SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
INSONLAR ESTETIK DIDINING RIVOJLANISHIDA AMALIY SAN'ATNING AHAMIYATI VA O'RNI
Soxibov Rahmonali Jumadillayevich
Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi. [email protected]
Ushbu maqolada xalq amaliy san'atining rivojlanish tarixi,insonlar hayotidagi o 'rni va estetik dunyoqarashining shakllanishiga ta 'siri, xalq amaliy san 'atining dunyo xalqlari san 'ati bilan taqqoslanishi, hozirgi zamon muammosi va uning ko 'p qirraliligi va murakkabligi muhim omil sifatida qaralishi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: xalq amaliy san 'ati, ganchkorlik, yog'och o 'ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik, kandakorlik, kashtachilik, etnografiya, ijodkorlik, bashariyat, amaliy bezak san 'ati, jahon san 'ati ravnaqi, sivilizatsiya, ramziylik.
В данной статье рассматривается история развития народного творчества, его роль в жизни людей и влияние на формирование эстетического мировоззрения, сравнение народного творчества с искусством народов мира, проблема Важное значение имеет настоящее время, его многогранность и сложность. Приводится информация, что оно рассматривается как фактор.
Ключевые слова: народное искусство, ювелирное дело, резьба по дереву, медное дело, живопись, резьба, вышивка, этнография, творчество, гуманность, декоративно-прикладное искусство, развитие мирового искусства, цивилизация, символизм.
In this article, the history of the development offolk art, its role in people's lives and its influence on the formation of the aesthetic worldview, the comparison offolk art with the art of the peoples of the world, the problem of the present time and its versatility and complexity are important. information is given that it is considered as a factor.
Key words: folk art, goldsmithing, woodcarving, coppersmithing, painting, carving, embroidery, ethnography, creativity, humanity, applied decorative art, development of world art, civilization, symbolism.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
KIRISH
O'zbek xalq amaliy san'ati insoniyat madaniyatida o'ziga xos muhim o'rinni egallaydi. O'zbek xalq amaliy san'ati ustalari yaratgan yuksak san'at namunalari turli-tuman o'yma, to'qima naqshinkor buyumlar o'tmishda ham, hozir ham dunyoga mashhur bo'lib, jahonning turli shaharlaridagi amaliy san'at va etnografiya muzeylarida namoyish etilmoqda. Bularning hammasi biz- hozirgi avlodlar uchun benihoya huzurbaxsh faxr manbaidir. Rassom, haykaltarosh, me'mor, kulol, bastakor, yozuvchi va boshqa ijodkorlar yaratgan asarlarni esa, shubhasiz, san'at asari deymiz. San'at qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishilarning his-tuyg'usiga, ruhiyatiga ta'sir etuvchi ma'naviy go'zallik, ezgulik sifatida namoyon bo'ladi. Har bir ijodkor o'zgacha izlanadi, o'zgacha mehnat qiladi. Ana shuning uchun ham san'atning o'ziga xos turlari mavjud.
Xalq amaliy san'ati ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, misgarlik, kashtachilik, gilamdo'zlik, zargarlik, zardo'zlik, kulolchilik, naqqoshlik kabi bir qancha turlarga ajraladi. Bu san'at turlarining barchasi o'zining uzoq tarixi va istiqboliga ega.
Har bir xalq, millat jahon san'atining ravnaqiga qaysidir darajada o'z ulushini qo'shib kelgan. Yangi-yangi ijodiy izlanishlar evaziga san'at namunalari vujudga kelgan.
Xalqlar, millatlar, shuningdek, davrlar san'ati bir-biriga qo'shilib borib rivojlanadi, o'zgacha namunalarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham san'atda yangicha oqimlar, yo'nalishlar, uslublar shakllanmoqda.
