponimlar va antroponimlarning sodda turi kabi bir o'zak morfemadan iborat gidronimlardir. Biz bu yerda sodda gidronim deganda, gironimik indikatorsiz gidronimlarni nazarda tutayapmiz. Chunki, yerli aholi bunday gidronimlarni aniqlagichsiz ishlatishadi va hamma uchun tushunarli. Masalan, Ko'cha (Dqt), Omu/Amu (Dqt) daryolar va Govmoli (Tsh), Shahravon (Tsh) kabi ariqlarni misol ko'rsatishimiz mumkin. Bular mazkur viloyatda yashov aholisi orasida ham, yozma manbalarda ham aksaran daryo va ariq gidronimik indikatorsiz qo'llanilgan va qo'llanilmoqda.

1.2. Qo'shma gidronimlar. Ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan tashkil topgan gdironimlar qo'shma gidronimlar deyiladi. Bular qo'shib yoziladi, bir urg'u bilan aytiladi. Taxor viloyati qo'shma gidronimlari, gidronimlarning tarkibidagi gidronimik indikatorlarni inobatga olgan holda, quyidagi qismlarga bo'lib o'rganish ma'qul ko'rindi:

1) ko'l gidronimik indikatorli qo'shma gidronimlar: Kattako'l (Yt), Sassiqko'l (Xot), Suzmako 'l (Dqt) kabilar;

2) ariq/jo'y gidronimik indikatorli qo'shma gidronimlar: Rabatariq (Bt), Archiarig' (Xt), Chuqurarig' (Tsh), Jo'ydaroz (Tsh), Eshonarig' (Cht), Tosharig' (Dqt) singarilar;

3) quduq gidronimik aniqlagichlar bilan yasalgan qo'shma gidronimlar: Sho 'rquduq (Bat), Qizilquduq (Bat), Ko 'rquduq (Ht) va boshqalar;

4) chashma gidronimik indikatorlar yordami bilan yaslgan qo'shma gidronimlar: Gandachashma (It), Changaroqchashma (Xot), Gandachashma (Rt), Galachashma (Nt) kabilar;

5) buloq gidronimik aniqlagichli qo'shma gidronimlar: Qo'tanbuloq (Ht), Qizilbuloq (Chot), Ko'kabuloq (It), Jarbuloq (Tsh), Oqbuloq (Tsh), Zanburbuloq (Tsh), Qarabuloq (Rt), Jigdabuloq (Ht), Qo 'tanbuloq (Ht) va boshqalar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

6) guzar1 gidronimik aniqlagichli qo'shma gidronimlar: lolaguzar (Xot), Toshguzar (Tsh), Qumguzar (Dt), Qumguzar (Dqt) kabilar;

7) kamar2 gidronimik aniqlagichli qo'shma gidronimlar: Paskamar (Ft), Qarakamar (It), Qarakamar (Bat), Qarakamar (Bt), Zardkamar, Sho'rkamar (Xot) kabilar;

8) jar3 gidronimik aniqlagichli qo'shma gidronimlar: Oqjar (Nt), Katikjar, Aylanmajar, Irimjar (Xot), Siyojar (Chot) va boshqalar.

Yuqoridagi 8ta bandga kiradigan har bir qo'shma gidronimlar ko'l, ariq/jo'y, quduq, chashma, buloq, guzar, kamar, jar kabi gidronimik aniqlagichlar yordamida yasalgan suv obyektlari nomlari hisbolanadi. Demak, bunday gidronimlarning tarkibi qismining bir bo'lagi gidronimik aniqlagichlardan iborat.

1.3. Birikmali gidronimlar. Bunday gidronimlar ikki va undan ortiq so'zning aniqlovchi-aniqlanmish hamda predikativlik asosida birikishidan yuzaga kelgan. Bunday nomlar necha onomastik birliklardan tarkib topishiga qaramay, bir butun holda bir suv obyektining nomini tashkil beradi. Bularning tarkibi qismlari ajratib yoziladi. Har biri halohida urg'u bilan aytiladi.

