Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHIDA SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINI O‘RGANISH.'

TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHIDA SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINI O‘RGANISH. Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
13
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Pargor va mo‘yqalamlar / bo‘yoqlar / politra / ish korjomasi / simmetriya / ritm / miniatyura. / pargor and mustache / paints / politra / work korjoma / symmetry / rhythm / miniature.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sadatv Ch.X.

Maqolada IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, Eron, Ozarbayjon va O‘rta Osiyo xalqlari bir-birlari bilan uzviy aloqada bo‘lib kelgan. Bog‘dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning markazlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE STUDY OF ORIENTAL MINIATURE SCHOOLS IN THE FIELD OF FINE ARTS AND ENGINEERING GRAPHICS.

The article says that during the IX-XIII centuries, the peoples of the countries of the Near and Middle East, Iran, Azerbaijan and Central Asia were in close contact with each other. Cities such as Baghdad, Shiraz, Tabriz, and Samarkand talk about cultural and development centers.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO‘NALISHIDA SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINI O‘RGANISH.»



ж

tall

P-I

SBHc.

fX

j

TASVIRIY SAN'AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO'NALISHIDA SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINI O'RGANISH.

i

Sadatv Ch.X. Termiz davlat pedagogika instituti, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi dotsent

Annotatsiya. Maqolada IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari, Eron, Ozarbayjon va O'rta Osiyo xalqlari bir-birlari bilan uzviy aloqada bo'lib kelgan. Bog'dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning markazlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Pargor va mo'yqalamlar, bo'yoqlar, politra, ish korjomasi, simmetriya, ritm, miniatyura.

ИЗУЧЕНИЕ ШКОЛ ВОСТОЧНОЙ МИНИАТЮРЫ ПО НАПРАВЛЕНИЮ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА И ИНЖЕНЕРНОЙ ГРАФИКИ.

Садатв Ч.Х. Термезский государственный педагогический институт, доцент кафедры изобразительного искусства и инженерной графики

Аннотация. В статье говорится, что на протяжении IX-XIII веков народы стран Ближнего и Срединного Востока, Ирана, Азербайджана и Центральной Азии находились в тесном контакте друг с другом. Такие города, как Багдад, Шероз, Тебриз, Самарканд, рассказывают о центрах культуры и развития.

Ключевые слова: Парагон и усы, краски, политра, работа коржома, симметрия, ритм, миниатюра.

THE STUDY OF ORIENTAL MINIATURE SCHOOLS IN THE

FIELD OF FINE ARTS AND ENGINEERING GRAPHICS.

Sadatv Ch.X. Termiz state pedagogical instituti, department of fine arts and engineering graphics associate professor

3s----

Annotation. The article says that during the IX-XIII centuries, the peoples of the countries of the Near and Middle East, Iran, Azerbaijan and Central Asia were in close contact with each other. Cities such as Baghdad, Shiraz, Tabriz, and Samarkand talk about cultural and development centers.

Keywords: pargor and mustache, paints, politra, work korjoma, symmetry, rhythm, miniature.

Arab miniatyura maktabi jahon madaniyati taraqqiyoti tarixida Sharqiy Arabiston xalqlari san'atning ham muhim o'rni bo'lib, ular keyingi avlodlarga qadim yunon-rim madaniyatining ko'pgina yutuqlarini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda yetkazib keldilar.

IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari, Eron, Ozarbayjon va O'rta Osiyo xalqlari bir-birlari bilan uzviy aloqada bo'lib kelgan. Bog'dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi shaharlar madaniyat va taraqqiyotning markazi bo'lib, o'zlarining ko'zga ko'ringan olimlari, shoirlari hamda fan va madaniyat o'choqlari bilan butun tanilgan edi. Bu shaharlarda matematika va astronomiya, falsafa va tibbiyot, geografiya va badiiy adabiyot, me'morchilik va hunarmandchilik o'zining yuqori rivojlanish bosqichiga erishgan. Uning o'rnini esa qo'lyozma kitoblarga ishlangan bezaklar- miniatyura san'ati egalladi. Miniatyuraning yuziga kelishi va rivojlanishi, arab tilida badiiy adabiyotning ravnaqi, kitobning qadimda Sharq ilmu ma'rifat manbai sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi. Miniatyura- kalligrafiya, sahifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatordaqo'lyozmaning eng asosiy murakkab dekorativ belgilardan birini tashkil qiladi.