Madaniyat taraqqiyoti natijasida, xalqlar o'rtasidagi madaniy, ma'naviy aloqalar rivojlanib borar ekan, san'atga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. O'z-o'zidan ma'lumki, umumiy ma'naviyat oshgan sari san'atga bo'lgan iste'mol qilish hissi kuchayadi. Bu borada oddiy bir misol sifatida bozorlar va savdo do'konlaridagi narsa va buyumlarni qanchalik rang-barang tasvirlar bilan bezatilishini bir ko'z oldimizga keltiraylik. Xalq amaliy bezaK san'ati har bir xalqda mavjud bo'lib, ular bir- biridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san'atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo'llanadigan material, shakl, tuzilish, rang, bezaK, o'lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xalq amaliy bezak san'atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri -ming yillar davomida xalq ustalari ijodida qo'llanib kelingan badiiy an'analar hisoblanadi. Bu xususiyat ko'proq har bir xalqning yashayotgan muhit, tabiat, iqlim sharoitlariga bog'liqdir. Chunki amaliy san'at ustasi o'z asarini yaratayotganda, go'zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o'zbek xalq ustalari o'z ishlarida toychoq, qo'zichoq, tovus tasvirlarini, shimoliy o'lkalarning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
ustalari bug'u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Asar materialiga esa o'zbek stalari ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog'och va hayvon suyaklarini ko'proq qo'llaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar koloritiga iqlim ham ta'sir ko'rsatadi. Shimoliy o'lkalar iqlimi sovuq bo'lgani uchun u yerdagi ustalar ko'proq sovuq ranglarni, issiq iqlimli O'zbekiston ustalari esa iliq ranglarni ishlatadilar. Shunday qilib, har bir xalqning amaliy bezak san'atida o'z an'analari shakllanadi.
Respublikamizda san'atning keng tarqalgan turlaridan biri - xalq amaliy bezak san'atidir. Bu san'at asarlari hayotda ishlatiladigan buyumlar - idish-tovoq, kiyim-kechak, uy jihozlari, o'yinchoqlar va boshqa shu kabilarni o'z ichiga oladi.Xalq amaliy bezaK san'ati asarlari odamlarning kundalik turmushehtiyojlarini qondirish, tevarak-atrofga, bog'-rog'lar, uylarning tashqi va ichki ko'rinishiga go'zallik kiritishga xizmat qiladi. Bu san'atdastgoh san'atidan o'zining bevosita xalq ehtiyojlariga moslanganligi bilan farq qiladi va inson hayotida ishlatiladigan buyumlarning mazmuni bilan bog'lanadi. Amaliy bezak san'atida hayotdagi mavjud narsalar (masalan, daraxtlar, gullar, qushlar, hayotiy lavhalar va h.k.) aks etadi. Lekin ular mustaqil xususiyatga ega bo'lmasdan, ma'lum bir buyum mazmuni va shakli bilan bog'lanib, uni bezashga xizmat qiladi. Amaliy san'at buyumlari birmuncha erkin - ijodkor tafakkuri mahsuli sifatida yaratiladi va u tevarak-atrofga fayz kiritishga qaratilgan bo'ladi. Masalan, jimjimador ustun, eshik, darvozalar, devorlarning tashqi va ichki tomonlariga ishlanadigan rangli naqsh va bo'rtma tasvirlarni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin.
Amaliy san'at juda qadim zamonda shakllangan bo'lib, xalq hunarmandchiligi tarzida rivojlanib, san'atning asrlar davomida rivoj topgan va barhayot turi bo'lib kelgan.Bularning hammasi tasviriy san'at vakillarining mehnat va ijodiy ishlari natijasidir. Haqiqatdan ham, rassomlar mehnatiga har kuni, har qadamda duch kelamiz. Ammo bu ijodkorlar faoliyatining ko'p jihatlari haqida deyarli ko'pchilik yaxshi bilmaydi ham.Asrlar mobaynida yig'ilgan naqqoshlik ishlarining nihoyatda boyligi, ranglar uyg'unligiga erishish mahorati, tasvirlarni ishlashdagi texnik usullari xalq ustalari tomonidan avaylab, e'zozlab saqlanib shu kungacha yetib keldi. Bu naqshlar nafaqat Buxoro, Xiva, Qo'qon xonliklari saroylarida, balki uncha katta bo'lmagan mahalla masjidlari, qishloq choyxonalari, mahalla guzarlari, ijtimoiy markazlar, shuningdek mehmonxonalarni ham bezagan. Shunday qilib, naqshlar O'zbekistonda yashovchi aholining kundalik turmushiga bayramona bir kayfiyat baxsh etgan.