Taxor viloyati gidronimlaridan o'rin olgan birikmali gidronimlarni quyidagi qismlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq:

1) daryo gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Daryoi Varsaj-Farxor, Daryoi Namakob (Nt), Daryoi Bangi (Bt) va boshqalar;

2) quduq gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Quduqi Ganda (Rt), Quduqi Hazora (Rt), Hojimatin qudug'i, Mullabobo qudug'i, To'raboy qudug'i, Shovaliy qudug'i (Dqt) va hokazolar;

3) chashma gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Chashmayi shahri ko'hna (Tsh), Chashmayi xurshid (Chot), Chashmayi govon (Cht), Chashmayi toq (Bt), Chashmayi mohiyon (It), Chashmayi garmik (Ft), Chashmayi chakak (Nt), Chashmayi said (Yt), Oyxonim chashmasi, Chashmayi kamiysoriy (Dqt), Eshonlar chashmasi, Chashmayi ko 'l (Xot), Chashmayi bangi (Bt) singari;

4) ariq gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Bog'iboyon arig'i, Zulm arig'i, G'aribbachcha arig'i, Navshox arig'i (Dqt), Saroysang arig'i (Tsh), Qulbaroq arig 'i (Bt) kabilar;

1 Guzar so'zi Taxor viloyati shevasida KECHIK//KECHUV ma'nosida ishlatiladi.

2 Kamar - daryo, ariq kabi oqar suvlarda uning aylanib oqadigan joyi, aylanma harakatli chuqur joyi [ УТИЛ, 2006:

3 Jar - chetlari o'pirilgan chuqur soylik; сЬщитИЦУТИЛ, 2006: 305]. Yuqorida keltirilgan gidronimlar nomlari komponentidagi jar so'zi o'zbek tilining izohli lug'atida berilgan ta'rif bilan muvofiq, suv obyektlarini anglatadi.

262

305].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5) havz/hovz gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Havzi Yug 'non (Vt), Nabiyboy havzi, Mohiyxona havzi, Hojimalla havzi (Dqt) va boshqalar;

6) band4 gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Sarig' bandi, Oltixo 'ja bandi (Dqt), Bandi Hojiqaraxon, Dubandi Hojiburgit, Bandi Jumagul singarilar;

7) ko'l gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Oydin ko'li, Hojijuma ko 'li (Dqt) kabilar;

8) guzar gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Guzari buzkashi, Guzari Hojimuallim, Guzari Dodialloh, Guzari qandahoriy (Xot) va boshqalar;

9) girdob5 gidronimik aniqlagichli birikmali gidronimlar: Omirdi (ni, ning) girdobi (Xot) Eshon Abdurrahim girdobi (Yt) singarilar.

Yuqorida keltirilgan bandlarda har bir birikmali gidronimlar daryo, quduq, chashma, ariq, havz // hovuz, band, ko 'l, guzar, girdob kabi gidronimik aniqlagichlar yordamida yasalgan suv obyektlari nomlari hisbolanadi. Demak, bunday gidronimlarning tarkibi qismining bir bo'lagi gidronimik aniqlagichlardan iborat.

2. Taxor viloyati gidronimlarning leksik-semantik tasnifi

Gidronimlarni lug'aviy-ma'noviy xususiyatlariga ko'ra, ma'lum guruhlarga ajratish va bo'lish bu - gidronimlarning leksik-semantik tasnifi deyiladi. Bunday tasnif gidronimlarning qaysi va qanday tipdagi obyektlarning nomlari ekanligini hamda kelib chiqishini aniqlashda asosiy rol o'ynaydi. Bu guruhlarnishlar vositasida ko'zlangan maqsaga yetish oson bo'ladi.

Biz Taxor viloyati gidronimlarini leksik-semantik jihatdan tasniflash maqsadida, ularni ikki - gidronimlarning qaysi va qanday tipdagi toponimik obyektlarning nomlari ekanligi nuqtai nazardan hamda kelib chiqishi va nomlanish xususiyatlari jihatidan - guruhga bo'lib o'rganishni ma'qul ko'rdik.

2.1. Gidronimlarning qaysi va qanday tipdagi toponimik obyektlarning nomlari ekanligiga ko'ra tasnifi

Onomastik birliklarni turli nuqtai nazardan o'rganish va ularni turlarga bo'lish va tasniflash onomastika fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. Har bir onomastik birliklar turi o'zlarning ayrim xususiyatlariga ko'ra, turli guruhlarga bo'linib o'rganiladi. Shu jumladan gidronimlar ham.

