Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON XALQ AMALIY SAN’ATI RIVOJIGA OID ILMIY MANBALAR TAHLILI'

O’ZBEKISTON XALQ AMALIY SAN’ATI RIVOJIGA OID ILMIY MANBALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
621
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amaliy sanʼatda estetik / handasiy bezaklar / Neolit davri sopol idishlari / zandonachi / bezak mujassamotlari. / aesthetic / geometric decor in applied arts / Neolithic ceramics / Zandanochi / decorative sculpture.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — To‘xtamatova, Huvaydo, Yunusaliyev, Muhammadqodir

Maqolada O’zbekiston xalq amaliy san’ati, uning tarixi,rivojlanishiga oid ilmiy manbalar va ularni yaratgan olimlar haqida so’z borgan. Xalqning amaliy san’at orqali davomchilik yo’llaridan ketilishini,ustoz va shogirt an’analarini davom ettirilishini ilmiy asoslarda qanday yoritib berilgani keltirib o’tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF SCIENTIFIC SOURCES ON THE DEVELOPMENT OF APPLIED FOLK ART OF UZBEKISTAN

The article tells about the folk art of Uzbekistan, scientific sources on its history and development, and the scientists who created them. It was mentioned how, on scientific grounds, the people's departure from the paths of continuity through practical art, the continuation of the traditions of the teacher and student was explained.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON XALQ AMALIY SAN’ATI RIVOJIGA OID ILMIY MANBALAR TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

O'ZBEKISTON XALQ AMALIY SAN'ATI RIVOJIGA OID ILMIY

MANBALAR TAHLILI

To'xtamatova Huvaydo

NamDU magistranti Yunusaliyev Muhammadqodir

FarDU katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston xalq amaliy san'ati, uning tarixi,rivojlanishiga oid ilmiy manbalar va ularni yaratgan olimlar haqida so'z borgan. Xalqning amaliy san'at orqali davomchilik yo'llaridan ketilishini,ustoz va shogirt an'analarini davom ettirilishini ilmiy asoslarda qanday yoritib berilgani keltirib o'tildi.

Kalit so\lar: Amaliy san'atda estetik, handasiy bezaklar, Neolit davri sopol idishlari, zandonachi, bezak mujassamotlari.

ABSTRACT

The article tells about the folk art of Uzbekistan, scientific sources on its history and development, and the scientists who created them. It was mentioned how, on scientific grounds, the people's departure from the paths of continuity through practical art, the continuation of the traditions of the teacher and student was explained.

Key words: aesthetic, geometric decor in applied arts, Neolithic ceramics, Zandanochi, decorative sculpture.

KIRISH

Insoniyat paydo bo'lgan davrlardan boshlab mehnat qilib kun kechirib kelgan. Bunda kundalik yumushlarda foydalangan buyumlarga o'z avlodlari ya'ni farzandiga uni qanday buyumligini tushunturish uchun belgi qo'yib yasashga uringan va shu orqali ular belgi so'z va boshqa amallar orqali qabilaga oid mehnat turlari rivojlanib borgan. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi. Amaliy san'atda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san'at qismlari keng qo'llaniladi. Amaliy san'at asarining uyg'unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning o'zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo'ladi. Amaliy san'at asarlari ko'z bilan ko'rish, his etish va anglashga mo'ljallangan. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o'zining ko'rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta'sir etadi, bezatilgan