Miniatyura aniq chiziqlar orqali ko'rsatilgan va yorqin ranglarda ishlangan, katta qomat va buyumlar ko'rinib turgan matnlar orasidagi sahifalarning sariq fonida aks etgan. Iroq miniatyura maktabining eng ajoyib asarlaridan biri Al-Haririyning Abu Zayd as-Sarudjining (o'rta asrlardagi Nasriddin Afandining prototipi) boshidan kechirganlarini tasvirlab beruvchi «Maqom» asariga ishlangan illyustratsiyalardir.

Miniatyuraning asosiy ahamiyati matn mazmunini tushintirish va umuman olganda, dunyoviy xarakterga ega bo'lgan asarlarni bezashdan iborat bo'lgan. Asosan, proza, poeziya, ilmiy traktatlar, tarixiy xronikalar aks etgan asarlarga miniatyura ishlangan. Ular orasida « Kalila va Dimna» hikoyalari, yunon vrachi Dioskoridning « Farmakologiya», Rashididdining «Jam'rut tavorix» asarlari bor edi. O'rta asr qo'lyozmalari faqat guash bo'yoqlari bilan ishlangan. Bu buyoqlarni tayyorlash usuli Yaqin Sharqqa VIII asrda Markaziy Osiyo orqali Xitoydan o'tgan. Bizgacha yetib kelgan arab miniatyurachilarining asarlari ham asosan XIII asrga taalluqlidir. Hozirgi vaqtda kelib arab miniatyuralarini o'rganuvchi mutaxassislar qo'lyozmalarni bezashning 3 ta davri va hududiy, badiiy markazi mavjud ekanligini e'tirof etadi. Bular fotimiylar sulolasi davri ( X-XI asrlar), Suriya (XIII asrning birinchi yarimi) va Iroq (XIII asr) miniatyura maktablaridir.

3s----

Bularning markazlari Mosul, Bog'dod va Vosit shaharlarida bo'lgan. Shartlilik va dekorativlik prinsiplari asosida qurilgan, o'ziga xos ko'rinishi bo'lgan arab miniatyuralari o'rta asr Sharq rangtasvir sifatida o'zining takrorlanmas obrazlibadiiy tiliga egadir.Miniatyuralarningo'ziga xos xususiyatlaridan biri, tasvirning sathi yuzidaligidir. Bu xususiyat qo'lyozmaning dekorativ uslubi, serhasham ziynatlar, shams, lavhalar, zarvaraq va boshqa bezaklari kabi kitobningziynatlari, uning tuzilishi xarakteridan kelib chiqqan.

Umumiy ko'rinish odati bir yoki ikki xil bo'lgan arkni tutib turgan nozik ustunlar orqali bo'lingan. Shu bo'linmalarning birida ikkinchi qavatga olib boradigan zinapoya tasviri ham uchraydi. Uning yonida esa, yo'lakda ulkan minora joylashgan. Bu minora binoning oldi ko'rinishini ifodalaydi. Bir bo'shliqda ikkita har xil yo'nalish (ichki va tashqi)ni uyg'unlashtirgan miniatyurachi me'morchilik qurilishini tasvirlashda katta yutuqqa erishgan. Manzarani tasviralshda esa, Al-Haririyning asarlarini bezovchilar ramziy ifoda vositalaridan keng foydalanganlar. Bunga miniatyuraning pastki qismidagi ko'm-ko'k yashnab turgan o'tloq tasviri tushirilgan torgina yo'l yoki ekzotika o'simliklar va daraxtlar tasviri tushirilgan uncha baland bo'lmagan tepaliklar misol bo'ladi.

