Научная статья на тему 'YOSH AVLADNI MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATINING AHAMIYATI'

YOSH AVLADNI MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
42
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy idrok / stillashtish / soddalashtirish / kiygizchilik / savatchilik / buyrachilik / amaliy bezak san’ati / kandakorlik / pichoqchilik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bobonazarov Sherali Ulug‘murodovich, Raxmonova Mahliyo Zoir Qizi

Tаsviriy sаn’аtning bаrchа turlаrida bo‘lgani kаbi xalq amaliy bezak san’atida hаm kоmpоzitsiyaning umumiy qоnuniyatlаridаn kеlib chiqqan holda аmаlgа оshirilаdi. Shunday ekan bu qonuniyatlar bеzаkchi rаssоmdаn, shu soha vakillaridan bilim vа mаlаkаlаrini tinimsiz oshirib borishlari bilan birga, dоim kоmpоzitsiya mаsаlаlаrini diqqаt mаrkаzidа tutishlarini tаqаzо etаdi. Xalq amaliy bezak san’atida bаjаrilаyotgаn ishlаrning tа’sirchаnligini оshirish mаqsаdidа ayrim hollarda kоmpоzitsiya qоidаlаrini mа’lum dаrаjаdа buzish hаm mumkin bo‘ladi. Xalq amaliy bezak san’ati ishlаrini amalga oshirish davomida kоmpоzitsiyaning аsоsаn uchtа: tеkis, hаjmli, kеnglik vа chuqurlikkа egа bo‘lgаn turlаri qo‘llаnib kelinadi. Bezak san’atida bunday qonun qoidalarini yoshlarga o‘rgatish davomida xalq ustalari yaratgan nodir asarlarin namuna sifatida ko‘rsatish bilan bir qatorda ularning beqiyos ma’naviy qiymatini tushuntirib ularni qadriga etish, asrab avaylsh kabi xislatlar ham singdiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH AVLADNI MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATINING AHAMIYATI»

YOSH AVLADNI MA'NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA XALQ AMALIY BEZAK SAN'ATINING AHAMIYATI 1Bobonazarov Sherali Ulug'murodovich 2Raxmonova Mahliyo Zoir qizi

1Navoiy davlat pedagogika instituti katta o'qituvchsi 2Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi ulugmurodovich@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.7926244

Annotatsiya. Tasviriy san'atning barcha turlarida bo 'lgani kabi xalq amaliy bezak san'atida ham kompozitsiyaning umumiy qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Shunday ekan bu qonuniyatlar bezakchi rassomdan, shu soha vakillaridan bilim va malakalarini tinimsiz oshirib borishlari bilan birga, doim kompozitsiya masalalarini diqqat markazida tutishlarini taqazo etadi.

Xalq amaliy bezak san'atida bajarilayotgan ishlarning ta'sirchanligini oshirish maqsadida ayrim hollarda kompozitsiya qoidalarini ma'lum darajada buzish ham mumkin bo'ladi. Xalq amaliy bezak san'ati ishlarini amalga oshirish davomida kompozitsiyaning asosan uchta: tekis, hajmli, kenglik va chuqurlikka ega bo 'lgan turlari qo 'llanib kelinadi.

Bezak san 'atida bunday qonun qoidalarini yoshlarga o 'rgatish davomida xalq ustalari yaratgan nodir asarlarin namuna sifatida ko 'rsatish bilan bir qatorda ularning beqiyos ma 'naviy qiymatini tushuntirib ularni qadriga etish, asrab avaylsh kabi xislatlar ham singdiriladi.

Kalit so'zlar: Badiiy idrok, stillashtish, soddalashtirish, kiygizchilik, savatchilik, buyrachilik, amaliy bezak san 'ati, kandakorlik, pichoqchilik.