4 Band - "forscha so'z bo'lib, suvni to'sish, odatda daryo suvining bir qismini boshqa tomonga, ayniqsa, ariqga yo'naltirish maqsida qurilgan to'siq; to'g'on" p>VY ^VAY i^jjjl] yoki, "Zaxira qilish yo suv sathini ko'tarib, sug'orish, barq tavlid qilish kabi maqsadlarda tosh, sement, temir yo cho'p bilan oqib turgan suv damini to'shish maqsadida qilingan devor, to'siq."p^ :\««v i^üJl]. Bu so'z Taxor viloyati aholisining turli til vakillari orasida yuqorida keltirilgan ma'noda qo'llanuvchi apellyativ so'z hisoblanadi.

5 "Ariq va daryo suvlarining aylanib-buralib, uyurma hosil qilib oqayotgan yeri" [YTHH, 2020: 506].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Taxor viloyati gidronimlarining qaysi va qanday tipdagi toponimik obyektlarning nomlari ekanligiga ko'ra quyidagi holatda tasnifi amalga oshirilidi:

1) oykonimlarning nomlanishiga asos bo'lgan gidronimlar. Biz o'rganayogan viloyatda shunday aholi punktlari borki, ularning vujudga kelishiga gidronmlar asos bo'lgan. Biz bularni oykunimlarning nomlanishiga asos bo'lgan gidronimlar deb nomladik. Demak, bunday onomastik birliklarning vujudga kelishi uchun tag'in bir onomastik birlik asosiy rol o'ynagan. Quyidagi misollar Taxor viloyatidagi ana shunday onomastik birliklardan: Qizilquduq (Bat), Ko 'rquduq (Ht), Sho 'rquduq (Bat), Chashmayi Xurshid (Chot), Chashmayi Govon (Cht), Chashmayi Toq (Bt), Chashmayi Mohiyon (It), Chashmayi Garmik (Ft), Sarichashma (Kt), Chashmayi Chakak (Nt), Oqbuloq Qishloq (Tsh), Qumguzar (Dt), Toshguzar (Tsh), Paskamar (Ft), Qarakamar (Bat), Katikjar (Xot), Siyojar (Chot) va boshqalar;

2) agroonimlarning nomlanishiga asos bo 'lgan gidronimlar. O'rganilayotgan viloyat onomastik birliklari orasida agroonimlargning vujudga kelishiga asos bo'lgan gidronimlar ham bor. Bunday onomastik birliklar suv obyektlari nomlari bilan ataladi. Masalan, Katta ko'l (Yt), Sassiqko'l (Xot) va boshqalar. Tadqiqotimizda Taxor viloyatida Katta ko 'l, Sassiqko 'l nomlaridagi gidronimlar bilan birga, agroonimlar va oykonimlar borligi ham kuzatildi.

3) dromonimlarning nomlanishiga asos bo'lgan gidronimlar. Taxor viloyati onomastik birliklarida gidronimlar asosida vujudga kelgan dromomnimlar borligi ham uchraydi. Boshqacha qilib aytganda, bunday dromonimlarning tarkibida suv obyektining nomi turadi va o'sha asosda vujudga kelgan. Misol uchun: Puli ko 'kcha (Dqt), Puli shahravon (Tsh), Puli Govmoli (Tsh) va boshqalar. Bular har biri bir dromonim. Bu onomastik birilikning shakllanishida ko'kcha (daryo), Shahravon (ariq), Govmoli (ariq) so'zlari asos bo'laganki, ular suv obyektlari nomlari.

4) tashkilot, shahar, hokimliklar nomiga asos bo'lgan gidronimlar. Shunday paragogonimlar ham borki, ular onomastik birliklar asosida yuzaga kelgan. Bu holatni gidronimlarda ham uchratish mumkin. Izlanishlarimizda biz o'rganayotgan viloyatda bunday gidronimlardan ikkita borligi aniqlandi. Misol: Chahob tumani, Namakob tumani kabilar. Bu ikki paragogonimlarning nomlariga gidronimlar asos bo'lgan.