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo'lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go'zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko'pligi Amaliy san'atda estetik ta'sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy san'at da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, jo'n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzilishi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o'ynaydi. Xom ashyoning go'zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining maromi buyumning ta'sirchan umumlashma qiyofasini ifodalovchi yagona vositalardir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XIX-asr ikkinchi yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy san'at asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog'och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo'yash, o'yib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, to'qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o'z navbatida buyumlarga ishlov berishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog'lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi. Amaliy san'at asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va milliy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo'lgan uning moddiy madaniyatini ifoda etadi. Ushbu yillarda topligan adabiy manbalarda paleolit davrida amaliy-dekorativ san'at namunalari ham keng tarqala boshladi. Buyumlarni naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga, tumorlarga ehtiyoj paydo bo'lganligi arxeologlar tomonidan topilgan ashyoviy buyumlarda namoyon bo'lmoqda. Neolit davri sopol idishlari qo'lda yasalib, chiziqcha, nuqta va ilonizi tasvirlar (tirnoq, qo'l bilan chizib) tushirib bezatilgan. Farg'ona vodiysidan miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri 2-ming yillikka oid jez davri quyma badiiy buyumlari (jez va kumush buyumlar xazinasi) topilgan. Sopol idishlarga keyinchalik handasiy bezaklar ishlana boshlangan. Farg'ona vodiysi, Surxondaryo viloyati o'troq dehqon aholisi idishlari shu davrda uchburchak, rombsimon yoki kataqsimon qizil qora chiziqchalar bilan bezalgan. Navoiy, Bobur asarlariga ishlangan miniatyuralarda (XV-XVII asrlar) yonga osib yuriladigan pichoqlarning turli xil namunalari tasvirlangan.

VII-IXasrlarda to'qimachilik taraqqiy etgan, ip, ipak matolardan tashqari qimmatbaho parchalar ham ishlab chiqarilgan. O'simlik va handasiy naqsh-bezaklariga boy, jonzodlar tasviri tushirilgan "zandonachi" matosi bizgacha saqlanib kelingan. Zandonachi matosining mujassamoti taqsim usulida tushirilgan; bir me'yorda almashinib turgan turunj bezaklari ichiga bir juft qarama-qarshi turgan arslon, fil va boshqa hayvonlar tasviri joylashtirilgan. V-X asrlarda sopol buyumlarning maxsus turi ostadonlar tayyorlash rivoj topdi. Ostadonlarni bezashda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tasviriy mavzulardan keng foydala-nilgan: ajdodlar, homiylar va xudolar, parrandalar, shuningdek daraxt va boshqa o'simliklar o'yma, bo'rtma va boshqa usullarda ishlangan. Yogochga naqsh ishlash san'ati taxminan IV asrdan boshlangan. Badiiy jihatdan bezalgan gulli naqshdor o'rta asr yodgorliklari hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan. Qadim zamonlardan boshlab madrasalarning to'sini, araqi, ustunlari, boylar yoki jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan joylar, amaldorlar qurdirgan mehmonxonalar naqqoshlar tomonidan nafis (nozik) naqshlar bilan bezatib kelingan. Madrasa devorlari va karniz oraliqlariga ganch ustalari nafis gullarni o'yib ishlashgan. Naqqoshlik ayniqsa sabr-toqat, mustahkam asab, yuksak quntni talab qiluvchi hunardir. X asrda yashab o'tgan Qobusning nabirasi Kaykovus ham kasb-hunar o'rganish har bir yoshning burchi, deb hisoblagan. Bola tarbiyasida hunar o'rganishning ta'siri, halol mehnat kabi axloqiy tushunchalar shubhasiz yuksak ma'no kasb etadi. Bu bilan insonlar o'rtasida do'stlik aloqalarini rivojlantirishga, turmush darajasini taraqqiy ettirishga yaxshi dalillar keltiriladi. Yaqin yillarga kelib o'zbek xalqining atoqli naqsh ustasi Qosimjon Olimjonovning ijodiga bagishlangan "Toshkent naqshi" Toshkentlik o'ymakor usta Maqsud Qosimov ijodiga bag'ishlangan "Toshkent o'ymakorligi", xorazmlik usta Abdulla Boltayev ijodiga bag'ishlangan kitoblar chop etilib o'zbek amaliy san'ati ilmiy adabiyotlari yanada ko'payib bormoqda.

