Scientific Journal Impact Factor
MILLIY ARXITEKTURA YODGORLIKLARIDA SHARQONA BEZAKLARNING O'RNI
Shodiyeva M.X.
Qarshi davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada milliy arxitektura san'atining miloddan avvalgi davrdan boshlab hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari yoritilgan va chuqur tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: naqqoshlik, ganch o'ymakorligi, me'morchilik, devoriy tasvir, gumbazli, miniatura, maqbaralar.
В статье подробно анализируются этапы развития национальной архитектуры от нашей эры до наших дней.
Ключевые слова: живопись, гипсовая резьба, архитектура, фрески, купола, миниатюры, мавзолеи.
The article analyzes in detail the stages of development of national architecture from our era to the present day.
Key words: painting, plaster carving, architecture, frescoes, domes, miniatures, mausoleums.
O'zbekiston Respublikasida me'morchilik qadim zamonlardan miloddan avvalgi III minginchi, boshqa ma'lumotlarda esa X minginchi yillardan boshlangan. Juda ko'p arxeolog qazilmalar bu hududda otashparastlar va budda dinlariga mansub bo'lgan ibodatxonalar qurilganligidan dalolat beradi. O'sha davrlarda qal'alar qurilishi ham keng rivojlangan. Qal'alar balandlik joylarida qurilgan bo'lib, tashqi dushmanlardan muhofaza vazifasini o'tagan. Hozirgi kunga kelib ham 400 ga yaqin qal'alarning qoldiqlari O'zbekiston hududida mavjuddir [1-3].
Mamlakatimizda topilgan eng qadimiy san'at yodgorliklari (Zarautsoy sur'atlari) mezolit davriga mansubdir. Kaltaminor madaniyati narmalari neolit davrining san'ati haqida tasavvur beradi. So'x (Farg'ona) vodiysidan topilgan ikki ilonning boshi bir-biriga qaratib, bilaguzuksimon qilib ishlangan yirik tosh haykal miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlari - miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida yaratilgan. O'sha davrlarda sodda chizma (uchburchak, archasimon, yo'l -yo'l) bilan bezatib sopol idishlar tayyorlangan. Turar-joylar tosh davrida g'orlardan
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
(Teshiktosh g'ori) hamda daraxt shoxlari va poxoldan ishlangan konussimon chaylalardan iborat bo'lgan [4-7].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aholining bir qismi ko'chmanchilikdan o'troqlikka o'tgach, tosh, guvala, paxsa, sinchli uylar qurila boshlangan. Bronza davrida O'zbekistonning janubida (Sopollitepa) murakkab arxitektura komplekslari vujudga kelgan. Bronza, kumushdan nafis zargarlik buyumlari, idishlar tayyorlangan, sopol idishlar bo'yalib geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Buxoro vohasida Qizilqirdan (miloddan avvalgi II ming yillik) va Farg'ona vodiysidagi Chustdan topilgan sopol buyumlar (shakl jihatdan turli-tuman: qozon, xurmacha, xum piyola, qadah va boshqalar) kulollik charxining yordamisiz qo'lda tayyorlangan. Ilk temir davrida to'g'ri to'rtburchak (Qiziltepa, Bandixontepa), aylana (Kuchuktepa, milodan avvalgi III asrda bunyod etilgan Qo'yqirilgan qal'a ham aylana tarzda) qal'a-shaharchalar qurilgan. Afrosiyobdan topilgan arxitektura inshootlarining xaroba va 58 qoldiqlari, ulardagi san'at asarlari Axmaniylar (Eron) san'atiga yaqindir [8-11].
Milodgacha bo'lgan I ming yillikda Baqtriya, So'g'd, Xorazm kabi haqiqiy shaharlar vujudga kela boshlaydi. Qal'alar yarim doira shaklidagi minoralar, devor ichi yo'llari, tiyrandoz o'qchilar uchun mo'ljallangan ko'pgina tuynuklar bilan qurila boshlangan. To'g'ri burchakli yoki doira shakliga ega konstruksiyalar qal'a devorlarini mustahkamlagan. Surxondaryo viloyati hududidagi qadimgi Qiziltepa, Bandixon, Talashkan va boshqa shaharlar bunga misol bo'la oladi. Bu shaharlarning barchasida qo'rg'on va alohida ma'muriy hukumat komplekslari, devor ortida esa xavfli harbiy harakatlar kunlarida shahar aholisini boshpana va himoya bilan ta'minlash mumkin bo'lgan inshootlar bunyod etilgan. Qishloqlarda alohida qo'rg'onlar bunyod etilgan [9-12].
