Научная статья на тему 'TOSHKENT YOG‘OCH O‘YMAKORLIGIDA IBRAGIMOVLAR SULOLASINING O‘RNI'

TOSHKENT YOG‘OCH O‘YMAKORLIGIDA IBRAGIMOVLAR SULOLASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
228
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amaliy san’at / yog’och o’ymakorligi / an’anaviylik / sulolaviylik / qovoq / eshik / naqshlar semantikasi / pargori / islimiy / handasaviy. / Practical art / wood carving / traditionalism / dynasticism / pumpkin / door / pattern semantics / pargori / geometric.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xayitboboyeva, Xurshida Pirmaxmatovna, Jo‘rayeva, Madina Ziyodovna

Maqolada o’zbek yog’och o’ymakorligidagi jarayonlar hamda ushbu san’atning takomillashib, bugungi kunga qadar rivojlanib kelayotganligidagi yutuqli jihatlarga urg’u qaratiladi. Shuningdek, yog’och o’ymakor ustalarining an’anaviylik masalalaridagi fidokorliklari va bu borada Ibragimovlar sulolasining o’rni qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi borasidagi xulosaviy fikrlar tizimli tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF IBRAGIMOV DYNASTY IN TASHKENT WOOD CARVING

The article focuses on the processes of Uzbek wood carving and the successful aspects of the improvement and development of this art until today. Also, the conclusions of the woodcarver's sacrifices in matters of traditionalism and the importance of the role of the Ibragimov dynasty in this regard are systematically analyzed.

Текст научной работы на тему «TOSHKENT YOG‘OCH O‘YMAKORLIGIDA IBRAGIMOVLAR SULOLASINING O‘RNI»

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

TOSHKENT YOG'OCH O'YMAKORLIGIDA IBRAGIMOVLAR

SULOLASINING O'RNI

Xayitboboyeva Xurshida Pirmaxmatovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik va dizayn instituti katta o'qituvchisi, s.f.f.d. (PhD) [email protected]

Jo'rayeva Madina Ziyodovna

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 4 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada o 'zbekyog'och o 'ymakorligidagi jarayonlar hamda ushbu san 'atning takomillashib, bugungi kunga qadar rivojlanib kelayotganligidagi yutuqli jihatlarga urg'u qaratiladi. Shuningdek, yog'och o'ymakor ustalarining an'anaviylik masalalaridagi fidokorliklari va bu borada Ibragimovlar sulolasining o 'rni qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi borasidagi xulosaviy fikrlar tizimli tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Amaliy san'at, yog'och o'ymakorligi, an'anaviylik, sulolaviylik, qovoq, eshik, naqshlar semantikasi,pargori, islimiy, handasaviy.

АННОТАЦИЯ

Статья посвящена процессам узбекской резьбы по дереву и удачным аспектам совершенствования и развития этого искусства до сегодняшнего дня. Также систематически анализируются выводы жертвоприношений резчика по дереву в вопросах традиционализма и значение роли династии Ибрагимовых в этом отношении.

Ключевые слова: Практическое искусство, резьба по дереву, традиционализм, династия, тыква, дверь, узорная семантика, паргори, геометрическая.

ABSTRACT

The article focuses on the processes of Uzbek wood carving and the successful aspects of the improvement and development of this art until today. Also, the conclusions of the woodcarver's sacrifices in matters of traditionalism and the importance of the role of the Ibragimov dynasty in this regard are systematically analyzed.

Key words: Practical art, wood carving, traditionalism, dynasticism, pumpkin, door, pattern semantics, pargori, geometric.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023

KIRISH

Yog'och o'ymakorligi san'ati xalq amaliy san'atining ajralmas bo'lagi bo'lib, u o'z navbatida madaniyatning bir qismi sifatida xalqning badiiy an'analari, dunyoqarashi, va badiiy tajribasini aks ettiradi, tarixiy xotirani saqlaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, mahalliy maktablarga boy O'zbekiston amaliy san'atida alohida texnik usuli hamda naqshlar tizimiga egaligi bilan ajralib turuvchi Toshkent yog'och o'ymakorligi san'ati xalq ma'naviy madaniyatining bir qismi sifatida olam, inson va tabiatning o'zaro uzviyligi, an'analarning davomiyligi borasida xalq ijodiyotini o'zida mujassam etadi. Amaliy san'at turlari borasida so'nggi yillarda tadqiqotlar ko'paygan bo'lsa-da alohida mahalliy maktablarga mansub ustalarning ijodi qisman yoritilib kelinadi. Xususan, Toshkent yog'och o'ymakorligida Ibragimovlar sulolasining o'rni alohida tadqiqot sifatida o'rganilishi muhim sanaladi. Bu sohadagi tadqiqotlar haqida gap ketganda shuni ta'kidlash kerakki, ba'zi tadqiqotchilarning ilmiy manbalarida yog'och o'ymakorligi namunalari me'morchilik sohasining bir qismi sifatida o'rganilgan bo'lsa, yana bir guruh boshqa olimlar amaliy san'atning bu turini moddiy madaniyatning bir bo'lagi, san'at asari sifatida tadqiq etadilar. Biroq, hunarmandchilik sohasida vorisiylik an'anasi, sulolaviylik masalalari e'tibordan chetga qolgan. Mazkur maqolada aynan shu kabi masalalarni yoritish maqsad qilib belgilangan.

