SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
MINIATYURA ASARLARINI BADIIY OBRAZ ORQALI IDROK ETISH YOSHLARDA ESTETIK QARASHLARNI SHAKLLANTIRUVCHI
VOSITADIR
Maqolada miniatyura sanatining shakllanishi bosqichlari hamda badiiy obraz orqali idrok etish yoshlarda estetik qarashlarni shakllantiruvchi vosita ekanligi bayon etilgan. Miniatyurada munosabatlari turli ko 'rsatmalar asosida tahlil qilingan. Kalit so'zlar: Miniatyura, uyg'unlik, uslub, san 'at, naqsh, ramz, hattot, estetika.
В статье описываются этапы становления искусства миниатюры, а также то, что восприятие через художественный образ является средством формирования эстетических взглядов у молодежи, анализируются отношения в миниатюре на основе различных указаний.
Ключевые слова: Миниатюра, гармония, стиль, искусство, узор, символ, каллиграфия, эстетика.
The article describes the stages of the formation of the art of miniature, as well as the fact that perception through an artistic image is a means of forming aesthetic views among young people, analyzes the relationship in miniature on the basis of various indications.
Key words: Miniature, harmony, style, art, pattern, symbol, calligraphy, aesthetics.
XXI asr boshidagi san'at turli yo'nalishlar, an'analar, ijodiy izlanishlarning chinakam quramasidan iborat. O'zbekiston miniatyurachi rassomlarining go'zallik hamda sharq shehriyati, ayniqsa, buyuk Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy nazmi bilan muayyan etilgan shehriyat olamini o'ziga xos tushunib yaratilgan asarlari tiniq, yorqin bo'yoqlar va yaxlit xarakterlar olami, tabiat boyligi hamda jo'shqinligi, ularning ijodini oziqlantiruvchi beg'ubor ruhiyat bulog'idir.
Tasvirlanayotgan obrazlar doirasi aytarli keng emas, bular-sozandalar, darvishlar, oshiq-mashuqlar, bazmi jamshiddagi mehmonlar, jangchilar, tuyakashlar. Biroq sinchkovlik bilan nazar tashlansa, musavvirlar aslida Koinotni Alloh taolo yaratgan, har bir daraxt, har bir chechak, giyoh, siru-asrorni pinhon tutgan olamni
Yuldashev Ibrohimjon To'ychiyevich
FarDU Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi tuychiyevich68@gmail .com
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
tasvirlaganliklarini ko'rish mumkin. Ushbu Koinot qo'ynidagi olam esa yanada murakkab, go'zal va ajib inson dunyosidir. Asarlarning asosiy xususiyati -halovatsizlikdan go'zallik olamiga, Sharqning turfa g'aroyibotlari, milliy urf-odatlari, dunyoni diniy idrok etish, maishiy tafsilotlar, go'zal tiplar, liboslar, muhit bilan sug'orilgan xos go'zallik olamiga hijrat qilish istagi g'olib keladigan mushohadakorlik va falsafiy o'y-fikrdir.
Musawirlar ijodining asosiy qoidasi milliylikni tasvirlash, turmushni bilish, inson qalbining nafis musiqiy, ba'zan esa sirli tebranishini ko'rsatish, narsani uning mohiyati bilan qanday bo'lmasin oydinlashtirish va nihoyat ulkan ijrochilik mahoratidir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shiddatli olamshumul larzalar davrida miniatyurachi rassomlar o'z asarlarida qadimning o'ziga xos bamaylixotirligini, o'tmish asrlarda ijod qilgan, shoshma-shosharlik ila asar yaratish bilan o'ziga nisbatan behurmatlik ko'rsatmagan hamda olamni diqqat va ehzoz ila tasvirlagan san'atkor musavvirlarning qadr-qimmatini saqlab qolishga ham intilishmoqda. Ularning asarlaridan ona zaminga va xalqiga mehr qo'ygan san'atkorning lirik ovozi hamda ko'ngil hayqirig'i yangrab turadi.
Miniatyurachi rassomlar buyumni yaratib va unga syujetli tasvir bilan jon baxsh etish orqali uning ashyoviyligini, shaklni yassi, chiziqli tasvirlash, naqshning mavhum evrilishi orqali esa - moddiyligini faol qaror toptiradilar.
Qutichalar shaklining o'ta soddaligi va naqsh g'aroyibligi, uning "erkinligi" hamda handasiy muntazamligi birikuvida, buyumlarning tashqi va ichki sathidagi ranglar ziddida rang-baranglilikning qiyoslanishi hamda turli-tumanlikning umumiylikka olib kelinishi qoidasi namoyon bo'ladi. Oqibatda ko'z oldimizda shirali, jiddiy, ayni mahalda nafis va jonli obraz yaqqol namoyon bo'ladi.