Bizga ma'lum bo'lgan ilk miniatyuralari fotimiylar sulolasi davrida ishlangan bo'lib, XI asrga ta'luqlidir. Ohorlangan qog'ozga ishlangan odamlar qiyofasi, xatti-harakatlari sodda va yaxlit holda tasvirlangan. Suriya qo'lyozmalari bo'lmish Dioskoridning «Farmakologiya» si, «Kalila va Dimna» asarlariga ishlangan bezaklar XIII asrning boshlari va o'rtalarida arab miniatyurasida Vizantiya va sosoniylar (qadimgi Eron) san'atining kuchli ta'siriga qaramasdan yangi bir bosqichini boshlab beradi. Mana shu ma'noda tozalagichlarning qurilishini tushintirayotgan Dioskoridni tasvirlovchi miniatyura diqqatga sazovordir. Rassomlar asardagi me'morchlik tasvirga alohida e'tibor beradilar. Bu rasimdagi shiftdan pastga osilib tushgan ulkan chiroqlari bor masjid ko'rinishi va u bilan yonma-yon turgan minora tasvirida ko'zga yaqqol tashlanadi.O'ziga xos ko'rinishga ega bo'lgan hovlilar, go'yo bu hovlining devori tashlanganu, tomoshobin uning ichini ko'rib turgandek. Umumiy ko'rinish odati bir ikki xil bo'lgan arkni tutib turgan nozik ustunlar orqali bo'lingan. Shu bo'linmalarningbirida ikkinchi qavatga olib boradigan zinapoya tasviri ham uchraydi. Uning yonida esa, yo'lakda ulkan minora joylashgan. Bu minora binoning oldi ko'rinishini ifodalaydi. Bir bo'shliqda ikkita har xil yo'nalish (ichki va tashqi)ni uyg'unlashtirgan miniatyurachi me'morchilik qurilishini tasvirlashda katta yutuqqa erishgan.

«Maqom» asarida hayvonlar, tuyalar juda jonli qilib tasvirlangan. Parijda saqlanayotgan Yahyo ibn Mahmud asaridagi «Tuyalar karvoni» miniatyurasida o'tlayotgan poda ifoda etilgan. Hayvonlarda biri uzun bo'yinini cho'zib o'tayotgan bo'lsa, boshqalari boshlarini tik ko'trgan holda turishibdi. Bir-birlarining orasidan ketma-ket joylashgan bu hayvonlar rang jihatidan ham bir-

3S---'

biridan farq qiladi. Bu esa rasmdagi ranglar uyg'unligini alohida bo'rtirib ko'rsatadi.

XII-XIII asrlar arab miniatyuralarning obrazli qurilishini «Ming bir kecha » ertaklaridagi mavjud va fantastik, yorqin va ta'sirchan rang-barang lavhalar bilan ham tenglashtiriladi. Arab miniatyuralari feodalizm davrining Sharq tarixida kitob bezakchiligining bizgacha ilk ma'lum bo'lgan bir bosqichidir.

Adabiyotlar

1. Xolmurodovich S. Ch. O'quvchilarning chizmachilik fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnalogyalarning o'rni va amaliy ahamiyati //Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 189192.

2. Садатов Ч. Обучение рисованию обнаженного мужского тела с передней стороны с карандашным рисунком //Общество и инновации. -

2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 361-365.

3. Sadatov C. The importance of virtual museums in the formation of students' educational competencies on fine literacy //Scientific research results in pandemic conditions (COVID-19). - 2020. - Т. 1. - №. 04. - С. 201-203.

4. Bahodirovna M. Z., Xolmurodovich S. C. Methodical Interpretations on the Organization of Independent Educational Classes in the Subject of Painting //International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development. -2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 24-27

5. Sadatov C. K., Normatova G. Some species eksperimentno-experimental work that makes a teacher //European Conference on Education and Applied Psychology. - 2014. - С. 174-176.

6. Sadatov C. Tasviriy san'at darslarida o'quvchilar ijodiy faolligini takomillashtirish texnologiyalari //Физико-технологического образование. -

2022. - №. 4.

7. Xolmurodovich S. C., Xolbozorovich Q. J. Theoretical fundamentals of study pen and general principles of drawing //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 9. - №. 10. - С. 709-716.

8. Садатов Ч. Х., Нарматова Г. Т., Хайдарова М. Б. Овладения графической деятельности детей в средне образовательной школе //Матрица научного познания. - 2020. - №. 8. - С. 128-131.

9. Kholmurodovich S. C. The spiritual impact of fine arts on personal development and its place and significance today //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2020. - Т. 2020.

10. Abduraximov L. X. et al. Muhandislik grafikasi va chizma geometriya fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil qilish texnologiyasi //ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - с. 63-66.

11. Садатов Ч. Х., Норматова Г. Т. Изобразительная деятельность дошкольников, ее использование в подготовке к обучению в школе //Вестник современной науки. - 2016. - №. 9. - С. 122-125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.