Ba'zi ilmiy manbalar xalqning madaniy rivojlanishini siyosatga to'siq deb davlat amaldorlari tomonidan olimlar va ularning ishlarini qoralab keltirgan. XX asrning 20-yillaridan boshlab O'zbekistonning ko'pgina shaharlarida badiiy san'at ishlarini rivojlantirish maqsadida artellar va kombinatlar ochiladi. Artellarda o'quvchilar uyushmasi tuzilib, har bir uyushmaga bir ikkitadan ustalar biriktiriladi. Xunar o'rganuvchilar ishning murakkabligiga qarab 3 oydan 6 oygacha shogird bo'lar va shogirdlik vaqtida har oyda oylik va o'rganish uchun material hamda asbob-uskunalar bilan ta'minlanardi. Shogirdlik vaqti tugagandan keyin ular imtixon topshirib, qilgan ishlariga va bilimlariga qarab malaka darajasini olardilar. Toshkentda P.P. Benkov nomidagi Rassomlar tayyorlash maktabida 1952-1953 o'quv yilida amaliy san'at bo'limi ochilib, bu yerda birinchi tashkil etilgan o'quv ishlab chiqarish kombinatini bitirib chiqqan ustalar va O'zbekistonda nom chiqargan xalq ustalari dars berishdi. Bular orasida Yoqubjon Raufov, Muhiddin Rahimov, Jalil Hakimov, Mahmud Usmonov, Toir To'xtaxo'jayev va boshqalar bo'lgan. 1949-yilda Ostrovskiy nomli pionerlar saroyida, 1954- yilda Lenin nomli pionerlar saroyida naqqoshlik va ganchkorlik to'garagi ochilib, unda o'quvchilar har ikkala san'at turini zo'r qiziqish bilan o'rganadilar. O'zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan madaniyati durdonalarini har tomonlama ilmiy o'rganish va tahlil etish g'oyat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

muhimdir. Ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o'rgatilayotgan joylarda chunonchi: oliy o'quv yurtlari, o'rta maxsus kasb hunar ta'lim muassasalarida, shaxsiy usta-shogird asosida o'rgatilayotgan ustaxonalarda, qo'shimcha ta'lim muassasalarida usta va shogirdni sharqona odobi to'liq o'rgatilmasligi o'quvchi yoshlarimizni ahloq-odobiga va bilim darajasiga, umuman ular ma'naviyatining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'satatayotganligining guvohi bo'lamiz. Shuning uchun ajdodlarimiz qoldirgan ma'naviy merosidan to'g'ri va unumli foydalanish lozim. Yozma manbalarga ko'ra XVIII asr zargarlari oltin va kumushga qimmatbaho toshlar qadab toj va kamarlar, Qurollar, ot abzallari, zeb-ziynat buyumlari ishlagan. XIX asr zargarlari zumrad, durru marvarid, yoqut, feruza, aqiq, sadaf kabi qimmatbaho toshlarni oltin va kumushga qadab serjilo, jozibali zeb-ziynat buyumlari yaratishgan. Ularga bolg'alab (zarb berib), hallab o'yib, bo'rttirib naqsh yasab, bosib (siqib), qoliplash usullarida ishlov berilgan. XIX asr o'rtalarida Rishton qishlog'i kulollari elga mashhur bo'ldi. Shu davrda Abdujalil, To'xta, Abdulla kabi ustalar ishlab o'ziga xos Rishton kulollik uslubini yaratishdi. Rishton sopol idishlarining oq zaminiga ko'k bo'yoq bilan bezak chizilgan. Bezak mujassamoti doira shaklida tushirilib, idishning tubi va chetlari ajratilgan. Asosiy bezagi yirik serbarg gullardan iborat bo'lib, orasi noziq pechak singari novdalar bilan to'ldirilgan. To'rsimon hoshiya naqshlar orasiga an'anaviy ko'zchalar qo'yilgan. Rishton buyumlari qatori Vardonze, G'ijduvon, Kattaqo'rg'on, Shahrisabz, Toshkent kulollarining buyumlari o'ziga xos shakli, bezak mujassamotlari, naqshlari bilan ajralib turgan. XX asr boshlarida O'zbekiston amaliy bezak san'ati qadimgi an'analarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi.