2.2. Gidronimlarning kelib chiqishi va nomlanish xususiyatlariga ko'ra tasnifi

Muayyan xalq taqdirini, uning tilini, tarixini, sivilizatsiyaning shakllanishi va rivojlanishini o'rganishda gidronomiya ma'lumotlarining ahamiyati juda katta. Chunki har qanday sivilizatsiya rivojlanishining boshlang'ich bosqichida suv

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

havzalari katta rol o'ynagan. Bundan tashqari, etnik guruhlar ko'proq daryolar bo'yida joylashgan.

Gidronimlar yordamida boshqa ko'plab geografik obyektlar nomlarining kelib chiqishini tushuntirish mumkin. Bundan tashqari, gidronimlarning qo'llanishi tilning bizning davrimizga qadar faqat shevalarda saqlanib qolgan, ba'zan esa hozirgi shevalarda umuman qayd etilmagan qadimiy so'zlarini tiklashda ham qo'l kelishi ma'lum.

Taxor viloyati gidronimlarini kelib chiqish va nomlarnish jihatdan quyidagi qismlarga bo'lib o'rganish ma'qul ko'rildi:

1) etnogidronimlar. Urug', qabila, qavm, to'p (etnonimlar) nomlari bilan atalgan suv obyektlari etnogidronimlar deyiladi. Etnonimlar gidronimlarga o'tganda nom tarkibida hech qanday o'zgarish ro'y bermaydi. Etnogidronimlar qadimdan ushbu hududda qaysi etnik guruh vakillari yashaganligidan darak beradi [Hakimov, 2016: 130].

Ma'lum bir xalq tili gidronimlariga oid etnogidronimlar o'sha "suv obyektlari atrofida yashagan, undan foydalangan yoki o'sha obyektning paydo bo'lishida bevosita ishtirok etgan xalq, millat, qabila, urug' bilan aloqador bo'lib, ularni nomlashda etnos nomlari motivatsiyasiga asoslanilgan"[Madraximova, 2016: 57] va buloq/chashma, daryo, ko'l, soy, quduq, ariq kabi gidronimik aniqlagichlar bilan tarkib topib gidronimlar nomini shakllantirgan.

Izlanishlarimiz jarayonida Taxor viloyati gidronimlarida ayrim etnogidronimlar ham borligi kuzatildi. Bular: Chashmayi turkon (Rt), Jaloyir arig 'i (Bt), Amudaryo (ko'pgina adabiyotlarda, Amudaryoning kelib chiqishi Amu shahri bilan bog'lagan. Demak, Amudaryo - Amu shahri daryosi. Shuningdek, Amu topo/gidroasosining kelib chiqishi haqida: amu/omu so'zi amul/omul so'zining qisqargan shakli bo'lib, amul/omul esa qadimgi eroniy xalqlardan birining nomi deyilgan.[Richard, 1995: 188; Kuhrt, 2007: 98]).

2) antroponimik gidronimlar. Suv obyektlari nomining shakllanishi va paydo bo'lishiga antroponimlar (kishilarning ismi, laqabi, taxallusi, nisbasi va boshqalar) asos bo'lgan gidronimlar antroponimik gidronimlar deyiladi.

Taxor viloyati gidronimlari majmuidan tanlangan quyidagi gidronimlar shunday gidronimlarga misol bo'ladi: Usto Nurmuhammad qudug'i (Yt), Eshon Abdurrahim girdobi (Yt), Usmon oralig'6i (Yt), Hojijuma ko'li, Nabiboy havzi, Hojimalla havzi, Hojimatin qudug'i, Mullabobo ququg'i, To'raboy qudug'i, Shohvali qudug'i, Guzari Dodialloh (Dqt) va boshqalar.

6 Araliq/Aralig' - Taxor o'zbeklari, ayniqsa, Dashtiqal'a tumani shevasida bo 'g 'oz ma'nosida qo'llaniladi.

265

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3) professionalizim bilan shakllangan gidronimlar. Bu tip gidronimlarga kishilarning mashg'uloti va kasb-hunarlariga oid so'z-atamalar bilan shakllangan gidronimlar kiradi. Taxor viloyati gidronimlari tizimida ham shunday gidronimlar borligi aniqlandi. Masalan: Mohiyxona arig'i, Guzari buzkashi (Dqt), Jo'yi Namakfurushi (Tsh) va boshqalar.