"Mamlakatda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat

rivojlanmaydi" Shavkat Mirziyoyev

Kirish

Xalq amaliy bezak san'ati ko'p asrlik tarixga ega bo'lib uning turlari boy va rang-barang madaniy meroslarimizning eng ajoyib va ommaviy o'imas turlaridan hisoblanadi. Bu ulkada vujudga kelib gullab-yashnagan san'at turlari betakrorligi va umriboqiyligi bilan dunyo ahli e'tiborini o'ziga qaratib kelmoqda. Taraqqiyot bosqichlari haqida mushohada yuritadigan bo'lsak, o'zbek amaliy bezak san'ati turlarining asl ildizlari ibtidoiy jamoa davriga borib taqalishining shohidi bo'lamiz.Diyorimiz zaminida olib borilgan turli qazishma ishlari, ilmiy izlanishlar natijasida topilgan ko'plab yodgorliklarning bizga guvohlik berishicha, insonning buyum va shakllarga badiiy ishlov berishi usullarini tosh asridayoq o'zlashtirgan bo'lib, asrlar osha bugungi kungacha takomillashib rivojlanib davom etib kelmoqda.Badiiy tafakkur va badiiy-ijodiy faoliyat hamohangligida insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta muhim ahamiyat kasb etdi. Natijada estetik - badiiy idrok qobiliyati insonlarda olamni, undagi narsalar va atrof-muhitdagi voqea-hodisalarni, shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoyilda qaytadan aks ettirishga bo'lgan qiziqishlarini oshirdi. Turli shakllarni real hamda (stillashtirilgan) soddalashtirilgan tasvirlarini yaratishga urinishlar boshlandi va o'z navbatida odamlarning kundalik turmushlaridan sata sekin o'rin egallay boshladi, oqibatda ular san'at darajasiga

ko'tarildi. Buning Natijasida ko'plab badiiy bezakiarning xilma -xil shakllari va turlari vujudga kela boshladi. O'rta Osiyo xalqlarining bugungi kungacha yetib kelgan san'at asarlari orasida naqshlar yordamida bezatilib, vujudga kelgan badiiy asarlar nisbatan ko'pligi bilan ajralib turadi. Bunday naqshli bezaklarga e'tiborni kuchayganligini va rivojlanganligini sabablari mavjud bo'lib, Islom dini kirib kelgan mamlakat-larda mavjudotlar, insonlar tasvirini ishlash mumkin emas edi, tasviriy san'atga bo'lgan keng, falsafiy yondoshishlar natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini yaratishga bo'lgan e'tibor ortib bordi. Bugungi kunda jahonga mashhur tarixiy me'morchilik yodgorliklari ulardagi koshinkorlik, toshtaroshlik, hattotlik, naqqoshlik, ganchkorlik kabi boshqa turdagi san'atlar yuqori darajada uyg'unlashgan. Ushbu tarixiy omillar o'zbek milliy bezak san'atining bugungi kunda yunada gurkirab rivojlanishida tayanch vazifasini o'tadi.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo'qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va xalq amaliy bezak san'ati yodgorliklari o'tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san'at asarlarining namunalari bo'lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madani-yatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.

Amaliy bezak san'ati insonlarning badiiy didini shakllantirishda, ma'naviy dunyosini boyitishda, ruhiyatini tarbiyalashda muhim o'rin tutadi. Shunday ekan xalq, amaliy san'ati yoshlarni badiiy, axloqiy, estetik tarbiyalab, ularning dunyoqarashlarini rivojlantirishda, madaniy ustunligini yuksaltirishda eng muhim manbalar sirasiga kiradi.

Rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik kabi san'at turlari o'z avdatoriyasiga, tinglovchisiga yoki muxlislariga ruxiy badiiy, xissiy, ta'siri vositasi orqali, bilim berish orqali tarbiyalaydi.

Yaqin o'tmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamchilik, kiygizchilik, savatchilik, buyrachilik kabi turlarining o'ziga xos bajarish texnologiyalari, xaqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu soxalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan edi.

Shularni hisobga olgan holda davlatimiz rahbariyati tamonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda, yoshlarning badiiy ta'lim olishlarini tashkil qilish, san'at turlarini mukammal egallashlarini to'g'ri tashkil qilish va turli ilmiy-metodik o'quv-uslubiy qo'llanmalar chop etish, san'atkor-pedagoglar tayyor-lashni yulga quyish, ustoz shogird ananalarini davom ettirish uchun xalq ustalariga eng qulay shart-sharoitlar yaratish, shular jumlsidandir.