O'zbek ustalarining yaratgan asarlari zamirida olamni uning butun nafosati bilan chuqur his etish, inson ichki dunyosini bilish va xalqning serqirra iste'dodi samaralaridan bahramand bo'lish g'oyalari yotadi. Chinakam san'at ustasi bo'lgan
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
odamgina mana shunday asarlar yaratishi va shunday asarlargina yangi-yangi san'at ustalarini tarbiyalashi mumkin. O'zbek xalqi ikki ming yil davomida amaliy san'atning shunday ajoyib namunalarini yaratgan va yaratmoqdaki, ular o'zlarining yuksak badiiy mahorat va nazokat bilan ijro etishlari bilan bugungi kunda ham kishilarni hayratga solmoqda. Ko'p yillik tajribalar, o'lmas iste'dod va xalq tafak-kuri bilan yo'g'rilgan har bir chinakam san'at asari ranglar sehr-jodusi bilan qalbimizga ilhom bag'ishlab, ma'naviy dunyomizni yanada boyitadi.
San'at asrlar davomida insoniyatni o'ziga ohangrabodek jalb qilib kelgan. U insonlarning quvonchi va kulfatida eng yaqin do'st, maslahatgo'y bo'lgan. Amaliy san'at turlari o'ziga xos xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qilsa-da, lekin ro'zg'orda qo'llanilishiga ko'ra o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi.
Xalq amaliy san'ati insoniyatning har jihatdan mukammal, erkin va go'zal jamiyat sari yo'lida un ga sadoqat bilan xizmat qilib, unga hamohang tarzda o'zi ham rivoj topgan. Inson ongi, ma'naviy-badiiy didi, ehtiyojlari o'sib, turmushi faollashib borgani sari uning ma'naviy talablarini qondirishi lozim bo'lgan xalq amaliy san'ati ham, uning mazmuni, badiiy ifoda vositalari ham boyib, behisob badiiy uslublar, oqimlar, turlar maydonga kelgan va rivojlangan. Yaqin o'tmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, suyak va tosh o'ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo'yrachilik kabi turlarining o'ziga hos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga hos atamalari, o'ziga hos maktablari, uslublar hamda hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari unutila borilib, alal oqibat yo'q bo'lib ketish havfi ostida qolgan edi.
Bunday holat hozirgi kunda san'atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san'at xavaskorlari oldiga amaliy bezak san'atini saqlab qolish, ularni har tomonlama o'rganish va rivojlantirish yosh avlodga san'at sir-asrorlarini o'rgatish orqali o'rinbosarlar tayyorlash, san'at asarlarini keng targ'ib qilish orqali jamoatchilik- ning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga ko'tarishga erishish vazifalarini qo'yadi.
Kishilarga estetik ta'sir qilishda xalq amaliy san'ati muhim afzalliklarga ega. Tasviriy san'at, adabiyot, musiqa faqat san'at sifatida namoyon bo'lsa, amaliy san'at namunasi badiiy asar bo'lishi bilan birga, zarur uy-ro'zg'or buyumi sifatida ishlatiladi. U inson hayotiga chuqur kirib boradi, unga shart-sharoitlar yaratadi. Har kuni muttasil ta'sir ko'rsatib, uning ma'naviy olamini boyitadi, ruhiyatini tarbiyalaydi, badiiy didini shakllantiradi. Shuning uchun xalq amaliy san'ati yosh avlodni g'oyaviy, estetik, ahloqiy tarbiyalashda katta ahamiyatga ega..