Miniatyura ustalari ixtiyori bilan yangi kompozitsion "tuzilish"ga duch kelib, tasvirlangan personajlarni ushbu tasvirlar tushurilgan buyumlarning o'zi bilan qiyoslar ekanmiz, tasvirning grafik jihatdan mavhum ritmik "jonliligi" hamda mahalliy rangdor dog'larning ohangdorligi bu asarlarning uslubiy yakun topganligini va erkinligini aniqroq his eshitishimizda ko'maklashadi.
Ritm uslubning shaklni tarkib toptiruvchi elementi sifatida yaqqol namoyon bo'ladi. Buyumlar o'rtasidagi aloqa esa atrof muhitni "ruhiy" keskinlikka to'yintirib, ushbu buyumlarning idrokimizga ta'sirini kuchaytiradi.
Insonni, uning didini, ehtiyojini, milliy o'ziga xosligini hisobga olish, uni estetik va ma'naviy tarbiyalash, ahloqiy kamol toptirish xalq hayotining ham moddiy, ham ma'naviy jihatini qamrab oluvchi badiiy tizim, dekorativ-amaliy san'at uchun zarur bo'lgan badiiy maktab, uslub tushunchasi bilan belgilanadi. Xalq
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
didini, uning hayotiy qadriyatlar, go'zallik to'g'risidagi tasavvurlarini ifodolovchi va mustahkamlovchi usullarning muayyan tizimi ishlab chiqiladi. Bu esa musavvir shaxsiyati shakllanadigan ijtimoiy-badiiy asos, muhitdir.
Tarkibiy uslubga oid asarlardagi usulning yuksak ahamiyati, ma'naviy mazmundorligi shundandir.
O'zbek miniatyurachi rassomlarining asarlari uslubiy birlikning rivojlangan "shaxsiy", individual asosda shakllanishiga misol bo'lib, ularning asarlariga xos emotsional boylik va yaxlitlik shu bilan izohlanadi. Bunda "soxta xaqchil san'at" nomi bilan uslublashtirish deyarli uchramaydi, chunki chinakkam xalqchil san'at saboqlari ustalarning hozirgi badiiy tafakkurida mujassamlashgan. Go'yoki zamonaviy san'atning ilgari mavjud bo'lmagan yangi turi yuzaga kelib, unda shaxs-xalqning-emotsional-psixologik tarzi asar tuzilishida, murakkab uyg'un qurilishida bevosita ifodasini topadi. Bu tarzning muhim hususiyati shundaki, u turg'un emas, aksincha, kengayib boradi, yuksak uyushgan dinamik tuzilmaga aylanib, makonda "zuhur topadi". Bu tuzilma go'yoki tafakkur jarayonini, rassomning "tuyg'usini" ham "qamrab oladi" natijada asar o'ziga xos lirik "ma'naviyat" kasb etadi.
O'zbekiston rassomlari namoyon etgan yuksak badiiy tafakkur madaniyatining, ular butunning go'zalligi qarama-qarshi elementlarning jo'shqin murakkab tizimi sifatida ochib beriladigan yangi sintez, yangi "ma'naviy" uyg'unlikni yaratishga qo'shgan hissa dastgoh san'ati uchun ham ahamiyatli ekanligini isbotlab o'tirishning hojati yo'q. Dastgoh san'atida, tabiiyki, bu masalalarning hammasi birmuncha bilvosita ko'ndalang bo'ladi.
Hozirgi sharq miniatyurasi uslubi meros qilib olinibgina qolmay, balki yangicha zamonga moslab stillashtirish vujudga keldi va rivojlandi ham. Badiiy vositalar shakllari, vaqt tarkibi o'zgardi, biroq epiklik, liriklik qatlamlari ushbu san'at janrining o'ziga xos jihatlarini belgilovchi sifatida doim mavjud bo'lgan. Ko'p asarlarida hodisalar rivoji yo'q, ozgina detallar bo'lib, o'tgan hodisaga ishora qilgandek bo'ladi. Bularning barini rassomlar ranglar ko'lankasi salmog'i, kompozitsion vazminlik orqali ifodalashadi. Obrazlar musiqiy yakunlanganligi, zamonning voqeaga boyligi, mahobatli maromi tufayli ta'sir kuchiga ega bo'ladi.
Miniatyuralarda kompozitsiya yechimiga erishishda inson va hayvonni nafis tasvirlashdan tortib, butun tasvirni nozik o'rab olgan naqshgacha bezak bilan boyitilgan. Hatto kompozitsion bo'shliqlar ham sipo va puxta bezatilgan.