MUHOKAMA

"An'anaviy san'at - aniq tarixiy hodisadir. Uning o'ziga xosligi shundaki, u doimo aniq tarixiy davrning spetsifik xususiyatlarini o'zida aks ettiradi" 1 va tarixiy shart-sharoitlar bevosita badiiy hunarmandchilikdagi buyumlar turi va badiiy bezaklariga ta'sir ko'rsatadi. Toshkent yog'och o'ymakorligi san'ati ham ana shu qonuniyatlar asosida rivojlangan. Shuni aytish lozimki, turli mahalliy maktablar orasida doimiy ijodiy almashinuvlar bo'lgan va bu holat bugungi kunda ham davom etib kelmoqda. Masalan, manbalardan ma'lumki, Toshkentda farg'onalik o'ymakor ustalar ishlagan. Shayxontohur qabristonining chinordan ishlangan darvozasini marg'ilonlik mashhur usta Usta Maqsum Xoji (XIX asr oxir) ishlagan. Shu kabi toshkentlik usta Azimjon Bobojonov 1903 - 1904 yillarda Qo'qon va Andijonda faoliyat yuritgan2.

XX-asrda mahalliy bozorni egallab olgan arzon fabrika mahsulotlari hunarmandlar uchun katta raqobat maydoniga aylanadi. Bu holat amaliy san'at ustalarini murakkab vaziyatga qo'yib, badiiy buyumlarning sifatiga salbiy ta'sir

1 Akilova K. Toshkentning an'anaviy badiiy hunarmandchiligi: o'tmish, bugun va kelajak // SAN'AT, 2007, № 2. - B. 18.

2 Abdurashidxonova M., Rasulov M. O'zbek xalq amaliy san'ati bo'lmish Toshkent yog'och o'ymakorligi namoyondalari / Jamiyat va innovatsiyalar. - 2021. B. 130 - 137.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

ko'rsatadi3. Toshkent - ma'muriy markaz sifatida turli ko'rgazmalarni tashkil etish, an'anaviy hunarmandchilikni saqlab qolish ishlariga boshchilik qiladi. Shu sababli, ustalar tomonidan mahalliy o'ziga xoslik ustidagi izlanishlar davom etadi. 1915-yilda Toshkentda Turkiston hunarmandchilik qo'mitasi tashkil etilib, u alohida hunarmandchilikni qo'llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish yo'llarini izlash maqsadida ularni jiddiy o'rganish bilan shug'ullandi. 1920 - 1980 yillarda yog'och o'ymakorligi sohasining funksional sohalari qisqargan bo'lsa-da, Xiva, Samarqand, Qo'qon, Marg'ilon, Andijon, Farg'ona va Shahrisabz maktablari saqlanib qolgan. Toshkent maktabi vakillariga S.Xodjayev, M.Qosimov, X.Qosimov, SH.G'ulomov, O.Fayzullayev, E.Nuraliyev, N.Ibragimov, SH.Agzamov kabi ustalarni kiritish mumkin.

Toshkent yog'och o'ymakorligining eng yorqin vakillari - bu T. Ayubxodjayev, S. Xodjayev, A. Tursunbayev, N. Ziyakariyev bo'lib, ular o'z ijodida yo'nalishning badiiy an'analariga qattiq rioya etishgan. Masalan, S.Xodjayev pargarori texnikasida murakkab kompozisiyalarni bajargan. Ushbu texnika markaziy qismi alohida belgilangan naqsh bezagi bo'lib, Toshkent maktabi tamoyillarini boshqa maktablardan ajaratib turadi.