Xulosa qilib aytkanda, O'zbekiston amaliy san'atga doir topilgan manbalar (yozuvlar, tasvirlar ) xalqning ma'naviy yuksalishida, tarixda yashagan olim va yirik rassom me'morlarning kelgusi avlod uchun naqadar katta tugamas boylik meros qoldirganini isbotlab beradi va hozirgi avlodga ushbu san'at manbalaridan zamonaviy O'zbek amaliy san'atini yaratishda kerakli fundamental vazifani bajaradi.

REFERENCES

1. S.Bulatov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent-1991 yil.

2. M. Pritsa «Toshkent ganchkorligi»

3. M.X.Mirzaahmedov Yog'och o'ymakorligi. -T.: O'qituvchi, 1995. 62 bet.

4. M.K.Mirzahmedov Boshlang'ich naqsh ishlash metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1976. 56 bet.

5. R.Xasanov. Amaliy bezak san'ati metodikasi. Toshkent 2003 yil.Q.Q .Qosimov Naqqoshlik. -T.: O'qituvchi, 1990. 97 bet.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

6. S.A.Solovev Dekorativnoye oformleniye. -M.: 1987. 56 ctr.

7. S.S.Bulatov Rangshunoslik. -T.: O'qituvchi, 2009. 160 bet.

8. S.S.Bulatov va M.Ashirov Amaliy san'at atamalar lug'ati. -Toshkent: Enseklopediya bosh red., 1991. 86 b

9. Yuldashev, I. (2022). BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 9-15.

10. EoôoeBa, 3. (2022). H^THMOHH OAO^HKHH PHBO^-HAHTHPHm^A TACBHPHH CAHLATHHHr YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

11. MagaMHHOB, H. M. (2022). MACOOABHH TAL.HHM nnATOOPMA.HAPH HMKOHH3T.HAPHHH O.HHH TAL-HHM^A TAKOMHH.nAfflTHPHffl MYAMMO.HAPH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 115-119.

12. MagaMHHOB, H. M. (2022). TALHHM ^APAËHH^A TACBHPHH CAHLATHH PHBO^AHTHPHffl BA KOMnLMTEP rPAOHKACH^AH KEHr OOH^A^AHHm E^HM^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 46-50.

13. AxMegoBa, H. 3. (2022). MYL^A3 CAHLATHHHP EETAKPOP HAOOCAT O.HAMH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

14. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

15. Cy^HMaHOBa, C. E. K. (2022). BADIIY TA'LIMDA TALABALARNI O'QITISHDA SAMARALI DIDAKTIK PRINSIPLARDAN FOYDALANISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 143-150.

16. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4),

17. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND

25-27.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

18. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

19. Sohibov, R. (2022). KOMPOZITSIYANING NAZARIY ASOSLARI. KOMPOZITSIYA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 256-259.

20. Sohibov, R. (2022). RANGLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 234-238.

21. Ma'Murov, A. A. (2022). TARBIYA JARAYONIDA AMALIY SAN'ATDAGI USTOZ VA SHOGIRD ODOBI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 138-142

22. A'Zamjonov, A., & Ibrohimov, A. (2022). O'ZBEKISTON TASVIRIY SAN'ATI MEROSI AN'ANALARINI ILMIY PEDAGOGIK JIHATLARINI O'RGANISHNING AMALIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 151-156

23. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

24. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

25. Soliyev, O. R. (2022). SHARQ MUMTOZ SAN'ATIGA XOS MA'NAVIYLIKNI ZAMONAVIY IFODASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 251-255.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.