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
Ma'lumki, mavjud barcha san'at turlari o'z o'quvchilariga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o'tkazadigan badiiy, xissiy, ruhiy ta'siri orqali bilim beradi va tarbi-yalaydi. Shu o'rinda amaliy bezak san'ati turlarining fazilatlari juda amaliy va o'ziga hos bo'lib, ularni boshqa hech narsa bilan almshtirib bo'lmaydi. Ya'ni, bun- day san'at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bo'lgan.
Bu maqsadlar yo'lida olib boriladigan ishlar xalq ustalari, san'atkorlar uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning badiiy ta'lim olishlari, san'atni egallashlarini tashkil etish, to'g'ri ilmiy- metodik yo'nalishda ish olib borish, san'-atkor - pedagoglar tayyorlashni yo'lga qo'yish, tegishli ilmiy tadqiqotlarni olib borishdan iborat bo'lishi kerak.
Xalq amaliy san'ati an'analari tarixda avloddan- avlodga o'tib kelishi bilan birga o'z taraqqiyotining yangi sahifalariga ega bo'lmoqda. Bu jarayon, ayniqsa, hozirgi yangi uyg'onish davrida yanada yuqori samaralarga erishuv imkoniyatiga ega bo'lib bormoqda.
Har bir xalq, millat jahon san'atining ravnaqiga qaysidir darajada o'z ulushini qo'shib kelgan. Yangi-yangi ijodiy izlanishlar evaziga san'at namunalari vujudga kelgan.
Xalqlar, millatlar, shuningdek, davrlar san'ati bir-biriga qo'shilib borib rivojlanadi, o'zgacha namunalarini yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham san'atda yangicha oqimlar, yo'nalishlar, uslublar shakllanmoqda.
Madaniyat taraqqiyoti natijasida, xalqlar o'rtasidagi madaniy, ma'naviy aloqalar rivojlanib borar ekan, san'atga bo'lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. O'z-o'zidan ma'lumki, umumiy ma'naviyat oshgan sari san'atga bo'lgan iste'mol qilish hissi kuchayadi. Bu borada oddiy bir misol sifatida bozorlar va savdo do'konlaridagi narsa va buyumlarni qanchalik rang-barang tasvirlar bilan bezatilishini bir ko'z oldimizga keltiraylik. Xalq amaliy bezaK san'ati har bir xalqda mavjud bo'lib, ular bir- biridan yuqorida qayd qilinganidek, amaliy san'atning janrlari, buyumlar tayyorlashda qo'llanadigan material, shakl, tuzilish, rang, bezaK, o'lchovlar jihatidan bir-biridan farq qiladi.Xalq amaliy bezaK san'atining yana bir muhim xarakterli belgilaridan biri - ming yillar davomida xalq ustalari ijodida qo'llanib kelingan badiiy an'analar hisoblanadi. Bu xususiyat ko'proq har bir xalqning yashayotgan muhit, tabiat, iqlim sharoitlariga bog'liqdir. Chunki amaliy san'at ustasi o'z asarini yaratayotganda, go'zallikni tevarak-atrofdan, tabiatdan oladi. Masalan, o'zbek xalq ustalari o'z ishlarida toychoq, qo'zichoq, tovus tasvirlarini, shimoliy o'lkalarning ustalari bug'u, kiyik tasvirlarini ishlaydilar. Asar materialiga esa o'zbek ustalari ganch, loy, mis kabilarni, shimoliy xalqlar yog'och va hayvon suyaklarini ko'proq
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
qo'llaydilar. Yuqorida qayd qilganimizdek, asar koloritiga iqlim ham ta'sir ko'rsatadi. Shimoliy o'lkalar iqlimi sovuq bo'lgani uchun u yerdagi ustalar ko'proq sovuq ranglarni, issiq iqlimli O'zbekiston ustalari esa iliq ranglarni ishlatadilar. Shunday qilib, har bir xalqning amaliy bezak san'atida o'z an'analari shakllanadi.