Pargori (fors, pargar — sirkul) — pargar yordamida naqsh yaratish usuli hamda shu usulda yaratilgan naqsh. Naqqosh usta pargar, chizg'ich yordamida qalam bilan naqsh mujassamotini chizib yaratadi. Pargari usuli murakkab, ustadan qunt, ko'p mehnat, handasiy shakllar hosil qilishda bilimdonlik, mahorat talab qiladi. Bezatilayotgan sirtning xom ashyosiga qarab chizib, bo'yab, o'yib tasvir hosil qilib, zaminini o'yib bo'rtma tasvir (relyef) qosil qilib ishlanadi. Ish jarayonida usta tayyor (andoza)dan foydalanishi yoki bezatiladigan yuzaga o'zi chizma chizib, keyin uni ishlashi mumkin, ishlaganda turli (iskana, nov iskana, gurzi, o'yma qalamlar, tishli iskana kabi) asboblardan foydalanadi. Pargari O'rta Osiyo qududi (jumladan, o'zbek va tojik xalqlari)da keng tarqalgan4.

Ko'p asrlik an'analarga tayangan holda o'zbek ustalarining yangi avlodi yog'och o'ymakorligi kabi unikal san'at turini saqlab qolishga o'zlarining bemisl hissalarini qo'shishmoqda. Toshkent yog'och o'ymakorligi an'analarini hozirda O.Fayzullayev, A.Azlarov, G.Yuldashev, S.Rahmatullayev, X.Odilov, A.Abduraxmonov, A.Ashirov, J.Gaipov, B.Ganiyev, Z.Isomuxamedov o'z ijodida saqlab kelmoqda. Ularning ishlari fonli o'ymakorlik bilan tekis-bo'rtmali naqshlarni uyg'unlashtirish orqali ajralib turadi va bu texnika ustalardan yuqori texnik mahorat, kasbiy malaka talab etadi. Ornament bezaklari an'anaga mos ravishda ikki-uch qavat

3 Xakimov A., Nosirova Z., Nodir B. O'zbek xalq amaliy san'ati / O'quv qo'llanma. - Toshkent. 2019 . - 130 b

4 https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/pargari/

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

o'yiladi, fon esa o'rtacha chuqurligi bilan ajralib turadi. Ustalar o'simliksimon va geometrik naqshlarni qo'llab, pardozning barcha usullaridan foydalanishadi. Ularning ishlarida toshkent yog'och o'ymakorligi maktabiga xos o'ziga xoslik, ya'ni relyef yuzasini rang bilan ajratish hamda lak bilan qoplash usuli saqlanib qolinmoqda.

Bu uslub deyarli hamma ustalarning asarlarida uchraydi. Lekin o'tgan asrimizning ikkinchi yarimlarida Toshkentlik usta Muxarram Ibragimova ijodida u o'zining yuqori cho'qqilariga erishgan. L.I.Rempelning qayd etishicha: "naqshinkor bezaklar mavzusi va shakliga ko'ra yog'och o'ymakorligi terrakota va ganchdan ustundir" 5. Shunday ekan, yog'och o'ymakorligiga oid xususiyatlar, undagi hududiy maktablarga xos jihatlarni to'liq aks ettirish ijodkordan mohirlik talab etadi. M.Ibragimova ko'p asrlik oilaviy an'analar yo'qolishiga yo'l qo'ymagan. Uning bobosi bir paytlar mashhur yog'och o'ymakor usta bo'lgan. Oila a'zolarining ta'kidlashicha, u ijodiga mansub bo'lgan o'yilgan eshiklardan biri Shveysariyaga olib ketilib, u yerdagi banklarning biriga o'rnatiladi. Bu holat yosh hunarmandning keyingi ishlarini bardavom bo'lishiga turtki beradi. Shundan so'ng, u o'z shogirdlari bilan birgalikda mahalla masjidi va idoralari uchun o'yma eshik yasab bergan. O'zbekiston davlat san'at muzeyida ham hunarmandga tegishli o'ymali devor (panno) bezagini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari, Jangovor mehnat shon shuhrat muzeyiga, Qozog'iston Respublikasidagi Turbat Ismoil ota maqbaralari madaniyat saroyiga, Chirchiq shahrining Elektr ximpromkombinati qoshidagi choyxonaga, O'lkashunoslik muzeyiga qator eshiklarni taqdim etgan.