4) Muqaddaslashtirilgan qidronimlar. Suv butun dunyodagi dinlar va jamoalarda hayot, energiya va ozodlik manbai hisoblanadi. Suv atrofida ibodatxonalar, shaharlar va hatto imperiyalar qurilgan va nasroniylikdan hinduizmgacha, Nigeriya yoruba dinigacha daryolar har doim ibodat qiluvchilarning hayotida muhim rol o'ynagan. Dunyodagi eng mashur muqaddas daryolar shulardan iborat: Urubamba daryosi (Peru), Iordan daryosi (Isroil, Iordaniya, Livan va Suriyadan o 'tadigan daryo), Gang daryosi (Hinduston va Bangaladeshda oqadigan daryo), Kolumbiya daryosi (Kanada va AQShdagi daryo), Yamuna daryosi (Hindiston), Osun daryosi (Nigeriya), Wanganui daryosi (Yangi Zelandiya)[Carey, 2018; Warrier, 2014: 297]. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda ayrim dinlar hamda xalqlarda muqaddas quduq, buloq, ko'l kabi suv obyektlari bo'lganligi ham qayd qilingan[Rattue, 2003: 31-32; Harte, 2000].

Xullas, narsa, joylarni muqaddaslashtirish bu - odam bolasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri. Insonlar o'zlarining ishonch-e'tiqodiga ko'ra ayrim narsalarni yoki joylarni muqaddaslashtirganlar, jumladan, gidronimlarni ham.

B. R. Xalmuratovning ta'kidlashicha, ko'pgina tadqiqot natijalari shuni ko'rsatidiki, ibtidoiy odamlar, xususan, dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholi orasida yer, suv va quyoshga munosabat juda kuchli bo'lgan[Xalmuratov, 2020: 85]. Shu uchun qadim zamonlardan bugungacha ayrim suv obyektlarini ilohiylashtirish insonlar odat bo'lib kelgan.

Taxor viloyati gidronimlarida muqaddaslashtirilgan gidronimlardan bittani (qat'iy emas, boshqa ham bo'lishi mumkin) uchratdik: Chashmayi shahri ko'hna (Tsh). Bu chashma Taxor viloyatining eski markazi hisoblanadigan Shahri ko'hna deb ataluvchi joyda, aynan shu nom bilan ataluvchi ziyoratgoh yonida joylashgan. Musulmon xalqlarda ziyoratgohlar muqaddas joylardan bo'lganligi uchun uning yaqin-atrofidagi joylarga ham shu ko'z bilan qaralagn. Chashmayi shahri ko'hna gidronimi ham ana shu asosda muqaddaslashgan onomastik birlik sanaladi.

5) zoogidronimlar. Bunday onomastik birliklarning vujudga kelishining asosida hayvonlar nomi yok ular bilan bog'liq nomlar yotadi. Bunday gidronimlarga Taxor viloyati omonastikasidan olingan Bo'risoy (Tsh), Do'ltalisoy (Bt) kabilarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Gidronimlar suv inshotlarining atoqli otlari. U okean, dengiz, daryo, ko'l, soy, jilg'a, quduq, qo'ltiq, bo'g'oz, muzlik, botqoq, irmoq, anhor, ariq, kechuv, kanal, sharshara, buloq/chashma, koriz kabilarning nomlarini qamrab oladi.

Gidronimlar inson hayotida qadim zamonlardan buyon katta ijtimoiy, iqtisodiy ahamiyat kasb etganligi bois, duno aholisining ko'p qismi suv obyektlari bo'yida, sohilida yoki unga yaqin masofada yashaganlar.

Taxor viloyatidagi gidronimlar har xil suv obyektlarining nomlaridan iborat va ular onomastik-morfologik va leksik-semantik nuqtai nazardan tasniflanib, bir necha katta-kichik guruhlarga bo'linib o'rganildi. O'rganilgan viloyat gidronimilari daryo, soy, quduq/choh, buloq/chashma, ko 'l, ariq/jo 'y, jar, kamar, band, havz/hovuz kabi gidronimik aniqlagichlar bilan yasalgan. Shuningdek, aytish mumkinki, ular turli tillar unsurlaridan tashkil topgan bo'lib, turli tarixiy davrlarda shakllangan.