Miloddan avvalgi IV asr - milodiy IV asrlarda O'zbekiston hududida mustahkam mudofaa devorlari bilan o'ralgan qo'rgon, shahar-qal'alar barpo etila boshlangan (Jonbosqal'a, Dalvarzin-tepa, Termiz, Tuproqqal'a). Binokorlikda, asosan, yog'och va loydan (paxsa, guvala, xom gishtdan) foydalanilgan. Xorazmdagi Tuproqqal'a, Buxoro yaqinidagi Varaxsha, Termiz yaqinidagi Bolaliktepa, Fargona vodiysidagi Quva qal'a binolari monumental san'at asarlari (devoriy rasm, yirik haykal va relyeflar) bilan serhasham qilib barpo etilgan. Soqchilar turadigan minoralar baland (30 m ga yaqin), saroylar ikki qavatli, zallar baland (masalan, Varaxshada 6 m gacha) qilib qurilgan. Saroylar hashamatli va murakkab, turli kompozitsiyaga ega bo'lgan (katta zalli yoki hovlisi har xil maqsadlarga xizmat
Scientific Journal Impact Factor
qiladigan bir nechta xonalar bilan o'ralgan, bino fasadlarida ko'p ustunli ayvonlar tutash qilib qurilgan). Milodning dastlabki asrlarida O'zbekistonning janubida buddizm dini tarqalishi bilan Budda ibodatxonalari qurila boshlangan (Qoratepa, Fayoztepa monastrlari, Termizdagi Zurmala supasi). Ibodatxonalar Budda rivoyatlar syujetlari aks ettirilgan haykallar bilan bezatilgan. VI - VIII asrlaming boshlarida qo'rg'onlar, shaharlarda ibodatxona, saroylar qurilgan. Bu davrda binolarni bezashga ham e'tibor qilingan (Afrosiyob, Varaxsha, Yumaloqtepa). Sug'dcha koroplastika (loydan ayollar haykalchasini yasash) rivoj topgan [14-16].
Qadimgi me'morchilik san'atining yuksak namunalaridan bo'lgan uch minorali Xorazm xoqonlarining saroyi, ko'pincha katta zallari va xonalari bilan ajralib turadi. Afrosiyob, Varaxsha, Panjikentdagi arxeologik qazish ishlari turar-joy binolarining aralash tartibda qurilganligini ko'rsatdi. Uylar 2-3 qavatli, ularni bezashda boy devoriy tasvir, tasviriy hamda naqshimkor usuldagi yog'och o'ymakorligi qo'llanilgan, yashashga mo'ljallangan qismi va qabulxona, mehmonxona bir-biridan farq qilgan.
Hozirgacha saqlanib kelgan Afrosiyob shaharchasidan topilgan choisi saroy devorlaridagi naqshu nigorlarda Chag'oniyon elchilari, og'ir yukli karvon, son-sanoqsiz parrandayu jonivorlar tasviri aks ettirilgan. Tasvirlardagi odamlar va ularning liboslari, musavvirlar tomonidan o'ta aniqlik bilan chizilgan. O'sha olis zamonlarda kechgan tarixiy voqealarni aks ettirgan musavvir so'g'd tasviriy san'atining tom ma'nodagi durdonasini yaratgan.
O'zbekiston hududi me'morchiligida V - VI asrlardan aylana yoki kvadrat asosga o'rnatilgan gumbazlar konstruksiyalari takomillashtirilgan, maqbara, masjidlar gumbazli qilib bunyod etila boshlangan. Tasviriy san'at yanada rivojlangan. VII - VIII asrlarda yurtimizga arablar kelgach, bu yerdagi ba'zi arxitektura yodgorliklari, tasviriy san'at asarlarini yo'q qilib tashlangan, shaharlarga shikast yetkazilgan. Shu tufayli milliy san'atimizda sal kam bir asrgacha tushkunlik hukm surgan. Arablar istilo qilgan yerlarida dastlab masjidlar qurishga, qadimiy ibodatxonalarni masjidlarga aylantirishga e'tibor berganlar.
Qurilish texnikasi rivojlangan davrda, binolar IX - X asrlarda asosan pishiq g'ishtdan bunyod etilgan. Monumental binolarda toq-gumbaz konstruksiyalari keng qo'llanilgan. Islom dini tirik mavjudotni tasvirlashni man etganligi sababli tasviriy san'atning o'sishiga imkon berilmagan, biroq naqqoshlik rivoj topa boshlagan. Masjid, maqbara, saroy, madrasalar naqsh bilan bezatila boshlangan (jumladan Varaxsha saroyi, 775 - 782-yillar).