O'zbekiston Davlat san'at muzeyining xalq amaliy hunarmandchilik bo'limidagi namunalar orasida M. Ibragimova yaratgan ijodiy ishlardan bir qanchasi doimiy ko'rgazmaga qo'yilgan. Ijodkorga tegishli ko'plab san'at buyumlari Fransiya, Italiya, Germaniya, Bangladesh, Koreya, Ruminiya, Yaponiya, Finlandiya, Malayziya, Turkiya kabi mamlakatlarning ko'rgazmalarida namoyish etilgan. Saudiya Arabistoninig Ar-Riyod shahridagi muzeyida bir qator o'yma buyumlar bugunga qadar saqlanib kelinadi.

Ta'kidlash joizki, M. Ibragimovaning yirik ishlari qatorida eshiklar alohida o'rin egallaydi. Ma'lumki, Islom san'atida me'moriy bezaklar orasida eshikka alohida vazifa yuklatilgan. "Bir qarashda me'moriy makonning xizmat elementi hisoblangan eshik ilohiy darvoza ramzi bo'lib, foniy dunyodan yuqori samoga o'tish xududi sifatida kengroq talqin etilgan"6. Usta har bir eshikni yaratish chog'ida mazkur an'anani ushlashga intilgan va islimiy naqshlar orqali eshikda jannat go'zalligining bir zarrasini ifodalashga uringan.

5 Ремпель Л.И. Архитектурный орнамент Узбекистана. Т.1961

6 Xasanova Z.D. MaTkaziy Osiyo me'morchilik san'ati.O'quv uslubiy majmua.Samarqand. 2021.B.71

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

M.Ibragimovaning Oliy Majlis binosi uchun ishlagan eshiklari Malayziyadan keltirilgan palma daraxtidan (subtropik zona) tayyorlangani sabab, faqatgina an'anaviy bezak vazifasini bajarib qolmay, zamonaviy arxitektura bilan bog'liq talablarga ham javob bergan. Ularning sirtiga asosan "o'simlik - islimiy", "gajaksimon" va "zanjira" naqshlarining ko'plab turlari o'yilgan.

M. Ibragimovaning shogirdlari uning ishlarini bugungi kunga qadar davom ettirib kelmoqda. Ona kasbini davom ettirib kelayotgan farzandlari Jamshid va Xurshid Gaipovlar, Muhayyo Gaipova va shogirdlari Elmurod Pirmatov, Nuriddin va Ulugbek Rasulovlar, Botir Mavlonov, Olim Fayziyev, Jamol Ibragimov, Baxrom Jo'rayevlar an'anaviy yo'nalishning mohiyatini saqlagan holda ish o'rganib, hozirda o'z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.

2007-yilda Xazrati Imom majmuasining Baroqxon madrasasi ustalar ijodxonasida Muxarram Ibragimova uchun ham alohida joy ajratilgan edi. U yerda M. Ibragimova horijdan kelgan sayyohlarga yog'och o'yma buyumlarni, o'yma qovoq o'yish (qattiq qovoqqa turli naqshlarni o'yma usuli ) texnikasini amaliy ko'rsatib berganlar.

M.Ibragimovaning badiiy merosini uning o'g'li Jamshid Ibragimov saqlab va rivojlantirib kelmoqda. U o'ttiz yoshida o'zining badiiy maktabini yarata oldi. Yog'och o'ymakorligi san'atining oilaviy an'analarini, uning individual uslubini boyitish ustaning asosiy maqsadi sanaladi. U ko'p qatlamli o'ymkor bezaklarni to'rt qatlamga qadar chuqurlashtiradi. Zamonaviy materiallardan ijodiy foydalangan holda yangi naqshlar o'ylab topadi va shirma, shift pannolarining funksional imkoniyatlarini kengaytiradi. Yog'och o'ymakorligida ko'p qatlamli texnika ustadan katta mahorat talab etadi. Bu jarayonda hunarmand hato qilishi mumkin emas, naqsh kompozitsiyasi - bu ustaning g'oyasini to'liq namoyon etuvchi yagona bezak ko'rinishida bo'lishi lozim.

O'yma qovoq. 2003 y.

O'yma qovoq. 2005 y.