Lirik va poetik holatning bir-biri bilan bog'liqligi kompozitsiyada harakat kuch hamda ritm xususiyatini belgilab boradi. Miniatyura asarlarida bezaklar nafis obrazlarga aylanadi. Tuzilishiga ko'ra naqshinkor bo'lgan bu obrazlar aniq
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
voqealardan keltirib chiqariladi. Vaqt go'yo o'zining turli o'ichmlarida iskanjaga olgandek tuyuladi, ta'sir, keskinlik, ya'ni voqeiy o'tmish bilan hozirgi zamon shaxsiy kechinmalarining yaqinlashuvi shundan yuzaga keladi. Lirik va poetik zamon qatlamlari aniq ifodasini topgan. Hozirgi o'zbek miniatyurachi rassomlari ijodida ko'zga tashlanadigan ritmlarning qathiy jo'shqinligi, obrazlarning emotsional hamda realistik keskinligi o'rta asrlarda Markaziy Osiyo miniatyurasida bo'lmagan, deb ishonch bilan aytish mumkin. Miniatyuralarda makon yorug'lik va havo bilan to'liqdek tuyuladigan, ritm qonuniyati amal qilib turgan teranlik kasb etadi. Ko'plab miniatyuralardagi ravon, silliq chiziq alohida shakl erkinligini yuzaga keltiradi, rangli dog'lar ko'lankasini kengaytiradi, ularni makonda ifodali qiladi. Ba'zan rassom makonni ataylab qisqartiradi, uni yuqoriga siljitadi, natijada kompozitsiya ritmi yanada keskinlashadi, obrazlarga alohida jiddiylik hamda ifodalilik baxsh etiladi.
Turli asarlarda obrazning individuallik darajasi juda xilma-xil. Biroq u, eng avvalo, sharq miniatyurasining o'ziga xosligi, uning buyuk hamda badiiy zamonning ko'p qatlamliligi bilan aloqasi orqali cheklanganligiga e'tiborni qaratish muhim.
Har bir asarga romantiklik baxsh etish, ulug'vorlik, qahramonlik miniatyuraning badiiy qurilishini, uning shaklini va zamon bilan bog'liq turli jihatlarini saqlab qolish imkonini berdi.
Ko'p asarlarda majoziylik ramziy ohang kasb etgan, ayni mahalda u aniq bir maqsadga obraz orqali qo'shilib ketadi.
O'tmishning, hozirning, tasavvurdagining tasviri bitta miniatyurada, bitta tasvir sirtida birlashishi mumkin. Hozirda rassomlarimiz O'rta Osiyo, o'rta asrlar sharq miniatyurasining ijodiy merosini hamda an'analarini diqqat bilan o'rganishmoqda, miniatyura rangtasvirining boy vositalarini, uni chizishning nozik usullari tizimini, asta-sekin o'zlashtirishmoqda. Aniq va tarixiy material, maishiy turmush, madaniyat bo'yicha chuqur bilimga egaliklari tufayli uni yanada rivojlantirish yo'llarini izlashmoqda.
Miniatyura badiiy obrazining keng qamrovliligi, ramziylashish va romantiklashishi munosabati shundandir. O'tmish xotirasini kelajak to'g'risida orzu bilan birlashtiruvchi xalqona asosning, nihoyat, rassomlar ijodining emotsional ta'siri va ularning uslub maktabi an'analari xususiyatlarining kuchi ham shundan.
Hozirgi o'zbek miniatyura maktabi san'at turi sifatida qaror topdi, uning zamonga o'z munosabati bor. Bu maktabni tarixiy tajriba ham, hozirgi amaliyot va ushbu san'at tabiatini tarkib toptiruvchi hamda uning dunyoga nisbatan qarashini ma'lum darajada shakllantiruvchi qoidalar ham belgilab beradi. zamonni tashkil
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
qilish miniatyura ustalarining g'oyaviy-badiiy his qilishlariga, ularning o'z xalqini genetik his etishiga, kollektiv tajribaga shahsiy idrokni va o'z xalqiga, millatiga, diniga va madaniyatiga munosabatni olib kiruvchi obrazlar kechinmalariga bog'liq.
Miniatyurada tarkibiy qatlamlarining o'zaro ta'siri ko'zga tashlanadi. Zamon hayotiy va hayoliy narsalar birga mavjud bo'ladigan ertakona fantaziya, folg'klorning ideal olamidagina qo'shilib ketishi mumkin. Ayni shu holat zamondagi davomlilikni yuzaga keltiradi, obrazlar epikligini belgilab beradi, ichki mazmun asosida ro'y beradigan keng miqyosdagi birlashish, qiyoslashlarga imkon yaratadi.