Maqolada qo'llanilgan shartli qisqartmalar ro'yxati:

sh TToluqon shahri Dq t Dashtiqal'a tumani Chot Chohob tumani

t Ishkamish tumani Rt Rustoq tumani Vt Varsaj tumani

t Bangi tumani Ft Farxor tumani Xt Xo'jag'or tumani

at Bahorak tumani Kt Kalafgon tumani Ht Hazorso'much tumani

ht Chol tumani Nt Namakob tumani Dt Darqad tumani

ot Xo'jabahovuddin tumani Yt Yangiqal'a tumani

REFERENCES

1. Boboqulov I. I. Afg'oniston (lug'at - ma'lumotnoma). -Toshkent: "Compex print" nashriyoti, -50-53-betlar.

2. Carey Meredith. Sacred Rivers Around the World: From Israel to New Zealand, here are some of the world's most sacred rivers. March 29, 2018. www.cntraveler.com/gallery/sacred-rivers-around-the-world.

3. Colopy Cheryl. Dirty, sacred rivers: confronting South Asia's water crisis. -New York : Oxford University Press, 2012.

4. Hakimov Q. Toponimika. -Toshkent: "Mumtoz so'z", 2016. -130-b.

267

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

5. Harte J. 'Holey Wells and other Holey Places', Living Spring Journal, 1, 2000.

6. IRAN v PEOPLES OF IRAN (X) Pre-Islamic: https://www.iranicaonline.org/articles/iran-v2-peoples-pre-islamic.

7. Kuhrt Amélie. The Persian Empire: A Corpus of Sources from the Achaemenid Period. -London: Routledge, 2007. -98 p.

8. Madraximova Dilnoza. Namangan viloyati etnonim va etnotoponimlarining lisoniy tadqiqi. -Namangan, 2016. Magis.diss. -57-b.

9. Qorayev S. Toponimika. -Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006. -57-bet.

10. Rattue J. Holy Wells of Buckinghamshire -High Wycombe: Umbra, 2003, 31-32 p.

11. Richard N. Frye. "Ancient Central Asian History Notes". Proceedingds of the Second European Congress of Ironian Studies. -Rome: ISMEO, 1995. -188 p.

12. Sayfullayeva Maftuna. Shofirkon tumani joy nomlarining geografik tavsifi. -Buxoro, 2017. -19, 20-bet. Bitruv malakaviy ish.

13. Varner Gary R. 2009. Sacred Wells: A Study in the History, Meaning, and Mythology of Holy Wells and Waters. 2nd ed. -New York: Algora Publishing.

14. Warrier Shrikala. Kamandalu: The Seven Sacred Rivers of Hinduism. -Dehli: Delhi London Poetry Foundation, 2014. -297 pages.

15. Xalmuratov B. R. Tarixiy o'lkashunoslik va urbanizatsiya jaryonlari (o'quv-uslubiy majmua). -Namangan, 2020. -85-b.

16. Кораев с. Узбекистан вилоятлари топонимлари. -Тошкент: "O'zME", 2005. -B. 212.

17. УТГ. 1-том, морфология. -Тошкент: Фан, 1975. -610 б.

18. УТИЛ. 5 жилдлик, 1-жилд. -Тошкент: "O'zME", 2020. -506-бет.

19. УТИЛ. 5 жилдлик, 2-жилд. -Тошкент: "O'zME", 2006. -305 б.

.Сш.^ Yf Y««V cbjjJl^ JJJ ^jjjjl .^Ijjj c^Ull .20

.Ï«VY ^ .(Y»»V) ÏVAY '«¿^1» ;jlj^j .Y^ .j^ ^jj ^^Ajâ .j^. '^jjjl .21 .Y4A ^^ .(^Vï) ) ♦ '^jjj .jU^ijUil ^^j^c ^bilj*^, .J^I c^jtj^ijjj ^l^jj^ .22

.fV ^^ .Y»»» cjjl^j .(jU^ijUil CyV J ^bilj*^. c^^jlc .23

.WÏ ^^ .(Y ««£} ) VAf tjj*^ ^IjUSjt .jH^jliil ^^JJU ^bilj*^, 'jlji .24

. ) ) ^ .(Y ««V( ) VAf c^j*^ ^Ijl^Sjl .^^JJU jll^jliil .jj^ta. Лл^^ 'jj^j .25

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.