Scientific Journal Impact Factor
VII-IX asrlarda, ayniqsa, Buxoro me'morchiligida badiiy uslub rivoj topgan. XII -XIII asrlarda yirik shaharlarda shisha ishlash rivojlangan, sopolga sir berish usuli ixtiro qilingan. Afrosiyob sopol idishlarida naqsh, gul va baliq, qush kabi jonivorlarning tasvirlari ishlangan, ular har xil ranglarda sirlangan. Binokorlikda an'anaviy ganch, yog'och o'ymakorligi bilan bir qatorda g'isht qalab naqsh hosil qilish san'ati ham rivojlangan. XII asrda me'morchilikda o'yma terrakotadan, sirli g'ishtdan foydalanilgan, monumental binolarning devor, gumbazlari koshin bilan qoplanib bezatilgan, bino intererlari ganch o'ymakorligi, bo'yama naqshlar bilan ham jozibadorlashtirilgan, (masalan, Termizshoxlar saroyi ana shunday ishlangan).
VIII-X asrlardan girih san'ati yuksalgan, arab yozuvi bezak-naqsh darajasiga ko'tarilgan. X asrdan kufiy, XI-XII asrlardan nasx yozuvi me'morchilikda ko'p ishlatila boshlagan. IX-XI asrlarda Termizda Qirqqiz saroyi, Navoiyda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Sulton Saodat ansambli, Malik ktirvon saroyining saqlangan qismlari me'morchilikning yuksak darajaga ko'tarilganini, inshootlar badii hunarmandlar tomonidan jozibador bezatilganligini ko'rsatadi. Ilk o'rta asrlarda saroylar shahar qal'asidan tashqarida qurilgan bo'lsa, X asrdan boshlab saroylar shahar tarkibida barpo etilgan. Masalan, Buxoroda qal'a oldida, Urganchda shaharning bosh maydonida, Samarqandda registon maydonida). Saroy me'morchiligida vog'och konstruksiyalardan ko'p foydalanilgan. XI -XII asrlarda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz va boshqa yirik shaharlar hunarmandchilik markazlari sifatida shuhrat qozongan.
Somoniylar davrida amaliy-bezak san'ati, ayniqsa kulollik, shishasozlik, yog'och o'ymakorligi yaxshi suratlar bilan rivojlangan. Monumental me'morchilikka katta e'tibor berilgan, turar-joylar, hunarmandlarning ustaxonalari, saroylar, ma'muriy binolar, savdo rastalari, hammom, masjid, maqbara, minora, madrasalar qurilgan. Qurilishda, asosan, pishiq g'ishtdan foydalanilgan. Ba'zan bino devorlari xom g'ishtdan, tomi - gumbazi tashqi tomondan pishiq g'ishtdan ishlangan, xom g'ishtdan ishlangan devor pishiq g'isht bilan qoplangan va mustahkamlangan.
XIV asrdan me'morchilik yana rivojlana boshlagan. Arxitekturada yangi uslub vujudga kelgan (masalan, Bayonqulixon maqbarasi). O'sha davrning me'morchilik namunalari Shohi Zinda kompleksida saqlangan. Me'morlik bilan birga naqqoshlik san'ati ham yuksalgan. Xo'ja Ahmad, Qussam ibn Abbos, Turkan oqa, Tug'luq Tekin, Amirzoda, Ali Nasafiy maqbaralari yog'och o'ymakorlik hamda koshinkorlik usullari bilan jozibador bezatilgan.