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

Temuriylar davriga oid yog'och o'ymakorligi namunalarini kuzatar ekanmiz Shayx Shamsiddin Kulol, Qusam ibn Abbos, Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbaralari eshiklarida murakkab uch planli o'ymakorlikni uchratamiz. Gajaksimon qayrilma naqshlar orasida islmiy bezaklar eshik yuzasiga zargarona nazokatni taqdim etadi. Jamshid Ibragimov bugungi kunda bu texnikani yanada takomillashtirib ulkan o'lchamdagi eshiklarda to'rt qatlamli naqsh kompozitsiyasini qo'llamoqda. Unda islmiy naqshlar to'rtta qavatdan tashkil topgan bo'lib, yakunida o'zaro biriktiriladi. Turli chuqurlik va kattalikdagi naqshlar vizual tarzda zaminning murakkab va shu bilan birga tartib asosiga qurilgan go'zalligini ifodalaydi. Ustaning qayd etishicha, eshikdagi perlamutr Sirdaryodan keltirilgan bo'lib, avvallari o'zbek boylari xonadonlarida bu kabi qadama bezaklar oniks bilan inkrustatsiya qilingan. Ammo, bugungi kunda oniks o'ta qimmatbaho hashamat sanaladi.

J.Gaipov yaratgan me'moriy elementlarda bezak ko'p bo'lsa-da, ortiqchalik, og'irlik sezilmaydi. Ular qurilmaning masshtablariga muvofiq, uning shakl va hajmiga bo'ysundirilganligi sababli arxitektonik mutanosibdir. Ustun, shiftdagi va eshiklardagi o'yma naqshlar go'yoki og'ir me'moriy elementlarni vizual tarzda yengillashtirayotgandek, uni mazmunan to'ldirayotgandek ko'rinadi. Inshootlarning hajmiga qaramay, bezak nisbatlari egallayotgan makoni bilan mutanosibdir.

J. Gaipov. Ipak yo'li restorani uchun ishlangan fragment.

J.Gaipov ishlari ma'muriy binolar va shaxsiy kolleksiyalardan munosib o'rin olgan. Murakkab naqshlar bilan o'yilgan, marvarid yoki toshlardan qadama bezaklar, latun bilan boyitilgan bu ishlar haqiqatdan ham hashamatlidir. Usta nafaqat o'z ijodiy kamoloti bilan mashg'ul, balki "ustoz-shogird" an'analari orqali katta yog'och o'ymakorligi ustaxonasini boshqaradi. Ularda o'nlab yog'och o'ymakor ustalar faoliyat yuritadi. Shuningdek, J.Gaipov kelajakda O'zbekiston yog'och o'ymakorligi muzeyini tashkil qilish niyatida.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Unda unikal mahalliy madaniyat asosida shakllangan mahalliy yog'och o'ymakorligi maktablari aks etishi lozim deb hisoblaymiz.

Xulosa qilib aytganda, hozirda yog'och o'ymakorligi va naqqoshlik san'ati o'zining avvalgi davrlardagi mavqeini qayta tiklamoqda. Toshkent shahri va Respublikaning boshqa yirik shaharlarida qurib, foydalanishga topshirilayotgan yoki qayta ta'mirdan chiqarilayotgan qator diniy va dunyoviy xarakterdagi qurilishlarda ushbu san'at turiga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Shuningdek, ushbu sohani rivojlantirib Toshkent yog'och o'ymakorligi maktabi an'analarini davomli bo'lishi uchun hissa qo'shib kelayotgan Ibragimovlar sulolasi vakillari ham zamonaviy binolardagi yog'och buyumlarini qo'l mehnatiga asoslanib yaratib, sohani davom etishi uchun hizmat qilishmoqda.

REFERENCES

1. Akilova K. Toshkentning an'anaviy badiiy hunarmandchiligi: o'tmish, bugun va kelajak // SAN'AT, 2007, № 2. - B. 18.

2. Abdurashidxonova M., Rasulov M. O'zbek xalq amaliy san'ati bo'lmish Toshkent yog'och o'ymakorligi namoyondalari / Jamiyat va innovatsiyalar. - 2021. B.

3. Xakimov А., Nosirova Z., Nodir B. O'zbek xalq amaliy san'ati / O'quv qo'llanma. - Toshkent. 2019 . - 130 b

4. Ремпель Л.И. Архитектурный орнамент Узбекистана. Т.1961

5. Xasanova Z.D. Markaziy Osiyo me'morchilik san'ati. O'quv uslubiy majmua. Samarqand. 2021.B.71

6. Kultasheva N. Bayat Mukhtarov and his plastic innovations. Art and Design: Social Science, - Tashkent. 2022. Р. 6-10. https://scholar.google.com.do/scholar?oi=bibs&cluster=12322791153306519039&bt nI=1&hl=en

7. Мирзаназарова Э. К проблеме изучение исторической военной одежды Узбекистана . Theoretical & Applied Science, 2018.

8. Алимкулова Д. Painting: century tradition. International Enjeneering Journal For Research end ..., 2020.

XULOSA

130 - 137.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.