Bugungi kunda san'at ahli, xalq ustalari, hunarmandalr, ustozlar va shu sohaga aloqador kishilar oldiga bu san'at turini borligicha saqlab qolish, shu bilan birga chuqur o'rganish va rivojlantirish, yosh avlodga ustoz shogird ananalarini davom ettirgan holda san'at sir-asrorlarini puxta o'rgatish orqali san'at asarlarini keng targ'ib qilish barobarida keng jamoatchilikning estetik didini, madaniy salohiyatini yuqori bosqichlarga olib chiqishga erishish kabi kechiktirib bo'lmas vazifalar oldimizda turibdi.

Bezak san'ati turlarini yoshlarga o'rgatish davomida xalq ustalari yaratgan nodir asarlarining beqiyos ma'naviy qiymatini tushuntirish orqali yosh avlodni estetik didni shakllantirish, shu sohaga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, aqily bilim-axloqiy

tarbiya berish, mehnatga bo'lgan munosabatlarini o'zgartirish, kasb tanlashda adashmaslik, ruxiy va amaliy dalda berish ustoz murabbiy oldida turgan muhim vazifalar qatorida sanaladi.

"Oldimizda turgan eng muhim va dolzarb masalalardan biri - yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz" -degan edilar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev.

Yoshlarga san'at sirlarini o'rgatishning bir qancha omollar mavjud bo'lib ular quyidagilar:shu sohada umumiy nazariy ma'lumotlarga ega bo'lish yoki biror turini amaliy jixatdan to'liq puxta o'zlashtirish, murabbiy - usta san'at turini shogirdlariga chuqur o'rgatish, mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda ushbu san'atlarning u yoki bu turi bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etish va hokoza.

Yoshlikdagi qiziqish, havas bora-bora bir umrlik kasbga aylanishi, yoki aksincha keyinchalik boshqa kasbni tanlab usha kasb egasi bo'lib qolishi ham mumkin, har ikki holda ham san'at sirlarining kishi shaxsini yaxshi takomillashtirishdagi oldiga qo'ygan vazifasi yetarli darajada bajarilgan desak xato bo'lmaydi. Sababi, har ikkala holda ham estetik did, dunyoqarash va madaniy darajaning kerakli zaruriy taraqqiyotiga erishiladi deb hisoblanadi.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoev. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" kitobining 6-bobi.

2. S.Bulatov. O'o'zbek xalq amaliy bezak san'ati.Toshkent «mehnat» 1991

3. Oydinov.N. O'zbekiston tasviriy san'ati tarixidan lavhalar.-T: O'qituvchi, 1997.

4. Umarov.A. Ahmedov M. Tasviriy san'at atamalarining izohli lug'ati.-O'z. 1998.

5. Usmonov O. Komoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi.-T Fan. 1997.

6. Sharq miniatyura maktablari.-Toshkent: G'ofur G'ulom, 1989.

7. Sh. Bobonazarov. Sh.Jalolov.Etnomadiy fenomenon sifatida nuza san'atlari. Published by: TRANS Asian Research Journals AJMR: asianjournal ofmultidimensional Research Osiyo ko'p o'lchovli tadqiqot jurnali (AJMR) Impact Factor: SJIF 2021 = 7. 699 05 -may 2021. Https://www.tarj.in

8. Sh. Bobonazarov. Kompozitsiya mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning muhim ekanligi.

9. Science and innovation international scientific journal volume 1 issue 6 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 16.09.2022

http://scientists.uz/view.php?id=1355http://scientists.uz/uploads/202206/b-2.pdf

10. Sh. Bobonazarov. Tasvirlarni grizayl texnikasida ishlashning o'ziga xosligi. Innovative Development in Educational Activities

11. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2022: 4.654 December, 2022 https://t.me/openidea_uz Multidisciplinary Scientific Journal December

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.