XIV asr oxirlarida Samarqandda o'ziga xos me'morchilik uslubi shakllangan. Shahrisabz qal'adan shaharga aylantirilgan, shahar devori har 50-60 m da burj bilan
Scientific Journal Impact Factor
mustahkamlangan, mudofaani yaxshilash maqsadida devor tashqarisi xandak bilan o'rab olingan. Oqsaroy, Ko'k gumbaz, Shamsiddin Kulol maqbarasi, Gumbazi Sayidon, Hazrati Imom masjidi va Jahongir maqbarasi, Dor ut-tilovat, Dor us-siyodat va boshqa milliy arxitektura yodgorliklarimiz bilan hamon diqqatga sazovordir. Yirik shaharlarda arxitektura ansambllari (Samarqandda Shoxi Zinda, Registon ansambllari, Buxoroda Labi hovuz ansambli) paydo bo'la boshlagan. Monumental binolar an'anaviy tarzda pishiq g'ishtdan qurilib, koshin va o'ymakorlik bilan bezatilgan. XIV - XV asrlarda masjidlarning hovlilari ko'p ustunli ayvonlar bilan o'ralgan (Bibixonim masjidi, masjidi Kalon), madrasalar peshtoqli qilib qurilgan. Kvadrat, to'g'ri to'rtburchak tarhli hovli atrofi ko'p ustunli ayvon va hujralar bilan o'ralgan. Maqbaralar (masalan, Shohi Zinda) endi to'g'ri to'rtburchak yoki kvadrat tarhli yolg'iz xonadangina emas, balki markaziy zalga tutash qo'shimcha xonalardan ham iborat qilib qurila boshlangan. Amur Temur va Ulug'bek davrlarida miniatyura san'ati yuksalgan, hunarmandlik (ayniqsa, kulollik, kandakorlik) rivoj topgan. Ahmad Yassaviy maqbarasida eshikka o'yib naqsh solingan.
Amaliy san'at xalq san'atidir. Uning eng muhim belgisi badiiy ijod bilan moddiy talabning chambarchas bog'langanligidir; badiiyat va amaliy zaruriyatning o'zaro uzviy bog'likligi ularning g'oyaviy badiiy va ijodiy-amaliy mohiyatlarining birligini vujudga keltiradi. Amaliy san'at asarlarini shaklning maqsadga muvofiqligi hamda shakl va ta'sir birligi farq qiladi.
Ganchkorlik qadimiy sa'nat turlaridan biri bo'lib, Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston va boshqa sharq me'morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yaratilgan asarlar o'ziga xos badiiyligi, kompozisiyasi va ishlanish uslubi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda ganch serquyosh O'zbekistonimizda ardoqlanib, avaylab muhofaza qilinayotgan ko'pgina yodgorlik obidalariga ko'rkamlik, go'zallik baxsh etib turibdi. U Samarqand, Buxoro, Toshkent, Quqon, Xiva, Shahrisabz va boshqa shaharlardagi tarixiy obidalarni qurish va bezatishda foydalanilgan.
Ganch o'ymakorligi san'ati asrlar davomida o'ziga xos uslub bilan takomillashib kelgan. Bu san'atning eng qadimgi, o'rta asrlardagi va XX asrdagi rivojlanishini o'rganish bu davrlardagi ganch o'ymakorligi bir-biridan ancha farq qilganligini ko'rsatadi. Qadimgi ganch o'ymakorligi hajmli bo'lib, realistik tasvirlar asosida ishlangan. Ularda ko'pincha odamlar, hayvonlar, qushlar tasviri ishlatilgan. Eramizning birinchi asrlaridayoq kishilar ganchni ajoyib xususiyatga ega ekanligini bilib, qal'alar, karvonsaroy va boshqa joylarni bezay boshlaganlar. Biroq asrlar
Scientific Journal Impact Factor
davomida bo'lib o'tgan janglar oqibatida ular vayronaga aylanib, faqat qoldiqlari saqlanib qolgan.
X-XI asrlardagi naqqoshlik, yog'och, tosh va ganch o'ymakorligi yanada rivojlandi. Murakkab abstrakt tasvirni namoyon etadigan naqshlar paydo bo'ldi. Ganch o'ymakorligi odatda, uyning ichki va namgarchilik tegmaydigan tashqi qismida ham qo'llanilgan.
Termiz maqbaralaridagi ganch o'ymakorlik san'atini o'sha davrning yuqori cho'qqisida bo'lgan deyishimiz mumkin. XII asrda muqarnaslar hosil bo'ldi va ular ko'pgina binolarda qo'lanila boshlandi. XIII asrda ganchkorlik san'ati yanada yuksaldi. Bunga Afrosiyobda topilgan ajoyib ganch o'ymakorligi ishlari misol bo'la oladi. XIV- XVIII asrlarda ham binolarning ichki tomonlarini bezatishda ganchkorlik san'atidan foydalanilgan. Ganchkorlikning eng cho'qqiga chiqqan davri XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlari bo'ldi. XIX asrning boshlarida buyuk ganch o'ymakorlaridan Abdurahim Hayotov, Usta Murod, Usta Fuzayl, Usta Nosir, Usta Hayot Nosirov, Usta Hoji Hafiz, Usta Nasrulloboy, Usta Abdujalil, Usta Azim, Usta Omonullo, Usta G'ofir, Usta Ibrohim, Usta Sarvi, Usta Abdufattoh kabi ustalar o'z faoliyatlarini olib borganar.
Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib, asrlar davomida ulug' ajdodlarimizning milliy-manaviy merosi shaxs kamolotiga juda ahamiyatliligi, ajdodlarimizning bizga qoldirgan manaviy xazinalaridan o'rinli foydalanish, ularni yosh avlodga ko'proq tanishtirish, o'rgatish kerak bo'ladi. Ana shu manoda, sharqona bezaklar o'quvchilarni estetik qobilyatlarini shakllantirishda va manaviy yuksak, go'zal va nafosatli bo'lib tarbiyalanishlarida ahamiyati beqiyosdir. Ko'zlangan maqsad talabalarning milliy arxitektura yodgorliklarga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish hamda estetik qobilyatlarini shakllantirish. Sharqona bezaklarni qay darajada ko'ra olishi, idrok etishi, ulardagi rang uyg'unligini chiqarish va bir-biriga ta'sirini anglay olishi, tasavvur va dunyoqarashini yanada kengaytirish. O'quvchilarda milliy me'morchilik haqidagi tushunchalarini boyitish, ularni qurilish materiallari, qurilish chizmachiligi, amaliy san'at bilan chuqurroq tanishtirsh maqsadimizdir. Shuning uchun ajdodlarimizning milliy arxitektura tajribalarini yosh avlodga o'rgatish, ularda ilm-marifatga, madaniy qadriyatlarga va kasb-hunarga qiziqtirish, ustoz-shogird ananalari asosida tarbiyalash, o'quvchilarning axloq odobi, bilim darajasi, umuman, ularning manaviyatining shakllanishi muhimdir.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. To'ychiyev N.J. (2010). Bino va inshootlar konstruksiyasi. Toshkent, "Voris nashriyot"
2. Po'latov X., P. Zohidov va boshqalar. (2005). "Arxitekturaviy kompozitsiya asoslari" Toshkent, "Talqin" nashriyoti.
3. Masharipova S.A. (2010). Arxitektura tarixi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, "San'at, arxitektura va shaharsozlik tarixi".
4. Qodirxo'jayev P. (2005). Badiiy bezak san'ati. O'quv qo'llanma. Toshkent "Iqtisod -moliya" nashriyoti.
5. Ахмедов, Д. Д., & Косимова, Ш. Ф. К. (2021). Роль Ландшафтного Дизайна В Разработке Генерального Плана Города. Central Asian Journal Of Arts And Design, 2(12), 8-18.
6. Axmedov, J. J., & Qosimova, S. F. (2021). The Origin of the" Chorbog" Style Gardens and Their Social Significance. Middle European Scientific Bulletin, 19, 2024.
7. Saidjon, Q., Bakhrom, U., & Dilmurod, R. (2021). History And Current State Of Public Catering Establishments In The Fergana Valley. The American Journal of Engineering and Technology, 3(06), 120-124.
8. Shodieva, G. M. (2008). Problems of organizational and economic factors and service development in the improvement of family welfare (Doctoral dissertation, Dissertation for the degree of Doctor of Economics. Samarkand).
9. Shadiyeva, G. (2021). Opportunities to Develop Small Business and Family Entrepreneurship in Rural Areas. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 7, 101-106.
10. Muhiddinovna, B. Z. (2020). Functions and forms of chemical experiment. European science review, (1-2), 48-50.
11. Бердиева, З. М., & Мухамадиева, З. Б. (2020). Проблемы и перспективы цепи снабжения агропроизводства. Universum: технические науки, (5-1 (74)),
12. Абдуллаев, И. Н., Ахмедов, Ж. Д., & Рахманов, Б. К. (2020). Исследование проблем применения синтетических тканых лент в Узбекистане. In Наука и инновации в строительстве (pp. 202-207).
13. Kodirovna, O. S. (2019). Error correction in students' written works at English language classes. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).
14. Орипова, Н. (2021). Bo 'lajak mutaxassislarda kasbiy e'tiqodni shakllantirish bosqichlari. Общество и инновации, 2(2/S), 525-529.
10-13.
Scientific Journal Impact Factor
15. Орипова, Н. Х., & Хаитова, Ю. С. (2016). Программа по воспитанию молодёжи в духе общенациональных ценностей. Журнал научных публикаций аспирантов и докторантов, (1), 47-49.
16. Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So'ngi o'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.