Shunday qilib, san'atning uslubiy pishiqligi, uning estetik quvvati zamonga to'g'ridan-to'g'ri taaluqli bo'lib, u bilan chambarchas bog'liq.
O'rta asrlar sharqi miniatyura asarlari qahramonlari olis o'tmish muammolarini: kishilar o'rtasidagi munosabatlarini, ularning muhabbati, kurashi, ehtiroslari orzu-umidlarini yorqin ifodalagan. Rassomning urf-odatlari va din bilan belgilangan faoliyati ijtimoiy munosabatlarning yagona yopiq tizimiga kiritilgan. San'atning rivojlanishi esa umumiy uslub me'yorlari hamda qoidalari bilan belgilangandi.
Ko'plab voqealarga boy hozirgi davrda zamon yugurikligi oshganday tuyuladi. Hozirgi rassomlarning ko'pchiligi o'z miniatyura asarlarida haqqoniy voqelikdan an'analarning birmuncha barqaror olamiga, go'zallik va shehriyat hukm surayotgan, his-tuyg'u mustahkam va barqaror, muhabbat abadiy bo'lgan, haqiqat tantana qiladigan, shavkat, jasorat va mardlik e'tibor topadigan olamga sho'ng'iydilar. Tasvirlanayotgan voqealar ishonarli ifodalanishiga qaramay, ular hozirgi miniatyura ustalari tomonidan romantik orzular va go'zal hayollar og'ushida talqin qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston san'ati. O'zbekiston Badiiy Akademiyasi san'atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti. Toshkent-2001 y.
2. N.Abdullayev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.
3. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T.-2006 y.
4. A.Axmedov. O'zbekiston tarixi manbaalari.-Toshkent.-2001 y.
5. A.Egamberdiyev, S.Saidov, R.Rajabov. Tasviriy va me'morlik san'ati tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 2007 y.
6. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2000 y.
7. B.Oripov, B.Jabborov, O'zbekiston san'ati va me'morchiligi. Toshkent-1994 y.
8. B.Oripov, B.Axmadaliyev, Namangan me'morchilik san'ati. Namangan-1999 y.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
9. Yuldashev, I. (2023). INTERACTION OF MINIATURE ART WITH THE COMBINATION OF THE LITERATURE AND IDEOLOGICAL, AESTHETIC, AND MORAL IMAGINATION OF THE COMMUNITY. Science and innovation, 2(C7), 21-28.
10. Курбонова, Б. М., & Юлдашев, И. Т. (2015). К вопросам развития композиционного мышления студентов в процессе обучения изобразительному искусству. Молодой ученый, (7), 803-805.
11. Ibrokhim, Y., Nazokat, A., Nodirjon, M., & Abdusalom, M. (2021). The Period Of Book Art. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).
12. Yuldashev, I. T., & Axmedova, N. E. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O'ZARO UYG'UNLIK. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 989-995.
13. Yuldashev, I. (2022). QADIMGI AN'ANALAR DAVOMIYLIGI USUL VA USLUBLARINI TURLI YO'NALISHLARDA TASVIRLASHDA KITOBAT HAMDA MINIATYURA SAN'ATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 209-216.
14. Курбонова, Б., Ахмедова, Н., & Юлдашев, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 1(2), 231237.
15. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 1(2), 248-253.
16. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.
17. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Rob Of Historicаl Monuments In ^е Develoрment Of Centrаl Аsiаn Аг^йеСше. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.
18. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). Factors of development of fine arts. European Scholar Journal, 2(9), 4-6.
19. Sulaymanova, S. (2022). PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING. Science and Innovation, 1(8), 1559-1564.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
20. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.
21. Sulaymanova, S. (2023). ЗНАЧЕНИЕ ПЕРСПЕКТИВЫ В ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМ ИСКУССТВЕ И ОСОБЕННОСТИ ЕЕ ПРИМЕНЕНИЯ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 75-79.
22. Sulaymanova, S. (2023). TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA PERSPEKTIVANING MUHIM AHAMIYATI VA UNING QO 'LLANILISH XUSUSIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 16-16.
23. Sulaymanova, S. (2022). TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR. Science and innovation, 1(B8), 1559-1564.
24. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG'LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 850-857.
25. Qurbonova, B., Sulaymanova, S., Akhmedova, N., & Yunusaliyev, M. (2023). Big Data, Artificial Intelligence and Smart Cities. In E3S Web of Conferences (Vol. 402, p. 03013). EDP Sciences.
26. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymanova, S. B. (2022). THE IMPORTANCE OF CONTRAST AND NUANCE IN RANGNASVIR. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(6).
27. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.