Shunday qilib, insonlarning kundalik turmush tarzida keng qo'llaniladigan barcha narsa va buyumlarning nafis va go'zal bo'lishiga odamlar qanchalik intilayotganligini o'zi bu mavzuning zaruriyatiga yetarli dalildir. Tasviriy san'at borasidagi nazariy bilimlarni ilmiy pedagogik jihatdan talqin etish masalasiga san'at tushunchasining o'zini tahlil qilish orqali yondashish maqsadga muvofiqdir.
Odamlar tomonidan biror-bir ish, narsa, buyum va hokazolarning mohirlik bilan bajarilishi va maromiga yetishi inson mehnatining san'atkorona bajarilganligini bildiradi. Demak, pedagogning ham o'z mehnatini puxta, chiroyli, kam-ko'stsiz bajarishi san'atkorlik namunasi bo'lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Bulatov S.S. Naqqoshlik. - Toshkent: —Fan va texnologiyall, 2010.
2. Bulatov S.S. Amaliy bezak san'ati mashg'ulotlari metodikasi. - Toshkent: TDPU, 2008.
3. Bulatov S.S. Ashurova M.O. Amaliy san'at qisqacha lug'ati. - T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1992.
4. Bulatov S.S, Tolipov T «Go'zallik falsafasi». -T., «Fan va texnologiya». 2008.
5. Xolmatov B.Q. Naqqoshlik. - T.: Iqtisod-moliya, 2007.
6. G'ulomov K. Ashyolarga badiiy ishlov berish. - T.: Bilim, 2004.
7. Zohidova D. Hunarmandchilikka kirish. -T:. UMKXTRI. 2001.
8. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.
9. Raxmonali, S., Zulfiya, B., & Nodirbek, M. (2022). BADIIY ASAR YARATISHDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI. Research Focus, 7(2), 284-288.
10. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
11. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 72(10).
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
12. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.
13. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.
14. Sulaymanova, S. (2022). PEDAGOGICAL REQUIREMENTS FOR IMPROVING THE METHOD OF OBSERVING PERSPECTIVES WHEN STUDENTS INDEPENDENTLY COMPLETE TASKS IN THE AREAS OF PAINTING AND PENCIL DRAWING. Science and Innovation, 7(8), 1559-1564.
15. Sulaymanova, S. (2023). IMPORTANCE OF THE PATCHWORK NEEDLEWORK IN STUDY WHICH HAS GIVEN A BIRTH TO APPLIED ARTS, BASED MUCH ON ANCIENT OLD-TIME TRADITION. Science and innovation, 2(C4), 9-12.
16. Sulaymanova, S. (2023). 3HA4EHME ПЕРСПЕКТИВЫ В ИЗOБРAЗИТEЛЬНOМ ИСКУССТВЕ И ОСОБЕННОСТИ ЕЕ ПРИМЕНЕНИЯ. Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, (1), 75-79.
17. Sulaymanova, S. (2023). TASVIRIY SAN'AT FANLARIDA PERSPEKTIVANING MUHIM AHAMIYATI VA UNING QO 'LLANILISH XUSUSIYATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 16-16.
18. Sulaymanova, S. (2022). TALABALAR RANGTASVIR VA QALAMTASVIR FALARIDAN TOPSHIRIQLARNI MUSTAQIL BAJARISHDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIK TALABLAR. Science and innovation, 7(B8), 1559-1564.
19. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). AKVAREL TEXNIKASIDA YORUG'LIK VA RANG MUNOSABATLARIDA RANGLAR GAMMASINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 850-857.
20. Ozodbek, S., Muhammadjon, O. R., & Sevaraxon, S. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARI TASVIRIY SAN'AT TARIXINING FANDAGI O 'RNI. Research Focus, 7(2), 259-263.
21. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). Fundamentals Of Professionalism Development On The Example Of Practical Exercises On Forming The Skills And Skills Of Future Teachers. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
22. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). QALAMTASVIRDA PERSPEKTIVANING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1039-1044.
23. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY YO 'NALISHDAGI OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TASVIRIY SAN'ATDA PERSPEKTIVAGA RIOYA QILISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK NAZARIYA VA TA'LIM AMALIYOTIDAGI TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 16-23.